Xxrning mintaqaviy integratsiya jarayonlaridagi ishtiroki


Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaningning tavsifi



Yüklə 326,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix29.11.2023
ölçüsü326,35 Kb.
#143214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
5af3e7ae67c2d

Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaningning tavsifi 
Tadqiqotni olib boorish 
jarayonida empirik, kuzatish, eksperiment, taqqoslash, tavsiflash, analiz, sintez va 
ekstropolyatsiya metodlaridan keng foydalanildi. 
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati 
Mutaxassisliklar, 
maxsus kurslar bo‗yicha XXRning mintaqaviy integratsiya jarayonlaridagi 
ishtiroki, xususan ASEAN mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalari 
va uning istiqbollari Xitoy iqtisodiyoti, Xitoyning tashqi iqtisodiy siyosatining 
o‗ziga xos xususiyatlari fanlari doirasida o‗qitilishi va mazkur fan sohalarida 
maxsus adabiyotlar, metodologik qo‗llanmalar yaratish uchun material bo‗lib 
xizmat qiladi. XXRning mintaqaviy integratsiya jarayonlardagi ishtirokini ASEAN 
mamalakatlari misolida o‘rganish Xitoy iqtisodiyotini yanada chuqur o‗rganish va 
o‗rganilgan bilim va ko‗nikmalar yurtimiz ravnaqi uchun xizmat qilishiga yordam 
beradi.
Ish tuzilmasining tavsifi. 
Tadqiqot ishi kirish, asosiy qismda 3 ta bob, 9 ta 
bo‗lim,
 
xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxatidan tashkil topgan. Ishning 
kirish qismida tadqiqotning dolzarbligi, obyekt va predmeti, maqsad va vazifalari, 
ilmiy yangiligi, asosiy masalalari va farazlari, tadqiqqot mavzusi bo‗yicha 
adabiyotlar sharhi, tadqiqotda qo‗llanilgan metodlarning tavsifi, tadqiqot 
natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati yoritilgan. 
13
Salidjanova N., Iacob K. Klanderman J. China‘s Economic Ties with ASEAN: A Country-by-Country Analysis. 
«U.S.-China Economic and Security Review Commission».- 2015.-40p. 
14
Melibayeva G.A., Gaziyev F.Sh. Xitoyning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorligi. – T.: «JIDU» 
nashriyot – matbaa birlashmasi, – 2011. – 120 b.;
15
Sadibekova B.D. Osiyo Tinch Okeani mintaqasi mamlakatlarida ijtimoiy iqtisodiy siyosat. – T.: – 2013. 
16
Сергун И.П. Переспективы участия России в интеграционных процессах в Юго-Восточной Азии: на 
примере опыта создания зоны свободной торговли Китая – АСЕАН. кан.эконом.наук дис. – Саратов – 2013. 
– 236 c. 
17
Васильиев Л.Е. « АСЕАН в начале ХХI века. Актуальные проблемы и преспективы. М. : ИД «ФОРУМ», 
2010. 368 c. 


10 
Tadqiqotning birinchi bobi ―Mintaqaviy iqtisodiy integratsiyaning nazariy 
asoslari‖ deb nomlangan bo‗lib, o‗z ichiga ―Mintaqaviy iqisodiy integratsiyaning 
mohiyati va vujudga kelish shart-sharoitlarini‖, ―Jahon iqtisodiyotida mintaqaviy 
iqtisodiy integratsiyalarning rivojlanish bosqichlari‖ va ―Mintaqaviy integratsion 
guruhlarning jahon markazlari‖ bo‗limlarni oladi. 
Tadqiqotning ikkinchi bobi ―Xitoy va ASEAN mamlakatlarining savdo-
iqtisodiy aloqalarining rivojlanish tendensiyalari‖ deb nomlanib, ―XXRning 
mintaqaviy integratsiya jarayonlardagi ishtirokining zamonaviy holati‖, ―Janubiy-
Sharqiy Osiyo Assotsiatsiyasi (ASEAN) integratsion faoliyatining o‗ziga xos 
xususiyatlari‖ va ―ASEAN tashkilotida Xitoyning o‗rni va roli, Xitoy-ASEAN 
erkin savdo hududi asosida savdo-iqtisodiy aloqalarining rivojlanish yo‗nalishlari‖ 
bo‗limlaridan tarkib topgan. 
Tadqiqotning uchinchi bobi ―Xitoy va ASEAN mintaqaviy integratsiya 
jarayonlardagi ishtirokining muammo va istiqbollari‖ deb nom olgan bo‗lib, uning 
tarkibiga ―Sharqiy Osiyo Birlashmasi‖ konsepsiyasining shakllanishi, ―Xitoy va 
O‗zbekistonning ShHT doirasida iqtisodiy hamkorlik aloqalarining rivojlanishi‖ va 
―O‗zbekistonning mintaqaviy integratsiya jarayonlardagi ishtirokining o‗ziga xos 
jihatlari‖ bo‗limlari kiritilgan. Har bir bobdan so‗ng alohida xulosalar berilgan va 
ishning xulosa qismida tadqiqot tahlili umumlashtirilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxatida 100 tadan ortiq o‘zbek, rus, ingliz va 
xitoy tilidagi kitoblar hamda internet resurslari ro‗yxati keltirilgan. Ishning 
umumiy hajmi 111 bet. 


11 
Xulosa 
Biz mazkur tadqiqot ishimizni yozish jarayonida quyidagi xulosalarga 
keldik:
Jahon iqtisodiyotida mintaqaviy iqtisodiy integratsiya jarayonlari dunyo
mamlakatlari o‗rtasidagi o‗zaro iqtisodiy aloqadorlikni ta‘minlashda bir qator 
qulayliklarni vujudga keltirib, ular birinchidan, xo‗jalik subyektlarini (tovar ishlab 
chiqaruvchilarni) ko‗plab resurslar bilan (inson resurslari, texnik-texnologik va 
axborot vositalari) ta‘minlaydi, ikkinchidan, jahon bozorlariga mos raqobatbardosh 
mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi, uchinchidan, integratsiya 
jarayonlarida qatnashuvchi barcha davlatlarni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va 
madaniy jihatdan bir-biriga yaqinlashtirib, raqobatdan himoya qiladi, to‘rtinchidan, 
mintaqaviy iqtisodiy integratsiya jarayonlarida ishtirok etuvchi davlatlar 
o‗rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy muammolarni hal etish imkoniyatini 
beradi. Integratsion jarayonlar mamlakatlarning o‗zaro iqtisodiy birlashuvi va 
milliy davlatlar siyosiy shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
Jahon tajribasini o‗rganish shundan dalolat beradiki, integratsiya 
davlatlarning jahon xo‗jaligiga qo‗shilishini rag‗batlantirish uchun samarali, tub 
tashqi iqtisodiy siyosat ekanligini, barqaror iqtisodiy o‗sishni, kapital jamg‗arishni, 
iqtisodiyotda ilg‗or texnologik va tarkibiy siljishlar yuz berishini, ishlab chiqarish, 
investitsiyalarni boshqarish va ularning sifatining oshishini ta‘minlashidan dalolat 
beradi. Har bir mamlakatning rivojlanish darajasi olib borilayotgan strategiyaga va 
jahon xo‗jaligiga integratsiyalashuv darajasiga, ko‗lami va nufuziga bog‗liqdir. 
Shu nuqtayi nazardan ham, mintaqaviy iqtisodiy integratsiyaning milliy davlatlar 
iqtisodiy rivojidagi ahamiyati beqiyosdir. Mamlakatning integratsiya jarayonlariga 
imkon qadar tezroq kirishishi, davlat tomonidan xo‗jalik yurituvchi subyektlar 
uchun yaratiladigan ma‗lum iqtisodiy nafni ifodalashi tabiiydir. 
Hozirgi kunda yer kurrasining turli mintaqalarida, turli ko‗rinishdagi 
integratsion uyushmalar faoliyat yuritib kelmoqda. Bu uyushmalarning eng asosiy 
maqsadlaridan biri, integratsiyaga a‘zo davlatlar iqtisodiy rivojlanishini imkon 
qadar tezlashtirishdan iboratdir.


12 
Mintaqaviy 
iqtisodiy integratsiyalar ayni davrda xo‗jalik hayoti 
baynalminallashuvining oliy darajasidir. Integratsiya a‘zolari bo‗lgan mamlakatlar 
o‗rtasida yanada chuqurroq xalqaro mehnat taqsimoti vujudga keladi. Mahsulotlar, 
xizmatlar, kapital, ishchi kuchlari bilan jadal almashinuv jarayonlari sodir bo‗ladi. 
Iqtisodiy integratsiya davlatning turli ehtiyojlarini qondirish va iqtisodiy 
samaradorlikni oshirishning muhim omili hisoblanadi va fan-texnika taraqqiyotini 
jaddalashtirishga, millatlararo yaqinlashuviga, aholining turmush darajasini 
oshirishga yordam beradi. 
Integratsiya jarayonlari jahonning barcha qit‘alarini qamrab olmoqda. Buning 
natijasida ko‗plab mintaqaviy va submintaqaviy savdo-iqtisodiy tashkilotlar 
yuzaga kelmoqda.
Integratsion guruhlarga a‘zo mamlakatlar iqtisodiyotining
o‗zaro hamkorligi ushbu davlatlarning bir-biriga iqtisodiy jihatdan chuqur kirib 
borishida namoyon bo‗ladi. Iqtisodiy integratsiyaning to‗rt ko‗rinishini (erkin 
savdo hududi, bojxona ittifoqi, umumiy bozor va iqtisodiy ittifoqlarni) alohida 
ajratib ko‘rsatish mumkin. Erkin savdo hududi (ESh) preferensial hudud 
hisoblanib, u o‗z faoliyatida bojxona va miqdoriy cheklashlardan holi savdo 
tartiblariga qat‘iy rioya qiladi. Jahon iqtisodiyotida Bojxona Ittifoqi (BI) huquqiy 
nuqtai nazardan ikki va undan ortiq davlatlar o‗rtasida o‗zaro uchinchi bir 
mamlakatga nisbatan yagona, soddalashtirilgan soliq siyosatining o‘tkazilishini aks 
ettiradi. Integratsion jarayonlar rivojlanishining eng yetuk ko‘rinishlaridan biri bu 
– umumiy bozor va iqtisodiy ittifoqdir. Jahon iqtisodiyotida ko‘plab iqtisodiy 
birlashmalarning vujudga kelishi va taraqqiyotidan ma‘lumki, integratsiya 
jarayonlarida aynan ana shu umumiy bozor va iqtisodiy ittifoq eng ko‗p diqqatga 
sazovordir. Iqtisodiy ittifoq – integratsiyaning oliy formasi bo‗lib, bunda 
qatnashuvchi mamlakatlar o‗z iqtisodiy siyosatlarini shuningdek, savdoga hamda 
ishchi kuchi va sarmoya ko‗chib yurishiga nisbatan siyosatni muvofiqlashtiradilar. 
To‗liq iqtisodiy integratsiya barcha a‘zo mamlakatlar uchun valyuta siyosatini 
talab qiladi. 
Iqtisodiy integratsiya bir tomondan, yangi texnologiyalardan xorijiy 
sarmoyalardan foydalanish orqali milliy iqtisodiyotni tezda o‗stirishga 


13 
ko‗maklashsa, boshqa tomondan, O‗zbekistonning boy resurslari va ishlab 
chiqarish imkoniyatlarining jahon xo‗jaligiga qo‗shilishi, uning umumjahon 
iqtisodiy imkoniyatlarini kuchaytiradi. 
Xitoy va ASEAN o‗rtasidagi haamkorlik aloqalari 1970-yilda boshlanib, 
o‘zining rasmiy ifodasini 1990-yillarda topdi. Bugungi kunda hamkorlik darajasi 
muhim strategik ahamiyat kasb etadi. 2010-yil 1-yanvardan yo‘lga qo‘yilgan 
Xitoy va ASEAN erkin savdo hududi har ikki mamlakat o‘rtasida savdo 
aloqalarida boj tariflarini kamaytilishida muhim omil hisoblanadi. Imtiyozli savdo 
siyosatining olib borilishi, past darajadagi boj to‘lovlari hamda hududiy yaqinlik 
omillari tufayli 2015-yilga borib ASEAN Xitoy savdo hamkorlari orasida 1-o‗rinni 
egallaydi va umumiy savdo hajmi 500mlrd.AQSh dollarga yetdi. 
ASEAN va Xitoy hamkorlik aloqalari hozirda tez sur‘atlarda rivojlanmoqda. 
Buning asosiy omili sifatida biz hududiy yaqinlikni ko‘rishimiz mumkin. Shu bilan 
bir qatorda global darajada raqobatbardosh bo‗lgan yagona yuqori darajada 
rivojlangan iqtisodiy mintaqani yaratish mqasadida integratsiya tamoyilari keng 
yo‗lga qo‗yilmoqda va ayni vaqtda yetarli darajada kuchli xalqaro birlashma 
sifatida tan olinmoqda. 
ShHT doirasida hamkorlik Xitoy uchun siyosiy emas, balki iqtisodiy 
manfaatlar ustun. Shanxay hamkorlik tashkilotida umumiy strategiyaning muhim 
bo‗g‗ini – bu iqtisodiy hamkorlikni faollashtirish, tajriba almashish va turli 
sohalarda aloqalar mustahkamlash, terrorizm va transchegaraviy jinoyat bilan 
kurashni kuchaytirish, global boshqaruv tizimi, shu jumladan jahon moliya tizimini 
o‗zgartirishga, shuningdek ShHTga a‘zo barcha davlatlar og‗ishmay rivojlanishiga 
ko‗maklashish. Biror mintaqaviy tashkilotda o‗z ishtiroki istiqbollarini mamlakat 
o‗z manfaatlari terminlarida, shuningdek ushbu birlashmada ishtirok etishga uni 
undagan sabablardan kelib chiqib belgilaydi. Mazkur manfaatlar va sabablar mos 
kelishi, shuningdek, kelajakda rivojlanishning umumiy istiqbollari borasidagi
qarashlar har qanday davlatlararo birlashma to‗laqonli faoliyat yuritishining 
zaruriy shartidir. Shunday qilib, har qanday mintaqaviy tashkilot negizida 


14 
tashkilotga a‘zo barcha davlatlar manfaatlariga mos keluvchi umumiy maqsad 
yotadi.
O‗zbekiston va Xitoy ShHTning muvaffaqiyatli rivojlanishi hamda uning 
ishida faol qatnashishga alohida e‘tibor qaratadi. Bugungi kunda ShHT tizimida 
hamkorlik mintaqa, shuningdek, jahonda barqarorlikni va xavfsizlikni ta'minlashda 
jiddiy omilga aylanib bormoqda. O‗zbekiston va Xitoy o‗rtasidagi tovar aylanmasi 
2005-yil yakunlari bo‗yicha 485,5 AQSh dollarini tashkil yetdi, ya‘ni 2004-yilga 
nisbatan 32,2 % ga o‗sdi. Eksport hajmi 228,3 mln. dollar (125 % ga o‗sdi), import 
hajmi esa 257,2 mln. dollarga (3,2 % ga kamaydi) teng bo‗ldi. 2014-yil yanvar-
may oyi holatiga ko‗ra ikki mamlakat o‗rtasida bu ko‗rsatkich 2,2 mlrd AQSh 
dollarini tashkil etdi. Hozirda O‗zbekiston Respublikasi tomonidan Shanxay 
hamkorlik tashkiloti doirasida savdo iqtisodiy, transport kommunikatsiya, 
investitsiya va boshqa sohalarda hamkorlik faoliyati izchil davom etmoqda.
Iqtisodiy integratsiya – O‗zbekiston Respublikasining jahon xo‗jaligi tizimiga 
kirib borshini tezlashtiradi. Shu sababli xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlari 
O‗zbekiston iqtisodiyotida muhim o‗rin tutmoqda. Yuqoridagilarni hisobga olgan 
holda O‗zbekiston hukumati milliy iqtisodiyotni chuqur qayta ishlashga qaratilgan 
iqtisodiy siyosatni amalga oshirmoqda. Bu siyosatning asosiy maqsadi 
O‗zbekistonning jahon xo‗jalik tizimiga xom ashyo yetkazib beruvchi sifatida 
emas, balki ishlab chiqarish va eksport tarkibida tayyor mahsulotlar ulushi yuqori 
bo'lgan mamlakat sifatida integratsiyalashuvini ta‘minlashdin iborat. 
Shunday qilib, O‗zbekistonning ilg‗or Yevropa mamlakatlari, AQSh, 
Osiyo-Tinch Okeani mintaqasi davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirishi va 
mustahkamlashi uning jahon xo‗jaligiga integratsiyalashuvining muhim 
yo‗nalishlaridan biri hisoblanadi. O‗zbekiston Respublikasi tashqi siyosat 
maydonida borgan sari munosib o‗rinni egallab bormoqda. 
Biror mintaqaviy tashkilotda o‗z ishtiroki istiqbollarini mamlakat o‗z 
manfaatlari negizida, shuningdek ushbu birlashmada ishtirok etishga uni undagan 
sabablardan kelib chiqib belgilaydi. Mazkur manfaatlar va sabablar mos kelishi, 


15 
shuningdek, kelajakda rivojlanishning umumiy istiqbollari borasidagi qarashlar 
har qanday davlatlararo birlashma to‗laqonli faoliyat yuritishining zaruriy shartidir.

Yüklə 326,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə