III bob. Xitoy va ASEANmamlakatlarining mintaqaviy integratsiya
jarayonlaridagi ishtirokining muammo va istiqbollari………………………..66
3.1. ―Sharqiy Osiyo Birlashmasi‖ konsepsiyasining shakllanishi...................66
3.2. Xitoy va O‗zbekistonning SHHT doirasida iqtisodiy hamkorlik
aloqalarining rivojlanishi......................................................................................74
3.3. O‗zbekistonning mintaqaviy integratsiya jarayonlaridagi ishtirokining
o‗ziga xos jihatlari...................................................................................................82
3 - bob bo‗yicha xulosa...................................................................................99
Xulosa...........................................................................................................101
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati...........................................................105
3
KIRISH
Magistrlik dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi.
Zamonaviy sharoitlarda dunyoning biror bir mamlakati boshqa davlatalar bilan
o‗zaro hamkorlik aloqalarini olib bormasdan turib samarali rivojlana olmaydi.
Jahon xo‗jaligini tobora globallashib borishi jarayonlarining negizini mamlakatlar
iqtisodiyotining o‗zaro integratsiyasi ta‘minlamoqda. Mamlakatlarning xalqaro
iqtisodiy aloqalari singari iqtisodiy integratsiyalshuvi ham dastlab mintaqa
miqyosida shakllantirilishi tabiiy hol. Mintaqviy bozorlarning integratsiyalashuvi
va uning ko‗lami, unda ishtirok etayotgan mamlakatlarning barqaror rivojlanishi
uchun alohida o‗rin tutadi. Mintaqaviy integratsiya zamonaviy xalqaro
munosabatlar rivojlanishining muhim xususiyati. Dunyoda amaliy jihatdan bitta
yoki bir nechta mintaqaviy integratsiya guruhlarining a‗zosi bo‘lmagan davlat
qolmadi. Hozirgi vaqtda jahon savdosining yarmidan ko‗pi savdo birlashmalarida
tashkil etilmoqda, deyarli har bir mamlakat bir yoki bir nechta mintaqaviy
integratsiya bo‗yicha kelishuvlar a‘zosi hisoblanadi. Ushbu jarayonlarni bilish va
mohiyatini tushinib yetish, mustaqil O‗zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib
borishini jadallashtirish va xalqaro iqtisodiy aloqalarini kengaytirishning samarali
yo‗nalishlarini belgilashda amaliy ahamiyatga egadir.
Mamlakatning jahon xo‗jaligiga integratsiyalshuvi darajasi tashqi iqtisodiy
aloqalarning milliy iqtisodiy ko‗rsatkichlar nisbatiga ko‗ra aniqlanadi. Bunda yalpi
ichki mahsulot, sanoat ishlab chiqarishi, yalpi investitsiyalar va boshqa
ko‗rsatkichlarga nisbatan tashqi bozorning ulushi taqqoslanadi. Chunki tashqi
bozor mamlakatdagi ishlab chiqarish va iste‘molni faollashtirib milliy
iqtisodiyotning rivojiga ta‘sir ko‗rsatadi. Shu bois O‗zbekiston ham jahon
hamjamiyati bilan iqtisodiy aloqalarni o‗rnatishga va kengaytirishga katta
ahamiyat berib kelmoqda.
Mamlakatimiz Prezidenti I.A. Karimov Mamlakatimizni 2014-yilda ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo‗ljallangan iqtisodiy dasturning
eng muhim ustuvor yo‗nalishlariga bag‗ishlangan Vazirlar Mahkamasining
majlisidagi ma‘ruzasida quyidagilarni ta‘kidlab o‗tdilar: ―Mamlakatimiz yalpi
4
ichki mahsuloti 8,1 foiz, sanoat ishlab chiqarish hajmi 8,3 foizga, qishloq xo‗jaligi
ishlab chiqarishi 6,9 foiz, kapital qurilish 10,9 foiz, chakana savdo aylanmasi hajmi
14,3 foizga oshdi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qariyb 70 foizini yuqori
qo‗shimcha qiymatga ega bo‗lgan tayyor tovarlar tashkil etdi. Iste‘mol tovarlari
ishlab chiqarish hajmi 2014-yilda 9,4 foiz o‗sdi. Inflatsiya darajasi yil yakunlari
bo‗yicha 6,1 foizni tashkil etdi. Bu prognoz ko‗rsatkichlariga nisbatan sezilarli
darajada pastdir. O‗tgan yili soliq yuki 20,5 foizdan 20 foizga, daromad solig‗i
stavkasi esa 9 foizdan 8 foizga kamaytirilgan bo‗lsa-da, davlat byudjeti yalpi ichki
mahsulotga nisbatan 0,2 foiz profitsit bilan bajarildi.
Tashqi savdo balansidagi
ijobiy saldo 180 million dollarni tashkil qildi, mamlakatimizning oltin-valyuta
zaxiralari 1 milliard 600 million dollarga ko‗paydi.
2014-yilda iqtisodiyotimizga
jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10,9 foizga o‗sdi va AQSh dollari hisobida 14
milliard 600 million dollarni tashkil etdi. Bunda jami kapital qo‗yilmalarning 21,2
foizdan ortig‗i yoki 3 milliard dollardan ziyodini xorijiy investitsiya va kreditlar
tashkil qildi. Ularning to‗rtdan uch qismi to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy
investitsiyalardir.‖
1
Shu bilan bir qatorda Prеzidеntimiz I.A. Karimov quyidagilarni ta‘kidlab
o‗tganlar: «Barchamiz bir haqiqatni anglab уеtishimiz lozim — O‗zbеkiston
bugun xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas
tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu bois global moliyaviy inqiroz va birinchi navbatda
uning oqibatlari iqtisodiyotimizning rivojlanishi va samaradorlik holatlariga ta‘sir
etayotganidan ko‗z yumib bo‗lmaydi»
2
. Shunga ko‗ra, biz mamlakatimizning
intеgratsiya jarayonlarida ishtirok etishida, jahon moliyaviy inqirozi oqibatlarining
ta‘sirini har tomonlama hisobga olishimiz, iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ushbu
jarayonlar ta‘siri nuqtai-nazaridan shakllantirishimiz va ularni izchil amalga
oshirishimiz taqozo etiladi.
1
Karimov I.A. Mamlakatimizni 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo‗ljallangan
iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‗nalishlariga bag‗ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi
ma‘ruzasi..- T.: O‗zbekiston. 2015. – 3 b.
2
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari
– T.: O‘zbekiston – 2009.
5
Bugungi kunda jahon xo‗jaligi tizimiga integratsiyalashmay turib, jahonning
hech bir mamlakati mukammal rivojlana olmaydi. Jahon xo‗jaligining tarkibiy
yig‗indisi bo‗lgan milliy iqtiodiyotlar to‗g‗ridan-to‗g‗ri ta‘sir ko‗rsatish darajasi
ortib bormoqda. Jahon iqtisodiyotida milliy xo‗jaliklarning baynalminallashuvi
ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojining zaruriy tomonlaridan biri bo‗lib, u barcha
mamlakatlarni, ular qaysi siyosiy, ijtimoiy - iqtisodiy tizimga mansubligidan qat‘iy
nazar qamrab oladi. Jahon iqtisodiyotining baynalminallashuvini sifat jihatdan
yangi holati (ko‗rinishi) - iqtisodiy integratsiyadir. Mamlakatlar o‗zlarining turli xil
manfaatlaridan kelib chiqqan holda birlashadilar. Ayni vaqtda bu manfaatlarning
amaldagi ijrosi uchun turli integratsion birlashmalar tuziladi.
Integratsion birlashuv a‘zolari bo‗lmish mamlakatlar o‗rtasida kapital va
ishlab chiqarishning markazlashuvi va jamlashuvi jarayoni yanada tezroq kechadi.
Bu esa ushbu mamlakatlar integratsion guruhlari chegarasida yagona iqtisodiy
siyosatning vujudga kelishini obyektiv tarzda talab qiladi. Mintaqviy iqtisodiy
integratsiyalar birlashayotgan davlatlarni ishlab chiqarish jarayonlarining qayta
qo‗shilishiga, o‗zaro ta‘sirlashuvi va aralashuvini taqazo etadi. Mamlakatlarda
iqtisodiy integratsiyalashuv jarayoning yuzaga chiqishi uchun milliy ishlab
chiqarish takomillashgan va mehnat taqsimoti chuqurlashib zamonaviy texnologiya
asosida iqtisodiy faoliyat yo‗lga qo‗yilgan bo‗lishi lozim. Demak, mamlakatda
iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoit yaratilganda iqtisodiy integratsiya voqelikka
aylanishi mumkin.
Mintaqaviy iqtisodiy integratsiya – bu milliy xo‘jaliklar (davlatlar) o‗rtasida
ko‗p tomonlama o‗zaro barqaror aloqalarning rivojlanishi va mehnat taqsimoti
negizida yuzaga kelgan mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy
jihatdan birlashuvi bo‗lib, ishlab chiqarish tarmoqlarining turli darajada va turli
ko‗rinishdagi o‗zaro aloqadorligini ifoda etadi.
Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov ta‘kidlaganidek: «XXI asr shubhasiz,
xalqaro munosabatlarda butun dunyo qamrab olinadigan asr bo‗ladi. Bunday
sharoitda integratsiya jarayonini, xalqaro institutlar va tashkilotlarda suveren
davlatlarning ishtirok etishini kengaytirish jarayonini faqat tarix taqozasi deb emas,
6
balki ayrim mintaqalar ko‗lamida ham, shuningdek, umuman – butun sayyoramiz
ko‗lamida ham sobitqadamlik barqarorlikning qudratli omili deb hisoblamoq
zarur».
3
Shuning uchun ham o‗tkazilayotgan iqtisodiy islohatlarning barchasi
O‗zbekistonni jahon xo‗jaligi tizimiga teng huquqli kirishiga va barcha
mamlakatlar bilan teng huquqli hamkorligini ta‘minlashga qaratilgan.
Iqtisodiy integratsiya bir tomondan, yangi texnologiyalardan xorijiy
sarmoyalardan foydalanish orqali milliy iqtisodiyotni tezda o‗stirishga
ko‗maklashsa, boshqa tomondan, O‗zbekistonning boy resurslari va ishlab
chiqarish imkoniyatlarining jahon xo‗jaligiga qo‗shilishi, uning umumjahon
iqtisodiy
imkoniyatlarini
kuchaytiradi.
Integratsiya
–
O‗zbekiston
Respublikasining jahon xo‗jaligi tizimiga kirib borshini tezlashtiradi. Shuning
uchun ham O‗zbekiston iqtisodiyotida mintaqviy iqtisodiy integratsion
jarayonlarning borishi muhim o‘rin tutmoqda.
Mamlakatning mintaqaviy iqtisodiy integratsiyalashuvi jarayoniga ta‘sir
etuvchi omillar qatoriga milliy xo‘jaliklarning chuqur integratsiyalashuviga
obyektiv asoslardan biri mamlakatlarning geografik yaqinligi bo‗lib, u iqtisodiy
aloqlarning rivojlanishiga tayanch bo‗ladi. Davlatlarning geografik yaqinligi
transport va aloqa xarajatlarini tejashga, rivojlanish darajasi katta farq qilmasligi,
bozorda faoliyat olib borishda va raqobat jarayonida ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.
Mintaqaviy iqtisodiy integratsiyaning mustahkamlanishi uchun tashkiliy tuzilmalar
mavjudligi, qo‗shma investitsiya faoliyati, miliy ishlab chiqarishning o‗xshashligi,
harbiy-siyosiy yakdillik, tuzilma darajasida doimiy ishlaydigan organlarining
mavjudligi muhim hisoblanadi. Shuningdek, milliy qadriyatlar va tarixiy
taraqqiyotning o‗xshashligi, iqtisodiy aloqalar jarayonining ijtimoiy jihatdan
mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
Jahon tajribasini o‗rganish shundan dalolat beradiki, integratsiya davlatlarning
jahon xo‗jaligiga qo‗shilishini rag‗batlantirish uchun samarali, tub tashqi iqtisodiy
siyosat ekanligini, barqaror iqtisodiy o‗sishni, kapital jamg‗arishni, iqtisodiyotda
3
Karimov I. A. ―O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va tarqqiyot
kafolatlari‖. T.:1997 y, 298 b
7
ilg‗or texnologik va tarkibiy siljishlar yuz berishini, ishlab chiqarish,
investitsiyalarni boshqarish va ularning sifatining oshishini ta‘minlashidan dalolat
beradi. Iqtisodiy rivojlanishning jahon tajribasi shuni ko‗rsatmoqdaki, har bir
mamlakatning rivojlanish darajasi olib borilayotgan strategiyaga va jahon
xo‗jaligiga integratsiyalashuv darajasiga, ko‗lami va nufuziga bog‗liqdir. Shu
nuqtai nazardan ham, mintaqaviy iqtisodiy integratsiyaning milliy davlatlar
iqtisodiy rivojidagi ahamiyati beqiyosdir. Mamlakatning integratsiya jarayonlariga
imkon qadar tezroq kirishishi, davlat tomonidan xo‗jalik yurituvchi subyektlar
uchun yaratiladigan ma‘lum iqtisodiy nafni ifodalashi tabiiydir.
Dostları ilə paylaş: |