Vazifalari


-rasm. Tashkilotni boshqarishning chiziqli-funksional tuzilmasi



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə11/107
tarix29.11.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#142320
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   107
07 Turizm&Servis Kaf 17 MEHMONXONA XO\'JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING

1.4-rasm. Tashkilotni boshqarishning chiziqli-funksional tuzilmasi




Chiziqli-funksional tuzilmaning kamchiliklari:

  1. Ishlab chiqarish bo‘limlari o‘rtasida gorizontal darajada yaqin aloqalar mavjud emas;

  2. Javobgarlik etarli darajada aniq belgilanmagan, chunki qarorni tayyorlovchi, qoida tariqasida, uni amalga oshirishda qatnashmaydi;

  3. Vertikal aloqalar tizimi haddan tashqari rivojlangan, ya’ni haddan tashqari markazlashish holatlari mavjud.

Ko‘rib chiqilgan tashkiliy tuzilmalar asosiy bo‘lib, muayyan boshqarish obyektiga nisbatan mufassallashtirilishi mumkin.
Mehmonxonani boshqarishning namunaviy piramidal tuzilmasi 1.5-rasmda ifodalangan14.


1.5-rasm. Mehmonxonani boshqarishning namunaviy piramidal tuzilmasi


Mehmonxonaning barcha rahbarlari boshqaruv funksiyalarini bajarsa-da, ular mehnat faoliyatining ayni bir turi bilan shug‘ullanadi deb bo‘lmaydi. Ayrim rahbarlar boshqa rahbarlarning faoliyatini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi. So‘nggi zikr etilgan rahbarlar esa, o‘z navbatida, quyi bo‘g‘in menejerlarining ishini muvofiqlashtiradi. Noboshqaruv xodimlari – mahsulot ishlab chiqaruvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi odamlar ishini muvofiqlashtiruvchi rahbar darajasigacha shunday davom etadi. Rasmdagi piramida shakli boshqaruvning quyi darajasidan boshlab, har bir keyingi darajasida odamlar soni oldingidan kamroq bo‘lishini ko‘rsatadi.
Mehmonxona korxonasini boshqarishning oliy darajasi mehmonxona egasi va bosh direktoridan tashkil topadi. Ular strategik xususiyatga ega bo‘lgan umumiy qarorlar qabul qiladi. Bunda jismoniy shaxs yoki korporatsiya mehmonxona egasi bo‘lishi mumkin.
Mehmonxona egasi tomonidan belgilanadigan mehmonxonaning strategik maqsadiga korxonani bozorning muayyan segmentiga, chunonchi: gruppaviy turistlarga yoki yakka tartibda sayohat qiluvchi turistlarga, dam olish va sog‘lig‘ini



14 Ch. Medoy. Tourism of management. 2013.

tiklashga harakat qiluvchi turistlarga yoki kongresslar va konferensiyalarning ishtirokchilariga xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirish misol bo‘lishi mumkin.
Strategik maqsadni rivojlantira borib, mehmonxona egasi mehmonxona kompleksi tarkibidagi restoran faqat o‘z mehmonlariga xizmat ko‘rsatishini belgilab qo‘yishi mumkin. Shuningdek, korxonaning asosiy maqsadiga muvofiq, mehmonxonada joylashtirishga muayyan darajada narxlar belgilanishi mumkin.
Bunday qarorlar va vazifalar umumiy qarorlar va vazifalar toifasiga kiradi. Korxonaning katta-kichikligi, uni qurish uchun joy tanlash, uning arxitekturasi va intereri, mebeli, uskunalari, xodimlarni tanlash ana shu qarorlar va vazifalarga bog‘liq bo‘ladi.
Xalqaro tajribada Jahon sayyohlik tashkiloti (JTT) tomonidan ishlab chiqilgan Turistlarni joylashtirish vositalarining standart tavsifi qabul qilingan. Unga ko‘ra, joylashtirish vositalari jamoaviy va individual toifalariga ajratiladi (1.2-jadval)15.
JTT mutaxassislarning fikriga ko‘ra, jamoaviy joylashtirish vositalari sayohatchiga dam olish uchun yashash joyi taqdim qiladigan obyektdir. Bunda yashash o‘rinlari eng kamida bitta oilaga etadigan bo‘lishi hamda yagona tijorat boshqaruvida bo‘lishi lozim.
O‘zbekistonda 2000- yil 1- yanvardan mehmonxonalarning yulduzli tasnifi qabul qilingan.
Mehmonxona industriyasi - bu korxonalarning o‘ziga xos majmuasi bo‘lib, uning uz ishlab chiqarish madaniyati bor, bu madaniyat yaxshi yoki yomon ta’sir qilishi mumkin, masalan, ishlab chiqarishga, ishchilar orasidagi munosabatlarga, ularning o‘zini tutishiga, ularning shaxsiy ishlariga rahbarlar xizmat ko‘rsatishga bog‘liq bo‘lgan shikoyatlar muammolarini hal qilishga kamdan-kam intiladilar. Mijoz tomonidan bunday shikoyat tushganda, asosiy chora, sababni emas aybdorni qidirish bo‘lib qoladi. Mehmonxona korxonasi rahbarining bilim va malakasi faoliyatining ba’zi yunalishlari bilimlari summasidan kengroq bo‘lishi kerak.
Bizning mamlakatning rivojlanish sharoitlarida ushbu ishning dolzarbligiga shubha yuq. Shuning uchun quyidagi fan chet ellarda bosib chiqarilgan xalqaro mehmonxonalar zanjiri xo‘jaliklari faoliyatini turli aspektlarini xarakterlaydigan, asosan Marriot, Intercontinental, Sheraton, Metrpol. United Airlinres kabi mehmonxona korxonalari va kompaniyalari materiallarini o‘rganish asosida olib borilgan.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə