X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar


 Robotlarining texnik xarakteristikalari



Yüklə 3,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/134
tarix21.10.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#129632
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   134
ROBOTLAR VA ROBOTOTEXNIK TIZIMLAR -Дарслик-2020

1.5. Robotlarining texnik xarakteristikalari 
Sanoat 
robotlarining 
texnik 
xarakteristikalari 
quyidagi 
asosiy 
ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi:
 
1)
nominal yuk ko‘tarish qobiliyati (kg); 
2)
ko‘rsatilgan koordinatada o‘rin olish xatoligi (mm); 
3)
ishchi zonaning o‘lchamlari va shakli; 
4)
maksimal siljish (mm; grad); 
5)
siljish vaqti (s); 
6)
maksimal tezlik (m/s; grad/s); 
7)
maksimal tezlanish (m/c
2
; grad/s
2
); 
8)
to‘g‘ri va teskari siljishlar uchun programmalashtiriladigan nuqtalar 
soni; 
9)
qisqich qurilmasi ko‘rsatkichlari: qisish kuchi (N); qisish vaqti (s); 
10)
boshqarish qurilmasining ko‘rsatkichlari: bir vaqtning o‘zida 
boshqariladigan harakatlar soni; tashqi jihozlar bilan aloqa kanallari soni (kirishda 
va chiqishda); 
11)
suyuqlik (havo) bosimi (MPa) va sarfi (m
3
/s); 
12)
elektr manba kuchlanishi (V); 
13)
quvvat (Vt); 
14)
ishonchlilik ko‘rsatkichlari: biror qismi ishlamay qolishi (soat); 
15)
kapital ta’mirlash bo‘lguncha xizmat qilish muddati (yil); 
16)
massa (kg); 
17)
o‘lchamlari (uzunligi, kengligi, balandligi) (mm). 
Sanoat robotining yuk ko‘tarish qobiliyati deyilganda manipulyatsiya 
qilinayotgan ob’ektning eng katta massasi tushuniladi. 


17 
Sanoat robotining harakatlanish darajasi soni, bu kinematik zanjir 
zvenolarining qo‘zg‘almas deb qabul qilingan zvenoga nisbatan erkinlik darajalari 
sonidir. 
Robot ishchi organining to‘xtash xatoligi deganda, ishchi organning 
boshqarish programmasida ko‘rsatilgan holatdan chetga chiqishi tushuniladi. 
Sanoat robotining asosiy texnik ko‘rsatkichlari bilan bir qatorda standartlash, 
unifikatsiyalash, yasash texnologiyasi, ergonomik ko‘rsatkichlar ham ko‘rsatilishi 
mumkin [7, 8].

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə