Xongeldiyeva sevara shuxrat qizi



Yüklə 208,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix30.05.2023
ölçüsü208,52 Kb.
#114434
1   2   3   4   5
305-310

IQRO JURNALI / 2023
VOL – 1 ,ISSUE – 2
GUVOHNOMA № 060680
https://wordlyknowledge.uz/
asosiga to'la ega bo'lmay turib, hal bo'lmaydi. Hozirgi kunda bu borada qator yutuqlar qo'lga
kiritildi: nutq madaniyati ilmiy muammo sifatida tan olindi. Uni tadqiq qilish lozimligi qator
olimlar tomonidan ma’qullandi. Tilshunos V.V.Veselilskiy: “Hozirgi nutq madaniyati
bo'yicha tadqiqot olib borishning zarurligini isbotlab o'tirish ortiqcha", deb yozgan edi. Nutq
madaniyatini alohida fan sifatida o'rganilishiga qarshilar ham bo'lgan. Sababi nutq
madaniyati hodisasining tilshunoslikda yetarli darajada oydinlashmaganligi, qolaversa, u
oddiy, aniq hodisa sifatida ko'rsatilmasdan, umumiy, mavhum tarzda talqin etib
kelinayotganligidandir. Nutq madaniyati tilshunoslikda o‘z o'rnini topishi va mavqeiga ega
bo'lishi uchun, u nazariy jihatdan asoslanishi, uning tekshirish obyekti, muammolari, ilmiy
uslubi, shuningdek, amaliy ahamiyati singari masalalar aniqlashtirilishi, isbotlanishi kerak.
Ba’zi tilshunoslar nutq madaniyatini sof nazariy muammo deb, ba’zilari esa uni faqat amaliy
muammo va soha sifatida talqin etishadi. Nutq madaniyati etikaviy kategoriya, psixologik
yoki metodik- pedagogik muammo tarzida talqin etilgan hollari ham mavjud. Nutq
madaniyati deb yuritilayotgan hodisa bir qator murakkab, ammo mavjud til faktlari: ilmiy,
ilmiy-amaliy tasavvurlar, aniq nutqiy jarayon ko'rinishlari va talablari bilan
aloqadordir[3,13]. Nutq - kishilaming ongida mavjud lisoniy imkoniyatlami og‘zaki yoki
yozma shakllarda voqelantirilishi. Masalan, aytgan yoki yozgan gaplarimiz nutq bo‘lib, u
lisoniy bilim va malakamiz tufayli sodir bo‘ladi. Nutqiy faoliyat tildan foydalanuvchilaming
gapirish, nutq so'zlash bilan birga, tinglash jarayoni ham. Mashhur amerikalik notiq psixolik
Deyl Kamegi “yaxshi suhbatdosh - yaxshi gapirishni emas, balki yaxshi tinglashni biladigan
suhbatdoshdir” deganda aynan shu qobiliyatning insonda rivojlangan bo‘lishini nazarda
tutgan edi. Nutqiy faoliyat kundalik faoliyatimizning tarkibiy qismidir. Nutq madaniyati
kishilaming kundalik nutqiy faoliyati bilan aloqador. Adabiy tilning o‘zi nutq madaniyatini
tashkil eta olmaydi. Adabiy tildan, uning madaniylashgan vositalaridan nutqiy faoliyatda
foydalanilgandagina adabiy til nutq madaniyati vositasiga aylanadi. Masalan, hozirgi zamon
o'zbek adabiy tihda ta’lim-tarbiya ishlari olib boriladi, ilmiy va badiiy adabiyotlar nashr


2023. volume 1, issue 2

Yüklə 208,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə