Xizmatlar sohasini raqamli iqtisodiyot sharoitida rivojlantirish imkoniyatlari



Yüklə 235,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix23.09.2023
ölçüsü235,39 Kb.
#123535
1   2   3   4   5   6   7
xizmatlar-sohasini-raqamli-iqtisodiyot-sharoitida-rivojlantirish-imkoniyatlari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(3), March, 2023 
507 
xizmatlar sifati va ko‘lamini yanada oshirish, sayyohlar xavfsizligini ta'minlash 
maqsadida turizm sohasini raqamlashtirish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga 
oshirilmoqda. 2021 yilning yanvar-dekabr oylarida turizm sohasida qabul
qilingan qarorlar va dasturlar doirasida, viloyatning sayyohlar ko‘p tashrif 
buyuradigan hududlarida xorijiy sayyohlar uchun yanada qulayliklar yaratish
maqsadida xorijiy kartalarga (Visa Card, Master Card, Amerikan Express, China
Union Pay va boshqalar) xizmat ko‘rsatuvchi avtomatlashgan 5 ta valyuta
ayriboshlovchi bankomatlari, 6 ta terminallar, 21 ta “WIFI” nuqtalari o‘rnatilib 
xizmat ko‘rsatmoqda. 
Turizm sohasiga innovatsion texnologiyalarni keng tadbiq qilish va shaffoflikni 
ta'minlash maqsadida Xiva shahri "Ichan-qal'a" davlat muzey qo‘riqxonasida –
“Muzeylarga kirish uchun elektron biletlar sotish va tashrif buyuruvchilarni hisobini 
yuritishni avtomatlashtirilgan tizimi (turniketlar)ni yaratish” loyihasining 1-
bosqichi ishga tushirildi. 
“Ichan qal'a” hududiga kirish, muzeylarni va ayrim diqqatga sazovor joylarni 
tomosha qilish uchun chiptalar yagona kassadan sotilishi va barcha muzey va
diqqatga sazovor joylarga kirish ularning kirish qismlariga o‘rnatilgan smart-
turniketlar orqali amalga oshirilishi joriy qilindi.
“Wolsoft” korxonasi tomonidan Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 
ajratilgan grant mablag‘lari asosida “Ichan-qala”ning 3D va VR BOX
ko‘rinishlari ishlab chiqilmoqda va bugungi kunda 9 ta asosiy obektdan 6 tasi
raqamlashtirilgan. Ushbu loyiha “Ichan-qala” davlat muzey qo‘riqxonasi hududida 
test rejimida tekshirildi.
Shunday bo‘lsada, viloyatda sohaning yanada jadal rivojlanishiga to‘sqinlik 
qilayotgan ayrim sabablar ham mavjud.
Bizning fikrimizcha, hozirgi vaqtda hududdagi muammolar sifatida turizm 
xizmatlari raqamlashtirilishining jahon standartlaridan nibatan pastroq darajasi, 
qo‘shimcha xizmatlar (transport, bank, sanitariya-epidemiologik va sug‘urta
xizmatlari) raqamlashtirilishi darajasi pastligi , to‘g‘ri raqamli marketing 
strategiyalari ishlab chiqilmaganligini keltirishimiz mumkin.
Shu o‘rinda ta'kidlab o‘tish kerakki, viloyatda turizm sohasini yanada jadal 
rivojlanishiga erishish uchun, ushbu sohada yetakchi bo‘lgan davlatlar tajribalariga 
suyanish, marketing strategiyalarini to‘g‘ri tanlay olish lozim.
Xorazm viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish, uni raqamli iqtisodiyot 
darajasiga olib chiqish, viloyatimizga xorijiy va mahalliy sayyohlarni yanada
ko‘proq jalb qilish maqsadida turizmda raqamlashtirilgan xizmatlar sifatini jahon 
andozalariga javob beradigan darajaga olib chiqish, raqamli marketing 



Yüklə 235,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə