Tuproqlarning ekologo-meliorativ holati va unumdorligi



Yüklə 217,38 Kb.
səhifə3/4
tarix08.05.2023
ölçüsü217,38 Kb.
#109000
1   2   3   4
Tuproq unumdorligini intensive dexqonchilik sharoitida saqlash, qayta tiklash va osirish masalasi

4-jadval

Eslatma: +) Sirdaryo viloyati tarkibida ++) Buxoro viloyati tarkibida Respublikaning cho‘1 qismidagi sug‘oriladigan tuproqlarning yuqori darajada sho'rlanishining asosiy sababi - yangi yerlarni 0‘zlashtirishni texnik-iqtisodiy asoslash, loyihalash va tashkiy-qurilish ishlarida yo‘l qo‘yilgan fundamental kamchiliklardir. Jumladan, yerlarni o‘zlashtirishni tashkil etishda asosan dalalarni tekislash, sug'orish shaxobchalari, zovurlar tizimini qurish va sho‘r yuvishga urg‘u berilgan. Zovurlar tizimini umuman va ayniqsa birlamchi zovurlaming ko‘rsatkichlari (nishabligi, chuqurligi, orasidagi masofa) mazkur hududlarda tarqalgan tuproqlarning litologo-geomorfologik tuzilishi, suv fizik xossalari, gidrogeologik sharoitlarni nazarda tutgan holda ilmiy asoslangan va tabaqalashtirilgan holda belgilanmagan. Qizig‘i shundaki, o‘zlashtirilayotgan yerlarda keng miqyosda qurilayotgan zovurlaming (ochiq, yopiq) asosiy ko‘rsatkichlari – konstruktiv elementlari mazkur hududda tarqalgan tuproqlarning litologo — geomorfologik tuzilishi, suv-fizik va boshqa xossalarining o‘tkazilgan tajriba, kuzatuvlardan olingan ma’lumotlar asosida tanlanmagan. Ulaming samaradorligi loyihada yagona «andoza» (shablon) tarzda qabul qilinib, qurilgandan so‘ng o‘rganilgan. Loyihalarda qabul qilingan “me’yorda” zovurlar tizimining qurilishiga qaramasdan, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga kiritilgan hududlarda tarqalgan tuproqlarning suv-tuz tartibini maqbul tarzda boshqarishga erishilmadi. Yetishtirilayotgan ekinlaming (g‘o‘za, Sholi) jadal sug‘orish oqibatida avtomorf namlanish xususiyatiga ega bo‘lgan tuproqlarda vaqt o‘tishi bilan yarim gidromorf, gidromorf namlanish tartibi shakllandi. Yer osti suvlarining jadal ko‘tarilishi natijasida tuproqning pastki (C, D genetik qatlamlari) qismida asrlar davomida shakllangan zaharli tuzlar harakatga keldi va o‘simliklar ildizi tarqalgan qatlamda muntazam ravishda yig‘ila boshladi. Ko‘p yillar davomida olib borilgan kuzatuvlarda olingan ma’lumotlarga qaraganda, ayrim dalalar misolida tuproqning yuqori qatlamida tuzlaming davriy yig‘ilish koeffitsiyenti 1,23-1,52 ni tashkil etadi.
Sho‘rlangan yoki sho‘rlanishga moyil yerlaming meliorativ holatlarini yaxshilash - tuproqning o‘simlik ildizi tarqalgan qatlamida suvda eriydigan zaharli tuzlaming ekinlarga zarar keltirmaydigan darajagacha (0-100 sm qatlamdagi qumloq, yengil va o‘rta qumoq tuproqlarda xlor ion miqdori 0,02-0,03 %, og‘ir qumoq va soz tuproqlarda 0,01-0,015 %) kamaytirish agromeliorativ va gidromeliorativ tadbirlar samaradorligini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Tuproq qatlamidagi tuzlar asosan agromeliorativ tadbirlar — sho‘r yuvish va yetishtirilayotgan ekinlami sug‘orishda biologik talabidan 10-30 % ortiqcha suv berish hisobiga, kam darajada sho‘rlangan tuproqlarda esa tuzga chidamli o‘simIiklar (shirinmiya, oqjo‘xori, beda va boshqalar) yetishtirilsa kamayadi. Gidromeliorativ tadbirlar - zovurlar tizimi esa yer osti suvlar sathini pasaytirish hisobiga sho‘r yuvishga berilayotgan suv samara- doriigini oshiradi (qatlamga shimilayotgan suv bilan tuzlar yuvilishini jadallashtiradi), yoz oylarida ildiz tarqalgan qatlamda tuzlar harakatini ma’lum darajada susaytiradi. Lekin tuproqning yuqori qatlamidagi tuzlar miqdorini deyarli kamaytirmaydi. O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2007-yil 29-oktabrdagi «Yerlaming meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi Qaroriga asosan sug'oriladigan dehqonchilik mintaqasidagi tuproqlarning yuqori qatlamidagi yetishtirilayotgan ekinlar uchun zararli tuzlar miqdorini kamaytirish yoki umuman yo‘qotishga yo‘naltirilgan mavjud agro va gidromeliorativ tizimlami modemizatsiya (tubdan takomillashtirish) qilishning dasturi - amal hisoblanadi. Ma’lumki, agrar soha samaradorligini belgilovchi asosiy iqtisodiy
ko'rsatkich tuproq unumdorligi hisoblanadi. Tuproq unumdorligi unmg suv-fizik, agrokimyoviy, kimyoviy, biologik va boshqa xossalarini maqbullashtirishga yo'naltirilgan agrotexnik va agromeliorativ tadbirlaming hosilasidir.
Ko‘p yillar davomida olingan ma’lumotlarning qiyosiy taqqoslash tahliliga qaraganda respublikadagi sug'oriladigan, ayniqsa cho‘l qismidagi yerlaming meliorativ holatini yaxshilashga ko‘pdanko‘p mablag‘, moddiy-texnik zaxiralar sarflanishiga qaramasdan tuproqlaming ishlab chiqarish qobiliyati so'nggi 30-40 yil davomida sezilarli darajada pasaygan. Jumladan, 1970-2010-yillar davomida
sifati “eng yaxshi” (80-100 ball) tuproqlar maydoni 6,4 “yaxshi” lar (60-80 ball) esa 2,2 baravar kamayishi hisobiga sifati “o‘rta” (40-60 ball) va “o‘rtacha past” (20-40 ball) yer maydoni mutanosib ravishda 2,1 va 3,8 barobar oshgan.
Sug'oriladigan yerlar sifatining keskin pasayishi sho‘rolar davrining so‘nggi yillarida yorqin namoyish bo‘ldi. Shu davrda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish uchun tabiiy unumdorligi past tuproqlar (yerlar) o‘zlashtirilgandi. Ulami ishlab chiqarish qobiliyatini oshirish uchun birinchi navbatda suv-fizik, kimyoviy, biologic xossalarini tubdan yaxshilashga yo‘naltirilgan tadbirlami qo'llash talab qilinardi (35-jadval). Organik va mineral o‘g‘itla 0 ‘g‘itlaming xususiyatlari va tuproq bilan o'zaro ta’sirmi hisobga olgan holda o'simliklaming oziqlanishi uchun qulay sharoit yaratish hamda muayyan tuproq - iqlim sharoitlari uchun o 'g it qollashning eng samarali me’yori, usuli, muddatlarini va nisbatlarini belgilash muhim ahamiyatga ega. Yuqori va sifatli hosil olish uchun o'simliklarda barcha oziq moddalar boiishi zarur. Ular tuproq tarkibida organik va mineral birikmalar shaklida boiadi. Ularning parchalanishi (yemirilishi) va minerallashishi natijasida o‘simliklar o‘zlashtiradigan holatga o'tadi. Azotni — o‘simliklar ammoniy (NH4) kationi, azot anioni yoki azotli kislota (NO), fosfomi - fosfatlar, oltingugurtni — sulfatlar shaklida o‘zlashtiradi. Kaliy, kalsiy, magniy, kremniy o'simlik ildiziga ion shaklida, temir-ion yoki murakkab birikma (holatlar), marganes, mis, rux - kationlar, molibden va bor — anioniar (molibdat va borat) shaklida tuproqdan o'tadi. Oziq moddalaming miqdori tuproqning suv va havo rejimi bilan uzviy bogiiq boiadi. Tuproq eritmasidagi ionlar miqdori namlikka bogiiq. tuproq qatlamidagi kislorod ildiz orqali nafas olishni va oziq moddalaming o'zlashtirishini ta’minlaydi. Bu jarayonlaming yo‘nalishi vajadalligi iqlim sharoitiga ham bogiiq boiadi. 0 ‘g‘itlar organik va mineral holatda boiadi. Organik o‘gitlar qadimdan qishloq xo'jaligining dehqonehilik sohasida qoilaniladi. Organik o'gitlarning asosi hayvonot va o'simlik dunyosining qoldiqlari hisoblanadi. Ular tuproqqa aralashgach mikroorganizmlar ishtirokida chiriydi va o‘simliklar uchun zarur boigan moddalar bilan tuproqni boyitadi. Maiumki, o'simlik a’zolarida 85 dan ortiq makro va mikroelementlar mavjud. O'simlik va hayvonot dunyosi
qoldiqlari tarkibida ham mazkur moddalar ma’lum darajada boiadi. Organik o'g'itlarga quyidagilar kiradi: go'ng - hayvonot dunyosining chiqindilari. Uning tarkibida o'simlik uchun zarur boigan barcha ozuq
moddalar mavjud. Go'ngning chirishi natijasida hosil boigan organic modda ta’sirida tuproqning suv-fizik xossalari (suv o'tkazuvchanligi, nam sig'imi, issiqlik sig'imi, zichligi), biologik xususiyaflari yaxshila- 2.4. Organik va mineral o‘g‘itlarnadi. Organik modda parchalanganda ajralayotgan ko‘mir kislotasi ta’sirida qiyin o‘zlashtiriladigan birikmalar harakatchan holatga o‘tadi.
Undan tashqari, tuproq sathidagi havoning karbonat angidrid gazi bilan boyishi natijasida o‘simliklarda fotosintez jarayoni jadallashadi. Go‘ng bilan birga tuproqqa juda ko‘p mikroorganizmlar tushadi, ular ishtirokida ozuq moddalarini o‘simlik o'zlashtirishi jadallashadi. Go‘ngning yigilishi, miqdori va sifati (tarkibi) mollar parvarishiga, berilayotgan yem-xashakning sifati va tarkibiga, mollaming turi va yoshiga bogiiq boiadi. Yirik shoxli moldan bir kunda 20-30 kg,
otdan 15-20 kg, qo'ydan 1,5-2,5 kg go'ng yigiladi. Molxonalarda yigiigan go‘ng tuproqqa solishdan oldin maxsus joylarda maium muddatda saqlanishi lozim. Shunday qilinsa goiig tarkibidagi organik modda parchalanadi, yuqumli kasallik tarqatuvchi mikroblar oiadi, begona o‘tlar urugining irnish darajasi keskin pasayadi. Ma’lumotlarga qaraganda, har gektar dalaga solingan go'ng almashlab ekish tarkibidagi o‘simliklar hosildorligini don hisobiga 1 sentnerga oshiradi. 1 gektar yerga solinadigan go‘ng miqdori 20-30 tonna boiib, kuzgi shudgor oldidan maxsus moslamalar yordamida dalaga sepiladi. Ayrim xo‘jaliklarda go‘ng suvga aralashtirilib «sharbat suvi» sifatida g‘o‘zaning rivojlanish davrida beriladi. Kompostlami (har xil organik qoldiqlar aralashmasi) tayyorlashda fosfor o‘g‘iti ham qo‘shiladi va alohida joyga (chuqur boimagan o‘ra, katta hajmdagi maxsus moslamalar) yigilib ustidan suyuq go‘ng yoki suv quyilib bostirib qo‘yiladi. Torfni (toiiq chirimagan, botqoqlikda o‘sadigan o‘simliklar qoldigi) odatda go:ngga qo‘shib dalaga sepish (shudgordan oldin) foydalidir. Parranda go‘ngi tarkibida ozuq moddalar go‘ngga nisbatan ko‘p. Ammo tarkibidagi azot tez uchib ketadi. Shuning uchun uni quruq joyda ustiga tuproq yoki torf yopib saqlash kerak. Dalaga har bir gektarga 2—4 tonna solish mumkin. Ko‘kat o‘tlar (sideratlar) yetishtirilayotgan o4simliklar (no‘xot, shabdar va boshqalar) yaxshi rivojlanganidan so‘ng haydaladi. Natijada tuproq organik moddaga boyiydi. Tashlandiq (oqova) suvlar qo!dig‘idan (kanaiizatsiya va h.k.) maxsus usulda quritilgach o‘g‘it sifatida foydalanish mumkin. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan sanoat chiqindilarini ham o‘g it sifatida ishlatish mumkin. Chorvachilik fermalarida yigilayotgan suyuq go‘ng yuqori sifatli va tez ta’sir etuvchi organik о ‘g it qatoriga kiradi. Uning tarkibida 0,3-0,4 % azot, 0,3-0,6 % kaiiy bo‘ladi. Suyuq go‘ng o'simlik rivojlanayotgan davrda oziqlantirish uchun ham ishlatilishi mumkin. Sabzavot ekinlari ekiladigan yerlarga go‘ng shudgordan oldin solingani ma’qui. Mineral osg‘itlar tarkibida o‘simlik uchun zarur bo‘lgan ozuq moddalar kimyoviy usul bilan olinadi. Mineral o‘git!ar tuproqqa solinganda
shaklianishi mumkin boigan muhitga qarab quyidagiiarga boiinadi:
a) fiziologik nordon o‘g‘itlardan o‘simlik jadal suratda kationni o‘zlashtiradi, anion esa tuproq eritmasiga o‘tadi (ammoniy sulfat, ka~ liyli xlorid, kaliyli sulfat, ammoniy-azotli o‘g‘it va karbamid);
b) fiziologik-ishqoriy o'gitlardan o ‘simlik anionni o ‘zlashtiradi, kation esa yigilib tuproq muhitini ishqoriylashtiradi (natriy nitrati, kaliy va kalsiy nitratlari);
d) fiziologik neytral o‘g‘itlar.
0‘g‘itlarning yuqorida ko‘rsatilgan xususiyatlari tuproq xossalari va holatini nazarda tutgan holda ishlatishda inobatga olinadi. Masalan, xlorli sho‘rlangan tuproqlarda tarkibida xlor-ion bo‘lmagan o‘g‘itlar (sulfatli kaliy), sulfatli sho‘rlangan tuproqlarga kaliy xlorid o‘g‘iti solinishi zarur. Tarkibidagi ozuq moddalaming turiga qarab mineral o‘g ‘itlar oddiy va murakkab o‘g‘itlarga boiinadi. Oddiy o‘g‘itlar azotli, fosforli, kaliy va mikroelementlilarga boiinadi. Azotli o‘g‘itIar: ammiakli selitra - (NH4N 0 3) tarkibida 34-35% azot nitrat yoki ammiak shaklida boiadi. Suvda yaxshi eriydi, nam tortadi. Quruq yerda (binoda) saqlash kerak. Ammoniy sulfai - (NH4)2S 04 tarkibida 20,5-21 % azot boiadi. Karbamid (mochevina) - CO^Hj), tarkibida 46 % azot boiadi. Ammoniy xlorid - NH4C1 tarkibida 24-25 % azot boiadi. Ammiakli suv - NH, + H20 yoki NH4 + OH tarkibida 16-20 % azot mavjud. Fosforli o‘g‘itIarga ammoniyli superfosfat, oddiy superfosfat va boshqalar kiradi. Ammoniyli superfosfat donador, tarkibida 14-16 % fosfor va 1,5-2,0 % azot boiadi, oddiy superfosfat - kukunsimon va donador, tarkibida 14-20 % о‘zlashtiriladigan fosfor boiadi. Qo'sh superfosfat donador, uning tarkibida 45 % gacha o‘zlashtiriladigan fosfor boiadi, Kaliyli o‘g‘it!ar: kaliy xlorid (KC1) —mayda kristall. Kukunsimon shaklda, tarkibida 54 60 % K20 boiadi. Asosiy kaliyli o‘g‘it hisoblanadi. Kaliy sulfat (K2S 04) - oq rangli mayda kristall kukun, tarkibida 46-50 % K20 boiadi. Kaliy tuzi (KCl+NaCl) —mayda kristall ko‘rinishda, tarkibida 40 % K ,0 boiadi. Kompleks o‘g‘itlar: Nitrofos - murakkab azotli-fosforli o‘g‘it, tarkibida 23-24 % azot va 14—17 % fosfor boiadi. Nitrofoska - tarkibida asosiy ozuqa moddalari (azot - 12 %, fosfor - 12 %, kaliy - 12 %) mavjud. Murakkab fosforli-azotli o‘g‘it donador shaklda boiib, tarkibida 43—46 % fosfor va 11 % azot mavjud. Ammofos - tarkibida 50 % fosfor, 10-12 % azot, 1,2-1,4 % mis va rux boiadi. Nitroammofos - tarkibida 16-17 % dan azot, fosfor va kaliv boiadi. Ammoniy polifosfati - donador shaklda, tarkibida 10-12 % azot va 62-64 % fosfor boiadi. Suyuq aralashmali murakkab o‘g‘it tarkibida
10 % azot, 34 % fosfor boiib samaradorligi bo‘yicha kukunsimon yoki donador quruq holatdagi o‘g‘itlardan qolishmaydi. Mineral o‘g‘itlar samaradorligi ulami maqbul muddatda, me'yorda va vaqtida ishlatishga bog‘liq. Ular odatda ekinlarni ekishdan oldin, urug‘ tuproqqa qadalayotganda va o‘sib rivojlanish davrida dalaga
solinadi. Ko‘p yillik tajribalarga ko‘ra, kuzgi shudgordan oldin dalaga 20-30 tonna/ga go‘ng, fosforli o‘g‘itlar yillik me’yorining 70 -80 % ini, kaliyli o£g‘itlarning esa 50 % ini solingani maqsadga muvofiq. Azotli o‘g‘itlarning 25-30 % ini g‘o‘za urugini ekilayotganda dalaga solinsa, unib chiqqan nihol jadal rivojlanadi. G‘o‘zaning o‘sib-rivojlanish davrida mineral o ‘gitlar (asosan azotli va kaliyli, qisman fosforli) dalaga o ‘simlikni oziqlantirish uchun solinadi. Bunda quyidagilar inobatga olinishi zarur; o‘simliklarning asosiy о ‘sish davrlarida ozuq moddalarga boigan biologik talabi; o‘simlik ildizining rivojianish tartibi; o‘g‘itlarning tuproqdagi holati. G‘o‘za misolida o‘simlikni oziqiantirish uchun mineral o‘g‘itlar quyidagi tartibda tuproqqa solingani ma’qul: nihol 2-4 ta chinbarg chiqarganida ko‘chatdan 15-18 sm; shonalash davrida ko'chatdan
20-22 sm; gullash va hosil paydo bo‘lish davrida ko‘chatdan 30-35 sm uzoqlikda va egat tubidan 3-5 sm chuqurlikka solinadi. So‘nggi yillarda mineral o‘gitlammg yangi turlari yaratilmoqda, xorijiy davlatlardan keltirilmoqda. Ulardan foydalanish har bir tuproq-iqlim sharoitida o‘ziga xos tabaqalashtirilgan yondashishni talab qiladi. Mineral o‘g‘itlarni qishloq xo‘jaligida ishlatishning muhim talablaridan biri, ular o‘simlik taiabini yetarli darajada qondirishi bilan bir qatorda tuproq, oqar va yer osti suvlarining sifatini buzmasligi (ifloslamasligi) kerak. Mineral o‘g‘itlarning aksariyat ko‘pchiligi suvda tez eruvchan va harakatchan bolganligi sababli, ular tarkibidagi moddalaming ma’lum qismi oqava, yer osti suvlarini ifloslaydi. Undan tashqari, ayniqsa azotli o ‘g ‘itJar, o ‘simlikning biologik talabidan ko‘p tuproqqa solinsa yetishtirilgan hosil (poliz ekinlari, ho‘l mevalar) tarkibida azot moddasining miqdori ko‘payib ketadi. Uni iste’mol qilgan inson organizmi zaharlanadi. Shuning uchun mineral o‘g‘itlarni keng miqyosda ishlatish bilan bir vaqtda inson, hayvonot va o'simlik dunyosi va atrof-muhit (oqar va yer osti suvlari, tuproq) ifloslanmasligi asosiy mezon sifatida inobatga olinishi zarur. Mineral o‘g‘itlarni ishlatish tuproqning unumdorlik darajasiga, o‘simliklarning turiga, mo‘ljallangan hosil miqdoriga ham bogiiq bo‘ladi. 0 ‘zbekistonning har xil mintaqalarida olkazilgan tajribalarga qaraganda gV zaga mineral o‘g‘it quyidagi tartibda berilgani maqsadga muvofiq. Azotli o‘g itla r - maqbul me’yorming 25-30 foizi urug‘ni ekishdan oldin, 5-10 % urug‘ ekilayotganda, qolgan qismi 2-3 marotaba o‘simliklarning o‘sib rivojianish davrida (g‘o‘zada oxirgi oziqiantirish 10-15-iyuldan kechga qolmasligi ma’qul). Fosforli o‘g‘it!ar - maqbul me’yommg 70-80 % kuzgi shudgordan oldin (sho‘rlangan yerlajda urug‘ ekishdan oldin tuproqqa ishlov berilganda), qolgan qismi urug‘ ekish vaqtida va g‘o‘zaning gullash davrida (azotli o‘g‘itga qo‘shib beriladi). Kaliyli o‘g‘itlar maqbul me’yorinmg 50 % dalani shudgor qilishdan oldin, 50 % g‘o‘zaning shonalash g‘unchalash davrida (azotli o‘g‘itga qo‘shib beriladi). Boshoqli ekinlar ekilgan dalalarga maqbul me’yoming fosforli va kaliyli o‘gitlaming 100 %, azot o ‘g‘itlaming 30 % ini yerni haydashdan oldin, qolgan qismini teng miqdorda erta bahorda va naychalash davri boshlanishida ozuq sifatida beriladi.



Yüklə 217,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə