Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


-2008-yillarda Surxondaryo viloyatidagi fermer xo‘jaliklarida



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/140
tarix12.01.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#98472
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   140
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

2007-2008-yillarda Surxondaryo viloyatidagi fermer xo‘jaliklarida
asosiy qishloq xo‘jaIik mahsulotlarining ishlab chiqarilishi
Mahsulotlar
2007-yil
2008-yil
2008-yilda 
2007-yilga 
nisbatan, foiz 
bisobida
Tonna
Ishlab 
chiqarish 
umumiy 
hajmidagi 
ulushi, foiz
Tonna
Ishlab 
chiqarish 
umumiy 
hajmidagi 
ulushi, foiz
Boshoqli don
473738
81,4
469712
80,2
99,2
shu jumladan bug'doy
469863
81,6
465111
80,4
99,0
Kartoshka
2246
2,3
2456
2,3
109,3
Sabzavot
85578
24,5
89114
24,1
104,1
Poliz
17148
20,5
21053
22,6
122,8
Meva va rezavorlar
43232
56,5
42605
55,0
98,5
Uzum
75131
79,6
28108
61,1
37,4
Go‘sht, tirik vaznda
5131
5,3
5564
5,6
108,4
Sut
10073
2,3
10206
2,2
101,3
Tuxum, mln. dona
2,0
1.6
2,3
1,8
115,3
Jun
146,8
8,7
187,9
10,6
128,0
Pilla
1156,3
96,4
1364,2
96,9
118,0
Manba: Viloyat statistika boshqannasi ma'lumotlari.
2009-yil 1-yanvar holatiga viloyatdagi fermer xo‘jaliklarida 49243 bosh 
yirik shoxli qoramol, shu jumladan 19297 bosh sigir, 251036 bosh qo‘y va 
echkilar va 195,9 ming bosh parrandalar mavjud bo‘lib, 2008-yilning 1-yanvar 
holatiga nisbatan yirik shoxli qoramollar bosh soni 7,0 foizga, shu jumladan 
sigirlar 6,2 foizga, qo‘y va echkilar 18,9 foizga, parrandalar 2,6 baravarga 
ko‘paygan.
Surxondaryo viloyatida 2008-yilda jami yetishtirilgan boshoqli donning 
80,2 foizi, pillaning 96,9 foizi, uzumning 61,1 foizi fermer xo'jaliklari hissasiga 
to‘g‘ri keladi. Viloyatda ayrim qishloq xo'jalik mahsulotlari, jumladan, tuxum. 
sut, kartoshka, go‘sht kabi mahsulotlami yetishtirishda fermer xo‘jaliklarining 
ulushi ancha past darajani tashkil etgan.
Surxondaryo viloyatida fermerchilik harakatiga qaratilgan yuksak 
e'tibor o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. Jumladan, yurtboshimiz
34
www.ziyouz.com kutubxonasi


tomonidan tadbirkor va hunarmandlami qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil 
etilgan hamda har yili an'anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “Tashabbus” 
ko‘rik-tanlovining “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” deb nom berilgan 
2009-yildagi “Tashabbus-2009” ko‘rik tanlovining respublika bosqichida “Eng 
yaxshi fermer” nominatsiyasida Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanidagi 
“Chorvador” fermer xo'jaligi rahbari Rahmiddin Siddiqovich Sharopov g‘olib 
chiqdi. Mazkur fermer xo'jaligining 356 gektar sug‘oriladigan yer maydoni 
bo‘lib, unda 94 nafar xodimlar mehnat qiladi. Fermer xo‘jaligida moddiy- 
tcxnika bazani yaxshilashga alohida e'tibor qaratilgan bo‘lib, bunda lizing 
imkoniyatlaridan ham keng foydalanilmoqda. Hozirgi vaqtda xo‘jalikda 16 ta 
haydov traktorlari va 19 ta avtoulovlar mavjud bo‘lib, ular yuqori mehnat 
unumdorligini ta'minlashga zamin yaratmoqda. “Chorvador” fermer xo'jaligida 
443 bosh yirik shoxli qoramollar mavjud bo'lib, fermer xo‘jaligining o‘z 
mablag'lari hisobiga Isroildan olib kelingan minitexnologiya xo'jalikda 
yetishtirilgan sutni qayta ishlab, tayyor mahsulot sifatida xalqimiz dasturxoniga 
yetkazib bermoqda. Fermer xo'jaligiga kredit evaziga 2006-yilda Polshadan 30 
bosh naslli qoramol keltirilgan va hozirgi kunda ulaming soni 127 ga yetai. 
Mazkur fermer xo'jaligida dehqonchilik sohasida ham yuqori natijalarga 
crishilmoqda. Fermer xo‘jaligi 2009-yilda 146 gektar yerga g ‘o‘za ekib, har 
gektaridan 45,0 sentnerdan paxta xomashyosi hamda 157 gektar yerga bug‘doy 
ekib, har gektaridan 48,0 sentnerdan don olishga erishdi. Shu kabi ilg‘or 
tajribalami barcha fermer xo‘jaliklarida keng joriy etish maqsadga muvofiqdir.
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida agrofirmalarning ham alohida o‘rni 
bor. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz bo'yicha 200 dan ortiq agrofirmalar faoliyat 
yuritmoqda. 
2008-yil 1-yanvar holatiga Surxondaryo viloyatida 21 ta 
agrofirma tashkil etilgan boiib, ularning 9 tasida qayta ishlash sexlari mavjud. 
Shu kunga qadar agrofirmalar tomonidan 13661 
tonna meva-sabzavot 
mahsulotlarini eksport qilish uchun shartnomalar imzolandi va 2008-yil 1- 
yanvar holatiga 124 tonna yoki 33,9 mln. so'mlik mahsulot chetga eksport 
qilindi. Toshkent shahrida an’anaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan «Agro 
Minitex Ekspo» savdo ko'rgazmasida Surxondaryo viloyatidan 2008-yilgacha 8 
ta agrofirmalar minitexnologiyalar va ixcham uskunalar olib kelish bo'yicha 
shartnoma imzolagan. Bu esa meva-sabzavotlarni qayta ishlash, tayyor, yuqori 
sifatli mahsulotlarni eksport qilish imkonini beradi va o‘z navbatida yangi ish 
o'rinlari tashkil etish, fermerlar va agrofirmalar daromadlarining oshishiga olib 
keladi.
Fermer xo‘jaliklari bilan birgalikda dehqon xo‘jaliklari ham qishloq 
xo‘jaligida tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqdalar. Dehqon xo‘jaliklari shaxsiy 
yordamchi xo'jaliklari zaminida vujudga kelgan xo'jalik yuritish shaklidir.
Dehqon xo‘jaliklari - shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari zaminida vujudga 
kelgan xo‘jalik yuritish shaklidir. Qishloq xo‘jaligida xo‘jalik yuritish
35
www.ziyouz.com kutubxonasi


shakllaridan bin bo‘lgan aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari XX asming 
30-yillaridan boshlab vujudga kela boshlagan. 0 ‘sha davrda qishloq 
xo'jaligining asosini tashkil etgan jamoa xo'jaliklari va davlat xo‘jaliklari 
qishloq aholisining oziq-ovqatga bo‘lgan talabini to‘liq qondira olmas edi. 
Shuni e'tiborga olib, qishloq aholisi uchun cheklangan miqdordagi tomorqa 
uchastkasi va chorva hayvonlariga ega bo‘lgan shaxsiy yordamchi xo‘jalik 
yuritishga imkon berildi. Garchi aholining shaxsiy yordamchi xo'jaliklari 
mamlakat aholisini oziq-ovqat mabsulotlari bilan ta'minlash va ularda o‘ziga 
xos bo‘lgan turmush tarzini shakllantirishga muhim hissa qo'shgan bo‘lishiga 
qaramay, sobiq sho‘ro tizimida ulaming ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatiga yetarli 
e'tibor berilmay, jamoa va davlat xo‘jaliklarini rivojlantirish ustuvor yo'nalish 
sifatida qarab kelindi.
0 ‘zbekistonda 
aholining 
shaxsiy 
yordamchi 
xo‘jaliklarini 
rivojlantirish tomon dastlabki tadbirlar o‘tgan asming 80-yillari oxirlaridan 
boshlab amalga oshirildi. 0 ‘zbekiston respublikasi Ministrlar Kengashining 
1989-yil 15-avgustdagi “Ishchilaming shaxsiy yordamchi xo'jaliklarini va 
yakka tartibda uy-joy qurishni yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarori va 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1990-yil 17-maydagi “Jumhuriyat 
aholisining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklaridagi mol va parrandalami yem- 
xashak bilan ta’minlash hamda ularda chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni 
ko'paytirish to‘g‘risida”gi farmoni respublikamizda shaxsiy yordamchi 
xo‘jaliklami rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qildi. Buning natijasida 
aholining tomorqa yer maydonlarini sezilarli darajada kengaytirish, yakka 
tartibda uy-joy qurishga bo'lgan ehtiyojni qondirish va ko‘pgina qishloqda 
yashayotgan oilalar chorva mollarini sotib olish hamda yem-xashak yetishtirish 
imkoniyatlarini oshirishga erishildi. Xususan, 1989-1990-yillar davomida 1,5 
milliondan ziyod oilalaming tomorqa uchastkalari hajmi kengaytirildi, ilgari 
tomorqa uchastkasiga ega bo‘lmagan 580 ming oila esa yer uchastkasi bilan 
ta’minlandi. Aholiga 183 ming gektardan ko‘proq sug‘oriladigan yer 
maydonlari ajratib berildi. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan o‘sha 
paytda yuritilgan oqilona siyosat natijasida nafaqat qishloq xo‘jalik 
mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi oshirish va qishloq aholisining 
daromadlarini oshirish, balki ulaming uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va 
ish bilan bandligini ta'minlash kabi muhim ijtimoiy masalalaming ham hal 
etilishiga sharoit yaratildi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil yanvar oyida e’lon 
qilingan “Ishchilar va qishloq joylarda yashovchi boshqa fuqarolaming shaxsiy 
yordamchi xo‘jaliklarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi va “Shaxsiy tomorqa xo‘jaliklarining egalari bo'lmish 
dehqonlarga moliyaviy yordam berish va ular uyushmasi moddiy-texnika 
negizini mustahkamlash to‘g‘risida”gi farmonlariga asosan o‘sha yili shaxsiy
36
www.ziyouz.com kutubxonasi


yordamchi xo'jaliklari uchun yana qo‘shimcha ravishda 108,5 ming gektar 
sug‘oriladigan yerlar ajratib berildi va 1991-yil oxiriga kelib shaxsiy yordamchi 
xo‘jaliklarida foydalaniladigan maydonlar qariyb 500 ming gektarga yetdi.
0 ‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini qoiga kiritgandan so'ng 
aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarini har tomonlama rivojlantirish tomon 
qat'iy 
chora-tadbirlar 
amalga 
oshirildi. 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 1997-yil mart oyida qabul qilingan “Shaxsiy yordamchi va 
dehqon xo'jaliklarini davlat yo‘li bilan qo'llab-quvvatlash hamda mamlakatni 
oziq-ovqat bilan ta'minlashda ulaming rolini kuchaytirish borasidagi chora- 
tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarini 
rivojlantirishni 
davlat 
tomonidan 
qo'llab-quvvatlash 
hamda 
ularning 
manfaatlarini himoya qiluvchi uyushma faoliyatini yanada takomillashtirish 
masalalari belgilab berildi.
1998-yil 30-aprelda 0 ‘zbekiston Respublikasining “Dehqon xo‘jaligi 
to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi bilan aholi shaxsiy yordamchi 
xo'jaliklarining maqomini aniqlashtirish, ulaming muvaffaqiyatli faoliyat 
yuritishini 
ta'minlashning 
qonuniy 
mexanizmlari 
takomillashtirildi. 
Birinchidan, aholining shaxsiy yordamchi xo'jaliklari dehqon xo‘jaligi sifatida 
qayta nomlandi va uning tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy asoslari mustahkamlab 
qo‘yildi. Ikkinchidan, dehqon xo‘jaligining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, 
maqomi, tashkiliy-iqtisodiy asoslari va uning qishloq xo'jaligi bilan 
shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyekti sifatidagi xususiyatlari aniq belgilab 
berildi. Uchinchidan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998- 
yil 15-iyuldagi 300-sonli qarori bilan faoliyat ko‘rsatayotgan shaxsiy 
yordamchi xo'jaliklami dehqon xo‘jaliklariga o‘zgartirish tartibi tasdiqlandi. 
To‘rtinchidan, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunda ulami davlat yo‘li 
bilan va boshqa tarzda qo‘llab-quwatlash hamda ulaming faoliyatini tartibga 
solish mexanizmi belgilab berildi.
0 ‘zbekiston Respublikasining “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi 
qonunning 1-moddasida dehqon xo‘jaligiga quyidagicha ta’rif berilgan: dehqon 
xo‘jaligi - oilaviy mayda tovar xo‘jaligi boTib, oila a'zolarining shaxsiy 
mehnati asosida meros qilib qoldiriladigan, umrbod egalik qilish uchun oila 
boshlig'iga (merosxo‘rga) foydalanishga biriktirilgan tomorqa yer uchastkasida 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiradi. Bu mahsulotlarni dastawal o‘z 
talablarini qondirish uchun ishlatib, ortiqchasini realizatsiya qiladi. Dehqon 
xo‘jaligidagi faoliyat tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi hamda dehqon 
xo‘jaligi a'zolarining istagiga ko‘ra yuridik shaxs tashkil etgan holda va yuridik 
shaxs tashkil etmasdan amalga oshirilishi mumkin. Dehqon xo'jaligi o‘z 
faoliyatida yollanma mehnatdan doimiy asosda foydalanishi mumkin emas.
37
www.ziyouz.com kutubxonasi


Dehqon xo‘jaligi o‘z faoliyatini 0 ‘zbekiston Respublikasining 
«Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonuni asosida amalga oshiradi. Ushbu qonun 
31 moddadan iborat.
Dehqon xo‘jaligi a’zolariga birgalikda yashayotgan va dehqon 
xo‘jaligini birgalikda yuritayotgan oila boshlig‘i, uning turmush o‘rtog‘i, 
bolalari, shu jumladan, farzandlikka olingan bolalari, tarbiyaga olgan bolalari, 
ota-onalari, mehnatga qobiliyatli yoshga yetgan boshqa qarindoshlari kiradilar.
Dehqon xo‘jaligini yuritishdan ko‘zda tutilgan maqsad ichki iste'mol 
uchun va tovar mahsuloti yaratish, shuningdek boshqa faoliyat turlari orqali 
o ‘zi va oilasining moddiy farovonligini ta’minlashdan iboratdir. Dehqon 
xo‘jaligining asosiy vazifasi qishloq aholisini foydali mehnat va tadbirkorlik 
faoliyatiga keng jalb etish orqali ishlab chiqarish resurslaridan oqilona 
foydalanishga erishish hamda shu asosda eng kam sarf-xarajat evaziga 
mahsulot yetishtirishni har tomonlama ko‘paytirishdan iborat. Shuningdek, yer 
resurslaridan unumli foydalanish, mamlakat ahohsining oziq-ovqatga bo'lgan 
ehtiyojini qondirishda hissa qo‘shish, o‘zi joylashgan hududning ijtimoiy 
rivojlanishini ta'minlashda ishtirok etish kabi bir qator vazifalami yechishda 
ham dehqon xo'jaliklari o‘z hissalarini qo‘shishlari lozim.
Dehqon xo‘jaligi qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi 
tadbirkorlik shakllaridan biri sifatida bir qator afzalliklarga ega:
- ishlab chiqarish hajmining kichikligi bozor konyunkturasiga tez moslashish 
va ko‘p mablag' sarflamay o‘z faoliyati yo‘nalishlarini qayta shakllantirish 
imkonini beradi;
- oila mehnatiga tayanish uy bekalari va bolalar mehnatidan, qariyalar 
tajribasidan unumli foydalanish hamda asrlar davomida shakllanib kelgan 
dehqonchilik madaniyatini avloddan-avlodga o'tkazib borishga sharoit 
yaratadi;
- xususiy mulk egaligi hamda yerning meros qilib qoldirilish huquqi bilan 
umrbod egalikka berilishi moddiy manfaatdorlikni oshiradi va mulkdan oqilona 
foydalanishga yo‘l ochadi.
Dehqon xo‘jaliklari tarkibiga tomorqa yerlariga ega bo'lgan oila 
xo‘jaliklari ham kiradi va ulaming asosiy maqsadi - shaxsiy mehnatlari, mol- 
mulklaridan foydalangan holda o‘z talablarini hamda boshqalarning talablami 
qondirish uchun qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirishdir. Oila xo'jaliklari 
chorvachilik, sabzavot, poliz mahsulotlari bilan iste'mol bozorini to‘ldirishda 
faol qatnashmoqdalar. Aholi iste'mol qilayotgan mahsulotlaming aksariyat 
qismini dehqon xo‘jaliklari yetkazib bermoqda. Ular hozirgi vaqtda 
respublikada yetishtirilayotgan jami go'sht va go‘sht mahsulotlarining, sut 
mahsulotlari, kartoshka, sabzavot va poliz mahsulotlarining asosiy qismini 
yetishtirmoqdalar.
38
www.ziyouz.com kutubxonasi


Dehqon xo'jaliklari agrar sohada yangi xo‘jalik yuritish shakli sifatida 
shakllanib borishi bir tomondan haqiqiy mulk egaligining vujudga kelishiga 
imkon yaratsa, ikkinchi tomondan mulkchilikning boshqa turlariga asoslangan 
korxonalar bilan ma’lum darajada raqobat kurashi muhitini yaratishga yo‘l 
ochadi. Dehqon xo‘jaligi ichki iste'mol va mayda tovar qishloq xo‘jaligi 
mahsuloti yetishtirish bilan bog‘liq hamda xo‘jalik a'zolarining shaxsiy 
mehnatiga asoslangan faoliyat tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi. Dehqon 
xo'jaligi o‘z faoliyati yo‘nalishlarini, ishlab chiqarish tuzilishi va hajmlarini 
inustaqil 
ravishda 
belgilaydi. 
Mamlakatimizda 
dehqon 
xo'jaliklarini 
i ivojlantirish 
borasida amalga oshirilayotgan 
tadbirlar o‘zining ijobiy 
natijalarini bermoqda.
Dehqon xo'jaliklari faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari 2.4-jadvalda 
keltirilgan.
2.4-jadval

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə