V. R. Rahimov, N. U. Ubaydullayev


Portlatish ishlari rahbari quyidagilarga mas’ul



Yüklə 10,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/125
tarix19.09.2023
ölçüsü10,38 Mb.
#122427
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   125
burgilash va portlatish ishlari

Portlatish ishlari rahbari quyidagilarga mas’ul:
uning qo‘l os-
tidagi xodimlar tomonidan portlovchi materiallarni saqlash tartibi-
ni, hisobotini, tashib keltirish va sarflashda talab qilingan vazifalar-
ning aniq bajarilishini ta’minlash; portlovchi materiallarni sinash va 
bu ishlarga faqat huquqi bo‘lgan kishilarnigina qo‘yilishini ta’min-
lash; usta-portlatuvchining o‘z vaqtida hisobot topshirishini, ishla-
tilmay qolgan qoldiq portlovchi materiallarning omborga topshiri-
lishni ta’minlash; portlovchi materiallar omborining holatini doimiy 
nazorat etib turilishni tashkil etish; uchastka tarqatuvchi punkti, yer 
osti tarqatuvchi kamerasi va ulardagi xizmat qiluvchi shaxslarni va 
qoro vullarni; burg‘ilash-portlatish ishlari pasportini tuzish uchun 
portlatish natijasining o‘lchamlarini 2–3 marta o‘tqazilgan amaliy taj-
riba portlatish xulosasini olishni ta’minlash; ishlab chiqarilib amali-
yotda qo‘llanishga tavsiya etilgan loyiha va burg‘ilash-portlatish ish-
lari pasportining to‘g‘riligini doimiy nazorat ostiga olish, portlatish 
ishlari pasporti, yo‘riqnoma va xavfsizlik qoidalari talablarining ba-


215
jarilishini nazorat etish, tarqatuvchi omborda yuritiladigan kirim-
chiqim va portlovchi materiallar qaytimini tekshirib, kitobga o‘z xu-
losalarini yozib qo‘yish; usta-portlatuvchilarni, laborantlarni, tashib 
keltirib-tarqatuvchi xodimlarni o‘qitish, qayta tayyorlash ishlarini 
tashkil etish, portlovchi materiallar bilan muomala qilishda xavfsizlik 
shartlari bilan tanishtirish, portlovchi materiallar bilan faqat ko‘rsatil-
gan joydagina belgilangan ishni bajarishni ta’minlash.
Portlatish ishlari uchastkasining boshlig‘i quyidagi ishlar-
ni bajarilishiga mas’ul:
portlatish ishlarini uchastkada tashkil etish 
va amalga oshirish, amaldagi xavfsizlik qoidasiga muvofiq, port
-
latish ishlari loyihasini o‘z vaqtida ishlab chiqish, uni tanishtirish, 
uchastkadagi barcha texnikaviy nazoratchilarga, tasdiqlash va amal-
ga oshirishni ta’minlash; har bir o‘tilayotgan lahimni portlatish ish-
lari pasporti tuzilganligi va unga rioya qilinishi, portlatish ishlariga 
belgilangan tartibda imtihon topshirib, shu ishni bajarishga huquqi 
bor shaxslarnigina qo‘yilishini ta’minlash; portlatish ishlari paspor-
tiga muvofiq portlovchi materiallar sarflanish me’yorini alohida la
-
him, uchastka, shaxta va korxona uchun aniqlash; korxona uchun oy, 
chorak va yillik portlovchi materiallarga bo‘lgan talabini aniqlash; 
portlovchi materiallarni saqlash qoidalariga amal qilinishini ta’min-
lash, ulardan foydalanish va hisoboti, portlovchi materiallarni xavfsiz-
lik qoidasiga muvofiq yo‘q qilish; usta-portlatuvchi (portlatuvchi)lar
-
dan har oyda portlatish ishlari rejasining bajarilishi haqidagi berilgan 
ko‘rsatmaning bajarilishi haqida hisobotini qabul qilish va portlovchi 
materiallarning sarflanishi, qoldig‘ining portlovchi materiallar ombo
-
riga qaytarilishi; portlovchi materiallarning to‘liq detonatsiyalanmay 
yonib ketish va portlamay qolganida chora-tadbirlar ko‘rish, portla-
may qolgan zaryadni xavfsizlik qoidasiga muvofiq yo‘qotish, portla
-
may qolgan va yonib ketgan portlovchi moddaning, portlatish vosita-
larining hisoboti to‘g‘ri yuritilishini nazorat etish, portlatish ishlari 
vaqtida ko‘mir changi va metan gazining chaqnashi va portlashi; 
portlovchi materiallar va portlatish ishlariga bog‘liq shaxslar: us-
ta-portlatuvchi, portlatuvchi, laborantlar, tashuvchi, tarqatuvchi bilan 
portlatish ishlarida, portlovchi materiallar bilan muomala qilganida 
xavfsizlk qoidalariga rioya qilish lozimligini o‘rgatib borish; portlov-
chi materiallarni belgilangan ishda qo‘llanish; usta-portlatuvchilar-
ni butun ishga yaroqli portlatish va nazorat-o‘lchash asboblari bilan 
portlatuvchi magistral sim-tomir bilan, sumkalar va boshqa sig‘im bi-


216
lan, gaz analizatori bilan, zichlagich bilan va boshqa portlatish ishla-
rini olib borishda qo‘llaniladigan asboblar bilan ta’minlash va zarur 
bo‘lganda ta’rnirlash ishlarini tashkil etish; smenada texnik nazorat 
etuvchi xodim (tog‘-kon ishlari ustasi, usta, smena boshlig‘i) port-
latish ishlari olib borilayotgan joylarda mas’ul; kavjoyni yoki obyekt-
ning to‘liq xavfsizlik qoidasi talablariga to‘g‘ri kelishiga; portlatishga 
yozma ravishda ruxsat berishga, portlatiladigan joyga begona kishi-
lar keltirmasligi uchun qorovullar postini tashkil etish, portlatishdan 
oldin to‘sqinlik qiluvchi belgi qo‘yilishini tashkil etish; portlatish ish-
lari tugab, kavjoylar shamollatilganidan so‘ng kavjoy xavfsizligini 
tekshirish, agar portlamay qolgan (otkaz) bo‘lsa, uni tugatish chorasi-
ni ko‘rish: kavjoy shamollatilib, xavfsiz holatga keltirilgandan so‘ng 
kavjoyga ishchilarning kirishi mumkinligini ко‘rib chiqish; ombor
-
dan olingan portlovchi materiallarni talab etilgan joygagina ishla-
tilganligini nazorat qilish; naryad-yo‘llanmadagi ma’lumotlarning 
haqiqiy sarflangan portlovchi materiallar miqdoriga mos kelishligini 
tekshirib, so‘ng uni tasdiqlash; portlatish ishlarini loyihaga yoki port-
latish ishlari pasportiga muvofiq bajarilishini ta’minlash.

Yüklə 10,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə