Vaziyatli keys Keys №1 Ishtirokchini xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatish shartlari


Yuqoridagi holatni yechimi yuzasidan fikrlaringizni bildiring



Yüklə 21,38 Kb.
səhifə2/3
tarix29.11.2023
ölçüsü21,38 Kb.
#139470
1   2   3
Moliya.Keys

Yuqoridagi holatni yechimi yuzasidan fikrlaringizni bildiring:

1.Yuqoridagi holatda firma boshqalarnikidan narxlar oshirmasdan buyurtmani bajarayotgan bo’lsa ham nega ishtirok etishdan chetlatildi?


2.Yuqoridagi holatga o’xshash manfaatlar to’qnashuvining qanday zararli tomonlari mavjud?


3.Yuqoridagi kabi holatlarni oldini olish uchun qanday yechim taklif qilgan bo’lar edingiz?



Yechimi:
1.Davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida ishtirokchini xarid qilish tartib taomillariga bo’yicha chetlatiladigan holatlar mavjud. Unga ko’ra agar ishtirokchi davlat xaridlari jarayonida davlat buyurtmachisi tomonidan biror-bir xatti-harakatning bajarilishiga, qaror qabul qilinishiga yoki biror-bir xarid qilish tartib-taomilining qo’llanilishiga ta‘sir o’tkazish maqsadida davlat buyurtmachisining yoki boshqa davlat organining istalgan hozirgi yoki sobiq mansabdor shaxsiga yoki xodimiga har qanday shakldagi haqni, ishga yollash to’g’risidagi taklifni yoxud istalgan boshqa qimmatbaho ashyoni yoki xizmatni bevosita yoxud bilvosita taklif qilsa, bersa yoki berishga rozilik bildirsa u ishtirok etishdan chetlatiladi.
2.Agar davlat xaridlari jarayonida mana shuday manfaatlar to’qnashuvi yoki korrupsion holatlar avj olsa ko’plab moliyaviy hamda sifat yo’qotishlariga olib keladi. Aloqalar mustahkamlashib boraverishi antijasida narxlar qimmat bo’lsa ham xarid amalga oshirilishi natijasida byudjet mablag’lari talon taroj bo’ladi. Yoki ishtirokchi mahsulotining sifatiga ahamiyat bermaydi. Natijada xaridlarda samaradorlik tushib ketadi.
3.Bunday holatlarni oldini olish uchun davlat xaridlari jarayonida shaffoflikni ta’minlash va inson omilini keskin kamaytirish lozim. Buning uchun zamonaviy texnollogiyalardan foydalanish va davlat xaridlari sohasida yuqori natijalarga erishgan chet el davlat tajribalarini o’rganish va uni amaliyotda qo’llash lozim.
Keys №2
76-modda. Xarid qilish tartib-taomillari ustidan jamoatchilik nazorati

Xarid qilish tartib-taomillari ustidan jamoatchilik nazorati davlat xaridlarini rivojlantirish va takomillashtirishga ko‘maklashish, davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilishlarining oldini olish va ularni aniqlash hamda davlat buyurtmachilarini, vakolatli davlat organlarini aniqlangan qoidabuzarliklar haqida xabardor qilish maqsadida amalga oshiriladi. Xarid qilish tartib-taomillari ustidan jamoatchilik nazorati ochiqlik va shaffoflik prinsiplarini ro‘yobga chiqarish vositasida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga haqli. Jamoatchilik nazoratini amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari:


davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar tayyorlashga;
xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish va shartnomalarni bajarishning borishi to‘g‘risida axborot taqdim etish haqidagi so‘rovlarni davlat buyurtmachilariga yuborishga;
xarid qilish tartib-taomillari yuzasidan mustaqil monitoringni va davlat xaridlari samaradorligini baholashni, shu jumladan ularning ushbu Qonun talablariga muvofiqligini baholashni amalga oshirishga; tekshiruv tadbirlarini o‘tkazish tashabbusi bilan davlat organlariga murojaat qilishga;
davlat buyurtmachisi, davlat xaridlari elektron tizimi operatori, vakolatli organ, xarid komissiyalari va ularning a’zolari harakatlarida (harakatsizligida) qoidabuzarliklar aniqlangan hollarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishga;
qonunchilikka muvofiq sudga murojaat qilishga haqli.

Yüklə 21,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə