18-mavzu kriptovalyutalar bozori va blokcheyn



Yüklə 350,15 Kb.
səhifə1/5
tarix11.12.2023
ölçüsü350,15 Kb.
#146441
  1   2   3   4   5
18-MAVZU KRIPTOVALYUTALAR BOZORI VA BLOKCHEYN TEXNOLOGIYALAR


18-MAVZU KRIPTOVALYUTALAR BOZORI VA BLOKCHEYN TEXNOLOGIYALAR


1.Kriptografiya va kriptovalyutalar haqida tushuncha

Soʻnggi yillarda kriptovalyutalar moliya bozorida shiddat bilan rivojlanayotgan asosiy tarmoqlardan biriga aylanib bormoqda.


Kriptovalyutalar – shunday toʻlov vositasiki, bunday toʻlov tizimining egasi ham, ichkaridan yoki tashqaridan biror boshqaruvchisi mavjud emas. Bunday tizimning asosiy xususiyati ham bevosta markazlashtirilmagan tartibda ekanligidadir.
Kriptovalyutalarni bir tomondan oʻziga xos gʻoyaga asoslangan pullarning yangi koʻrinishi sifatida, ikkinchi tomondan esa nima bilan savdo qilishlariga ahamiyat bermay, faqatgina foyda olishni koʻzlovchi spekulyantlar uchun juda qiziqarli boʻlgan urfdagi, oʻzgaruvchan (volatil) moliyaviy aktivlardan biri sifatida aniq farqlab olishimiz lozim.
Insonlarning dunyo haqidagi qarashlarini yuqori tezlikda kechuvchi jarayonlar qanchalik oʻzgartirmaydi deysiz-a? Koʻpincha insonlar, huddi baliq qarmoqqa bogʻlangan yaltiroq xoʻrakka talpinganidek, urfdagi hodisa ortidan kelajak uchun barcha narsalari bilan risk qilishga tayyor boʻlishadi. Ayniqsa, bunda ularning ham fikrlari koʻp boʻlsa.
Kriptovalyutalar – raqamli yoki virtual valyuta hisoblanib, ularda xavfsizlik uchun kriptografiya (grekcha soʻz, maxfiy belgilar bilan yozilgan xat)dan foydalaniladi. Kirptografiya – bu ma’lumotni koʻzda tutilmagan foydalanuvchilardan himoyalash yoʻlida, axborotni oʻzgartirish bilan bogʻliq boʻlgan gʻoya va usullar yigʻindisidir. Tarixiy jihatdan, kriptografiya maxfiy ma’lumotlar, asosan, maxfiy xizmat va razvedka idoralari tomonidan maxfiy ma’lumotlardan himoya qilish uchun ishlatilgan. Ushbu sohadagi olimlarning koʻpchiligi, har qanday hukumat yoki bank kabi boshqa vositachilar bilan bogʻlanmagan avtonom raqamli valyutaning oʻzi yashaydigan maxfiylik va erkinlik tufayli foydali va qulay deb hisoblaydilar. Bunday tizimda pulni boshqa joyga oʻtkazilishi, mahalliy va xalqaro
miqyosdagi hududlar davlat tartib-qoidalarini chetlab oʻtgan holda osonlik va tezda amalga oshirilishi mumkin. AQSHda kriptografiya asoschisi Horst Fietsel tomonidan “Dighital Enscryption Standard” (DES) ning 1975-yil 17-martda Federal Reyestriga kiritilishi bilan qabul qilinadi.
Ushbu tizim xavfsizlik xususiyati tufayli kriptovalyutalarini soxtalashtirish murakkab hisoblanadi. Kriptovalyutaning alohida xususiyatlaridan biri uning muomilaga kiritilish jarayonidir. Ya’ni, u hech qanday markaziy hokimiyat tomonidan berilmaydi va uni davlat aralashuvi yoki manipulyatsiyasidan holi hisoblanadi. Oʻz oʻrnida Kriptovalyutalarda ham kamchiliklar ham mavjud. Shuningdek, ularning moliya bozoridagi dastlabki rivojlanish bosqichlari, xavf- xatarlari, imkoniyatlari va ularning kelajakdagi holati kriptovalyutalar bozorini alohida jihatini asoslaydi.
Kriptografik pullarning kelajagini bashorat qilish oson emas, chunki rasmiy tuzilmalar sohasida ayniqsa juda koʻp ishlar qilinishi kerak. Shu bilan birga, banklar va boshqa moliya institutlari kelajakda moliyaviy bitimlar uchun alternativ sifatida kriptovalyutalarni koʻra olishi kerak. Soʻnggi yillarda jahon moliya bozorida katta oʻzgarishlar roʻy bermoqda. Shuningdek, valyuta instrumentlari sifatida ishlatiladigan vositalarni, savdo operatsiyalarini iloji boricha osonlashtirsh va qulaylashtrirish, bozor ehtiyojlariga mos ravishda oʻzgarishlarini va rivojlanishni talab etmoqda. Tovar ayriboshlanishi uchun foydalaniladigan vositalar pul deb ataladi. Pul - bu oʻzaro kelishuv vositasi boʻlib, bozorning barcha ishtirokchilari buni amalga oshirishda ishtirok etadilar. Insoniyat va jamiyat, iqtisodiy munosabatlar, bozorlar tobora rivojlanib borishi sababli, murakkab tovar almashinuvi vositalariga ehtiyoj paydo boʻldi. Shu munosabat bilan, shifrlangan valyutalarning joriy etilishi xalqaro toʻlov tizimini bir necha yil avval tasavvur qilib boʻlmaydigan darajada kengayishiga sabab boʻlmoqda.



Yüklə 350,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə