Umumiy pedagogika



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə6/12
tarix25.04.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#106867
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
umum talim maktablari 1-4 sinflarida mehnat talimini oqitishning interfaol usullari

Ajratilgan 10-15 daqiqa vaqt ichida guruh mumkin qadar ko‘proq sonda javob variantlari berishi kerak. Bir varaq qog‘ozga yozilgan topshiriq bir talabadan ikkinchisiga uzatiladi.
Talaba javobni yozib, qog‘ozni keying talabaga uzatadi, ruchkasini esa, o‘ziga ro‘baro‘ qilib, stolga qo‘yib qo‘yadi. Javobni bilmaydigan talaba qog‘ozni keyingi talabaga uzatadi-yu, lekin ruchkasini qo‘lida olib qoladi. Bu metodikaning yana bir sharti: bitta variantni ikki qayta berish mumkin emas, boshqacha aytganda, qaytariqlar bo‘lishiga bu o‘rinda yo‘l qo‘yilmaydi. Topshriq bajarildi. Javob variantlari yozilgan qog‘oz o‘qituvchida. U o‘sha variantlarni sanab o‘tadi.
Variantlar sanab o‘tilar ekan, ularning birirmuhokama qilib boriladi: Insondagi tug‘ma qobiliyatni qanday izohlaysiz? Bolani o‘rab turgan ijtimoiy muhit deganda
nimani tushunasiz? Va hokazo. «Ruchka stol o‘rtasida» metodi bir qancha afzalliklarga ega. Jumladan,
– o‘qituvchi mashg‘ulotga kim tayyor, kim tayyor emasligini ko‘rib turadi;
– mashg‘ulotga tayyorlanmagan talaba og‘zaki muhokama paytida ko‘rib chiqilayotgan mavzu yuzasidan anchagina foydali bilimlar olishi mumkin;
– bu guruhda olib boriladigan ish bo‘lib, talabalar intizomini mustahkamlaydi va ularni jipslashtiradi, chunki o‘z variant ustida juda uzoq o‘ylab o‘tiradigan talaba butun guruhga ajratilgan vaqtni sarflaydi. Shuningdek, talaba mashg‘ulotga tayyor bo‘lmasa, bunda ham u guruhga pand beradi, chunki guruh uning uchun ishlashi kerak bo‘ladi;
– talabalar o‘z javoblarini ikki marta: yozma ish paytida va og‘zaki muhokama vaqtida tahlil qilib borishadi. Shunday qilib, ta'lim jarayonida qo‘llaniladigan mazkur interfaol usullar o‘quvchi-talabalarning mustaqilligi, ishchanligi, uyushqoqligi, xushmuomalaligi, ijodiy fazilatlarini kamol toptirishga yordam beradi.
Interfaol usullarni yana boshqaca ta’riflaydigan bo’lsak interfaol ta`lim jarayonida dars o`quvchilarning o`zaro muloqotlari asosida amalga oshiriladi. 
Interfaol metod — ta`lim jarayonida o`qituvchi va o`quvchilar o`rtasidagi faollikni oshirish orqali ularning o`zaro harakati, ta`siri ostida bilimlarni o`zlashtirishni kafoiatlash, shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu usullarni qo`llash dars sifati va samaradorligini oshirishga yordam beradi. Uning asosiy mezonlari — norasmiy bahs-munozaralar o`tkazish, o`quv materialini erkin bayon etish, mustaqil o`qish, o`rganish, seminarlar o`tkazish, o`quvchilarni tashabbus ko`rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo`lib ishlash uchun topshiriq, vazifalar berish, yozma ishlar bajarish va boshqalardan iborat.

Interfaollik, bu — o`zaro ikki kishi faolligi, ya`ni, bunda o`quv-biluv jarayoni o`zaro suhbat tariqasida, dialog shaklda (kompyuter aloqasi) yoki o`qituvchi-o`quvchilarning o`zaro muloqotlari asosida kechadi.


Interfaollik — o`zaro faollik, harakat, ta`sirchanlik, o`quvchi-o`qituvchi, o`quvchi-o`quvchi (sub`yekt-sub`yekt) suhbatlarida sodir bo`ladi. Interfaol metodlarning bosh maqsadi — o`q jarayoni uchun eng qulay muhit vaziyat yaratish orqali o`quvchining faol, erkin, ijodiy fikr yuritish, uni ehtiyoj, qiziqishlari, ichki imkoniyatlarini ishga solishga muhit yaratadi. Bunday darslar shunday kechadiki, bu jarayonda bironta ham o`quvchi chetda qolmay, eshitgan, o`qigan, ko`rgan bilgan fikr- mulohazalarini ochiq-oydin bildirish imkoniyatiga ega bo`ladilar. O`zaro fikr almashish jarayoni sodir bo`ladi. Bolalarda bilim olishga havas, qiziqish ortadi, o`zaro do`stona munosabatlar shakllanadi.
Interfaol ta`lim o`z xususiyatiga ko`ra didaktik o`yinlar orqali, evristik (fikrlash, izlash, topish) suhbat-dars jarayonini loyihalash orqali, muamoli vaziyatni hosil qilish va yechish orqali, kreativ-ijodkorlik asosida, axborot kommunikatsion texnologiyalar yordamida amalga oshirish metodlarini o`z ichiga oladi.
Axborot kommunikatsion texnologiyalar asosida ta`lim o`z navbatida kompyuter dasturlari yordamida o`qitish, masofadan o`qitish, internet tarmoqlari asosida o`qitish, media-ta`lim metodlaridan iborat.
Boshlang`ich ta`limda o`quvchilarning yosh xususiyatlari, savodxonlik darajalari, shaxsiy tabiatlariga ko`ra didaktik o`yinlar orqali, evristik suhbatlar loyihalashtirish asosidagi metodlar keng qo`llanilmoqda. Agar o`qitish jarayonida har bir o`quvchi o`zining o`zlashtirish imkoniyati darajasida topshiriqlar olib ishlaganida u yuqori sifat va samaradorlikni ta`minlagan bo`lar edi. Bunday holatni faqat tabaqalashtirilgan ta`lim orqaligina amalga oshirish mumkin.
Didaktik o`yinli metodlar o`quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular o`quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni ro`yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Bu metod o`quvchini ichki imkoniyatlarini ishga tushishiga, o`ylashga, erkin fikr yuritishga, muloqotga, ijodkorlikka yetaklaydi. Ayniqsa, unda atrof-muhit, hayotni bilishga qiziqish ortadi, uchragan qiyinchilik, to`siqlarni, qanday yengish va tanqidiy fikrlash ko`nikmalarini shakllantiradi.
Ta`lim-tarbiya jarayonida asosan o`quvchilarda ta`lim olish motivlarini, ularni turli yo`nalishlardagi qobiliyat qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini ko`rsatadigan, didaktik o`yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Didaktik o`yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchaniik va boshqa yo`nalishdagi turlarga ajratiladi. Ular o`quvchilarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, tadqiq qilish, hisoblash, o`lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, nutq o`stirish, til o`rgatish, yangi bilimlar olish faoliyatlarini rivojlantiradi.
Umumiy o`yinlar nazariyasiga ko`ra, mavjud barcha o`yin turlarini tasniflashda ularni funksional, mavzuli, konstruktiv, didaktik, sport va harbiy o`yinlarga ajratiladi. Didaktik o`yin turlarini tanlashda,quydagi mezonlarga rioya qilish yaxshi natijalar beradi:
— ishtirokchilarning tarkibi bo`yicha, ya`ni o`g`il bolalar, qiz bolalar yoki aralash guruhlar uchun o`yinlar;
— ishtirokchilarning soni bo`yicha: yakka, juftlikda, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi, sinflararo va ommaviy tarzdagi o`yinlar;
— o`yin jarayoni bo`yicha fikrlash, o`ylash, topag`onlik, harakatlar asoslangan, musobaqa va boshqalarga yo`naltirilgan;
— vaqt me`yori bo`yicha dars, mashg`ulot vaqtining reja bo`yicha ajratilgan qismi, o`yin maqsadiga erishguncha, g`oliblar aniqlanguncha davom etadigan o`yinlar.
Ayrim didaktik o`yinli dars shakllari:
— ishchaniik o`yini darsi mavzu bo`yicha masalalarni hal etish jarayonida o`quvchilarning faol ishtirok etishini ta`minlash orqali yangi bilimlarni o`zlashtirish mashqi;
— rolli o`yin darsi mavzu bo`yicha masalalarni o`rganishda o`quvchilarga oldindan ma`lum rollarni taqsimlash va dars jarayonida shu rollarni bajarishlarini tashkil etish asosida bilimlarini mustahkamlash;
— boshqa darslarga doir va integratsiyalash uchun qulay bo`lgan mavzular bo`yicha tashkil qilingan dars bo`lib, o`quvchilarning turli fanlarga qiziqishlarini orttirib, ta`lim jarayonidagi faollikni ta`minlaydi. Bularning bari o`quvchilarga fanlararo bog`liqlikni o`rgatish orqali ularda olam tuzilishining ilmiy asoslarini to`liq idrok etish va ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, ijodiy tafakkurlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Darslarni nechog`li qiziqarli, foydali va samarali tashkil etish o`qituvchilarning ijodkorligi, tashabbuskorligiga bog`liq. Xulosa qilib aytganda, o`qituvchi faqat o`qitibgina qolmay, o`quvchini mustaqil mutolaa qilish orqali ta`lim olish ko`nikmalarini shakllantirishi,o`quvchilarni darslik, qo`llanma, internet xabarlari, manbalarni tahlil qilish orqali bilim olishga o`rgatishi, o`quvchi ta`lim jarayonida eshitib, ko`ribgina qolmay, balki dars mavzusi, mazmunini o`rganishda uni faol ishtirokchisiga aylanishini ta`minlashi zarur. Agar o`qituvchi interfaol ta`lim mazmunini va mohiyatini, uning metodlarini o`qib-o`rganib, o`zlashtirib, o`z pedagogik faoliyatiga joriy qila olsa, takomillashgan Davlat ta`lim standartlarini va modernizatsiya qilingan o`quv dasturlarini to`la o`zlashtirishlarini kafolatlaydi, sifat va samaradorlikka erishishni ta`minlaydi.
Demakki, har bir o`qituvchi o`z o`quvchisini dars jarayonida faollashtira olsa, bolalarning o`qish, o`zlashtirish, bilim, ko`nikma, malakalarni egallash darajasi yuqori ko`rsatkichlarni tashkil etadi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə