Yangi davr psixologiyasiga umumiy tavsifnoma Fakulteti: Ta'limni tashkil etish Guruhi: S315-22 ppo' Talaba: Isaqulova Mohira



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə2/8
tarix21.04.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#106632
1   2   3   4   5   6   7   8
1vjXp3HAZucf OgFN2-NYjnkHmtAQ0jA

XXI asr bo’sag’asida juda ko’plab davlatlarda bo’lgani kabi dunyo xaritasida munosib o’rin olgan mustaqil O’zbekistonda ham barcha sohalarda tub islohotlar boshlandi. Bu islohotlarning barchasi inson omilini har qachongidan ham yuqori saviyaga ko’tarib, uning kuchi, idroki, salohiyati, ruhiy hamda ma’naviy barkamolligini bevosita taraqqiyot, rivojlanish va sivilizasiya bilan uzviy bog’ladi. Bundan inson va uning mukammalligi, o’z ustida ishlashi, o’z mukammalligi xususida qayg’urishi muammosi har qachongidan ham dolzarb masalaga aylandi. Fanda yangi yo’nalishlar, yangicha yondoshuvlar paydo bo’ldi. Masalan, sinergetik yondoshuv barcha fanlarda bo’lgani kabi psixologiya, uning tarmoqlari hamda u bilan turdosh bo’lgan fanlar misolida yaqqol namoyon bo’la boshladi. Eslatib o’tamiz, “sinergetlar” so’zi grekcha “synergetes – xodimlar, sheriklar” so’zlaridan olingan bo’lib, sinergiyasynergia hamkorlikdagi, hamjihatlikdagi harakat ma’nosini anglatadi. Ya’ni, inson va uning psixologiyasini o’rganish va unga ta’sir ko’rsatishda gumanitar fanlarning hamkorlikdagi rivojlanishi yoki boshqacha qilib aytganda, ushbu fanlar maqsadlarining mushtarak uyg’unlashuvi shaxs iqtidori va qobiliyatlarini rivojlantirishning ishonchli vositasi sifatida qaraladi. 

Bundan tashqari, yangi davr fanlarini rivojlantirishga akmeologik yondoshuv ham mavjudki, unga ko’ra, har bir fanning inson uchun ahamiyati va o’rni o’sha fanlarning shaxs kamolotiga qo’shajak hissaning salmog’ini belgilash va baholashni taqozo etadi. (Akmeologiya grekcha “akme – cho’qqi, yuqori pog’ona, gurkiratuvchi kuch” ma’nolarini bildiradi va uning predmeti deganda insonning o’z-o’zini rivojlantirish va o’zligini anglashini yuqori darajalariga yetishga o’rgatuvchi fanlar majmui tushuniladi).

  • Bundan tashqari, yangi davr fanlarini rivojlantirishga akmeologik yondoshuv ham mavjudki, unga ko’ra, har bir fanning inson uchun ahamiyati va o’rni o’sha fanlarning shaxs kamolotiga qo’shajak hissaning salmog’ini belgilash va baholashni taqozo etadi. (Akmeologiya grekcha “akme – cho’qqi, yuqori pog’ona, gurkiratuvchi kuch” ma’nolarini bildiradi va uning predmeti deganda insonning o’z-o’zini rivojlantirish va o’zligini anglashini yuqori darajalariga yetishga o’rgatuvchi fanlar majmui tushuniladi).
  • Inson psixologiyasini bilish, o’z taraqqiyotini va iqtidorini tashkil etishni bilish, har qanday yosh davrda ham optimal ravishda ishga yaroqlilikni, turli o’zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorlikni ta’minlash, yangicha fikrlash va tafakkur qilish, ro’y berayotgan jarayonlarni obyektiv va to’g’ri idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish muammosini ilgari surdi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə