Vazifalari


bob. XALQARO MEHMONXONA ZANJIRLARI



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə104/107
tarix29.11.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#142320
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107
07 Turizm&Servis Kaf 17 MEHMONXONA XO\'JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING

bob. XALQARO MEHMONXONA ZANJIRLARI


    1. Mehmonxona zanjirlarining tuzilishi.
    2. Dunyoning eng yirik mehmonxona zanjirlari. “Marriott International” mehmonxona zanjiri. “Holiday Inn” mehmonxona zanjiri. “Hilton Hotel Corporation” mehmonxona zanjiri. “Accor” mehmonxona zanjiri. “Starwood Hotels and Resort Wolrlwide” mehmonxonalar zanjiri.


    3. Xalqaro mehmonxona zanjirlari tajribasini O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari.
    1. Mehmonxona zanjirlarining tuzilishi


Hozirda jahonda ma’lum 30 dan ortiq tasniflash tizimlari zamirida shinamlik darajasi yotadi. Ular orasida quyidagi tasniflash tizimlari ayniqsa keng tarqalgan:

      • Yevropa tasniflash tizimi yoki «yulduzlar» tizimi41. Fransiya milliy tasniflash tizimi asosida tuzilgan. Uning zamirida mehmonxonalarni 1 dan 5 yulduzgacha bo‘lgan toifalarga ajratish yotadi. Bunday tizim Fransiya, Avstraliya, Vengriya, Misr, Rossiya, O‘zbekiston va boshqa bir qancha mamlakatlarda qo‘llanadi;

Mehmonxona korxonalarining shinamlik darajasiga ko‘ra tasnifini ko‘rib chiqishda xalqaro amaliyotda yuzaga kelgan tasniflarni hamda ularni amalga oshirish tartibini bevosita belgilovchi hujjatlarni ishlab chiqishga nisbatan yondashuvlarni alohida qayd etib o‘tish kerak.

      • «tojlar» tizimi. Buyuk Britaniyada amal qiladi;

Jahon amaliyotida shunday holatlar ham uchraydiki, bir mamlakat doirasida bir nechta tasniflash tizimlari amal qiladi. Masalan, Buyuk Britaniyada «tojlar» tizimi bilan bir qatorda, Britaniya turistik agentliklar uyushmasi – «Britich Travel Authority» (BTA) tomonidan taklif qilingan tasniflash tizimi qo‘llaniladi:

      • byudjet mehmonxonalari – shaharning markaziy qismida joylashgan va qulayliklar minimumiga ega mehmonxonalar;

      • turistik toifadagi mehmonxonalar – tarkibida restoran va bar bo‘lishi shart;



41 By Hans Mol Series edited by Terry Phillips"English for Tourism and Hospitality in Higher Education Studies, Course Book with audio CDs" Patricia Paskins 2010. -258p

      • o‘rtacha toifadagi mehmonxonalar – xizmat ko‘rsatish saviyasi ancha yuqori bo‘lgan mehmonxonalar;

      • birinchi toifa mehmonxonalar – shinamlik darajasi juda yuqori bo‘lgan, a’lo

darajada xizmat ko‘rsatiladigan mehmonxonalar;

      • oliy toifa mehmonxonalar – yashash va xizmat ko‘rsatish ekstra darajada bo‘lgan mehmonxonalar.

Buyuk Britaniyada amal qiluvchi «tojlar» tizimini «yulduzlar» tizimi bilan uyg‘unlashtirish uchun «tojlar»ning umumiy miqdoridan bitta «yulduz»ni ayirish kerak (masalan, to‘rt «tojli» daraja uch «yulduzli» darajaga teng).
Yuqorida ko‘rib chiqilgan Britaniya agentliklari uyushmasi tomonidan taklif qilingan mehmonxonalarni tasniflash tizimi ham shunday muvofiqlikni nazarda tutadi:

  • byudjet mehmonxonalari – 1 yulduz;

  • turistik toifa mehmonxonalari – 2 yulduz;

  • o‘rtacha toifa mehmonxonalar – 3 yulduz;

  • birinchi toifa mehmonxonalar – 4 yulduz;

  • oliy toifa mehmonxonalar – 5 yulduz.

Jahonda Fransiya milliy tasniflash tizimi ayniqsa keng tarqalgan. Bu tizim turistik mehmonxonalarni 6 toifaga ajratadi. SHulardan besh toifa mehmonxonalarga ma’lum miqdorda yulduzlar berishni nazarda tutadi (1 yulduzli, 2 yulduzli, 3 yulduzli, 4 yulduzli yoki 5 yulduzli mehmonxonalar). Bir toifa – yulduzsiz. Bunday tizim mehmonxona xizmatlari bozorini ancha to‘liq qamrab olish imkonini beradi.
Germaniya tasniflash tizimiga ko‘ra, mehmonxona korxonalari besh toifaga ajratiladi. Bu tizimni Yevropa tizimi bilan uyg‘unlashtirish maqsadida bu erda har bir toifa ma’lum yulduzlar miqdoriga mos kelishi nazarda tutiladi42:

      • turistik toifa – 1 yulduz;

      • standart toifa – 2 yulduz;

      • komfortli toifa – 3 yulduz;

      • birinchi toifa – 4 yulduz;

      • lyuks – 5 yulduz.

Germaniya tasniflash tizimi 22 ta majburiy hamda korxonalar toifasiga bog‘liq bo‘lmagan mezonlar bo‘yicha talablarni belgilaydi:

  • qabul qilish xizmatining ishi;

  • nonushtalar servisi;

  • ichimliklar servisi;

  • ovqatlanish servisi;

  • nomerda telefonning mavjudligi;

  • nomerlarning 75 % minimal maydonga egaligi (vanna va hojatxona maydonini ham qo‘shganda);

  • sanitariya qulayligi (vanna va hojatxonalarning umumiy jihozlanishiga nisbatan foiz hisobida);

  • vanna va hojatxonalarning jihozlanishi;

  • «suite»-nomerlar (apartamentli nomerlar)ning mavjudligi;

  • nomerlarning mebel va boshqa anjomlar bilan jihozlanishi;

  • nomerda radio va televizorlarning mavjudligi;

  • mehmonlar uchun sovg‘alarning mavjudligi;

  • kir yuvish va dazmollash xizmatining mavjudligi;

  • seyflarning mavjudligi;

  • xollar miqdori va holati;

  • naqd pulsiz hisob-kitoblar qilish imkoniyatining mavjudligi;

  • telefaksning mavjudligi;

  • mehmonxona barlari miqdori va ularning ish rejimi;

  • restoranlar miqdori va ularning ish rejimi;

  • konferensiya va banketlar o‘tkazish imkoniyati;

  • qo‘shimcha (fakultativ) xizmatlar miqdori.

Boshqa tasniflash tizimlari ham o‘zining «yulduzlar» tizimiga muvofiqligini belgilashga harakat qiladi.



42 Аliyeva М.Т. Mehmonxona menejmenti. Darslik. –Т.:ТDIU.2007. -25 b.

AQSHda hukumat tomonidan rasman tasdiqlangan mehmonxonalarni tasniflash tizimi mavjud emas. Shinamlik darajasiga qarab mehmonxonalar odatda 5 toifaga ajratiladi. Oliy toifa (5 yulduz) ikki muassasa: «American Automobile Assosiation» (AAA) va «Mobile Travel Guide» tomonidan beriladi.
Mehmonxona tarmoqlari mehmonxonalarni tasniflashga nisbatan o‘z yondashuviga ega. Odatda ularda toifalar emas, balki markalar ajratiladi. Bunday markalar muayyan tarmoqdagi barcha mehmonxonalarda amal qiladi. Har bir markada nafaqat shinamlik darajasi, balki mehmonxonaning vazifasi, joylashgan eri va boshqa ayrim mezonlar ham hisobga olinishi mumkin.

    1. Yüklə 1,01 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə