Xxi аср: фан ва таълим масалалари



Yüklə 80,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix27.12.2023
ölçüsü80,95 Kb.
#163767
1   2   3   4   5   6   7
Xitoy tilida harakat yo‘nalishi modifikatorlari va ularning grammatik ma’nolari

www.sharqjurnali.uz
3


“XXI аср: фан ва таълим масалалари” илмий электрон журнали. №4, 2020 йил
oriyentirning ichiga tomon harakatni bildirib

[pǎo] “yugurmoq” harakat fe’li bilan
birikkan holda uch bo‘g‘inli “yugurib kirib kelmoq” fe’lini hosil qilgan.
Harakat yo‘nalishini ifodalovchi so‘zlarning grammatik ma’nolari juda
murakkab: aksariyat harakat yo‘nalishini ifodalovchi so‘zlar ko‘plab ma’noni
ifodalashga xizmat qiladi, ba’zi harakat yo‘nalishini ifodalovchi so‘zlar esa faqat bir
turdagi ma’noni ifodalay oladi. Xitoy tili grammatikasida harakat yo‘nalishini
ifodalovchi so‘zlar uch katta guruhga ajratiladi:
1) yo‘nalish ma’nosini anglatuvchi so‘zlar;
2) natija ma’nosini anglatuvchi so‘zlar;
3) holat ma’nosini anglatuvchi so‘zlar.
Modifikatorlarning yo‘nalish ma’nosi.
Yo‘nalish ma’nosi aksariyat harakat
yo‘nalishini ifodalovchi so‘zlarning asosiy ma’nosi va, shuningdek, harakat
yo‘nalishi so‘zlari asli ifodalashi lozim bo‘lgan ma’no hamdir. Harakat yo‘nalishini
ifodalovchi so‘zlarning yo‘nalish ma’nosi inson yoki predmet ma’lum harakatni
bajarib bo‘lgach erishilgan natija sanaladi. Masalan, “

” boshlang‘ich nuqta tomon
harakatni ifodalaydi; “

” tark etilishi kerak bo‘lgan nuqtadan boshqa yo‘nalish
tomon harkatlanishni ifodalaydi; “

” quyi nuqtadan yuqoriga tomon harakatlanishni
ifodalaydi; “

” esa yuqori nuqtadan quyi tomon harakatlanishni ifodalaydi va h.k. 


” , “

” hamda “

” , “

” ishtirokidagi murakkab birikmali harakat
yo‘nalishini ifodalovchi so‘zlarda ish-harakatining boshlang‘ich nuqtasini aniqlash
muammosi mavjud. Ish-harakatining boshlang‘ich nuqtasi qay tarzda aniqlanadi?
(1) So‘zlovchi yoki birinchi shaxs nutqidan foydalanilganda, so‘zlovchi yoki
“men” ning o‘rni boshlang‘ich nuqta bo‘ladi. Misol uchun:
他向我走过来
[7, 547 b.]
[Tā xiàng wǒ zǒu guòlái]
U men tomon yurib keldi 
(boshlang‘ich nuqta “

”, ya’ni “men” – so‘zlovchi
turgan joy).
我向山上跑去
[7, 548 b.]

[Wǒ xiàngshān shàng pǎo qù]
Men tog‘ga yuqoriga qarab yugurib ketdim
(boshlang‘ich nuqta “

” , ya’ni
“men” 

so‘zlovchi turgan joy).
昨天我们上口语课,铃还没响,老师就进教室来了
[7, 544 b.]

[Zuótiān wǒmen shàng kǒuyǔ kè, líng hái méi xiǎng, lǎoshī jiù jìn jiàoshì láile]
Kecha bizlarda og‘zaki til darsi bo‘ldi, qo‘ng‘iroq chalinmasidanoq o‘qituvchi
sinfga kirib keldi
(boshlang‘ich nuqta “
我们
”, ya’ni “bizlar” – so‘zlovchilar turgan
joy).

Yüklə 80,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə