Vaziyatli keys Keys №1 Ishtirokchini xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatish shartlari



Yüklə 21,38 Kb.
səhifə1/3
tarix29.11.2023
ölçüsü21,38 Kb.
#139470
  1   2   3
Moliya.Keys



Vaziyatli keys

Keys №1
Ishtirokchini xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatish shartlari.

Davlat buyurtmachisi yoki maxsus axborot portali operatori quyidagi hollarda ishtirokchini xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatadi, agar:


ishtirokchi davlat xaridlari jarayonida davlat buyurtmachisi tomonidan biror-bir xatti-harakatning bajarilishiga, qaror qabul qilinishiga yoki biror-bir xarid qilish tartib-taomilining qo’llanilishiga ta‘sir o’tkazish maqsadida davlat buyurtmachisining yoki boshqa davlat organining istalgan hozirgi yoki sobiq mansabdor shaxsiga yoki xodimiga har qanday shakldagi haqni, ishga yollash to’g’risidagi taklifni yoxud istalgan boshqa qimmatbaho ashyoni yoki xizmatni bevosita yoxud bilvosita taklif qilsa, bersa yoki berishga rozilik bildirsa;
ishtirokchi raqobatlashuvda adolatsiz ustunlikka ega bo’lsa yoki qonun hujjatlarini buzgan holda manfaatlar to’qnashuvini keltirib chiqarsa. Davlat buyurtmachisining yoki maxsus axborot portali operatorining ishtirokchini xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatish to’g’risidagi qarori va buning sabablari xarid qilish tartib-taomillari to’g’risidagi hisobotga kiritiladi hamda ular haqida tegishli ishtirokchiga darhol xabar beriladi.
Vaziyatga qarang : Tuman xalq ta’lim bo’limi yangi o’quv yili uchun tuman bo’ylab maktablarga 5000 dona sinf jurnali xarid qilishi kerakligi aniqlandi. Bu buyurtmani bajarish uchun bir nechta firmalar o’z takliflarini berdilar. Bu takliflar ichidan “Paper products” firmasininng takliflari maqul deb topildi. Ammo bu ishtirokchi taklif qilayotgan mahsulot qolgan firmalarnikidan hech qanday ustunlik tarafi yo’q bo’lsada bir necha yillardan beri hech qanday asosiz buyurtmalarni yutib kelmoqda. Aslida bu firma ancha yillar ta’lim sohasida yuqori lavozimlarda ishlab kelayotgan insonning o’g’liga tegishli firma ekanligi ma’lum bo’ldi. Shundan so’ng bu firma ishtirok etishdan chetlatildi.

Yüklə 21,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə