Urf –odat va ananalarning ijtimoiy vazifalari


O`zbekistonda teatr, sirk, musiqa va qo‘shiqchilik san’ati, muzey va sport taraqqiyoti



Yüklə 44,7 Kb.
səhifə6/15
tarix13.04.2023
ölçüsü44,7 Kb.
#105383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1-35

O`zbekistonda teatr, sirk, musiqa va qo‘shiqchilik san’ati, muzey va sport taraqqiyoti.

Mustaqillik yillarida kino san'ati rivoj topdi. 1996— yilda «O'zbekfilm» tasarrufida 8 ta kinostudiya, 30 ga yaqin mustaqil ijodiy studiyalar faoliyat yuritdi. 1996— yilda tashkil etilgan «O'zbekkino» davlat aksionerlik kompaniyasi, uning davlat tomonidan moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlanishi kino san'atining rivojida muhim ahamiyatga ega bo'ldi. 1991-2002— yillarda 60 ga yaqin badiiy filmlar yaratildi. «Temir xotin», «Dallol», «Sharif va Ma'rif», «Tilla bola», «Buyuk Amir Temur», «Yulduzingni ber, osmon», «Kenja singil» va boshqa filmlarda milliylik va zamonaviylik uyg'unligi yaqqol namoyon bo'ldi. 1997— yil 22-29 may kunlari XII Xalqaro Toshkent kinofestivali bo'lib o'tdi. Unda 32 ta davlat va 8 ta xafqaro tashkilotdan vakillar, kino san'ati ustalari qatnashdi. «Buyuk Amir Temur» filmi ijodkori R.Ibrohimovga festival bosh sovrini — «Neksiya» avtomobili berildi.


Mustaqillik yillarida o'nlab hujjatli filmlar yaratildi. «O'zbekiston bahorlari», «Ulkan odim», «Ular Germaniyada o'qigan edilar», «O'zbekiston qahramonlari», «Umid qaldirg'ochi», «Istiqlol fidoyilari» va boshqalar shular jumlasidandir.

Teatr. Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan ma'naviy-ma'rifiy islohotlar jarayonida teatr san'ati ham rivojlandi.


1993— yilda foydalanishga topshirilgan «Turkiston» saroyi Vatanimiz va xorijlik teatr arboblarining, ijodiy guruhlarning sahna asarlari namoyish etiladigan dargohga aylandi. Andijonda jamoatchilik asosida faoliyat ko'rsatayotgan yoshlar teatri Abbos Bakirov nomli yoshlar va bolalar teatriga aylantirildi.
Respublika Prezidentining 1995— yil 20-oktabrdagi «O'zbekistonda teatr va musiqa san'atini yanada rivojlantirishni qo'llab-quwatlash va rag'batlantirish chora-tadbirlarito'g'risida»gi, 1998— yil 26-martdagi «O'zbekiston teatr san'atini rivojlantirish to'g'risida»gi farmonlari asosida teatrlar davlat budjeti hisobiga qo'llab-quwatlandi. Farmonga binoan Madaniyat ishlari vazirligi tizimida va teatr ijodiy xodimlari uyushmasi qoshida 1998— yilda «O'zbekteatr» ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. Birlashma teatr jamoalariga xalqimizning boy ma'naviy olamini, uning madaniy merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini uyg'otuvchi spektakllar yaratishda, iste'dodli yoshlarni teatrga jalb qilishda, teatrlarning moddiy-texnikaviy bazasini mustahkamlashda, ijodiy xodimlarni ijtimoiy himoya qilishda ko'maklashdi. Alisher Navoiy nomli Davlat akademik katta opera va balet teatri Yaponiya tomonidan 1995— yilda beg'araz ajratilgan 47 mln. iyen qiymatiga teng yangi uskunalar bilan jihozlandi. Respublikamizda 41 ta professional teatr faoliyat ko'rsatmoqda. Наг bir viloyatda qo'g'irchoq teatrlari bolalarga xizmat qilmoqda.
2001 — yilda respublika teatr san'atida muhim tarixiy voqea sodir bo'ldi. Hamza nomidagi O'zbek akademik drama teatri binosi muhtasham koshona shaklida qayta qurildi, zamonaviy teatr uskunalari va mebellar bilan jihozlandi. Prezident farmoni bilan unga Milliy teatr maqomi berildi.
Respublika teatrlari Vatan tarixini sahna asarlari orqali yoritishga alohida e'tibor berdilar. Milliy akademik drama teatri va Qashqadaryo musiqali drama teatri jamoalari «Sohibqiron», Xorazm viloyati musiqali drama va komediya teatri «Jaloliddin Manguberdi», Abror Hidoyatov nomli o'zbekdavlat teatri «Buyukipakyo'li» kabi tarixiy dramalarni sahnaga qo'ydilar.
1997— yil oktabrda Toshkentda bo'lib o'tgan «Teatr: Sharq-G'arb» xalqaro festivalida Yaponiya, Hindiston, Gonkong, Turkiya, Rossiya, Buyuk Britaniya teatr san'atkorlarining chiqishlari bo'ldi.
Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag'ishlangan festivalda O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston teatrlarining 15 ta eng yaxshi tarixiy sahna asarlari namoyish etildi. O'zbekistonlik teatr ustalari Germaniya, Fransiya, Slovakiya, Hindiston, AQSH, Belgiya, Misr, Rossiya teatr festivallarida qiziqarli spektakllar bilan ishtirok etdilar.

Yüklə 44,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə