Va ularning xususiyatlari


“Ilm-fan muammolari magistrantlar talqinida”



Yüklə 286,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix26.05.2023
ölçüsü286,42 Kb.
#113070
1   2   3   4
1-81-84

“Ilm-fan muammolari magistrantlar talqinida”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
~ 82 ~ 
xatolar deb ham qaralgan [4]. Bu borada, har bir o‘quv dasturiga kiritilgan mavzularga 
oid grafik topshiriqlar, grafik tasvirlar, ma’lum chizma bajarish jarayonidan iborat. 
Demak, bu jarayon ma’lum bir bilimni, qonun-qoidani va GOST talablarini bilish 
bilan bajariladi. 
Tipik xatolar quyidagi sabablar oqibatida yuzaga kelishi kuzatiladi: 
1) O‘qituvchining noto‘g‘ri tushuntirishi sababli; 
2) O‘quv adabiyotlarning kamchiliklari sababli (ayrim o‘quv adabiyotlarida 
nafaqat stilistik, balki GOST talablarining noto‘g‘ri talqin qilinishi bilan chop etilgan 
darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar ham mavjud). [5]. 
Chizmachilik o‘qituvchisi birinchi darsdan boshlab o‘quvchilarda fanni puxta 
o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini va intilish hissini uyg‘ota olmasa, o‘quvchilarda 
chizmachilikdan egallanishi kerak bo‘lgan bilimlar ancha qiyin shakllantiriladi. 
Chunki har bir chizmachilik darsida bayon qilinayotgan yangi ma’lumotlar, atamalar, 
qonun-qoidalar hamda standart talablar oqimini o‘z vaqtida o‘zlashtirib olish 
o‘quvchilar uchun ma’lum darajada qiyinchilik tug‘diradi. Agar o‘qituvchi 
o‘quvchilarga bu ma’lumotlarni ongli ravishda tushunishlariga, o‘zlashtirishlariga 
yordam bersa, keyinchalik chizmachilikni o‘zlashtirishda sezilarli qiyinchiliklarga 
uchramaydi. O‘quvchilarning grafik savodxonligini shakllantirishda ularning yosh 
xususiyatlari va qizishlarini hisobga olib tayyorlangan o‘quv-uslubiy majmualar, 
ayniqsa darslik va o‘quv qo‘llanmalarning o‘rni ham juda katta. 
Keyingi yillarda umumta’lim maktablari, shuningdek, kasb-hunar kollejlari 
hamda oliy o‘quv yutlari uchun nashr qilinayotgan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarda 
mualliflarning e’tiborsizligi sababli ko‘plab har xil xatoliklar xam uchramoqdaki
buning oqibatida o‘quvchilarning noto‘g‘ri ma’lumotlar bilan qurollanishiga va xato 
tushunchaga ega bo‘lishiga ham sabab bo‘lmoqda. Bularning oldini olish maqsadida, 
o‘qituvchi dars jarayonida darsliklarda yo‘l qo‘yilayotgan asosiy xatoliklarni aniqlab, 
tuzatib, o‘quvchilarga tushuntirib borishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
O‘quvchilarning chizma bajarish va uni taxt qilish bo‘yicha standart talablarni 
yaxshi bilmasligi, ularda fazoviy tasavvurning etarli darajada rivojlanmaganligi, 
chizmachilik kursining asosiy mavzularini yaxshi o‘zlashtirilmaganligi natijasida 
quyidagi xarakterli tipik xatolar ko‘p uchraydi: 
1.
Bir turdagi chiziqlarning bitta chizmada turli xil qalinliklarda bajarilishi, 
shtrix va shtrix-punktir chiziqlardagi shtrixlar orasidagi masofa hamda shtrixlar 
uzunligining har xilliligi; 
2.
Qirqim va kesim yuzalarini belgilashda shtrixlash chiziqlarining oraliq 
masofalari va qiyaliklarini bajarishda standart talablariga amal qilinmasligi. 
3.
Chizma kog‘ozi ko‘lamida tasvirlarning nomuvofiq joylashtirilishi. 
4.
Chizma masshtabi o‘zgartirilib bajarilganda, haqiqiy o‘lcham sonlari o‘rniga 
chizmada kichraytirilgan yoki kattalashtirilgan o‘lcham sonlarining yozilishi. 



Yüklə 286,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə