Va ularning xususiyatlari



Yüklə 286,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix26.05.2023
ölçüsü286,42 Kb.
#113070
  1   2   3   4
1-81-84



“Ilm-fan muammolari magistrantlar talqinida”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
~ 81 ~ 
CHIZMALARNI CHIZISHDA YO‘L QO‘YILADIGAN TIPIK XATOLAR 
VA ULARNING XUSUSIYATLARI 
 
Mamajonova Gulxayo Bahromjon qizi 
Qo‘qon DPI, Tasviriy sana’t va muhandislik grafikasi
kafedrasi o‘qtuvchisi 
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada chizmachilik fanini o‘qitish jarayonida 
chizmalarni chizishda yo‘l qo‘yiladigan tipik xatolar va ularni oldini olish tipik xatolar 
sababalarini to‘g‘risida so‘z boradi. Tipik xatolar sababalarini o‘rganish o‘quvchilarni 
grafik ishlar chizishlarida ularning nazariy va amaliy bilimlarini oshirish haqida 
ma’lumotlar tahlil qilingan.
 
Kalit so‘zlar: 
tipik xatolar, grafik ishlar, qirqim, kesim, yig‘ish chizmalari. 
Hozirgi zamon ishlab chiqarishida chizmaga g‘oyat katta e’tibor berilib, bir qator 
talablar ham qo‘yilmoqdaki, turli belgilar, qoidalarni bilish va uni tushinish maxsus 
tayyorgarlikni hamda grafik savodxonlikni talab qilmoqda. 
Chizma texnika tili ekanligi, chizma geometriya shu tilning grammatikasi 
ekanligi xammaga ma’lum [1]. Bu esa, ta’lim tizimida uni o‘qitish ishlariga ma’suliyat 
bilan yondoshishni talab qiladi. Ayniqsa, grafik bilimlarni egallashda duch kelayotgan 
salbiy oqibatlarning sabablarini o‘rganish, tadqiq qilish lozim. Ana shunday 
sabablardan biri o‘quvchilarning tushunchalarida, ularning bajarayotgan grafik 
ishlarida paydo bo‘layotgan, ko‘r-ko‘rona yo‘l qo‘yilayotgan va ob’ektiv sabablarga 
ko‘ra yuzaga kelayotgan tipik va texnik xatolar borki, ularni o‘rganish va oldini olish 
masalasi fanni o‘qitish metodikasi oldida dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. 
Xatoliklar qaysi ob’ektda, qanday sharoitda va qanday jarayonlarda ro‘y berishi 
va uning sabablarini o‘rganish, chizmachilik fani doirasida o‘quvchilar tomonidan 
chizma bajarishda yo‘l qo‘yiladigan tipik xatolar va ularni bartaraf etish omillarini 
ishlab chiqish zarur bo‘lib qolmoqda. 
Chizma bajarishda o‘quvchilar yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan xatolar asosan 3 
xil toifaga bo‘linadi [2]. 
1. Nazariy bilimlarning noto‘g‘ri o‘zlashtirilishi oqibatida chizmalarning 
noto‘g‘ri bajarilishi bilan yuzaga keladigan xatolar
2. Tipik xatolar, ya’ni ko‘pchilik yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan xatolar; 
3. O‘quvchilarning loqaydligi va e’tiborsizligi tufayli sust o‘zlashtirishi hisobiga 
yo‘l qo‘yiladigan xatolar. 
Ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan bir xil xatolar va shunday xatolarning yuzaga kelishi 
oldindan bashorat qilinishi tipik xatolar deyiladi [3]. Shuningdek, o‘quv adabiyotlarda 
bu xatolikka kutiladigan (kutilayotgan) xato, ya’ni yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan 



Yüklə 286,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə