Oqsil va oqsil-energetik taqchillik (yetishmovchilik sabablari, oqibatlari va oldini olish yo‘llari)


Oqsil va oqsil-energetik taqchillikni oldini olish bilan bog‘liq



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/23
tarix23.06.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#90029
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
oqsil va oqsil-energetik taqchillik yetishmovchilik sabablari oqibatlari va oldini olish yollari

2.3. Oqsil va oqsil-energetik taqchillikni oldini olish bilan bog‘liq 
muammolar. 
Kishi oqsil yoki oqsil sintezi uchun zarur aminokislotalarni yetarli miqdorda 
qabul qilmasa, organizmda oqsil taqchilligi yuzaga keladi. Proteinlar 
yetishmovchiligi qat’iy vegetarianchilar, noto‘g‘ri ovqatlanib, katta yo‘qlamali 
jismoniy ish qiladiganlar uchun odatiy hol bo‘ladi. Organizmda oqsil yetishmasligi 
uning barcha a'zo va to‘qimalarida kuzatiladigan salbiy oqibatlarga olib keladi. 
Organizm oqsil bilan yetarli darajada ta’minlanmasa, bolalarda o‘sish va 
rivojlanishni sustlashishi, kattalarda ichki sekretsiya bezlari faoliyati buzilishi
jigardagi salbiy o‘zgarishlar, gormonal fondagi o‘zgarishlar, fermentlar ishlab 
chiqilishining 
buzilishi 
va 
uning 
natijasida 
oziq 
moddalar, 
ko‘pgina 
mikroelementlar, organizm uchun zarur yog‘lar va vitaminlarni o‘zlashtirilishidagi 
bo’zilishlar yuzaga keladi. Bundan tashqari, oqsil taqchilligi xotiraning 


45 
sustlashishi, ish qilish qobiliyatining pasayishi, antitanalar hosil bo‘lishining 
kamayishidan immunitetning kuchsizlanishi va avitaminozga olib keladi. Oqsilni 
kam iste’mol qilinishi yurak va nafas olish tizimida salbiy o‘zgarishlar va muskul 
massasining kamayishiga olib keladi (20, 22). 
Oqsilga bo‘lgan bir sutkalik talab 1 kg tana massaga nisbatan ayollarda 1,3 g, 
erkaklarda esa 1,5 g ni tashkil qilishi lozim. Ma'lum yuklamali jismoniy ish 
bajarish, jismoniy mashqlar va sport bilan shug‘ullanishda ovqat ratsionidagi oqsil 
miqdori kishining tana massasiga ko‘ra har bir kilogrammiga 2,5 grammgacha 
oshirilishi kerak. Bunda oqsillarning organizm tomonidan o‘zlashtirilishini ham 
e'tiborga olgan holda, ratsionga nisbatan yengil o‘zlashtiriladigan oqsillarga boy 
mahsulotlar – sut va sut mahsulotlari, tuxum, go‘sht, maxsus tayyorlangan 
aminokislotali aralashmalar kiritilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə