Uzluksiz ta’lim jarayonida pedagog faoliyatining o’rni



Yüklə 491,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/26
tarix01.10.2023
ölçüsü491,86 Kb.
#125186
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
uzluksiz talim jarayonida pedagog faoliyatining orni

– 
kadrlarga
 
bo’lgan
 
ijtimoiy
 
extiyojni,
 
shuningdek

ularning
 
tayyorgarlik
 
sifati
 
va
 
saviyasiga
 
nisbatan
 
qo’yiladigan
 
talablarni
 
belgilovchi

asosiy 
buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliyaviy va moddiy- texnika jihatdan 


ta’minlash jarayonining qatnashchisi. 
“Ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlari kadrlar tayyorlash tizimining
yo’nalishi, darajasi va miqyoslarini shakllantiradi, kasb tayyorgarligining maqsadi, 
vazifalari va mazmunini belgilaydi, malaka talablarini ilgari suradi, ta’limning 
zamonaviy texnologiyalari va shakllarini tanlashni taqozo etadi. Ishlab chiqarish 
pirovard natijasida kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi”.
“Ishlab chiqarish muassis, homiy va boshqa sifatlarda alohida mutaxassislarni 
tayyorlashni, guruhlarni va o’quv yurtlarini moliyalash jarayonida ishtirok etib, 
mutaxassislarning kasbiy rivojlanishi va shaxsiy faolligini rag’batlantiradi, ularni 
moddiy va ma’naviy jihatdan qo’llab – quvvatlashda bevosita ishtirok etadi”.
1
Кадрлар тайёрлаш миллий дастури // Олий таълим: меъёрий ҳужжатлар тўплами. 
– 
Тошкент: Шарқ 
нашриёт 
– 
манбаа акциядорлик компанияси Бош таҳририяти. 2001. 
– 
Б. 31
-32. 
2
Ўша манба 
– 
Б. 171.
3
Кадрлар тайёрлаш миллий дастури // Олий таълим: меъёрий ҳужжатлар тўплами. 
– 
Тошкент: Шарқ 
нашриёт 
– 
манбаа акциядорлик компанияси Бош таҳририяти. 2001. 
– 
Б. 42.
4
Баркамол авлод орзуси // Тузувчилар Ш.Қурбонов, Ҳ.Саидов, Р.Аҳлиддинов. 
– 
Тошкент: Шарқ нашриёти 
– 
манбаа концерни Бош таҳририяти, 1999. 
– 
Б. 173
-174. 


Avvalalari ishlab chiqarish tayyor kadrlar kuchi va salohiyatidan 
foydalanuvchi is’temolchi sifatidagina faoliyat olib borgan bo’lsa, bugungi kunda 
ushbu faoliyatning mazmuni tubdan o’zgaradi. Endilikda ishlab chiqarish kadrlarni 
tayyorlash sifati va saviyasiga nisbatan o’z talablarini qo’ya oladi. Shu bilan birga 
sifatli hamda yuksak saviyali mutaxassisni tayyorlab etishtirish yo’lida uzluksiz 
ta’lim hamda fan tarmoqlarining moliyaviy, moddiy – texnik jihatdan qo’llab – 
quvvatlash majbariyatini o’z zimmasiga oladi. Shu asosida kadrlar tayyorlash 
tizimining faol ishtirokchisiga aylanadi. 
Milliy model Konsepsiyasining mazmuni o’zbek xalqining milliy turmush 
tarzi va ma’naviy – axloqiy an’analari bilan hamnafasdir. Zero, xalq orasida 
qadimdan “ma’rifatli inson” tushunchasi qo’llanib kelingan bo’lib, u o’zida keng 
ma’noni ifoda etadi. Bilim olishga intilish, ma’rifatli bo’lish o’zbek xalqi, 
millatining ruhiyatida ustivor o’rin tutuvchi omil sanaladi. Ma’rifatchilik – 
faqatgina bilim va malakaga ega bo’lish emas, ayni paytda chuqur ma’naviy axloq 
hamdir. Bilimli, komil inson qiyofasida ana shunday xislatlarga ega shaxslar 
namoyon bo’ladi. 
Shuning uchun ham kadrlar tayyorlash milliy modelining butun mohiyati 
o’zbek xalqining milliy tarixi va hayot tarzi bilan bog’lanib ketgan. 
O’zbekiston Respublikasida o’qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasi, aqliy 
salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo’ymoqda. 
Chunonchi, bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 
quyidagilarni qayd etadi: “Tarbiyachi – ustoz bo’lish uchun, boshqalarning aql – 
idrokini o’stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, 
haqiqiy fuqaro sifatida etishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining ana shunday 
yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo’lishi 
kerak”.
1

Yüklə 491,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə