“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi



Yüklə 184,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix21.10.2023
ölçüsü184,48 Kb.
#129758
1   2   3   4   5   6   7
O‘qitishning noan’anaviy 
modellari
. Bu modellarni shartli ravishda 3 ga 
ajratish mumkin. 
– hamkorlikda o‘rganish modeli 
– 
modellashtirish
 
– o‘rganishning tadqiqot modeli. 
Bu modellar asosan o‘quvchi shaxsiga qaratilgan bo‘lib ularni boshqacha 
qilib markazda o‘quvchi turgan ta’lim modellari deb ham atashadi. 
Modellashtirish – real hayotda va jamiyatda yuz berayotgan xodisa va 
jarayonlarni ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan ko‘rinishini (modelini) 
sinfxonada yaratish va ularda o‘quvchilarni shaxsan qatnashishi va faoliyat evaziga 
ta’lim olishini ko‘zda tutuvchi metod. 
Hamkorlikda o‘rganish modeli – o‘quvchilarni mustaqil guruhlarda ishlashi 
evaziga ta’lim olishini ko‘zda tutadigan metod. 


O‘rganishning tadqiqot modeli – o‘quvchilarni muayyan muammoni 
yechishga yo‘naltirilgan, mustaqil tadqiqot olib borishini ko‘zda tutuvchi metod. 
O‘qitish jarayonidagi mavjud an’anaviy ta’lim bilan qurollangan ta’lim 
muassasalari endilikda o‘z oldiga qo‘yilgan davlat va ijtimoiy buyurtmani amalga 
oshirishga ojizlik qilmoqda. 
Taniqli didakt olim M.N. Maxmutovning fikriga ko‘ra, o‘quv jarayonini 
tashkil etishning an’anaviy sxemasi o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini 
yetarli 
darajada rivojlantira olmaydi
, ularning bilimga bo‘lgan 
ehtiyojlarini
, fanga 
bo‘lgan 
qiziqishlarini qondira olmaydi
, faol fikrlashni hamda bilishni e’tiqodga, 
e’tiqodni esa ongli ijtimoiy maqsadga muvofiq faoliyatga aylantirishni ta’minlay 
olmaydi. 
O‘qituvchilarning 
ilg‘or 
tajribalari 
yoritilgan 
materiallarni 
o‘rganish, 
shuningdek
, kuzatishlar va suhbatlardan ma’lum bo‘lishicha, ularning 
ko‘pchiligi o‘z amaliy faoliyatlarida kuchsiz avtoritar motivga asoslangan bir 
hildagi o‘qitish jarayonlarini qisman o‘zgartirgan holda foydalanishadi. Bunday 
hollarda o‘zlashtirishning yuqori darajasiga deyarli erishib bo‘lmaydi. 

Yüklə 184,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə