Tuproqlarning ekologo-meliorativ holati va unumdorligi


Tuproqlarning ekologo-meliorativ holati va unumdorligi



Yüklə 217,38 Kb.
səhifə2/4
tarix08.05.2023
ölçüsü217,38 Kb.
#109000
1   2   3   4
Tuproq unumdorligini intensive dexqonchilik sharoitida saqlash, qayta tiklash va osirish masalasi

Tuproqlarning ekologo-meliorativ holati va unumdorligi
0‘tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab Respublikaning tekislik qismida jadal amalga oshirilgan yangi yerlarni o‘zlashtirish hisobiga sug‘oriladigan yerlar maydoni, yetishtirilayotgan qishloq xo‘jalik
mahsulotlaming yalpi miqdori oshdi. Qishloq infrastrukturasi shakllantirilish hisobiga aholini ish bilan ta’minlanganlik darajasi yaxshilandi. Shu bilan bir vaqtda mavjud suv zaxiralarini hisobga olmasdan yangi yerlarni o'zlashtirish natijasida “atrof-muhit - sug'oriladigan dehqonchilik” tizimida nomutanosiblik vujudga keldi. Sug‘oriladigan dehqonchilik yuritiladigan hududlarda suv tanqisligi, daryolar suvi sifati, yerlar meliorativ holatining yomonlashuvi kuzatilmoqda.
Tabiiy-iqlim, gidrologik sharoitlaming o‘zgarishi va antropogen omillar ta’sirida Orol dengizi havzasida umuman va shu jumladan respublikaning tekislik qismida sahrolanish belgilari kuzatilmoqda. Jumladan, Amudaryoning quyi oqimida 1959-2000-yillar davomida qishloq xo'jalik ishlab chiqarishni yuritishda nisbatan qulay hisoblangan o'lloqi, o‘tloqi allyuvial tuproqlar maydoni qariyib 13 baravar kamaygan. 0 ‘tloqi-taqir tuproqlar umumiy maydonga nisbatan 4,3, taqir va sho‘rxok tuproqlar mutanosib ravishda 1,2 va 1,7 baravar oshgan. Shunday vaziyat Sirdaryoning o‘rta va quyi oqimida tarqalgan tuproqlarda ham kuzatilmoqda. Respublikaning cho‘l qismida qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish samaradorligining nisbatan pastligiga sabab - aksariyat hududlarda sug‘oriladigan tuproqlarning qayta sho‘rlanishidir. Ko‘p yillik kuzatuvlarda olingan ma’lumotlarning tahliliga qaraganda, bu jarayon vaqt o‘tishi bilan jadallashmoqda. Jumladan, 1970-2010-yillar davomida hududlar misolida o‘rtacha va kuchli darajada sho‘rlangan tuproqlar maydoni nazorat qilingan maydonga nisbatan 17,8 % dan (Qaraqalpog'iston
Respublikasi) 24,5 % gacha (Xorazm viloyati) oshgan. Shuni alohida ta’к id lash lozimki, sug‘oriladigan tuproqlar sifati - unumdorlik darajasini tahlil qilinayotgan davrda pasayishining asosiy sabablaridan biri ham o‘simlik ildizi tarqalgan qatlamda suvda eriydigan zaharli tuzlarning ko‘payishidir. Shu bois respublikada yetishtirilayotgan asosiy ekin - g‘o‘zaning hosildorligi so‘nggi 15—20 yil davomida deyarli oshmayapti, ayrim hududlarda sarflangan xarajatlami qoplamayapti (34 jadval). Sug‘oriladigan dehqonchilik mintaqaidagi sho‘r!angan tuproqlar maydoni va g‘o‘za hosildorligini o‘zgarishi.

Yüklə 217,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə