Tranzistorlarning diod xususiyatlarini o’rganish Ishni maqsadi: Tajriba maqsadi



Yüklə 94,47 Kb.
səhifə2/2
tarix06.06.2022
ölçüsü94,47 Kb.
#88930
1   2
2 5260243015179440750

3.Ishga doir ma’lumotlar.
Tranzistor- zamonaviy elektronikadagi eng muhim yarim o’tkazgichli asbobdir. Bipolyar tranzistorning ulanish oyoqlari emitter, baza va kollektor deb ataladi. Tranzistordagi tok ham elektronlar ham kovaklar hissasidan iborat bo’ladi. Tranzistor o’tkazuvchanligi har xil bo’lgan uchta sohadan tashkil topadi. Bu sohalarning joylashish tartibiga ko’ra n-p-n va p-n-p tipli tranzistorlar mavjud. Bunda o’rta soha baza deb atalib, soha tor qilib yasaladi, bu sohaga tushgan zayad tashuvchi u yoki bu soha chegarasiga yetib bora olishi zarur bo’ladi.
Mazkur ishda, tranzistorlar ish tamoyili diodlaarnikidan qanday farq qilinishi va n-p-n va p-n-p tranzistorlar farqlari o’rganiladi.
3.1. Kerakli asbob uskunalar

Bipolyar npn tranzistor BD 137

1 dona

578


67

Bipolyar pnp tranzistor BD 138

1 dona

57868

Rastrli panel DIN A4

1 dona

57674

Rezistor 1 kOm, 2 W

1 dona

57744

Ta’minlash manbai 0.. .12 V 3 A

1 dona

5214855

Multimetr LDanalog 20

3 dona

531120

Juftli kabel 50 sm, qizil va ko’k

4 dona

50145


3.3. Tajribani o’tkazish tartibi
1-rasmda keltirilgan zanjirni yig’ing.

3-rasm Experimental qurilma

BD 137 n-p-n-tranzistorni panelga o’rnating.


Baza-emitter BE-tavsifnomalari: Ta’minlash manbai musbat qutbini bazaga va manfiy qutbini tranzistor emitteriga ulang. Multimetr qutblari mos va to’gri ulangani, o’lchash chegarasi to’g’ri tanlanganiga e’tibor qiling.
Sekin asta ta'minlash kuchlanishini noldan tok kuchi I=5 mA gacha ko’tarib boring va shu ondagi kuchlanishni yozib oling. Bunda kuchlanish 2 V dan oshib ketmaslik zarur.
Kuchlanish vat ok kuchi qiymatlarini 1-jadvalga kiriting.
Ta’minlash kuchlanishi qutblarini o’zgartiring va tajribani takrorlang hamda olingan natijalarni 1-jadvalga kiriting.
Baza-kollektor BK tavsifnomasi: ta’minlash manbaining musbat qutbini bazaga va manfiy qutbini kollektorga ulang. Multimetr qutblari mos va to’gri ulangani, o’lchash chegarasi to’g’ri tanlanganiga e’tibor qiling. Yuqorida o’tkazilgan tajribani takrorlang hamda olingan natijalarni 2-jadvalga kiriting.
Kollektor-emitter KE-tavsifnomalari. Endi ta’minlash manbai musbat qutbini kollektorga 100 Om li qarshilik bilan ulang, va manfiyq qutbini tranzistor emitteriga ulang.
Yuqorida o’tkazilgan tajribani takrorlang hamda olingan natijalarni 3-jadvalga kiriting.
Barcha o’tkazilgan tajribalarni BD 138 p-n-p tranzistor bilan ham bajaring. Olingan natijalarni 4, 5 va 6 jaadvallarga kiriting.
3.3. O’lchash namunalari
Tranzistor NPN, BD 137
1-jadval: baza-emitter o’tish.

Baza
B

Emitter
E

Tok

U BE
V

IB
mA

+

-

bor

0,7

5

-

+

yo’q

2

0

2-jadval: baza-kollektor o’tish.



Baza
B

Kollektor
C

Tok

U BK
V

IB
mA

+

-

bor

0,7

5

-

+

yo’q

2

0

3-jadval. Kollektor-emitter o’tish.



Kollektor
C

Emitter
E

Tok

U KE
V

IK
mA

+

-

yo’q

2

0

-

+

yo’q

2

0

3.4. Natijalar tahlili


Tranzistorning baza-kollektor va baza-emitter o’tishlari diodlar kabi ishlaydi va ular ishlashi o’xshashdir. Bu holat 2-rasmda n-p-n va p-n-p tranzistorlar uchun ko’rsatilgan.

n-p-n-tranzistor:



Ahar n-p-n tranzistor bazasiga musbat qutb ulansa ikkala baza-kollektor va baza-emitter o’tishlar ham tok o’tkazadi.
p-n-p-tranzistor:

PNP-Tranzistor BD 138

4-jadval: Baza-emitter o’tish.



Baza
B

Emitter
E

Tok

U BE
V

IB
mA

+

-

yo’q

2

0

-

+

bor

0,7

5

Agar p-n-p tranzistor bazasiga manfiy ta’minlash qutbi ulansa ikkala baza-kollektor va baza-emitter o’tishlar ham tok o’tkazadi


5-jadval: Baza-kollektor o’tish.

Baza
B

Kollektor
C

Tok

U BK
V

IB
mA

+

-

yo’q

2

0

-

+

bor

0,7

5

6-jadval: Kollektor-emitter o’tish.

Kollektor
C

Emitter
E

Tok

U KE
V

IK
mA

+

-

yo’q

2

0

-

+

yo’q

2

0

Yüklə 94,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə