Mavzu: Oliy maktab pedagogikasiga



Yüklə 18,48 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü18,48 Kb.
#133329
Oliy maktab pedagogik


Mavzu: Oliy maktab pedagogikasiga
kirish

Reja:




  1. Oliy maktab pedagogikasi - pedagogika fanining bir tarmog‘i.




1. Pedagogik adabiyotlarda oliy maktab pedagogikasi atamasiga berilgan ta’riflar.


— Oliy maktab pedagogikasi — talabalarni o'qitish va tarbiyalash, yuqori malakali mutaxassis shaxsini shakllantirish haqidagi fan.
— Oliy maktab pedagogikasi — oliy ta’lim muassasasida talaba va professor-o‘qituvchining hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etishga doir ilmlar majmui.
— Oliy maktab pedagogikasi — oliy o'quv yurtlarida o‘qish - o'qitish, kasbiy bilim, malaka, ko‘nikmalarni egallash, talabalarda yuksak ma’naviy - axloqiy sifatlarni tarbiyalashning mazmuni, shakl - usullari, qonuniyatlari haqidagi pedagogik fandir.
Bu ta ’riflarning har birida ma’lum ilmiy haqiqat aks ettirilgan, ya’ni oliy maktab pedagogikasi tushunchasiga xos ayrim muhim xususiyatlar va belgilar keltirilgan.
2. Oliy maktab pedagogikasining predmeti — oliy ta’lim muassasalarida o ‘quv-tarbiya jarayonlari,oliy ta’lim – tarbiyaning mazmuni, shakl - usullari.
3. Oliy maktab pedagogikasining obyekti — oliy ta’lim maktabda muassasalari faoliyati, professor - o‘qituvchilar bilan talabalarning hamkorlikdagi faoliyati, hamkorlik faoliyatining turlari, shakllari.
4. Oliy maktab pedagogikasi pedagogika fanining bir tarmog‘i sifatida pedagogika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarda aniqlangan va ifodalangan umumiy pedagogik qonuniyatlar va prinsiplarga asoslanadi.
5. Oliy maktab pedagogikasining umumiy qonunlarini quyidagicha ifodalash mumkin:
— oliy ta ’lim muassasasidagi ta’lim – tarbiyaning xarakteri, mazmuni, shakllari ijtimoiy taraqqiyotning har bir bosqichida shu jamiyatda mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish ehtiyojlari bilan belgilanadi va davlat hujjatlarida ijtimoiy buyurtma sifatida ifodalanadi;
— oliy ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl- usullarining birligi.
6. Pedagogika fanida aniqlangan va qo'llanib kelinayotgan ta’limning umumiy prinsiplariga oliy ta ’lim jarayonida ham amal qilinadi.
Bular:
— o‘quv dasturlari, darsliklardagi bilimlarni ongli o‘zlashtirish prinsipi;
— faollik prinsipi, talabaning faoliyatiga tayanib o ‘qitish prinsipi;
— oliy ta’limning mazmuni, shakl-usullari talabaning yosh xususiyatlariga mosligi;
— bilimlarni o‘zlashtirish va malakalami egallashda izchillik va tizimlilikka rioya qilish;
— ta’limning amaliyot bilan, ishlab chiqarish bilan chambarchas bog‘liqligi;
— ko‘rsatmalilik, axborot texnologiyalari va texnik vositalardan foydalanish prinsipi.
7. Oliy maktab pedagogikasining ilmiy tadqiqot metodlari.
Oliy maktab pedagogikasi yo‘nalishidagi muammolarni tadqiq etishda, odatda, quyidagi pedagogik ilmiy tadqiqot metodlari ko‘proq qo’llaniladi:
— nazariy, falsafiy, badiiy, metodik manbalarni o‘rganib, tahlil qilish metodi;
— ma’lum bir maqsad bilan kuzatish metodi;
— sotsiologik metodlar: savol - javob, anketa so‘rovlari, intervyu olish;
— pedagogik ilmiy - tajriba (eksperiment);
— matematik - statistik tahlil;
— reyting metodi;
— biografiyalami o‘rganish metodi.
8. Oliy maktab pedagogikasining manbalari sirasiga quyidagilar kiradi:
— O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (1992), ta’lim to‘g‘risidagi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturi (1997);
— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari, m a’ruzalari, nutqlari, savol-javoblari;
— Oliy Majlis va 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining me’yoriy hujjatlari;
—Markaziy Osiyoda ’yashab ijod etgan allomalarning pedagogik g‘oyalari, jahon pedagoglarining mumtoz asarlari;
— O‘zbek xalq pedagogikasi asarlari, milliy-madaniy, axloqiy qadriyatlaj, an ’analar, urf-odatlar;
— pedagogikaga doir ilmiy, metodik adabiyotlar, darsliklar, o ‘quv rejalari, dasturlar, oliy ta’limning davlat standarti;
— badiiy - pedagogik asarlar;
— oliy ta’lim muassasalarining ish tajribalari ( O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarda);
— Avesto, Qur’oni Karim, Hadislar va boshqa ilmiy adabiyotlar.
Yüklə 18,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə