Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


Tarixiy-etnografik (tarixiy-madaniy) viloyatlar



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/212
tarix03.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#121262
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   212
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Tarixiy-etnografik (tarixiy-madaniy) viloyatlar. 
Tillardagi 
qardoshlikdan tashqari, xalqlar orasida tarixiy-etnografik yoki ta- 
rixiy-madaniy yaqinlik ham kuzatiladi. Bu xildagi jarayon m a’lum 
hududda qo‘shni xalqlarda, uzoq davom etgan xo‘jalik, madaniy, 
iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalardagi o‘zaro aloqalar tufayli qa­
tor umumiy xususiyatlami shakllantirgan. Odatda, bunday hududlami 
tarixiy-etnografik yoki tarixiy-madaniy viloyatlar va hatto regional 
sivilizatsiyalar deb nomlashadi. Bunga misol tariqasida Old (G‘arbiy) 
Osiyo, Kavkazoldi, 0 ‘rta Osiyo ham da Qozog‘iston va hokazolarni 
ko‘rsatish mumkin. Bu xildagi viloyatlar va regional sivilizatsiyalami 
yer yuzasi oykumenasining (inson yashaydigan hududlarida) barcha- 
sida ko'rsatish mumkin.
X o‘jaIik klassifikatsiyasi. 
Turli tillarda so‘zlashuvchi va bir-biri- 
dan uzoqda yashovchi ko ‘pchilik xalqlar madaniyatida qator umumiy- 
likka ega bo‘lishi mumkin. Etnologiyada bunday etnoslarni madani­
yat tiplari yoki xo ‘jalik-madaniy tiplarga b o iish , o ‘xshash tabiiy 
iqlim sharoitlarida bir xil xo ‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanganlik 
asosida vujudga keladi. Xo'jalik-m adaniy tiplar ilk taraqqiyot davri- 
dagi etnoslaming xususiyatlarini yorqin ifodalaydi. X o‘jalik-madaniy 
tiplar orasidagi tafovutlar, eng avvalo, asosiy m ashg'ulotlari va hayot 
kechirish usullari - qishloq xo‘jaligi, m ashg‘ulotlari, hunarmandchi- 
ligi, ular bilan birga mehnat qurollari, uy-joylar, taomlar va hokazolar, 
b a’zida folklor va diniy e’tiqodlarda kuzatiladi.
Odatda, uchta xo‘jalik-m adaniy tiplar farqlanadi:
1. 0 ‘zlashtirish xo ‘jaligidagi etnik guruhlar. Ular qatorida ovchi- 
lar, terimchilar va baliqehilar bo‘lib, ular uchun yovvoyi o'sim liklar, 
mevalar, yovvoyi hayvonlarga ov aksari hayot manbayi edi. Tarixan 
bu xo‘jalik-m adaniy tiplar eng qadimgisi b o iib , ilk paleolitda vujud­
ga keigan. Hozirda ovchi va terimchilar safida Shri Lanka veddalari
M alakka oroli semanglari, Filippindagi aetalar, Kongodagi pigmeylar 
va boshqa qabilalar kiradi.
2. Ishlab chiqarish xo‘jaligiga o ‘tgan xalqlar va etnik guruhlar. 
Ularga qo‘l dehqonchiligi va chorvachilik xosdir. Bu xildagi xo‘jalikda 
hayot manbayi madaniy o‘simliklami yetishtirish va uy hayvonlarini
12


boqish bilan xususiyatlanadi. Ushbu xo‘jalik-madaniy tiplaming shakl­
lanishi neolitdan boshlangan. Bizning kunlarimizda qo‘l dehqonchiligi 
Hindiston, Janubiy Xitoy, Indoneziya, tropik Afrika, Amazonka hav- 
zasi va Janubiy Amerikadagi kam sonli xalqlarda mavjud.
3. 
Rivojlangan ishlab chiqarish x o ‘jaligiga omoch dehqonchiligi 
buyuk daryolar - Dajla, Frot, Nil, Hind, Gang, Amudaryo, Xuanxe 
vohalarida jez va temir asridan boshlangan. Amerika, Avstraliya
Okeaniya, Afrikada (Sahrodan janubda) bu xo ‘jalik-madaniy tiplar 
bo‘lmagan va aksincha, 0 ‘rtayer, Old va 0 ‘rta Osiyo, Shimoliy 
Hindiston, Shimoliy Xitoyda deyarli barcha xalqlarda ustunlik qilgan.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə