Xongeldiyeva sevara shuxrat qizi



Yüklə 208,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix30.05.2023
ölçüsü208,52 Kb.
#114434
1   2   3   4   5
305-310

VOL – 1 ,ISSUE – 2
GUVOHNOMA № 060680
https://wordlyknowledge.uz/
tilning cheksiz imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolaveradi. G’arb donishmandlaridan R.
Emirsonning ta’kidlashicha, "Nutq - qudratli kuch: u ishontiradi, undaydi, majbur etadi". Bu
gapda nutqning shunday fazilati ta'kidlanyaptiki, u, birinchi navbatda, ishontirish
san’atidir[1,33]. Til va tafakkurni bir-biridan alohida tasavvur etib bo’lmaydi. Til bilan
tafakkur bir-birini taqozo etadigan ajralmas hodisadir. Tilsiz tafakkur bo’lmaganidek, til ham
tafakkursiz bo’lmaydi. Tilning inson uchun fikrlash vositasi bo’lishi, moddiy asos sifatida
xizmat qilishi uning amalda bo’lishidagi birinchi bosqich hisoblanib, ikkinchi bosqichda fikr,
tafakkur mahsuli reallshadi, ya’ni u miyadan tashqariga chiqadi. Shunday qilib, ikkinchi
bosqichda til kommunikativ – aloqa vazifasini bajarishga kirishadi. Material maqomida
turgan til muomala vositasiga, nutqiy jarayon quroliga aylanishi bilan uning imkoniyat
doirasi ham kengayib boradi. Inson nutqiy faoliyatida kommunikativ vazifani bajarayotgan
til ko’magida suhbatdosh yoki tinglovchiga ma’lum axborot ham yetkaziladi. Shu o’rinda
tilning hech bir imkoniyati nutqsiz, nutqiy jarayonsiz amalga oshmasligi, yuzaga
kelmasligiga ham amin bo’lamiz. Til va tafakkurning birligi nutqda o’z ifodasini topadi.
Nutq og’zaki va yozma holda mavjud bo’lib, unda fikrimiz moddiy shaklga, ya’ni hissiy
idrok etadigan shaklga kiradi va shu tariqa u endi bir shaxsga emas, balki jamiyatga tegishli
bo’lib qoladi. Ma’lum bo’ladiki, til nutqning o’ta muhim unsuri sifatida aloqa, xabar, ta’sir
etishdek, shu bialn birga, imkoniyatlari nihoyatda kengayib borishi natijasi o’laroq kishilik
jamiyati to’plagan tajriba va bilimlarni kelajak avlodlarga yetkazishdek ulug’vor ijtimoiy
vazifani bajaradi. O’z shakllanishi va rivojlanib borishi davomida uzoq tarixiy yo’lni bosib
o’tadigan til asta-sekinlik bilan bo’lsa-da, takomillshib ham boradi. Bu holni uning ichki
qurulishida, amalda bo’lish qoidalarining ma’lum bir tizimga kela borishida kuzatamiz.
Tilning takomillashib borishi va nutq jarayonidagi bosqichlarini taniqli tilshunos olimlar
H.Ne’matov va R.Rasulovlar sistem tilshunoslik “til-me’yor-nutq” tarzida ajratishini
ta’kidlashib, qayd qiladilarki, “til bevosita kuzatishda berilmagan. U jamiyat a’zolarining
ongida mavjud bo’lib, ularning barchasi uchun tayyor, umumiy, majburiy bo’lgan, fikrni


2023. volume 1, issue 2

Yüklə 208,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə