Uzatmalar qutilari konstruksiyasi Reja


Taqsimlash qutisida qo‘shimcha pasaytiruvchi uzatma



Yüklə 2,29 Mb.
səhifə6/11
tarix19.12.2023
ölçüsü2,29 Mb.
#150970
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Uzatmalar qutilari konstruksiyasi

Taqsimlash qutisida qo‘shimcha pasaytiruvchi uzatma og‘ir yo‘l sharoitlarida yoki tirkamalar bilan ishlashga mo‘ljallangan avtomobillarda ishlatiladi. Pasaytiruvchi uzatma avtomobilning yetaklovchi g‘ildiraklaridagi tortish kuchini yana ham oshirishga imkon beradi. Shunday taqsimlash qutisining chizmasi (15-rasm, b) bo‘lagida keltirilgan. U pasaytiruvchi uzatmasi bo‘lmagan taqsimlash qutisidan uzatish sonini orttiruvchi shestemalar (2 va 5) juftligi mavjudligi bilan farq qiladi. Yetaklanuvchi shesterna (5) orqa ko‘prik valining (6) shlitsasi bo‘ylab suriladi va shesterna (3) yoki shesterna (10) bilan ilashadi. Shesterna (5) o‘ng tomonga surilsa, pasaytiruvchi uzatma, chap tomonga surilsa, to‘g‘ri uzatma ulanadi. Tishli mufta (7) old ko‘prikni ulashga va uzishga imkon beradi.
Avtomobilda taqsimlash qutisi uzatmalar qutisiga yaqin qilib o‘rnatiladi va u bilan kalta kardanli val vositasida tutashtiriladi.
Taqsimlash qutisining tuzilishi. 119-rasmda GAZ-66 avtomobilidagi taqsimlash qutisining tuzilishi (a) va kinematik chizmasi (b) ko‘rsatilgan. U to‘g‘ri va pasaytiruvchi uzatma hamda old ko‘prikni ulash shesternasiga ega. Qutining asosiy detallari korpus (8), yetaklovchi (1), yetak­lanuvchi (4), oraliq (5) vallar hamda old ko‘prik yuritmasi validir (9). Yetaklovchi val shlitsasiga to‘g‘ri yoki pasaytiruvchi uzatmalarni ulovchi qo‘zg‘aluvchan shesterna (2) o‘rnatilgan. Yetaklanuvchi val shesterna (3) bilan bir butun qilib tayyorlangan. Oraliq valga pasaytiruvchi uzatma shesternasi (10) bikr (qo‘zg‘almas) mahkamlangan, val shlitsasida esa old ko‘prikni ulovchi shesterna (6) surila oladi. Old ko‘prik yuritmasi valiga shesterna (7) bikr mahkamlangan.



119-rasm. Pasaytiruvchi uzatmasi bo‘lgan taqsimlash qutisi.

Old ko‘prikni ulash uchun shesterna (6) shestemalar (3 va 7) bilan ilashgunga qadar o‘ng tomonga suriladi. To‘g‘ri uzatmani ulash uchun shesterna (2) o‘ngga suriladi va uning tishlari shesternaning (3) ichki tishli gardishi bilan ilashadi. Pasaytiruvchi uzatma shesternani (2) chap tomonga oraliq val shesternasi (10) bilan ilashgunga qadar surish orqali ulanadi. Qutining kinematik chjzmasidan ko‘rinadiki (16-rasm, b), pasaytiruvchi uzatma old ko‘prik ulangandagina ulanishi mumkin ekan. Buning uchun taqsimlash qutisini almashlab ulash mexanizmida old ko‘prik yuritmasi ulanmasdan turib pasaytiruvchi uzatmaning ulanishiga imkon bermaydigan, maxsus blokirovka qurilmasi mavjud. Almashlab ulash mexanizmining o‘zi yon qopqoqqa joylashtirilgan va sirg‘algichlar hamda ayrilardan iborat bo‘lib, haydovchi kabinasiga kiritilgan ikkita richag yuritmaga ega. Taqsimlash qutisidagi almashlab ulash mexanizmining ishlash prinsipi xuddi uzatmalar qutisining almashlab ulash mexanizmi kabidir.



Yüklə 2,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə