Xizmatlar sohasini raqamli iqtisodiyot sharoitida rivojlantirish imkoniyatlari



Yüklə 235,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix23.09.2023
ölçüsü235,39 Kb.
#123535
1   2   3   4   5   6   7
xizmatlar-sohasini-raqamli-iqtisodiyot-sharoitida-rivojlantirish-imkoniyatlari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(3), March, 2023 
504 
madaniy va sport tadbirlari singari turlari mavjud
1
. Shundan ko‘rinib turibdiki
hozirgi vaqtda xizmat ko‘rsatish sohasi iqtisodiy faoliyatning asosiy turi hisoblanadi. 
Deyarli har bir kishi u yoki bu xizmatdan foydalanadi. Raqamli iqtisodiyot eng 
avvalo keng polosali internet portlarini yaratishni, optik tolali internet liniyalarini
yotqizishni taqozo qiladi. Ushbu muammolarni inobatga olgan holda hamda
mamlakatda elektron tijoratni rivojlantirish uchun qulay shart sharoitlar yaratish 
hozirda dolzarb hisoblanadi. 
Keyingi yillarda raqamli iqtisodiyot tushunchasi ko‘plab mamlakatlar
iqtisodiyoti nazariyasi va amaliyotida paydo bo‘ldi. Bu raqamli texnologiyalarning
jadal rivojlanishi, axborot sohasida inqilob va iqtisodiyotning globallashuv 
jarayonlarini tezlashtirish bilan ajralib turadi. 
Raqamli iqtisodiyotning inson hayoti barcha jabhalariga ta'sirini sezish qiyin 
emas. Hozirgi kunda sayyoramizning ko‘pchilik aholisi internetga kirish 
imkoniyatiga ega va raqamli xizmat ko‘rsatish iqtisodiyoti xizmatlaridan
foydalanishi mumkin, ijtimoiy tarmoqlar, turli mesendjerlar allaqachon
shaxslararo muloqotning asosiy ajralmas qismiga aylangan.
Hozirda mamlakatimizda ham yuqori texnologiyalarga asoslangan, innovatsion
va raqamli iqtisodiyotga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Mamlakat prezidenti
Sh.Mirziyoev ta`kidlaganlaridek “Yangi asrda raqamli texnologiyalarga asoslangan 
elektron biznes va elektron tijoratni nazarda tutuvchi raqamli iqtisodiyotning 
shakllanishi tendensiyaviy tus oladi
2

MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Dunyoning aksariyat mamlakatlarida keyingi o‘n yilliklarida xizmat ko‘rsatish 
sohasi davlatning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini belgilab bermoqda.
Sanoat va qishloq xo‘jaligida yangi texnologiyalarning joriy qilinishi hamda ishlab 
chiqarishning avtomatlashtirilishi xizmatlar sohasini bandlikning asosiy manbaiga
aylanib bormoqda. Servis sohasining rivojlanishi universal jarayon bo‘lib, so‘ngi o‘n 
yillikda quyidagi tendensiyalar uyg‘unligi bilan belgilanadi: 
- ijtimoiy hayot va iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasi; 
- barqaror rivojlanish, globallashuv hamda insonparvarlashuvning ijtimoiy 
iqtisodiy jarayonlari;
- xizmat ko‘rsatish tendensiyalari va gibrid mahsuotning paydo bo‘lishi; 
- hamkorlik iqtisodiyoti va birgalikdagi iste'mol iqtisodiyotining rivojlanishi; 
Raqamli iqtisodiyot - bu siyosiy iqtisodiy, ilmiy-ijtimoiy, madaniy va ma'rifiy 
munosabatlardagi aloqalarni raqamli texnologiyalarni qo‘llash yordamida amalga 
1
Servis plus Тоm 12 2018 №1 / Service plus Volume 12 2018 #1
2
Shavkat Mirziyoyev “Yangi O’zbekiston strategiyasi”.-Toshkent: “O’zbekiston” nashriyoti, 2021 172,174b



Yüklə 235,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə