Uzatmalar qutilari konstruksiyasi Reja



Yüklə 2,29 Mb.
səhifə5/11
tarix19.12.2023
ölçüsü2,29 Mb.
#150970
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Uzatmalar qutilari konstruksiyasi

Taqsimlash qutisi.


Taqsimlash qutilarining turlari va vazifalari. Taqsimlash qutisi o‘ta qiyin yo‘llardan ham yura oladigan avtomobillarda ishlatiladi va aylantiruvchi momentni avtomobilning yetaklovchi ko‘priklariga uzatish uchun xizmat qiladi. Avtomobilning bajaradigan vazifasiga qarab taqsimlash qutisi qo‘shimcha pasaytirish uzatmasi bo‘lgan yoki bo‘lmagan qilib tayyorlanadi.
Pasaytiruvchi uzatmasi bo‘lmagan oddiy taqsimlash qutisi (118-rasm, a) yetaklovchi (1), oraliq (4) va yetaklanuvchi (6) vallardan, old ko‘prik yuritmasi validan (8), vallarga bikr (qo‘zg‘almas) mahkamlangan shesternalardan (1, 3, va 5) va old ko‘prikni ulovchi tishli muftadan (7) tashkil topgan.



118-rasm. Taqsimlash qutilarining shakllari:
a-pasaytiruvchi uzatmasi bo‘lmagan; b-pasaytiruvchi uzatmasi bo‘lgan;
1-yetaklovchi val; 2-yetaklovchi shesternya; 3-oraliq val shesternyasi; 4-oraliq val; 5-yetaklanuvchi shesternya; 6-orqa ko‘prik vali; 7-tishli mufta; 8-old ko‘prik yuritmasi vali; 9-taqsimlash qutisining korpusi; 10-doimiy ilashib turuvchi shesternya; 11-oraliq valning oldingi shesternyasi.
Val (6) orqa ko‘prik yuritmasining mexanizmlari bilan doimiy biriktirilgan, old ko‘prikni ulash uchun esa tishli mufta (7) xizmat qiladi, ya'ni i oldinga surilib vallarni (6 va 8) qo‘zg‘almas holda ulaydi. Bunday ulanishda, old va orqa ko‘priklarning yetaklovchi g‘ildiraklaridagi aylantiruvchi moment avtomobil g‘ildirakaridagi qarshilik kuchlariga mos ravishda taqsimlanadi.
Ammo, burilish paytida, boshqariladigan old g‘ildiraklar orqa g‘ildiraklarga qaraganda katta radiusli yoy bo‘ylab harakatlanadi, shuning uchun ular tezroq aylanishlari lozim. Agar bu shart bajarihnasa, i holda old g‘ildiraklarni yo‘lga nisbatan sirpanishi boshlanadi, quwatni transmissiyadagi sirkulatsiyasi hisobiga uni yo‘qotilishi ortadi, yonilg‘i sarfi ham ko‘payadi. Bunday nomaqbul oqibatlar bo‘lmasligi uchun takomillashgan yo‘llarda harakatlanishda old ko‘prik uzib qo‘yiladi va faqatgina og‘ir yo‘l sharoitlarida ulanadi. Oddiy taqsimlash qutisida (55-rasm, a) bu vazifani tishli mufta (7) bajaradi, murakkabroq taqsimlash qutilarida esa maxsus mexanizm - o‘qlararo differensial qo‘llaniladi. Bu mexanizm old va orqa ko‘prik yuritmalari vallarining turlicha burchak tezligi bilan aylanishlariga imkon beradi.

Yüklə 2,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə