Xongeldiyeva sevara shuxrat qizi



Yüklə 208,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix30.05.2023
ölçüsü208,52 Kb.
#114434
1   2   3   4   5
305-310

IQRO JURNALI / 2023
VOL – 1 ,ISSUE – 2
GUVOHNOMA № 060680
https://wordlyknowledge.uz/
etiladi, gazeta va jumallar chiqariladi. Radio va televideniye eshittirishlarida ushbu til
me’yorlariga amal qilinadi. Yozma nutqda o‘zbek tilining imlo qoidalariga, gapirganda esa,
adabiy talaffuz talablariga rioya etiladi[4,18]. Nutq madaniyati to’g’risida bir qancha olimlar
o’z fikrlarini bayon etgan. Jumladan, S.I.Ojegov: “Yuqori nutq madaniyati nima? Yuqori
nutq madaniyati – bu o’z fikrlarini til vositalari bilan to’g’ri, aniq va ta’sirchan qilib bera
olishdir. To’g’ri nutq deb esa hozirgi adabiy til me’yorlariga rioya qilib tuzilgan nutqqa
aytiladi. Ammo yuqori nutq madaniyati faqatgina me’yorga rioya qilishdangina iborat emas.
U fikrni ifodalashning aniq vositasini izlash bilan birga, birmuncha ta’sirchan va maqsadga
muvofiq vositalarni toppish uquvini ham o’z ichiga oladi” degan bo’lsa, L.I.Skvorsov: “Nutq
madaniyati tushunchasi bir tomondan nutqning adabiy til me’yorlariga mos kelish darajasini
bildirsa, ikkinchi tomondan, tilshunoslik fanining madaniyat quroli bo’lgan adabiy tilni
mukammallshtirish maqsadida me’yorlashtirirish muammolari bilan shug’ullanuvchi
sohasidir” deya ta’kidlagan. Ma’lum bo’ladiki, nutq madaniyati, agar masalaga til nuqtai
nazaridan qaraladigan bo’lsa, bu, bu eng avvalo, nutqning to’g’riligi demakdir. Ikkinchidan
esa, u uslubiy jihatdan silliq bo’lishi kerak ya’ni unda noaniqlikka, ikkima’nolikka, uzundan-
uzoqlikka yo’l qo’yilmasligi, qisqalik, soddalik va aniqlik bu nutqning asosiy o’lchovi
bo’lishi lozim. Keng ma’noda esa nutq madaniyati nutqiy ta’sirchanlikni, ijodiy yorqinlikni,
o’tkirlik va obrazlilikni ifoda etadi. Shu sohaning yirik bilimdoni prof. E.Begmatovning
qayd etishicha, ma’naviyatimiz tarixida “nutq odobi” deb yurutib kelingan qoidalar uning
ko’hna tarixga ega ekanligidan dalolat beradi[2].
Xulosa o’rnida aytadigan bo’lsak, nutq madaniyatini puxta egallash, uni muomala
jarayonida maqsadga muvofiq tarzda qo’llay olish nafaqat huquqshunosga katta mas’uliyat
yuklaydi, ayni paytda, unga obro’ ham keltiradi. Bunga esa osonlik bilan erishib bo’lmaydi.
Til ilmini yaxshi bilish va uni amaliyotda mahorat bilan qo’llay olishgina ana shu obro’ning
zarur sharti bo’lib qoladi.


2023. volume 1, issue 2
IQRO JURNALI / 2023
VOL – 1 ,ISSUE – 2
GUVOHNOMA № 060680
https://wordlyknowledge.uz/
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. R.Rasulov, N.Xusanov, Q.Muydinov “Nutq madaniyati va notiqlik san’ati” (o’quv
qo’llanma) – Toshkent 2008, 33-b.
2. http/fayllar.org.com. Til va nutq, til madaniyati va nutq madaniyati – 2022 y.
3. A.J.Omonturdiyev, Sh.I.Abduraimova “O’zbek nutqi madaniyati va uslubiyati”
(bakalavr va magistrlar uchun qo’llanma) – Toshkent 2016y. 12-13-bet.
4. Raupova Laylo “Nutq madaniyati” – T.: Innovatsiya ziyo, 2019 y, 18-bet.

Yüklə 208,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə