Umumiy pedagogika


II BOB. MEHNAT TA’LIMI DARSLARIDA INTERFAOL METODLARNI QO’LLASH SHAKLLARI



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə8/12
tarix25.04.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#106867
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
umum talim maktablari 1-4 sinflarida mehnat talimini oqitishning interfaol usullari

II BOB. MEHNAT TA’LIMI DARSLARIDA INTERFAOL METODLARNI QO’LLASH SHAKLLARI.


II.1. Mehnat ta’limi jarayonida interfaol usullardan foydalanish shakllari.

Mehnat tarbiyasi, mehnatga munosabatni tarbiyalash maktabdagi o‘kuv hamda sinfdan tashqari ishlarning o‘zagi, maktabning hayot bilan aloqasini mustahkamlashning asosiy yo‘lidir. O‘quvchilar mehnat ruhiy va amaliy tayyorlash maktabning asosiy tarbiyaviy vazifalaridan biridir.


Maktabning turmush bilan aloqasi kundan-kunga mustahkamlanib bormoqda, sinfdan tashqari ishlarning o‘kuvchilar o‘zlarining mustakilliklari va tashabbuslarini namoyish eta oladigan, ularga jamiyat foydasi uchun tashkil etilgan mehnatning go‘zalligi va quvonchini, jamoaning kuchini his etishlariga yordam beradigan yangi shakl va usullarlari aniqlanmoqda.
O‘quvchilariing mehnat faoliyatiga psixologik va amaliy tayyorlash o‘kuvchilar ijtimoiy foydali mehnatinnng har xil turlarida qatnashayotgan vaqtlarda xilma-xil tarbiyaviy tadbirlarni kullash orqali amalga oshirilishi kerak.
O‘quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari ish maktabning butun ta'lim - tarbiyaviy ishlarining ajralmas hismi bo‘lib, u bolaning har tomonlama rivojlantirish, darslarda egallayotgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, amalda qo‘llanishgaga yordam beruvchi muhim vositalardan biridir. Sinfdan tashqari ish ayni bir vaqtda o‘quvchilarning bilim doirasini kengaytiradi, mehnat ta'lim va tarbiyasi bolalarda fan texnika, sa'natning turli sohalariga qiziqishini o‘stirish masalalariii hal etishga yordam beradi.
Mehnat ta'limi bo‘yicha sinfdan tashqari ishlar texnik mehnat darslarining davomi ko‘shimchasidir. O‘quv mashg‘ulotlari bilimlarga qiziqishini o‘zsgiradi, sinfdam tashqarn ish darsida bilimlarni kengrok kullash hamda cho‘qurlashtirish imkonini beradi. Shu bilan birga sinfdan tashqari ishdarsda berilgan materiallarni aynan takrorlamaslngi kerak, u sinfdagi ishdan o‘zining o‘yin, qiziqarli xarakterdaligi bilan ajralib turadi. Sinfdan tashqari ish o‘quvchilarga ishnnng o‘zlariga ko‘proq yoqqan, o‘zlarini ko‘proq qiziqtirgan to’rini tanlashlari uchun imkon yaratadi. Faqat sinfdan tashqari ishlarda o‘quvchilarning individual ijodiy qobiliyatlari yorqinroq namoyon bo‘ladi, bu yerda ular istalgan ish bilan shug‘ullanishilari, qo’yilgan maqsadga erishish uchun kerak bo‘lgan vaqt va kuchini sarflashlari mumkin.
Sinfdan tashqari ishning formalar ko‘pdir:
Ommaviy ish - kechalar, ertaliklar, konkurslar, ekskursiyalar, ko‘rgazmalar.
Maktablarda boshlang‘ich sinflarda snnfdan tashqari ishlarni ertaliklar, ko‘rgazmalar tayyorlashni uyushtirish kabi ommoviy ish turlaridan keng foydalanib, konskurs va viktorinalarga kam e'tibor beriladi. Ommaviy ishning konkurs va viktorinalar kabi turi juda qiziqarli va aynan bir vaqtda katta tarbiyaviy nmkoniyatlarga egadir. Chunki zehnli, tez javob topa bilish, o‘z fikri, bilim va ko‘nikmalarini safarbar eta bilish xuddi mana shu ish turlarida talab qilinadi.
Maktabning tarbiyaviy ishlarida ommoviy ishlar katta rol o‘ynaydi.Kechalarga, konkurslarga, viktorinalarga tayyorgarlik o‘quvchilarni xar tomonlama xarakat kilishga matnlarni yodlash, kostyumlar tayyorlash, jixozlash, bezash ishlarini amalga oshirishga majbur qiladi. Kechalar mavzulari shunday tanlanish kerakki, u o‘quvchilarda xar tomonlama qiziqish uygotsin, ularni o’ylashga, ixtiro kishiga majbur etsin va faqat mavjud bilim va ko‘nikmalar bilan cheklanib kolmay, kecha mavzusining dasturiga muvofiq yangiliklarni xam o’zlashtira borsin. Ayniqsa kechalar ikki yondosh sinflar qo’shilganda juda qiziqarli va jonli o’tadi. Kecha mavzusi asosan maqol va matallardan olinadi, ammo kecha mavzusini "Mehnat va mehnat kishilarini sharaflaydigan" mehnatga aloqador bulishi xam mumkin. Mehnatga bag’ishlangan kechalarni har bir o‘quv choragi va yil oxirida o’tkazish maqsadga muvofiq bular edi. Kecha "Maktab mehnat darslarida nimalarni o’rganib oldingiz" mavzusi asosida o’tkazish mumkin. Kechaning maqsadi mehnat darslarida olingan ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash, mehnatga muxabbat singdirishdir. Turli ishlarni bajarish, asboblarni to’gri ishlatish, darslarda foydalaniladigan materiallar va asboblar bo’yicha bilimlarni tekshirishga bag’shilangan musobaqalar sinfda va sinflararo o’tkazilishi mumkin. Ish turlarini, tayyorlash texnologiyasini aynan o’zini qoldirib o’zgartirish kerak. Hamma topshiriqlarni bajargan o‘quvchilarni maxsus nishon bilan taqdirlash mumkin.To‘garak ishlarida ko‘rgazmalar, mavzuli albomlar, ko‘rgazmali qurollarni tashkil etish va bajarish muhim o’rin egallaydi.
Ko‘rgazmapar mavzusi xilma-xil bo‘lishi mumkin, masalan sinfda mehnat darslarida bajarilgan ishlar ko‘rgazmasi, uyda mustaqil ishlagan yoki to‘garaklarda ishlangan ishlar ko‘rgazmasi va shu kabilar. Ko‘rgazmani tomoshabinlar qanday idrok etiishari, ko‘rgazmani qanday tashkil etilganligi, qanday bezatilganligini, namunalarning joylashtirishiga bog’liqdir. Ko‘rgazma estetik didni tarbiyalaydi.
Boshlangich sinflarda to‘garak ishi quyi sinf o‘quvchilarini umumiy rivojlantirish, ayniqsa o‘qishning turmush bilan alokasi nuqtai nazaridan juda muhim va keraklidir. "Mohir qo‘llar", "Kugirchok teatri", "Yosh tabiatshunoslar" to‘garaklari ayniqsa katta axamiyatga ega bo’lib, to’garaklarda o‘g‘il qiz bolalar bir xil qiziqish bilan shugullana oladilar. Xar biri o’z qiziqishi, kuchi va imkoniyatlariga yarasha ish bilan shug’ullana oladilar.
To‘garaklarni tashkil etishdan oldin o‘qituvchi maktabdagi mavjud imkoniyatlarni chamalab chiqishi lozim. To‘garak uchun albatta alohida xona kerak bu xona stol-stullar, ma'lum asbob-moslamalar to‘plami, tayyor ishlarni qo’yish uchun shkaflar bilan jihozlangan bo’lishi kerak.
To‘garak ish rejasini to‘garak raxbari sinf raxbarlari bilan hamkorlikda bir yilga tuziladilar. Rejada to‘garak qaysi ish turi bilan shug’ullanishi va shu ish turlari bo’yicha qanday amaliy ishlar amalga oshirilishi qayd etiladi. Rejadagi ishlar oddiydan murakkabga o’tishini ta'minlash uchun murakkablik darajasiga ko’ra joylashtiriladi. Rejada o‘tkaziladigan ekskursiya ham ko‘rsatiladi.
To‘garak rejasini maktab rahbari tasdiklaydi. To‘garak mashg‘uloti haftada bir marta o’tkazilib, u 1,5 soatdan ortiq davom etmasligi kerak.
To‘garak mashguloti odatda yangi ish usullarini ko’rsatishdan boshlanib, to‘garak a'zolari bu harakatni takrorlaydilar, asosiy ishga esa ular bu ish usullarini yaxshi egallab olganlaridan so‘ng kirishiladi. To‘garak a'zolari ishlarni bajarish jarayonija oddiy sxemalar. chizmalardan foydalanishga, materiallarga tartibli, tejamkorlik bilan munosabatda bo’lishga, asboblar hamda ish joyini toza va tartibli saqlashga albatta odatlantirish zarur.
To‘garakning xar bir a'zosi "O’zing bilim oldingmi – o’rtog’inga ham o’rgat" degan qoidani doimo yodida saqlashi kerak.
Individual mashg‘ulot - kolleksiyalar to‘plash, texnika bilan mustaqil shug‘ullanish, qishlok xo‘jaligi ishlari bilan shug‘ullanish kiradi.
Boshlangich sinf o‘quvchilari ko’plab ijtimoiy foydali mehnatda qatnashadilar. Ular paxta terishda, sabzavot mevalarni yigishda, ipak qurti boqishda, maktabni, maktab xovlisini, kucha xiyobonlarni obodonlashtirishda qo‘llaridan kelgancha xarakat kiladilar. Ular dala shiyponlarida kutubxonalar tashkil etadilar, xavaskorlik konsertlarini beradilar, makulatura, temir-tersak to’playdilar, kichkintoylarni, nafaqaxurlarni otaliqqa oladilar. Bu tadbirlarni barchasi o‘quvchilar tashabbusi bilan amalga oshiriladi.
Biz ko‘p narsalarni o‘rganishni faqat dars vaqtida bajara olmaymiz, qilgan vaqtimizda ham ulgura olmaymiz. Shuning uchun sinfdan tashqari olib borgan ishlarimiz katta ahamiyatga ega. Sinfdan tashqari ishlarda o‘kuvchilarning qiziqishlariga, qobiliyatlariga qarab turli xil ishlarni amalga oshirishimiz mumkin. Bajarilgan ishlarimizni ahamiyati haqida tushuntirilib borilsa, yaxshi natijalarga olib keladi.
Mehnat topshiriqlarini sinfdan tashqari ishlarda ko’llash o‘qituvchidan muntazam katta tayyorgarlikni, har bitta to‘garak ishlarini doimo nazorat qilib, ularni chuqur va mastahkam bilimlar bilan qurollantirib, tanlagan ijodkorlikiga qiziqtirib va o‘kuv fanlari mazmunini mukkamalashtirib o‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil etish kerak.
Sinfdan tashqari ishlarni samarali ravishda amalga oshirish, boshlang’ich sinflarda o’zlashtirgan bilim, malaka va ko‘nikma va malakalarini mustahkamlaydi, dunyoqarashini shakllantiradi, ularning ijodiy qobiliyatlarini o’sgiradi hamda bidiiy estetik didini oshirishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi. O’z vaqtida, rejali, tartibli o’tkazilgan mashg’ulotlar o‘quvchilarning qiziqish va havaslarini oshiradi, ma'naviy, mafkuraviy qarashlarini boyitadi, xulosa qilib aytganda o‘quvchilarga boshlang‘ich sinfdanoq kelajakda to‘g‘ri ijodkorlik tanlashlariga ulkan zamin yaratilsa, kelajak-avlodning barkamol bo‘lishida, jamiyatimizning rivojlanishida katta ahamiyat ijodkorlik etadi.
Umumta'lim maktablarida mehnat ta'limi mazmunini milliy an'analar va qadriyatlarimiz, Respublika xududlari talablari asosida tashkil etib, uning tarmog‘ini kengaytirish, zamon talablari darajasida isloh qilish kun tartibida turgan dolzarb masala



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə