Yangi O‘zbekistonning barpo bo‘lishi: islohotlarning birinchi bosqichi



Yüklə 269,23 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix07.06.2023
ölçüsü269,23 Kb.
#115845
Yangi O‘zbekistonning barpo bo‘lishi islohotlarning birinchi bosqichi natijalari va keyingi taraqqiyot vazifalari



/
Yangi O‘zbekistonning barpo bo‘lishi: islohotlarning birinchi bosqichi
natijalari va keyingi taraqqiyot vazifalari
O‘zbekiston 2016 yildan boshlab
Prezident Shavkat Mirziyoyevning
islohotlari 
sharofati 
bilan 
keng
ko‘lamli asosiy tub o‘zgarishlar yo‘lini
bosib 
o‘tdi. 
Mamlakat 
ichida
bo‘lganiday, xorijda ham bugungi
O‘zbekiston va olti yil avvalgi
O‘zbekiston – bu o‘zining sifat
ko‘rsatkichlari bo‘yicha ikkita butkul
turlicha hodisa ekanligi borasida
ekspertlar krlarida hamjihatlik bor.
O‘zbekiston 2022 yili nafaqat zamonaviy jahon
tendensiyalari yutuqlarini qabul qiladigan va
moslashtiradigan, 
balki 
o‘zi 
ham 
kamida
mintaqaviy kun tartibini shakllantirgancha yuzaga
chiqadigan harakatchan, yangiliklarga ochiq
hamda dunyo hamjamiyatining doimiy ravishda
rivojlanib boruvchi a’zosini o‘zida aks ettirmoqda. Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot falsafasini
birmuncha yorqin namoyon qiladigan to‘rtta yo‘nalishni ajratib ko‘rsatish mumkin. 
Markaziy Osiyo – O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi 
Islohotlarning e’tirof etilgan dastlabki yutug‘i – Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlarning
shiddat bilan yuksalishi bo‘ldi. Mamlakatimizning Markaziy Osiyodagi qo‘shnilari bilan
munosabatlarida yangi davr boshlandi va bu shunchalar qisqa muddatlarda amalga oshdiki,
diplomatiya san’ati darsliklariga kiritish ham mumkin.
Dastavval Tojikiston bilan munosabatlardagi siljishni ta’kidlash kerak. Rasmiy darajada bu “Strategik
sheriklik to‘g‘risida”gi shartnomani imzolash bilan mustahkamlandi. Eng muhimi, siyosiy siljish oddiy
odamlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi, chunki fuqarolarning safari va insonparvarlik aloqalarini
yengillashtiruvchi vizasiz tartib kiritildi. O‘zbek-tojik cheragalarini aniq belgilash va delimitatsiyalash,
shuningdek, suvdan foydalanish masalalari bo‘yicha konstruktiv muloqotda sezilarli o‘zgarishlarga
erishildi.
O‘z navbatida, Qirg‘iziston bilan Strategik sheriklik, do‘stlik, ahil qo‘shnichilik va ishonchni
mustahkamlash to‘g‘risidagi Deklaratsiya imzolandi. Tomonlar chegaralarni belgilash va Xitoy –
Qirg‘iziston – O‘zbekiston – Turkmaniston yo‘nalishi bo‘yicha tranzit avtomobil va multimodal yuk
tashishni tashkil etish bo‘yicha hamkorlikni faollashtirdilar. O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy temir
yo‘llari qurilishi loyihasi bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda. Ularning amalga oshirilishi tranzit yuk
tashishning keskin o‘sishiga olib keladi. Suvdan foydalanish sohasida ikki tomonlama hamkorlik
rivojlanmoqda. Bunga Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod tumanida O‘rtato‘qay (Kosonsoy) suv
omboridan davlatlararo foydalanish to‘g‘risida tuzilgan Bitim misol bo‘lib xizmat qiladi. 
2016—2022 yillarda Qozog‘iston bilan munosabatlarda qardoshlik va ahil qo‘shnichilik aloqalari tubdan
yangi bosqichga ko‘tarilib, yanada mustahkamlandi. 2021 yil 6 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi va
Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi Deklaratsiya imzolangan edi.
Maslahat telefoni
Izlash

O'zbekcha 





Mazkur hujjatda tomonlarning Oliy Davlatlararo Kengash, Parlamentlararo hamkorlik kengashi hamda
O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasining Tashqi ishlar vazirlari Kengashini ta’sis etish
niyati ifodalangan. 
Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil aprel oyida Ashxobodga va Turkmanistonning yangi Prezidenti Sardor
Berdimuxamedovning 2022 yil iyul oyida Toshkentga tashri davomida erishilgan kelishuvlar do‘stlik,
ahil qo‘shnichilik va strategik sherikchilik munosabatlarini ham yanada rivojlantirdi.
O‘zbekiston siyosatining yangi Markaziy Osiyo vektori haqida gapirganda ularning sifati jihatidan
yaxshilanishining bir qancha indikatorlarini ta’kidlash mumkin. Markaziy Osiyo mamlakatlari
O‘zbekistonga sayyohlik maqsadi bilan tashrif buyuruvchi fuqarolar orasida izchil birinchilikni
egallaydilar. Demak, agar shu yilning may oyida O‘zbekistonga 503,6 ming xorijiy sayyoh tashrif
buyurgan bo‘lsa, shundan qariyb 170 ming nafari Qozog‘iston, 141,3 ming nafari – Qirg‘iziston va 16 ming
nafari – Tojikiston fuqarolaridir. Bularning barchasini qo‘shganda 427 ming nafardan ortiqni tashkil
etadi. 
O‘zaro savdo-sotiqning o‘sishi asosiy indikatorlardan biri bo‘lib xizmat qildi. Pandemiyaga qadar 2017-
2019 yillarda O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan tashqi savdo aylanmasi 2,05 dan 3,367 milliard dollarga
qadar, Qirg‘iziston bilan – 0,25 dan 0,829 milliard dollarga qadar, Tojikiston bilan – 0,237 dan 0,497
milliard dollargacha va Turkmaniston bilan – 0,177 dan 0,541 milliard dollarga qadar oshdi. 
Jami tovar ayirboshlash hajmi 5,234 milliard dollarni tashkil etdi. Bu Markaziy Osiyoni o‘sha paytda
O‘zbekistonning yetakchi tashqi savdo sheriklari orasida Xitoy va Rossiyadan keyin uchinchi o‘ringa olib
chiqdi. Oxirgi yillarda yaratilgan ijobiy asosni e’tiborga olgan holda yaqin kelajakda Markaziy Osiyo
o‘zbek tashqi iqtisodiy siyosatining eng yirik eksport-import yo‘nalishiga aylanishini bashorat qilish
mumkin.
Mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi hamkorlikning mustahkamlanishini mintaqa davlatlari o‘rtasida
ishonchning ortib borishi ko‘rsatkichi deb hisoblash mumkin. Buni 2021 yilda Tojikiston va Qozog‘iston
bilan o‘tkazilgan harbiy mashg‘ulotlar, shuningdek, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning BMT, MDH va
SHHT kabi xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorligi tasdiqlab turipti. 
BMT Bosh Assambleyasining bir ovozdan ma’qullangan Orolbo‘yi mintaqasini “ekologik innovatsiyalar
va texnologiyalar zonasi” deb e’lon qilgan rezolyutsiyasi bunga ibratli misol bo‘la oladi. Rezolyutsiya
tashabbusi O‘zbekistonga tegishli bo‘lib, Qozog‘iston, Tojikiston va Turmanistonni kiritgan holda 50 ta
davlat uning hammualli sifatida chiqdilar.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning mintaqalarni birlashtirish darajasini keskin oshirish imkonini bergan
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari formatini tashkil etish to‘g‘risidagi
tashabbusi – shubhasiz, uning bu yo‘ldagi maqtovga sazovor xizmati bo‘ldi. Bunday uchrashuvlarning
to‘rttasi – 2018 yili Nur-Sultonda, 2019 yili – Toshkentda, 2021 yili – Turkmanboshida va 2022 yili –
Qirg‘izistonning Cho‘lpon-ota shahrida bo‘lib o‘tdi. Bu uchrashuvlarning barchasida Markaziy Osiyo
uchun dolzarb bo‘lgan suv resurslari, iqlim o‘zgarishlari, transport kommunikatsiyasi, kambag‘allik bilan
kurashish, xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikka ustunlik beruvchi masalalar
va muammolar muhokama qilinadi. 
Inson kapitaliga investitsiyalar – O‘zbekistonda Uchinchi Renessansni shakllantirish uchun asos
sifatida 
Islohotlarning inson tafakkurini o‘zgartirishga yo‘naltirilganligi ularning muhim tarkibiy qismi sifatida
yuzaga chiqadi, chunki aynan ular yangi O‘zbekistonni yaratuvchilardir. Insoniy kapital sifati – har
qanday modernizaiya va iqtisodiy muvaffaqiyatning eng muhim poydevoridir. Biroq buning ortida
quruq formulalar va mulohazalar emas, balki, avvalo, asosida harakatlar strategiyasi quriladigan
g‘oyalar turadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uchinchi Renessans” g‘oyasi shunday g‘oya
bo‘ladi. 
Uning mohiyati shundan iboratki, u, bir tomondan, qachonlardir zamonaviy O‘zbekiston hududi o‘z
bilimlarini boshqa sivilizatsiya va xalqlarga beradigan jahon ilmiy, madaniy va ma’naviy taraqqiyot
markazi bo‘lganligi to‘g‘risidagi xotira yashaydigan o‘tmishga, ma’naviy-tarixiy ildizlarga, milliy o‘z-o‘zini
anglash va madaniyatning chuqur qatlamlariga murojaat qiladi. Bunday intellektual gullab-yashnash
davrlari Birinchi “ma’rifat” Renessansi (IX-XII asrlar) va Ikkinchi “temuriylar” Renessansi (XIV-XV asrlar)
bo‘lgan. Boshqa tomondan, Uchinchi Renessans g‘oyasi hozir va kelajakka qaratilgan. Dunyoda xalqlar
iqtisodiyoti va farovonligini, ularning XXI asrdagi raqobatbardoshliligini belgilab beradigan axborot-
kommunikatsiya sohasidagi ilg‘or bilimlari asosida yangi ilmiy-texnik inqilob bormoqda. O‘zbekiston


uchun bu chorlov va ayni vaqtda global taraqqiyot avangardiga kirishning tarixiy imkoniyatidir, biroq
uning buni qilishini asoslaridan biri ta’lim tizimi bo‘lishi zarur bo‘lgan tiklanishning uchinchi davri
doirasidagina mumkin bo‘ladi. 
Modomiki, uzoq muddatli maqsad aniq bo‘larkan, unda ta’lim islohoti unga muvo q ravishda tizimli
xarakter kasb etdi. Birinchi navbatda, maktabgacha ta’limga yuqori e’tibor ajratila boshlandi, chunki
aynan bolalik davrida tafakkur, bilimga muhabbat, ma’naviy va estetik tasavvurlarga muhim asos
joylanadi. Bu maqsadlarga erishish uchun 2017 yili Maktabgacha ta’lim vazirligi bunyod etildi va 2030
yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi qabul
qilindi. Qabul qilingan qarorlar natijasida 2020 yilga kelib bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish
2015 yil ko‘rsatkichlariga solishtirganda bir necha barobarga ortdi. Masalan, Qashqadaryo viloyatida –
3,4 barobarga, Jizzaxda – 4 marotaba, Namanganda– 3 marotaba, Samarqandda – 3,1 barobarga va
Toshkent viloyatida – 1,6 barobarga o‘sdi. Bu beshta viloyatda respublikadagi 3 yoshdan 6 yoshgacha
bo‘lgan umumiy bolalar sonidan 43,9foiz bolalar istiqomat qiladilar.
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zining 2020 yil dekabridagi Oliy Majlisga murojaatida 2023 yil yakuniga
qadar maktabgacha ta’limga qamrovni 75 foizgacha oshirish maqsadini qo‘ydi.Byudjetdan ajratilgan
600 mlrd so‘m subsidiyaga 2 mingta nodavlat bolalar bog‘chalari tashkil etilishi zarur. Bu sohada
xususiy sektor ulushi ham 25 foizgacha o‘sishi darkor. Bunda jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar
uchun maktab va maktabgacha ta’limga bepul tayyorgarlik tizimiga alohida e’tibor qaratiladi.
Parallel ravishda maktab ta’limi sifatini oshirish bo‘yicha keyingi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
2022 yildan boshlab metodologik, institutsional, infratuzilmaviy xarakterdagi bir necha yo‘nalishlarini
o‘z ichiga oladigan maktab ta’limi tizimini isloh qilishning yangi bosqichiga start berildi. Birinchidan, bu
yangi metodikalar asosida o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va ularni mamlakat mintaqalari hamda har
bir tumandagi maktablarning 20 foiziga tatbiq etish dasturidir. Moliyalash hajmi 100 mln dollar qilib
belgilangan. Shuningdek, o‘qituvchilarning jamiyatdagi maqomini oshirish va ularning daromadlarini
ko‘tarish yuzasidan chora-tadbirlar ham ko‘riladi. Islohotlar maktab direktorlariga daxl qiladi – yangi
o‘quv yilidan boshlab ularni serti katlash tizimi kiritiladi, shu asosdabu lavozimga nomzodlar
saralanadi. 
Ikkinchidan, to‘lib ketgan maktablar, shuningdek, maktablarni ta’minlash va ularni zamonaviy
kompyuter asbob-uskunalari va yuqori tezlikdagi Internet bilan jihozlash muammolari hal qilinadi.
Uchinchidan, zamonaviy davr talablarini inobatga olgan holda 193 ta ta’lim muassasalari negizida
tabiiy va aniq fanlar yo‘nalishi bo‘lgan maktablarni tashkil etish rejalashtirilgan. To‘rtinchidan,
maktablarda ma’naviy muhitni tubdan yaxshilashning yangi konsepsiyasi ishlab chiqiladi.
Mamlakatimiz poytaxti va hududlarida intellektual qobiliyatlarni maksimal darajada ochib berish
maqsadida yosh iste’dodlarni aniqlash, ularni ko‘p tarmoqli ilg‘or ta’lim muhitiga integratsiyalashga
ixtisoslashgan Prezident maktablarining paydo bo‘layotganligi alohida e’tiborga molik. Bundan
tashqari, oxirgi yillarda O‘zbekistonda nodavlat maktab muassasalarining rivojlangan tarmog‘i paydo
bo‘ldi.
Yosh avlodning oliy maxsus ta’lim olishga o‘sib borayotgan istagi fonida oliy ta’lim tizimi jiddiy
o‘zgarishlarni boshidan kechirmoqda. 2020 yilda O‘zbekistonda oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun ariza
berishning eng yuqori ko‘rsatkichi – deyarli 1,5 mln. abituriyent qayd qilindi. 2022-2023 o‘quv yiliga
davlat buyurtmasi bakalavriat uchun – 110,707 nafar talabani, magistratura uchun – 10,688 ming
talabani tashkil etdi.
Hukumat tegishli ta’lim infratuzilmasini yaratadi va ta’lim bozorini iqtisodiy o‘sishning haydovchisiga
aylantirishga hamda ilmiy va kadrlarga oid bazani mustahkamlashga ko‘maklashadi. 2022 yil holatiga
ko‘ra O‘zbekistonda 162 ta oliy o‘quv yurti faoliyat yuritadi. Bunda 25 ta oliy o‘quv yurti nodavlat
universiteti, xorijiy universitetlar va liallar miqdori esa 30 taga yetdi. Joriy yilda bir necha universitetlar
yangidan ochildi yoki qayta tashkil etildi. Masofaviy ta’lim tizimining joriy etilganligini ta’kidlash
mumkin. «IT-ParkUniversity»onlayn-universitetining ochilishini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Umuman
olganda, oliy ta’lim bilan qamrab olish 28 foizdan 38foizgacha o‘sdi. 
Oliy ta’lim tizimida barcha uchun teng va sifatli ta’limni taqdim etish, shuningdek, gender tenglik
taomillari faol tatbiq etilmoqda, oliy ta’lim muassasalariga kirishda kam ta’minlangan oilalardan
bo‘lgan qizlar uchun grantlar miqdori ikki barobarga oshirildi. Bundan tashqari, davlat universitetlariga
akademik va boshqaruvda mustaqillikni taqdim etish sohasidagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hozircha 35 ta universitet akademik va moliyaviy mustaqillikni oldilar, biroq bu ro‘yxatni kengaytirish
rejalashtirilgan. 


Yangi O‘zbekiston – ijtimoiy davlat 
Islohotlarning farqli tomoni ularning yaqqol ifodalangan ijtimoiy yo‘nalganligi, insonga, uning
ehtiyojlariga yaqinroq bo‘lishga intilishi, islohotlar natijasida odamlarning tez o‘zgarib borayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga moslashishiga ko‘maklashish, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar va samarali
ijtimoiy himoya tizimini yaratishdan iborat. 
Aynan Prezident Shavkat Mirziyoyev sharofati bilan o‘tgan yillarda tabu qo‘yilgan (taqiqlangan)
kambag‘allik muammosi jamoatchilik muhokamasiga olib chiqildi va ko‘p hollarda mamlakatning
ijtimoiy siyosati strategiyasini belgilay boshladi. U ilk bor bu mavzuga o‘zining 2020 yil 24 yanvarida
Parlamentga murojaatida to‘xtalib, aholining kam ta’minlangan qatlami umumiy aholi miqdorining 12-
15 foizini yoki 4-5 mln kishini tashkil etishini ta’kidladi.
Aynan shu lahzadan boshlab kambag‘allikni qisqartirish muammosini hal qilishga majmuaviy
yondashuvlarni ishlab chiqish boshlandi. Dastavval, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni
oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tashkil
etildi, Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida moliyaviy-iqtisodiy masalalar va kambag‘allikni qisqartirish
bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari lavozimi paydo bo‘ldi. 
O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi mamlakatda kambag‘allik
chegarasini aniqlashda ko‘rsatkich va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha mo‘ljal olish
rolini o‘ynaydigan uy xo‘jaliklarini o‘rganish natijalari bo‘yicha aholining eng kam iste’mol xarajatlari
(IHEKM, insonning oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlariga, shuningdek, xizmatlarga kundalik
ehtiyoji) ni hisoblashni boshladi. Bundan tashqari, Butunjahon banki va BMT Taraqqiyot dasturi
ekspertlari bilan hamkorlikda o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda kambag‘allikni qisqartirish
maqsadlarini aniqlash uchun “2021-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasida kambag‘allikni
qisqartirish strategiyasi”ning loyihasi ishlab chiqildi. 
Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 27 fevraldagi videoselektor yig‘ilishidagi chiqishidan quyidagi jumla
kambag‘allik bilan kurashishga majmuaviy yondashuv mohiyatini yaqqol tasvirlaydi:
“Kambag‘allikni
qisqartirish ish haqi yoki nafaqalar miqdorini oshirish, ommaviy kreditlar berishni anglatmaydi. Avvalo,
aholini kasb-hunarga o‘rgatish, moliyaviy savodxonligini oshirish, aholini tadbirkorlik bilan
shug‘ullanishga undash, infratuzilmani, ta’lim va davolash sifatini yaxshilash, manzilli ko‘mak berish
tizimini joriy etish zarur”.
Kambag‘allikni qisqartirish muammosini aynan shunday tushunish bugungi kunda yangi ish o‘rinlarini
yaratish, xodimlar malakasini oshirish, o‘zining kichik yoki oilaviy tadbirkorligini boshlash istagini
ma’lum qilgan odamlarni kasbga o‘rgatish va qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratadiganMahalla va
nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Kichik biznes va
tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, hokimiyatlar yuritadigan faoliyati bo‘yicha qabul qilinadigan
chora-tadbirlar mantig‘ini belgilaydi. 
Majmuaviy yondashuv aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini manzilli qo‘llab-quvvatlashni
ham o‘z ichiga oladi. “Temir”, “Ayollar” va “Yoshlar” daftarlarini yaratish, yagona ijtimoiy reyestr orqali
muhtojlarga yordam ko‘rsatish kabi tashabbuslarni alohida ta’kidlash kerak. Ko‘rilgan chora-tadbirlar
sharofati bilan ijtimoiy pensiya va nafaqa oluvchi oilalar miqdori ikki barobarga oshdi. 
Ijtimoiy davlatni odamlar uchun qulay yashash muhitini, rivojlangan mahalliy infratuzilmalarni
yaratmay vafuqarolarni arzon uy-joy bilan ta’minlamay turib, tasavvur qilib bo‘lmaydi. Oxirgi yillarda
O‘zbekistonda bu yo‘nalishlarda juda ko‘p ishlar qilindi. “Obod mahalla” va “Obod qishloq” dasturlarini
alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. O‘zbekiston Prezidenti bu dasturlarning ijtimoiy mezoni to‘g‘risida
shunday deydi: “
Agar mahalla obod qilinsa, butun mamlakat obod bo‘ladi. Agar mahalla
o‘zgarsa, butun jamiyat o‘zgaradi”.
Shuningdek, islohotlarni amalga oshirish davomida kam ta’minlangan fuqarolarni turar-joy bilan
ta’minlash chora-tadbirlari ko‘rilmoqda, bu esa ijtimoiy tengsizlik muammolarini hal qilish bilan bog‘liq
vaziyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Arzon uy-joy dasturi doirasida nafaqat shahar va qishloq joylarida faol
yangi uylar qurilmoqda, balki Prezidentning “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali
aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni asosida imtiyozli
ipoteka kreditlari ham taqdim etilmoqda. Shuningdek, 2021 yil 1 martidan boshlab O‘zbekistonda kam
ta’minlangan va turar-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolar uchun subsidiya berish
bo‘yicha xizmatlar ish boshladi. 
Inson huquqlari – davlat islohotlarining siyosiy vektori sifatida 


Muvaffaqiyatli mamlakatlar ko‘rsatganidek, zamonaviylashish, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy siljishni
maqsad qilgan jamiyatni isloh qilish uni liberallashtirish va fuqarolik qadriyatlari, inson huquqlari va
liberal erkinliklarning haqiqiy tashuvchisi bo‘lgan mas’uliyatli fuqaroni shakllantirmay turib, tasavvur
qilish murakkab. Shu munosabat bilan O‘zbekiston islohotlarida avval boshidanoq jamiyat hayotining
barcha jabhalarini liberallashtirishga katta e’tibor qaratilganligi qonuniydir. 
Birinchi navbatda, xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot yo‘lga qo‘yildi, bu “hokimiyat masofasi” deb
ataladigan masofani qisqartirish yo‘nalishini anglatadi va bu islohotlarni umumxalq tomonidan
qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarni muhokama jarayonlari, g‘oyalar va takli arni yuzaga keltirish, qaror
qabul qilishga bevosita ta’sir ko‘rsatish jarayonlarini muhokama qilishga jalb qilish imkonini berdi. Bu,
mohiyati bo‘yicha, zamonaviy o‘zbek jamiyati uchun unda saqlanuvchi ulkan ijodiy imkoniyatni yuzaga
chiqarish imkonini beradigan yangi tajribabo‘ldi. 
Xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot odamlar o‘z krlarini erkin ayta oladigan hamda davlat organlari
deputatlari va rahbarlari bilan bevosita muloqot o‘rnata oladigan OAV va ijtimoiy tarmoqlar
ko‘rinishidagi erkin axborot maydonchalarini yaratishni anglatadi. Bularning barchasi zamonaviy
demokratiyaning o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. 
O‘zbekiston Prezidentining 2022 yil 27 iyun kuni matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga
yo‘llagan tabrigida so‘z va ommaviy axborot vositalarining qadr-qimmati hamda ahamiyati alohida
e’tirof etilib, davlat rahbari biz qurayotgan huquqiy demokratik davlatda so‘z va matbuot erkinligi
hamisha Konstitutsiya, davlat qonunlari va prezidenti himoyasi ostida bo‘lishini ta’kidladi. Shuningdek,
u OAV xodimlarining qonuniy faoliyatni erkin amalga oshirishiga to‘sqinlik qilinishi demokratik
islohotlarga qarshi chiqish va O‘zbekiston nufuziga zarar yetkazish sifatida baholanishi zarurligini
ko‘rsatdi. Prezident deputatlarga ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifalarini yaratishlari va o‘zlari olib
borayotgan ishlari yuzasidan ma’lumotni joylashtirishlari to‘g‘risidagi iltimos bilan murojaat qildi va
hokimlarga ijtimoiy tarmoqlardagi savollarga har kuni javob qilishlarini topshirdi. 
Islohotlarning eng muhim yutuqlari orasida Inson huquqlari bo‘yicha milliy strategiyaning qabul
qilinishini, Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaning rati katsiya qilinishini va
ekstremizmda shubha qilinayotganlarning “qora ro‘yxat”idan voz kechishni hamda propiska
institutining isloh qilinishi va fuqarolik berish tartibining soddalashtirilishini keltirish mumkin.
O‘zbekistonning tan olingan yutug‘i Xalqaro mehnat tashkilotining “O‘zbekiston 2021 yili paxtachilikda
ishlab chiqarish siklidan majburiy va bolalar mehnatini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘ldi”, deb e’lon qilgani,
natijada Cotton Campaignkoalitsiyasi tomonidan o‘zbek paxtasidan o‘n yillik global boykot olib
tashlanganini e’lon qilishi, shu bilan O‘zbekiston to‘qimachilik tarmog‘iga kiyim-kechak va
riteylerlarning yetakchi jahon brendlarini kirib kelishi uchun sharoit yaratilgani bo‘ldi.
Mamlakatda 2030 yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasining qabul qilingani va
O‘zbekistonda gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyaning tashkil etilganligi inson
huquqlarini himoya qilish sohasidagi yutuqdir. Mamlakatimiz siyosiy hayotida ayollarning faol ishtiroki
ortib bormoqda. Parlament saylovi yakunlarining ko‘rsatishicha, xotin-qizlar barcha saylangan
deputatlarning 32 foizini tashkil etdi.
Xulosa
Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jadallashgani va O‘zbekiston yangi taraqqiyot
yo‘liga qadam qo‘ygani, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ta’limiy, ilmiy muhitning o‘zi esa ancha murakkab va
serqirra bo‘lib borayotgani, bu sodir bo‘layotgan jarayonlarni uzluksiz tahlil qilishning, tezda tuzatishlar
kiritishning, boshqaruvni takomillashtirish va o‘sishning yangi manbalarini kreativ tarzda topishning
dolzarbligini oshirishi barchaga ayon bo‘ldi. Shuning uchun 2022-2026 yillarda Yangi O‘zbekistonni
rivojlantirish strategiyasining qabul qilinishi va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaga tuzatishlar
kiritish hamda ularni umumxalq muhokamasiga kiritish jarayonining boshlanishi qonuniy ko‘rinadi.
Shuningdek, asosiy konsepti “inson – jamiyat – davlat” bo‘lgan islohotlar falsafasining keyingi
evolyutsiyasi tabiiy ko‘rinadi. 
Yangi O‘zbekiston strategiyasidagi asosiy maqsad har bir fuqaroning millati, tili va dinidan qat’i nazar
uning qonuniy manfaatlari va farovonligi ta’minlanadigan, kelgusida erkin fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish amalga oshiriladigan xalq va insonparvar davlatni yaratish hisoblanadi. Bu maqsad
“Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasi, shuningdek, davlat organlari ishining asosiy
tamoyili bo‘ladigan qonun ustuvorligi va adolatli ijtimoiy siyosat tamoyillari asosida jamiyatni ma’naviy
rivojlantirish bilan chambarchas bog‘liq. Yangi yo‘nalishda avvalgidekbirinchi o‘rinda e’tibor iqtisodiyot,
xususiy tadbirkorlik, insoniy kapitalni rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga qaratiladi.


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi
tashabbuslar va bu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar Yangi O‘zbekistonni bunyod etishning strategik
maqsadlariga to‘la mos keladi. Bir tomondan, tuzatishlar sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni qayd qilishi,
boshqa tomondan esa harakatlanish dasturi bo‘lishi, kelgusida rivojlanish uchun ko‘rsatmalardan iborat
bo‘lishi zarur.
“Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi”ni qabul qilish va Konstitutsiyaga qo‘shimchalar kiritish
ustida ishlash yaqqol ko‘rsatdiki, islohotlar o‘z oldiga yangi keng ko‘lamli maqsad va vazifalarni
qo‘ygancha qaytarib bo‘lmas xarakter kasb etadi, ularni amalga oshirishning ijobiy natijalarini yaqin
yillarda O‘zbekistonning har bir fuqarosi bo‘lganiday, jamiyat ham, umuman olganda, davlat ham
o‘zida his qilishi zarur. 
Bobur BEKMURODOV,
“Yuksalish” umummiliy harakati raisi.



© 2023 – Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi milliy markazi. Materiallardan foydalanishda saytga havola qilish talab qilinadi.
Ushbu sayt BMTTDning O'zbekistondagi vakolatxonasi ko'magida ishlab chiqilgan.
Sayt yaratuvchisi:

Yüklə 269,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə