Transportida ishchilariga



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə3/7
tarix22.03.2024
ölçüsü0,61 Mb.
#180539
1   2   3   4   5   6   7
1а мавзу ТЙТда иш ҳақи ҳис таш этиш m

3-jadvalning davomi

2

T-2 son shakl Shaxsiy varaqa

1-son shakl buyruq (farmoyish) asosida korxonaning xodimlariga bir nusxada to‘ldiriladi va yuritiladi.
Shaxsiy varaqa kadrlar bilan ish yuritadigan xodim tomonidan xodimlar so‘rovini o‘tkazish va quyidagi hujjatlarini ko‘rib chiqish asosida to‘ldiriladi: pasport, harbiy bilet, mehnat daftarchasi, diplom. Xodim haqidagi ma’lumotlardagi keyinchalik yuz beradigan barcha o‘zgarishlar muntazam shaxsiy varaqada aks ettirilishi lozim. 1-bo‘lim “Umumiy ma’lumotlar” to‘ldirilgandan so‘ng korxonaga ishga rasmiylashtirilayotgan shaxs shaxsiy varaqaga imzo chekadi va to‘ldirilgan sanani yozib qo‘yadi. Mehnat daftarchasiga (undagi ilovaga) korxona rahbarining ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish va ishdan bo‘shatish haqidagi buyruq, farmoyish asosida kiritiladigan har bir yozuv bilan korxona rahbariyati mehnat daftarchasi (unga ilova) egasini shaxsiy varaqaning 3-bo‘limi 6-ustunida
tilxat bilan xabardor qilishi lozim

3

T-Z-son shakl – Shtat jadvali

Korxonaning shtatlar tarkibi va shtatlar sonini rasmiylashtirish uchun qo‘llaniladi. Shtat jadvali tarmoq bo‘linmalari, lavozimi, shtat sonlari to‘g‘risida ma’lumotlar, lavozim maoshlari, qo‘shimcha haq, ish haqining bir oylik fondi to‘g‘risidagi ro‘yhatdan iborat.
Shtat jadvali korxona rahbarining yoki u tomondan vakil qilingan shaxsning buyruq (farmoyishi)bilan tasdiqlanadi Shtat jadvaliga o‘zgartishlar korxona rahbarining yoki u
tomondan vakil qilingan shaxsning buyrug‘i (farmoyishi)ga asosan kiritiladi

4

T-4-son shakl – Ilmiy xodimning hisobvaraqac hasi

Ta’lim, fan va texnologiya sohasidagi faoliyat yurituvchi ilmiy, ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik, ta’lim va boshqa muassasa hamda tashkilotlar ilmiy xodimlarini hisobga olish uchun mo‘ljallangan. Tegishli hujjatlar, shuningdek xodim bilan suhbat asosida kadrlar bo‘limi xodimi tomonidan ilmiy xodimlarga bir nusxada to‘ldiriladi.
Har bir ilmiy xodimga T-2-son shaklidagi shaxsiy varaqa ham to‘ldiriladi

5

T-5 son shakl- Boshqa ishga o‘tkazish haqida buyruq farmoyishi

Xodimni korxonaning bir bo‘linmasidan boshqasiga o‘tkazishni rasmiylashtirish chog‘ida qo‘llaniladi, hamda kadrlar bo‘limi xodimi tomonidan ikki nusxada to‘ldiriladi. Bir nusxasi kadrlar bo‘limida saqlanadi, boshqasi korxona buxgalteriyasiga yuboriladi.
Ilgarigi va yangi ish joyidagi bo‘linma (seh, bo‘lim, uchastka) boshliqlari farmoyishga viza qo‘yadi va korxona rahbari imzolaydi.


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə