Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


-yiI holatiga Surxondaryo viloyatining yer resurslari tarkibi



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/140
tarix12.01.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#98472
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   140
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

2010-yiI holatiga Surxondaryo viloyatining yer resurslari tarkibi
Ko'rsatkichlar
0 ‘lchov birligi
Maydoni
Viloyat hududi
ming kv.km.
20,1
Ekin yerlar jami
ming gektar
282,2
shundan suvli yerlar jami
ming gektar
242,8
Lalmi yerlar jami
ming gektar
39,4
Ko‘p yillik daraxtzorlar
ming gektar
27,7
shu jumladan: -bogTar
ming gektar
11,2
Uzumzorlar
ming gektar
12,0
Tutzorlar
ming gektar
3,6
Bo‘z yerlar
ming gektar
1,6
Yaylovlar
ming gektar
865,3
Boshqalar
ming gektar
0,9
Manba: Viloyat iqtisodiyot boshqarmasi ma'lumotlari.
48
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ushbu jadval ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatning umumiy yer maydoni 
20,1 ming kvadrat kilometr bo‘lib, uning 282,2 ming gektari ekin ekiladigan 
yerlardir. Ekinlar bilan band boigan yerlarning 242,8 ming gektari 
sug‘oriladigan yerlami tashkil etadi. Viloyatda yaylovlar ham ancha ko‘p 
boiib, 865,3 ming 
gektarni tashkil etadi. Mazkur yaylovlardan unumli 
foydalanish orqali viloyatda chorvachilikning tegishli sohalarini yanada 
rivojlantirish imkoniyatlari mavjud. Viloyatdagi bogiar umumiy maydoni 11,2 
ming gektar, uzumzorlar esa 12,0 ming gektami tashkil etadi.
Mamlakatimizning iqlim sharoitiga ko‘ra tabiiy namlik darajasi 
dehqonchilik bilan shug‘ullanish va chorvachilikni ozuqa bazasi bilan to‘liq 
ta'minlash uchun yetarli emas. Shu sababli qishloq xo‘jaligida suv resursining 
ham ahamiyati juda katta.
Yer sharining 72 foizi dunyo okeani bilan band bo'lsada, chuchuk suvlar 
miqdori juda cheklangan. Yer usti chuchuk suvlari miqdori 360 ming km3 
bo‘lib, bu gidrosferaning atigi 0,25 foizini tashkil etadi. Dunyo bo'yicha 1 
milliarddan ortiq aholi suv tanqis hududlarda istiqomat qiladi. Suv tiriklik 
manbaidir, uni e'zozlash, undan tejab-tergab foydalanish kerak.
0 ‘zbekiston hududini ikki yirik daiyo: Amudaryo va Sirdaryo kesib 
o‘tgan, ularning suv olish havzalari Tyan-Shan va Pomir-Oloy tizimi togTarida 
joylashgan. 0 ‘zbekistonda eng yirik daryo Amudaryo hisoblanadi. Uning tog‘ 
qismida suv oluvchi havzasi 227 ming km“, uning havzasidan har yili o'rtacha 
79 km3 suv oqib o‘tadi. Shundan respublikamiz hududida taxminan 6 km3 
(7,5 %) suv oqimi vujudga keladi. Sirdaryoning tog‘li qismidagi suv oluvchi 
havzasi maydoni 150 ming km2, ushbu havzada har yili o‘rtacha 38 km3 suv 
oqib o‘tadi. Shundan taxminan 4 km3 (qariyb 10 %) suv O'zbekistonda 
vujudga keladi.
Ushbu daryolar transchegaraviy daryolar boTib, ulaming suvidan 
qo'shni respublikalar ham foydalanadi. Shu sababli mazkur daryolar suvidan 
foydalanuvchi barcha davlatlar hamkorlikda, o‘zaro kelishuv asosida harakat 
qilishi maqsadga muvofiqdir.
Mamlakatimizning suv resurslari haqida fikr bildirilganda Orol dengizi 
to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tish lozim. Orol havzasida aholi ko'pligi va ular 
sonining barqaror oshib borishi sug'oriladigan dehqonchilikni muttasil 
rivojlantirishni talab etadi. Bu hol daryolardan ko‘p miqdorda suv olinishiga 
olib keladi. 1960-yilga kelib Markaziy Osiyoda salkam 5 mln. gektar 
maydonni sug‘orish uchun 40,4 km3 suv olingan holda, 1986-yil oxirida qariyib 
7 mln. gektar maydonni sug‘orish uchun 86 km3 suv olingan, bu sug‘orish 
maydoni 2 mln. gektarga ortgan holda sug‘orish uchun sarf qilingan hajm ikki 
baravardan ham ortiq boTgan. Binobarin, ekinlami suv bilan ta'minlash uchun 
juda ham ko‘p suv olinganligi ayon boTadi. Ko‘p miqdordagi suvning 
sug'orish va boshqa maqsadlarga sarflanishi o‘lkada suv tanqisligini kuchaytira
49
www.ziyouz.com kutubxonasi


boshladi. Shu vaqtga kelib Markaziy Osiyoda yirik suv omborlari: To‘xtog‘ul, 
Andijon, Chorvoq, Chordara, Qayroqqum, Nurek, Janubiy Surxon, Hovuzxon, 
Tuyamo'yin va boshqalar qurildi. Ularda ko‘plab suv g‘amlab olina boshlandi. 
Bu hol, ayniqsa, Orol dengizi suv rejimida yanada kuchliroq sezila boshlanishi 
tufayli 
uning 
gidrologik 
xususiyatlarida 
o‘zgarishlar 
kuchaydi. 
Mutaxassislaming ma'lumotiga ko‘ra, 1911-1960 yillar davomida Orol 
dengiziga har yili o'rtacha 52 kmJ suv quyilib kelgan va uning sathi muntazam 
ravishda 53 m mutlaq balandlikda bo‘lgan, dengiz maydoni 66 ming km2 , suv 
hajmi 1061 km3 ga teng edi. Ushbu yillar mobaynida dengizga kelgan suv bilan 
uning suv sarfi deyarli teng bo‘lgan. Orol sathining 1961 yildan boshlab 
pasayishi turli yillarda turlicha sodir bo‘lgan. 1961-1970 yillar mobaynida 
pasayish o‘rtacha 21 sm, 1971-1980 yillarda 58 sm, 1981-1985 yillarda 80 sm, 
1986-1995 yillarda 46 smni tashkil qildi. Ayrim yillarda suv sathining pasayishi 
hatto bir metrdan ham ziyod edi. Orolning qurigan qismining (maydoni 3,8 
mln. ga dan ortiq) tabiiy sharoiti o‘ziga xos, 1961 yildagi qirg‘oqdan ichkari 
tomon 10-20 km masofada qumli mintaqa vujudga kelgan. Bu yerlar asosan 
barxan qumlari bilan band. Ushbu global ekologik muammoni hal etish 
borasida Preidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimiz hukumati 
zarur choralarni amalga oshirmoqda va xalqaro hamjamiyatning e'tiborini 
ushbu masalaga qaratmoqda. Mazkur muammoni yechishda mintaqadagi 
mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar hamkorlikda harakat qilishi yuqori samara 
beradi.
O‘zbekiston hududida vujudga keladigan yer usti suvlarining o‘rtacha 
yillik oqim hajmi 10 km3, atrofdan qo‘shimcha 89 km3 suv keladi. Daryolar 
oqimini tartibga solish, irrigatsiya va energiya ishlab chiqarish maqsadida 
mamlakatda 53 ta katta-kichik suv ombori va 28 ta selxona qurilgan, suv 
omborlarining jami suv sig‘imi 16 km3dan ziyod.
Respublikamizda suv resurslarining 85,6 foizi qishloq xo‘jaligi 
ehtiyojlari uchun foydalaniladi.
1993-yil 2-sentabrda 0 ‘zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan 
foydalanish to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilingan bo‘lib, suv resurslaridan 
foydalanishni tartibga solib boruvchi asosiy me'yoriy hujjatlardan biri 
hisoblanadi.
Suvdan foydalanish tartibi suv xo‘jaligi organlari tomonidan ishlab 
chiqilgan bo‘lib, suv maxsus foydalanish ruxsatnomasi boiganlarga limit 
bo‘yicha beriladi. Suv olish va uning hisob-kitobini qilish suv xo‘jaligi organi 
bilan tuzilgan shartnomaga binoan amalga oshiriladi. Sug‘orish va suv bilan 
ta'minlashni magistral kanallar, suv omborlari va boshqa suv xo‘jaligi 
obyektlari bajaradi. Suvdan foydalanish ishlari ichki xo‘jalik va suv tizimi 
rejalariga asosan amalga oshiriladi.
50
www.ziyouz.com kutubxonasi


Qishloq xo'jaligidagi foydalaniladigan suvni monitoring qilish orqali 
salbiy jarayonlaming sabablari va oqibatlari o'rganilib, ulami bartaraf etish va 
suvdan foydalanish samaradorligini oshirishga erishiladi. Suvdan samarali 
foydalanishda suvning aniq hisob-kitobini y o ig a qo‘yish, suv oichash 
qurilmasi, ya’ni gidropostlar qurishni tashkil etish, xo'jalik ichki ariqlarini 
tozalash, suv sarfi isrofgarchiligini bartaraf etish muhim ahamiyatga ega.
Qishloq xo'jaligida foydalaniladigan suvlarning sifati ham barcha 
viloyatlarda bir xilda bo‘lmay, bir-birlaridan farq qiladi. Masalan, Andijon, 
Namangan va Farg‘ona viloyatlarining aksariyat hududlarida ekinlami 
sug'orishda foydalaniladigan suvlarning sifati yaxshi, ya’ni ulaming tarkibida 
hosildorlikka salbiy ta’sir etuvchi turli xildagi minerallar kam, lekin 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati hududlarida foydalanilayotgan 
suvlaming tarkibida xlor va boshqa moddalar ko‘p. Shuning uchun ham 
ularning sifati nihoyatda yomon. Bunday hol qishloq xo'jalik mahsulotlari 
yetishtirish hajmiga, sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kelajakda yerlarning 
unumdorligini oshirish, suvlaming sifatini yaxshilashga qaratilgan barcha 
tadbirlar majmuasini samarali amalga oshirish orqali zarur qishloq xo'jalik 
mahsulotlari miqdorini ko'paytirishga va sifatini yaxshilashga erishish 
mumkin.
Kollektor-zovur suvlarining bir yillik oqimi butun Orol havzasida 
hozirgi vaqtda o‘rtacha 33 km3ni tashkil etadi, shundan 17 kmJ Amudaryo, 13 
km3 Sirdaryo, 3 km3 kichik daryo havzalarida vujudga keladi, 20 km3 zovur 
suvi Amudaryo va Sirdaryoga qaytadan tashlanadi, qolgan qismi Qoraqum va 
Qizilqumdagi bekiq botiqlaridagi koilarga yuboriladi. Kollektor-zovur 
suvlarini daryolarga qaytadan tashlanishi ulaming suv hajmini oshiradi, 
boshqacha aytganda suvni tejashga erishiladi, koilarga tashlangan suv esa 
bugianishga sarf boiadi. Bu bir jihatdan foydali. Lekin kollektor-zovur 
suvlarining 60-yillardan boshlab daryolarga tashlanishi ulaming suvini asta- 
sekin ifloslanishiga olib keldi. Yaqin vaqtlargacha daryo suvlari asosiy ichimlik 
manbai bo‘lib kelgan. Endilikda, ulardan ichimlik suvi sifatida foydalanish 
darajasi pasayib bormoqda.
Kollektor-zovur suvlarining 8-10 km3 qismi respublika hududida turli 
kattalikdagi botiqliklarga markaziy kollektorlar orqali yuboriladi. Buning 
oqibatida ko‘plab sun'iy ko'llar paydo bo‘ldi (Amasoy, Aydarko‘l, Dengizko‘1, 
Katta Sho‘rko‘l, Oyoqog‘itma, Ayozko‘1, Axchako‘l, Sariqamish va boshqalar). 
Ularda hozirgi kunda katta hajmda suv to'plangan. Aydarko'lda jamg'arilgan 
suv miqdori 30 km3 dan ziyod. Sariqamishda esa bundan ham ko‘p. Gap 
shundaki, suvning asosiy qismi bekorga bug‘lanishga sarf bo'Imoqda. To‘g‘ri 
ularning ba'zilarida baliqchilikda foydalaniladi, lekin bu hol suvdan oqilona 
foydalanish tamoyiliga to iiq javob bermaydi. Iqtisodiy jihatdan zarari 
shundaki, botiqlar bundan aw al mahsuldor yaylov sifatida foydalanilgan,
51
www.ziyouz.com kutubxonasi


endilikda yaylovlar maydoni qisqardi. Bundan tashqari tevarak atrofida grunt 
suv sathining ko‘tarilishi yaylov mahsuldorligining kamayishiga ta'sir etdi. 
Chunonchi, Aydarko‘l 1969-yilgacha Forish tumanining asosiy yaylov 
maydoni hisoblangan, hozir esa yaylov maydoni 600 ming gektarga qisqardi.
Mustaqil rivojlanish yillarida hukumatimiz tomonidan suv xo‘jaligini 
boshqarishni takomillashtirishga alohida e'tibor berilmoqda. Jumladan, suvdan 
samarali foydalanishni ta'minlash maqsadida sobiq Qishloq xo‘jaligi va Suv 
xo‘jaligi vazirliklari negizida Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tashkil etildi. 
Suvdan foydalanish tartibi ham bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan 
holda takomillashtirib borilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Suv 
xo‘jaligi bosh boshqarmasi suv resurslaridan foydalanishni tartibga solish 
hamda respublika iqtisodiyoti va aholisini suv bilan ta'minlashga doir zarur 
tadbirlami amalga oshiradi. Uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- suvdan foydalanishda bozor islohotlarini joriy etish, suvdan maqsadli va 
samarali foydalanishni tashkil etish;
- suv xo‘jaligiga suvni tejovchi ilg‘or texnologiyalami joriy etish;
- iste'molchilami suv bilan uzluksiz o‘z vaqtida ta'minlash;
- suvdan foydalanish hisobi va hisobotini yuritishni ta'minlash;
- suv xo'jaligida iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish, mulkchilikning turli 
shakllarini 
rivojlantirish 
ishlarini 
muvofiqlashtirish 
va ular 
amalga 
oshirilishining monitoringini yuritish;
- mavjud me'yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish, qonun 
buzilishi hollarida belgilangan tartibda chora ko'rilishini ta'minlash;
- suv xo‘jaligi uchun yangi inshootlar qurilishini va mavjudlarining 
rekonstruksiya qilinishini ta’minlash;
- suvdan foydalanish uchun maxsus mxsatnomalar berishni va suv 
inshootlarini ro'yxatga olish, suvdan foydalanuvchilar uyushmalari va ulaming 
boshqa birlashmalarini tashkil etish va rivojlantirishda, ichki xo'jalik suv 
hisobini tashkil etishda uslubiy va amaliy yordam ko'rsatish;
- suv resurslarini tartibga solish va ulardan foydalanish, suv xo‘jaligini va 
yerlami melioratsiyalash bo‘yicha davlatlararo masalalami muhokama qilish va 
hal qilishda respublika nomidan ishtirok etish.
Mamlakatimizdagi mavjud suv xo‘jalik tashkilotlari va xizmat ko'rsatuvchi 
tuzilmalar hamda ularning hududiy boiinmalari negizida Irrigatsiya tizimlari 
havza boshqarmasi tuzilgan. Uning vazifasi xalq xo‘jalik tarmoqlari hamda 
qishloq xo‘jalik korxonalarida mahsulot yetishtirish uchun suv bilan ta'minlash 
va suv xo‘jaliklariga servis xizmat ko'rsatishdan iboratdir. Irrigatsiya tizimlari 
havza boshqarmasi 0 ‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi 
vazirligining suv xo‘jaligi sohasidagi hududiy brgani hisoblanib, suv 
resurslarini tartibga solish va foydalanishni amalga osHiradi.
52
www.ziyouz.com kutubxonasi


Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining asosiy vazifalari — suvdan 
foydalanishning bozor mexanizmlarini joriy etish asosida suv resurslaridan 
maqsadli va samarali foydalanilishini tashkil etish; suvni tejash, ilg‘or 
texnologiyalami joriy etish asosida suv xo'jaligida yagona texnika siyosatini 
yuritish; iste'molchilarni suv bilan uzluksiz va o‘z vaqtida ta'minlashni tashkil 
etish; suv inshootlarining texnik ishonchliligini ta’minlash; suv resurslarini 
oqilona boshqarish va tezkorligini oshirish; suv iste'molchilari o‘rtasida yillik 
hisobotini ta’minlashdan iborat.
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining asosiy funksiyalari -
suvdan foydalanish bashoratini umumlashtirib, 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Qishloq va suv xo'jaligi vazirligiga suv olish limitlari bo'yicha taklitlar kiritib, 
tasdiqlangan limitlar asosida magistral kanallar, suv xo'jaligi obyektlari, 
irrigatsiya tizimlari, viloyat va tumanlar bo‘yicha suv olish limitlarini 
belgilaydi, nasos stansiyalari ish rejimini belgilaydi.
Magistral 
kanallar 
boshqarmasi 
Irrigatsiya 
tizimlari 
havza 
boshqarmasining tashkiliy bo‘linm£isi hisoblanib, suv resurslarini tartibga solish 
bo‘yicha faoliyat 
yuritadi. Magistral kanallar boshqarmasining asosiy 
vazifalari quyidagilar:
- magistral kanallar, inshootlar va suv resurslarini oqilona boshqarish, uning 
tezkorligini oshirish;
- suv inshootlarining texnik ishonchliligini ta'minlash, ishonchli foydalanish 
uchun ish holatida saqlash;
- suv bo'yicha hisob-kitob yuritish;
- suvni tejaydigan texnologiyalami joriy etish, ajratilgan mablag‘lar, moddiy- 
texnika resurslari, asbob-uskunalardan samarali foydalanish.
Ayrim yillarda yog'ingarchilik miqdori kam bo‘lishi natijasida suv 
resurslari taqchilligi kuzatilmoqda. Shu sababli mamlakatimizdagi sug‘orish 
tizimlarining holatini yaxshilash, mavjud suvdan oqilona foydalanish va 
sug'orishning zamonaviy usullarini amaliyotga joriy etish maqsadga 
muvofiqdir.
3.2. Yer va suvdan foydalanish holati va samaradorligini tavsiflovchi 
ko‘rsatkich!ar, ularni aniqlash tartibi.
Yer va suvning qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishidagi ahamiyatini 
inobatga olib, ulardan foydalanishning holati va samaradorligi ustidan nazorat 
qilib borish zamr. Bunda quyidagi ko'rsatkichlardan foydalanish mumkin:
a) umumiy yer fondidan foydalanish koeffitsiyenti (foizi). Uning 
darajasini aniqlash uchun qishloq xo‘jaligida haqiqatda foydalanilgan yer
53
www.ziyouz.com kutubxonasi


maydonini foydalanish mumkin bo‘lgan yer maydoniga taqsimlash lozim. Buni 
quyidagi tenglik yordamida aniqlash mumkin:

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə