Vazifalari


Turizmni rivojlantirishda joylashtirish vositalarining tutgan o‘rni



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə9/107
tarix29.11.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#142320
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   107
07 Turizm&Servis Kaf 17 MEHMONXONA XO\'JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING

Turizmni rivojlantirishda joylashtirish vositalarining tutgan o‘rni


Mehmonxonalar nafaqat iqtisodiy faoliyat korxonalarining muhim turi, balki boshqarish maqsadlari va vazifalari bo‘limlar va muayyan xodimlar o‘rtasida taqsimlanishi bilan tavsiflanuvchi murakkab tashkiliy tuzilma hamdir.
Boshqarishning tashkiliy tuzilmasi deganda bir-biriga bo‘ysunadigan tarzda joylashgan, boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o‘rtasidagi aloqani ta’minlovchi boshqaruv bo‘g‘inlarining majmui tushuniladi9.
Boshqarishning tashkiliy tuzilmasi tashkilot muayyan kichik tizimlarining tarkibi, o‘zaro nisbati, joylashishi va o‘zaro aloqalaridan tarkib topadi. Bunday tuzilmani tashkil etish eng avvalo, tashkilotning muayyan bo‘limlari o‘rtasida huquqlar va javobgarlikni taqsimlashni nazarda tutadi.
Mehmonxonani boshqarish tuzilmasida quyidagi tarkibiy qismlar farqlanadi: boshqaruv bo‘g‘inlari (bo‘limlar), boshqaruv darajalari (pog‘onalari) va boshqaruv aloqalari – gorizontal va vertikal aloqalar.
Boshqaruv bo‘g‘inlariga mehmonxonaning tarkibiy bo‘limlari, shuningdek, tegishli boshqaruv funksiyalarini yoki ularning bir qismini bajaruvchi muayyan mutaxassislar (masalan, bir nechta tarkibiy bo‘limlar faoliyatini tartibga soluvchi va muvofiqlashtiruvchi menejerlar) kiradi.


8 Зайцева Н.А.Менеджмент в социально-культурном сервисе и туризме. 2013


9 Ch. Medoy. Tourism of management. 2013.

Boshqaruv bo‘g‘inini tashkil etish zamirida boshqaruv muayyan funksiyasining bo‘lim tomonidan bajarilishi yotadi. Bo‘limlar o‘rtasida o‘rnatiladigan aloqalar gorizontal xususiyatga ega bo‘ladi.
Boshqaruv darajasi deganda mehmonxonani boshqarish tizimida muayyan pog‘onani egallaydigan boshqaruv bo‘g‘inlari majmui tushuniladi. Boshqaruv pog‘onalari o‘rtasida vertikal aloqalar o‘rnatiladi va ular bir-biriga bo‘ysunadi: boshqaruvning nisbatan yuqori pog‘onasi menejerlari muayyanlashtirilib, quyi bo‘g‘inlarga tushiriladigan qarorlar qabul qiladi.
Mehmondo‘stlik sanoatini boshqarish amaliyotida tashkiliy tuzilmalarning quyidagi turlari ayniqsa keng tarqalgan:

  • chiziqli (pog‘onali) tashkiliy tuzilma;

  • funksional tashkiliy tuzilma;

  • chiziqli-funksional tashkiliy tuzilma. Boshqaruvning chiziqli (pog‘onali) tashkiliy tuzilmasi.

Mehmonxonada chiziqli (pog‘onali) aloqalar pog‘ona menejeri, ya’ni mehmonxona (qoida tariqasida, kichik mehmonxona) yoki uning tarkibiy bo‘limlari (yirik mehmonxonada) faoliyati uchun to‘la javob beruvchi shaxs qabul qilgan boshqaruv qarorlari va tarqatgan axborotning harakatini aks ettiradi. Bu boshqaruvning eng sodda tashkiliy tuzilmalaridan biridir. U har bir tarkibiy bo‘lim barcha vakolatlarga ega bo‘lgan, barcha boshqaruv funksiyalarini bajaradigan rahbar tomonidan boshqarilishi bilan tavsiflanadi10 (1.3-rasm).



1.3-rasmdan ko‘rinadiki, chiziqli boshqarishda har bir bo‘g‘in va har bir xodim bitta rahbarga ega bo‘ladi. Boshqarishning barcha komandalari ana shu shaxs orqali bitta kanal bo‘ylab o‘tadi. Bu holda boshqaruv bo‘g‘inlari o‘zlari boshqaruvchi obyektlar faoliyatining barcha natijalari uchun javob beradilar. Bunda har bir obyektga alohida rahbar tayinlanadi va ularning har biri barcha turdagi ishlarni bajaradi va mazkur obyektni boshqarish bilan bog‘liq qarorlar qabul qiladi. Boshqaruvning chiziqli tuzilmasida qarorlar «yuqoridan pastga» zanjir bo‘ylab uzatilgani, boshqaruv quyi bo‘g‘inining rahbari nisbatan yuqori bo‘g‘in rahbariga bo‘ysungani uchun muayyan tashkilot rahbarlarining o‘ziga xos ierarxiyasi shakllanadi. Ayni holda yakkaboshchilik prinsipi amal qiladi. Uning mohiyati shundan iboratki, barcha xodimlar faqat bitta rahbarning buyruqlarini bajaradi. Yuqori boshqaruv organi ijrochilarning bevosita boshlig‘ini chetlab o‘tib, ularga ko‘rsatma berish huquqiga ega bo‘lmaydi.


Boshqaruvning chiziqli tuzilmasi mantiqan izchilroq va shaklan aniqroq bo‘lsa- da, uncha moslashuvchan emas. Mazkur tuzilma oddiy barqaror masalalarni echishga mo‘ljallanganligi sababli uning doirasida kompleks masalalarni echish ancha qiyin kechadi. Chiziqli tashkiliy tuzilmaning o‘ziga xos ijobiy tomonlari va kamchiliklari bor11.
Boshqaruv chiziqli tashkiliy tuzilmasining ijobiy tomonlari:

  1. Farmoyishlarning birligi va aniqligi;

  2. Ijrochilar harakatlarining muvofiqlashtirilganligi;

  3. Boshqarishning soddaligi (aloqa kanali bitta);

  4. Javobgarlik aniq belgilab qo‘yilishi;

  5. Vazifalarning tezkor hal etilishi;

  6. O‘z bo‘limi faoliyatining pirovard natijalari uchun rahbar shaxsan javob berishi.

Boshqaruv chiziqli tashkiliy tuzilmasining kamchiliklari:




Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə