Xxi аср: фан ва таълим масалалари



Yüklə 80,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix27.12.2023
ölçüsü80,95 Kb.
#163767
1   2   3   4   5   6   7
Xitoy tilida harakat yo‘nalishi modifikatorlari va ularning grammatik ma’nolari

www.sharqjurnali.uz
2


“XXI аср: фан ва таълим масалалари” илмий электрон журнали. №4, 2020 йил
o‘tishgan. Harakat yo‘nalishini ifodalovchi murakkab vositalar ikki modifikatorga
ega bo‘lib, uning tartibi quyidagicha: avval 
jin
guruhi modifikatori, keyin esa 

va

qo‘llaniladi. Bu ko‘rinishdagi ikki bo‘g‘inli modifikator harakatning yo‘nalishini
ham joyga, ham so‘zlovchiga nisbatan yanada aniqroq ifodalab kelishga xizmat qiladi
[6, 321-322 b.]. Masalan:
走进来
[zǒu jìnlái] yurib kirib keldi (bu yerga);
走进去
[zǒu jìnqù] yurib kirib ketdi (u yerga);
拿回来
[ná huílái]qaytarib olib keldi (bu yerga);
拿回去
[ná huíqù] qaytarib olib ketdi (u yerga).
Demak, harakat yo‘nalishini ifodalovchi modifikatorlar sodda va murakkab
shaklga ega. Gapda sodda yoki murakkab modifikatorlardan birini tanlash zarurati
bo‘lganda, gapning sintaktik qurilishiga va ohangiga e’tibor qaratish lozim. Shuni
ham ta’kidlab o‘tish joizki, harakat yo‘nalishini ifodalovchi modifikatorlar bilan
to‘ldiruvchi yoki boshqa bir so‘z, iboraning qo‘llanilishi ba’zida gapda sodda yoki
murakkab modifikatordan qay birini qo‘llash lozimligini ko‘rsatadi[7, 571 b.].
Du Xunszyunning tadqiqotida xitoy va rus tilshunoslarining gapda harakat
yo‘nalishi fe’llarining qo‘llanilishiga oid nazariy qarashlari o‘rganilgan [3, 199 b.].
Uning ko‘rsatishicha, xitoy tili grammatikasining barcha mualliflari harakat
yo‘nalishi fe’llarining boshqa fe’lga nisbatan prepozitiv yoki postpozitiv joylashuviga
ko‘ra mustaqil va ko‘makchi fe’l vazifalarini ajratadilar. Ko‘makchi fe’l boshqa fe’l
yo‘nalishini aniqlashtirish yoki ko‘rsatishga xizmat qiladi. Shuning uchun bularga
gapdagi sintaktik vazifasidan kelib chiqib, mustaqil fe’l yoki ko‘makchi fe’l sifatida
qarash lozim [3, 42 b.]. Agar harakat yo‘nalishi fe’li gapda modifikator vazifasini
bajarsa, to‘ldiruvchi yetakchi fe’l va modifikatorning o‘rtasida keladi. Masalan:
小孩儿来了
[xiǎo hái’ér láile] Bola keldi.
小孩儿跑来了
[xiǎo hái'ér pǎo láile] Bola yugurib keldi.
小孩儿跑进来了
[
xiǎo hái'ér pǎo jìnláile
] Bola yugurib kirib keldi.
Birinchi gapda harakat yo‘nalishi fe’li

[lái] oriyentirga tomon harakatni
bildirib, mustaqil fe’l sifatida kesim vazifasini bajarmoqda. Ikkinchi gapda esa

[lái] oriyentirga tomon harakatni ifodalab, modifikator sifatida murakkab fe’l
tarkibida qo‘llanilgan: 
跑来
[pǎo lái] – mustaqil ma’noga ega harakat fe’li 

[pǎo]
“yugurmoq” va modifikator 

[lái] dan tashkil topgan; bunda 

pǎo “yugurmoq”
fe’lidan keyin kelayotgan 

[lái] uning yo‘nalishini ifodalamoqda. Uchinchi misolda
进来
[
jìnlái
] harakat yo‘nalishini ifodalovchi murakkab vosita – modifikator sifatida

Yüklə 80,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə