Vazifalari


Dunyoning eng yirik mehmonxona zanjirlari. “Marriott International” mehmonxona zanjiri. “Holiday Inn” mehmonxona zanjiri



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə105/107
tarix29.11.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#142320
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107
07 Turizm&Servis Kaf 17 MEHMONXONA XO\'JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING

Dunyoning eng yirik mehmonxona zanjirlari. “Marriott International” mehmonxona zanjiri. “Holiday Inn” mehmonxona zanjiri.


Hilton Hotel Corporation” mehmonxona zanjiri. “Accor” mehmonxona zanjiri.

“Starwood Hotels and Resort Wolrlwide” mehmonxonalar zanjiri


Masalan, Yevropadagi yirik «Accor» mehmonxonalar tarmog‘i (Fransiya) har xil xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalarning bir nechta markasini taklif etadi:

  • Sofitel;

  • Novotel;

  • Mercury – u shinamlik va narx-navo darajasiga ko‘ra yana 3 guruhga bo‘linadi:

  • RelaisInn – standart nomerlar, sifatli xizmatlar taklif etadi;

  • HotellMercury – nisbatan yuqori saviyada xizmat ko‘rsatiladi, shinamlik darajasi ham yuqori;

  • GrandHotell – mehmonxona juda qulay erda joylashgan, shinamlik darajasi juda yuqori bo‘ladi, kun bo‘yi xizmat ko‘rsatiladi;

  • Ibis;

  • etar;

  • Formule 1.

AQSHdagi «Holiday Inn» yirik mehmonxonalar tarmog‘i markalarni belgilashda mehmonxona korxonasi qaerda joylashganini, mijozlar bu erda qancha
vaqt bo‘lishini va ayrim boshqa mezonlarni hisobga oladi va quyidagi markalarni nazarda tutadi43:

  • Garden Cort – iqtisodiy toifadagi mehmonxonalar;

  • Holiday Inn express – kvartira tipidagi mehmonxonalar (apart-otellar);

  • Holiday Inn sun spring resorts – katta daromadli shaxslar uchun mo‘ljallangan kurort mehmonxonalari;

  • Holiday Inn select – ishbilarmon odamlar uchun mo‘ljallangan mehmonxonalar;

  • Holiday Inn hotels end – nomerlar fondining 10 % ni uzoq vaqt yashaydigan ishbilarmon odamlar uchun mo‘ljallangan apartamentlar tashkil etuvchi mehmonxonalar.

Ko‘pgina yirik nufuzli marketing kompaniyalari va mehmonxonalar zanjirlari xizmatlar sifatining o‘z standartini belgilashda bir qator tadbirlarni amalga oshrib boradilar va bu iste’molchilar uchun mo‘ljallangan axborotda o‘z aksini topadi.
Best Western Hotels. Best Western ixtiyoriylik asosida faoliyat olib boruvchi mehmonxonalar zanjirlariga kiradi va shartnomaviy vertikal marketing tizimi – franchayzingning tur xili hisoblanadi.
Best Western a’zosi bo‘lgan mehmonxonalar moliyaviy va ma’muriy mustaqillikni saqlab qoladilar, lekin bunda yagona savdo belgisiga ega bo‘ladilar va qaysi mamlakatda joylashganlaridan qat’i nazar, belgilangan standartlarga qat’iy rioya etadilar.
Best Western Osiyo, Janubiy Afrika, Janubiy Amerika, Yevropa, Avstraliya, Yangi Zelandiya, AQSHdagi mehmonxonalarning kataloglarini hamda yo‘l yoqasidagi mehmonxonalarning kataloglari bilan birlashtirilgan yo‘l atlaslarini chiqaradi.
Best Western mehmonxonalar kataloglari axborotni ifodalash uslubiga nisbatan puxta yondashuv bilan ajralib turadi. Ular individual iste’molchilar, turagentliklar, korporativ mijozlar va boshqalar uchun mo‘ljallangan. Barcha kataloglarda mehmonxonalarning mamlakat, mintaqa, yirik shaharlarda joylashuvini ko‘rsatuvchi

43Arturo Cuenllas. “Innovation in hospitality management” -26p

umumiy xaritalar, shuningdek har bir mehmonxonani qurshagan hududning mini- sxemalari mavjud. Xizmatlar standart piktogrammalar bilan ifodalangan. Bunda katalogga kiritilgan mintaqalarga qarab, axborotning tarkibiy tuzilishi milliy xususiyatga ko‘ra farq qilishi mumkin.
Best Western o‘zi yaratgan toifalashtirish tizimi mehmonxonaning sifat darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan. U uch toifadan iborat bo‘lib, ular turli rangdagi gerblar bilan ifodalanadi44:

  1. Confort (sariq gerb) – yaxshi darajadagi qulaylik va xizmatlar ko‘rsatish;

  2. Grand Confort (ko‘k gerb) – yuksak darajadagi qulaylik va xizmatlar ko‘rsatish;

  3. Prestige (qizil gerb) – a’lo darajadagi qulaylik va xizmatlar ko‘rsatish.

Zanjirning yangi a’zosi bo‘lgan mehmonxonalarni ifodalash uchun gerbda qo‘shimcha belgi qayd etiladi.
Best Western bir nechta mamlakatlarni va hatto qit’alarni birlashtiruvchi kataloglar ham chiqaradi. Bunday kataloglarga “Best Western” kompaniyasining Yevropadagi, O‘rta er dengizi bo‘yida joylashgan mamlakatlardagi, Afrika va Osiyodagi mehmonxonalari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan nashr kiradi. Katalog pirovard iste’molchilar uchun ham, turistik agentlar uchun ham mo‘ljallangan. Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish uchun katalog boshida ishlatilgan shartli belgilarga doir tushuntirishlar joylashtirilgan. Mehmonxonalarning xizmatlari piktogrammalar bilan ifodalangan. Tariflar faqat nomerlar uchun ko‘rsatilgan. Tariflar amal qiladigan mavsumlar va tarifga nonushta kiritilgan- kiritilmagani haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Best Western Scandinavia katalogi “Best Western” kompaniyasining Skandinaviya mamlakatlari (Daniya, Finlyandiya, Norvegiya, Shvetsiya)dagi mehmonxonalar haqidagi ma’lumotlarni aks ettiradi, shuningdek Rossiya va Boltiqbo‘yi mamlakatlarini qamrab oladi. Katalogning umumiy bo‘limlari olti tilda (ingliz, nemis, daniya, norveg, fin va shved tillarida) ifodalangan.


44 Kotler P., Bowen J. Makens J. Marketing For Hospitality & TourismPearson International Edition 2014, USA
Mehmonxonalarning individual tavsiyalari uch tilda: mehmonxona joylashgan mamlakat tilida, shuningdek ingliz va nemis tillarida berilgan.
“Best Western” kompaniyasining AQSH, Kanada, Meksika, Karib havzasi va Markaziy Amerika mamlakatlaridagi mehmonxonalarining birlashtirilgan katalogi informatsion mazmuni jihatidan Yevropa, Afrika va Osiyodagi nashrlarga o‘xshab ketadi, lekin milliy nashrlarga xos bo‘lgan ayrim ma’lumotlar mavjudligini e’tiborga olganda, yanada batafsilroq deb hisoblanishi mumkin.

    1. Yüklə 1,01 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə