Uzluksiz ta’lim jarayonida pedagog faoliyatining o’rni



Yüklə 491,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/26
tarix01.10.2023
ölçüsü491,86 Kb.
#125186
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
uzluksiz talim jarayonida pedagog faoliyatining orni

Ilmiy amaliy ahamiyati. 


Tatqiqotimizdan olingan natijalar pedagogika fanini yangi ilmiy 
ma’lumotlar bilan boyitadi. Olingan natijalardan pedagog faoliyati jarayonida
o’quvchi – talabalar bilan ishlashda, individual yondashuv borasida foydalanish 
mumkin. Mazkur ishning natijasi pedagog faoliyatida yanada samaraliroq 
ahamiyatga ega. 
Ilmiy –nazariy ahamiyati 
Tadqiqotimizdan olingan natijalar pedagogika fanini yangi ilmiy 
ma’lumotlar bilan boyitadi. Olingan natijalardan pedagog faoliyati jarayonida, 
o’quvchi – talabalar bilan ishlashda, individual yondashuv borasida foydalanishi 
mumkin. Mazkur ishning natijalari pedagog faoliyatida yanada samaraliroq
ahamiyatga ega . 
Tadqiqotning ilmiy farazi 
Ta’lim harayonini tashkil etishda pedagogic faoliyatning didaktik tamoyillari 
va qoidalari, hamda pedagogic faoliyatning asosiy formasi va uning oldiga 
qo’yiladigan hozirgi talabi pedagog faoliyatni rivojlantirish katta ahamiyatga ega. 
Ishning tarkibiy tuzilishi: 
Bitiruv malakaviy ish kirish, ikki bob, beshta paragraf, xulosa va takliflar 
hamda foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati, ilovalardan tashkil topgan. 
 


I BOB. PEDAGOGIK MAHORATNING INSONIYAT TARIXIDA 
PAYDO BO`LISHI 
1.1. 
“KADRLAR TAYYORLASh MILLIY DASTURI” PEDAGOG 
FAOLIYATINING NAZARIY ASOSI SIFATIDA
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida 1997 – yil 29 
avgustda yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi 
Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. 
Qonunlarga muvofiq, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi, jahon 
miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda umumiy va kasb-hunar 
madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil 
ravishda mo’ljalni to’g’ri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan, istiqbol vazifalarini 
ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga 
yo’naltirilgandir.
1
Boshlang’ich kasb-hunar ta’lim o’quv yurtlarida qariyib 20 ming o’quvchi va 
malakali mutaxassislar o’quvchilarga kasb-hunar sirlarini o’rgatib bormovdalar. 
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimida ham 
islohotlar amalga oshirilib, bu borada 23 ta institut, 16 ta fakultet, 4 ta markaz va 
14 ta malaka oshirish kurslari pedagog kadrlar malakasini oshirish, ularni fan va 
texnika yutuqlari, ta’lim-tarbiya sohasidagi yangiliklardan bohabar etib bordi. 
Fan va ta’lim sohasida xalqaro aloqalar yo’lga qo’yildi hamda bu borada 
muayyan yutug’lar qo’lga kiritildi. 
Shunga varamay, sodir etilgan o’zgarishlar kadrlar tayrlash sifatini oshirish, 
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish talablariga muvofiq bo’lishini 
ta’minlay olmadi. 
Mutaxassislar tayrlash hamda ta’lim-tarbiya tizimi jamiyatda olib 
borilayotgan isloh, yangilanish jarayoni talablari bilan bog’lanadi. 
Majburiy to’qqiz yillik ta’limga asolangan o’n bir yillik o’rta ta’lim mazmuni 
ilmiy jihatdan to’laqonli asoslanmadi, o’quvchilarni kasbga yo’naltirish hamda 
1
Кадрлар тайёрлаш миллий дастури // Олий таълим: меъёрий ҳужжатлар тўплами. 
– 
Тошкент: Шарқ 
нашриёт 
– 
манбаа акциядорлик компанияси Бош таҳририяти. 2001. 
– 
Б. 20.


mustaqil fikr yuritish, mehnat faoliyatini tashkil etish ko’nikmalarini 
shakillantirishni ta’minlay olmadi. 
Har yili tayanch maktablarini 100 ming nafarga yaqin bitiruvchisi ishlab 
chiqarish sohasi yoki kasb-hunar ta’limini davom ettirish jarayoniga jalb etilmay 
qolaverdi. 
Hunar-texnika bilim yurtlaridan yangi tipdagi ta’lim muassasalariga o’tish 
ko’proq og’izda bo’lib, amalda esa ijobiy o’zgarishlar ko’zga tashlanmadi. Ularda 
ta’lim eskirib qolgan moddiy-texnika va o’quv-uslubiy baza negizida tashkil etildi. 
Mazku o’quv yurtlarida pedagog kadrlar safi tegishli qayta tayyorgarlikdan 
o’tmagan o’qituvchilar bilan to’ldirilib borildi. Ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning 
o’rtacha yoshi ulg’ayib bordi. Respublika oliy o’quv yurtlarida 40 ga to’lmagan 
fan doktorlari bu boradagi umumiy ko’rsatkichning 0.9% i, 50 va undan katta 
yoshdagilar esa 79,0% ni tashkil etishi aniqlandi.
Fan doktori ilmiy darajasida tasdiqlanganlarning o’rtacha yoshi 50 da bo’lsa, 
fan nomzodlarining o’rtacha yoshi 36 yoshda ekanligi ma’lum bo’ldi. 
Yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish “Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi”ning maqsadi qilib belgilanadi. Ya’ni ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, 
uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarash va sarqitlardan to’la xalos etish, 
rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga 
javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdan 
iboratdir.
1

Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan 
iboratdir: 
1.Shax
s
kadrlar tayyorlash tizimining bosh subekti va obekti, ta’lim 
sohasidagi xizmatlarining istemolchisi va ularni amalga oshiruvchidir. 
Shaxs uzluksiz ta’lim jarayonida dunyoviy, ilmiy bilimlarni o’zlashtiradi, fan 
asoslarini puxta egallaydi, ishlab chiqarish sohalari bilan tanishadi, shuningdek, 
o’zida ijtimoiy ta’sirlar yordamida ma’naviy – axloqiy sifatlarni tarbiyalab boradi. 
1
Кадрлар тайёрлаш миллий дастури // Олий таълим: меъёрий ҳужжатлар тўплами. 
– 
Тошкент: Шарқ 
нашриёт 
– 
манбаа акциядорлик компанияси Бош таҳририяти. 2001. 
– 
Б. 25.


Shaxsda o’zlashtirilgan bilim, faoliyat ko’nikmalari va hayotiy tajriba asosida 
kasbiy mahorat ham shakllanib boradi. Yuksak ma’naviy – axloqiy va yuqori 
darajadagi kasbiy malakaga ega bo’lish uchun shaxs o’z oldiga muayyan maqsadni 
qo’ya olishi hamda unga erishish yo’lida tinimsiz izlanishi, o’qib – o’rganishi 
lozim. Shundagina u ijtimoiy raqobatga chidamli, malakali kadr bo’lib shakllanadi. 
O’z–o’zini anglash tuyg’usiga ega bo’lish, ta’lim sohasidagi xizmatlardan 
to’laqonli, samarali foydalana olish, ilmiy va kasbiy bilimlarni puxta 
o’zlashtirishga erishish shaxsga etuk mutaxassis bo’la olish uchun poydevor 
yaratadi. Inson kamoloti, eng avvalo uning o’ziga bog’liqdir. Shu bois milliy 
dasturda shaxs va uning kamolotini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan. 
“Ta’lim xizmatlarining iste’molchisi sifatida shaxsga davlat ta’lim olish va 
kasb-hunar tayyorgarligidan o’tish kafolotlanadi. Ta’lim olish jarayonida shaxs 
davlat ta’lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart. 
Shaxs ta’lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka darajasini 
olgach, ta’lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko’rsatish 
sohasida faoliyat ko’rsatadi va o’z bilimi hamda tajribasini o’rgatishda ishtirok 
etadi”.
1
2. Davlat va jamiyat ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga 
solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyorlash va ularni qabul 
qilib olishning kafillaridir. 
Shaxs kamoloti nafaqat o’zi uchun, balki davlat va jamiyat taraqqiyoti, 
ravnaqi uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Binobarin, fuqarolari yuksak 
ma’naviyatga ega jamiyat har tomonlama taraqqiy eta oladi. 
Shaxs va davlat (jamiyat) o’rtasidagi aloqa ikki tomonlama xususiyatga ega. 
Shu bois har qanday davlat (jamiyat) o’z fuqarolarning yashashi, mehnat qilishi, 
iqtidori va salohiyatini ro’yobga chiqarishi, uni namoyon eta olishi uchun etarli 
darajada shart-sharoit yaratib bera olishi lozim. Respublika ta’lim tizimida davlat 
va jamiyat shaxsning har tomonlama shakllanishi, o’zligini namoyon eta olishi 
1
Кадрлар тайёрлаш миллий дастури // Олий таълим: меъёрий ҳужжатлар тўплами. 
– 
Тошкент: Шарқ 
нашриёт 
– 
манбаа акциядорлик компанияси Бош таҳририяти. 2001. 
– 
Б. 30.


uchun etarli darajada shart-sharoit yaratib berish mas’uliyatini o’z zimmasiga 
oluvchi subekt sifatida namoyon bo’ladi. 
Davlat va jamiyat ta’lim muassasalarining yuqori malakali raqobatbardosh 
mutaxassislarni tayyorlash yo’lidagi faoliyatini ham uyg’unlashtiradi hamda 
quyidagilarga kafolot beradi: 
-fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va o’z malakasini oshirish 
huquqlarning ro’yobga chiqarilishiga; 
-majburiy umumiy o’rta ta’lim hamda akademik lisey yoki kasb-hunar 
kollejida ta’lim olish yo’nalishini tanlash huquqi asosida majburiy o’rta maxsus, 
kasb-hunar ta’limini olishga; 
-davlat grantlari yoki pulli – shartnomaviy asosda oliy ta’lim va oliy o’quv 
yurtidan keyingi ta’limni olish huquqiga; 
-davlat ta’lim muassasalarini mablag’ bilan ta’minlashga; 
-ta’lim oluvchilarning o’qishi, turmushi va dam olishi uchun shart – sharoitlar 
yaratish borasidagi vazifalarning hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini 
rivojlantirishga; 
-ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo’llab – quvvatlashga; 
-sog’liq va rivojlanishida nuqsoni bo’lgan shaxslarning ta’lim olishiga.
1
3. Uzluksiz ta’lim malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi 
bo’lib, ta’limning barcha turlari, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash 
tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi. 
Uzluksiz 
ta’lim 
kadrlar 
tayyorlash 
tizimining 
asosi, 
O’zbekiston 
Respublikasining ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va 
davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy – texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini 
qondiruvchi ustuvor soha bo’lib, ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy bosh shaxsning 
shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning jadval tayyorlashi 
uchun zarur shart – sharoitlarni yaratadi.
2
Uzluksiz ta’limni tashkil etish muayyan tamoyillarga asoslanadi. Jumladan:
1
Кадрлар тайёрлаш миллий дастури // Олий таълим: меъёрий ҳужжатлар тўплами. 
– 
Тошкент: Шарқ 
нашриёт 
– 
манбаа акциядорлик компанияси Бош таҳририяти. 2001. 
– 
Б. 30
-31. 
2
Ўша манба. 
– 
Б. 31.


-ta’limning ustuvorligi; 
-ta’limning demokratlashuvi; 
-ta’limning insonparvarlashuvi; 
-ta’limning ijtimoiylashuvi; 
-ta’limning milliy yo’naltirilganligi; 
-ta’lim va tarbiyaning uzviy bog’liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol 
topgan insonni shakllantirishga yo’naltirilganligi; 
-iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta’limning eng yuqori darajasida, izchil 
ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart – sharoitlar yaratish.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlaridan biri sifatida fan: 
“ta’lim mazmunini tubdan yangilashda: ta’lim standartlari, ta’lim dasturlari, o’quv 
darsliklari va qo’llanmalar tayyorlashda, ilmiy-metodik ta’minotni amalga 
oshirishda bevosita va bilvosita ishtirok etadi”.
Ishlab chiqarish

Yüklə 491,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə