Yangi davr psixologiyasiga umumiy tavsifnoma Fakulteti: Ta'limni tashkil etish Guruhi: S315-22 ppo' Talaba: Isaqulova Mohira



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə6/8
tarix21.04.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#106632
1   2   3   4   5   6   7   8
1vjXp3HAZucf OgFN2-NYjnkHmtAQ0jA

Psixologiya fanining predmeti

  • “Psixologiya” so’zi ikkita grek so’zlaridan – psychejon, ruh va logosta’limot, ilm so’zlaridan iborat bo’lib, an’anaviy ma’noda inson ruhiy dunyosiga aloqador barcha hodisalar va jarayonlar uning predmetini tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, psixologiyaning predmetini har birimizning tashqi olamni va o’z-o’zimizni bilishimizning asosida yotgan jarayonlar, hodisalar, holatlar va shakllangan xislatlar tashkil etadi. Psixologiya bo’yicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib, psixikadir, deb ta’rif berishadi. Psixika – bu inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli (ba’zan ongsiz ham) tarzda aks ettirishimizni, ya’ni bilishimiz, his qilishimiz, tasavvur qilib, anglashimizni ta’minlaydi. An’anaviy ta’riflarda psixologiya fan sifatida ana shu “psixikaning faktlarini, qonuniyatlarini va mexanizmlarini o’rganadi”, – deb ham bayon etilgan. Lekin bu qisqa ta’riflardan psixikaga aloqador jarayonlar ongning aks ettirish shakllari ekan, degan yuzaki xulosaga kelish noto’g’ri bo’ladi. Chunki inson psixikasi va uning ruhiy olamiga aloqador hodisalar va jarayonlar shu qadar murakkab va xilma-xilki, biz ba’zan o’z-o’zimizni ham tushunmay qolamiz

Demak, qisqa qilib, psixologiyaning predmeti konkret shaxs, uning jamiyatdagi xulq-atvori va turli ichki kechinmalari, amallari va faoliyatlarining o’ziga xos tarzda ongi tomonidan aks ettirilishidir, deb ta’riflash mumkin.

Demak, qisqa qilib, psixologiyaning predmeti konkret shaxs, uning jamiyatdagi xulq-atvori va turli ichki kechinmalari, amallari va faoliyatlarining o’ziga xos tarzda ongi tomonidan aks ettirilishidir, deb ta’riflash mumkin.

Psixologiya fanining bugungi kundagi vazifalari, tabiiy, uning predmetiga biroz o’zgarishlar kiritadi. Zero, inson ongi va qalbi uchun kurash muammosi butun dunyo miqyosida dolzarb turgan masala sifatida qaralishini inobatga olsak, jamiyatimizning har bir a’zosi, mustaqil yurt fuqarolari ongining milliy-madaniy muhit ta’sirida, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllanishi, ular qalbida sof imon va sog’lom dunyoqarashlar, mustaqil fikrlashning shakllanishi mexanizmlarini o’rganish ham fanning muhim predmeti hisoblanadi. Ayniqsa, buguni yoshlarda aniq maqsad va maslakning bo’lishi, milliy iftixor va g’urur tuyg’ularining to’g’ri tarbiyalanganligi yaxlit xalq va millat manfaatlari bilan uyg’undir. Psixologiya fan sifatida aynan har bir shaxsda o’ziga, yurtdoshlariga, turli faoliyat turlari hamda dunyoga nisbatan to’g’ri munosabatlarni shakllanishi yo’llarini ham o’rganishi kerak


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə