Xizmatlar sohasini raqamli iqtisodiyot sharoitida rivojlantirish imkoniyatlari



Yüklə 235,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix23.09.2023
ölçüsü235,39 Kb.
#123535
1   2   3   4   5   6   7
xizmatlar-sohasini-raqamli-iqtisodiyot-sharoitida-rivojlantirish-imkoniyatlari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(3), March, 2023 
505 
oshiruvchi yangi tizim bo‘lib, raqamli iqtisodiyot sharoitida servis sohasini
barqaror rivojlantirish alohida ahamiyatga egadir.
Raqamli iqtisodiyot tovarlar va xizmatlarni yaratish, ilgari surish va sotish bilan 
bog‘liq barcha biznes jarayonlarni raqamlashtirishni o‘z ichiga oladi. Raqamli 
ma'lumotlar ishlab chiqarishning asosiy omiliga aylanib, kompaniyalarning asosiy 
aktiviga aylanib, barcha iqtisodiy faoliyatda asosiy rol o‘ynaydi.
Yaxlit global tarmoqda real vaqt rejimida iqtisodiy tizimlar faoliyati 
to‘g‘risidagi ma'lumotlardan foydalanishni ta'minlovchi xizmat ko‘rsatish biznesining 
axborot muhiti alohida ahamiyatga ega. Raqamli infratuzilma raqamli asosda 
ishlaydigan kompaniyalarning hisoblash, telekommunikatsiya, tarmoq ehtiyojlarini 
ta'minlaydigan texnologiyalar majmuasini o‘z ichiga oladi. 
Yangi iqtisodiyotning raqamli infratuzilmasi tarkibiga kiruvchi eng yangi 
raqamli texnologiyalarga quyidagilar kiradi:
-
katta ma'lumotlar texnologiyalari (Big Data) 
-
blokcheyn texnologiyalari 
-
narsalar interneti
-
neyron tarmoqlar (sun'iy intellekt) 
-
virtual va to‘ldirilgan reallik texnologiyalari 
-
3D bosib chiqarish 
-
mobil qurilmalar
-
aqlli sensorlar va boshqalar.
Xizmat ko‘rsatish sohasidagi aloqa xizmatlari, bank xizmatlari, turizm 
xizmatlari raqamli texnologiyalarni faol joriy etishga to‘liq yo‘naltirilgan, xizmat 
ko‘rsatish iqtisodiyotidagi ko‘plab biznes jarayonlar, raqamli iqtisodiyotni 
rivojlantirishning yangi paradigmasiga muvofiq allaqachon qayta qurilgan.
Raqamli texnologiyalar eng faol joriy etilayotgan sohalardan biri bu turizm 
xizmatlaridir. Turistik yo‘nalishning jozibadorligini shakllantirish va turistlar 
oqimini ta'minlash uchun sayohatchi uchun zarur bo‘lgan barcha ma'lumotlarni
o‘z ichiga olgan yaxshi axborot ta'minotini yaratish kerak.
Olib borilgan kuzatuvlar natijasida sayohatni rejalashtirishda sayyohlarning
80% ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan va tanlangan manzilga oid video va 
fotosuratlarni o‘rganadi, 86% sayohat paytida mobil aloqani asosiy narsa deb 
bilishadi, sayyohlarning 73% elektron bortga chiqish talonlari va chiptalar katta 
ahamiyatga ega deb hisoblashadi. Sayyohlarning 75 foizi saytlarida o‘z 
sharhlarini qoldiradilar, 37% sayyohlar sayohat paytida smartfonlarida konserj 
xizmatiga mutoj, 69% o‘zlari yetib borgan manzili haqida maksimal mumkin



Yüklə 235,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə