Transportida ishchilariga



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə1/7
tarix22.03.2024
ölçüsü0,61 Mb.
#180539
  1   2   3   4   5   6   7
1а мавзу ТЙТда иш ҳақи ҳис таш этиш m


2.1. Temir yo‘l transportida ishchilariga ish haqi ҳисобини ташкил этиш
Temir yo‘l transportida ish haqi hisobining tashkil etilishi. Korxonalarning tashkiliy huquqiy shakllaridan qat’iy nazar korxonadagi mehnat jarayoni ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabatlar 1996-yil amalga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasidagi Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi. Mehnatga haq to‘lashni tartibga solish uchun korxonada ichki me’yoriy hujjatlar ishlab chiqiladi, ular qatoriga jamoa shartnomasi, mehnatga haq to‘lash to‘g‘risidagi nizom, shtat jadvali, mehnat shartnomalari, mukofotlash to‘g‘risidagi nizom, yagona tarif setkasi va boshqalar.
Ayrim korxona darajasida haq to‘lash ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solish korxonada qabul qilingan ichki me’yoriy hujjat – jamoa shartnomalari asosida tartibga solinadi. Jamoa shartnomasi ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi o‘rtasida tuziladi, jamoa shartnomasi ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy va iqtisodiy, kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy me’yoriy hujjat. Jamoa shartnomasi predmeti mehnat va unga haq to‘lash shartlari, mehnat jamoasi a’zolariga ijtimoiy, uy-joy, maishiy va tibbiy hizmat ko‘rsatish, ish beruvchi tomonidan joriy etilgan kafolatlar va imtiyozlar hisoblanadi. Masalan, “O‘ztemiryo‘lkonteyner” OAJ korxona jamoa shartnomasini ishlab chiqdi. Mazkur jamoa shartnomasi o‘n bo‘limdan iborat bo‘lib,
Masalan, 6-bo‘limi “Mehnatkashlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish va sog‘lomlashtirishni tashkil etish” deb nomlangan, unda xodimlarning temir yo‘l polinklinikasi va shifoxonalarida davolanishini ma’muriyat kafolatlaydi. Kasaba uyushmasidan dam olish uylariga yo‘llanmalar berishni o‘z zimmasiga olganligi kabilar bayon qilingan.
Korxona bo‘yicha xodimlar jadvali ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi, u barcha xodimlarning ro‘yxati bo‘lib, shtatlar tarkibi va shtatlar sonini rasmiylashtirish uchun qo‘llaniladi, hamda unda xodimlar maoshining miqdori ko‘rsatiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona mehnatga haq to‘lash shakllari, tizimlari va miqdorini, shuningdek, boshqa qo‘shimchalar va ustamalarni respublika qonun hujjatlari asosida mustaqil ravishda belgilaydi. O‘TY AJ temir yo‘l transporti korxonalarida mehnatga haq to‘lashning eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqib ish vaqtini kasaba uyushmasi bilan kelishib belgilaydi.
Ish haqi ishlab chiqarish xarajatlarining bir qismi sifatida mahsulot tannarxini shakllantirishga va pirovardida – korxona tomonidan foyda olinishiga ta’sirini ko‘rsatadi. Uning uchun ish vaqtidan tashqari mehnatga haq to‘lash va bir me’yordagi ish sharoitlaridan boshqa chetga chiqishlar singari ish haqiga doir noishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, ularga yo‘l qo‘ymaslikka e’tibor berish muhim ahamiyatga ega.
Buxgalteriya xizmati oldida mehnat me’yori va unga haq to‘lashni hisobga olish va nazorat qilishning quyidagi vazifalari belgilangan:

  • ishbay ishlovchilar va boshqa xodimlarning ish sifatini to‘g‘ri, o‘z vaqtida hujjatlar bilan rasmiylashtirishni, shuningdek, ish haqini hisoblash va uni belgilangan muddatlarda to‘lashni;

  • hisoblangan ish haqi summalarini va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalarni xarajatlarga kiritish uchun xarajatlarning yo‘nalishlari bo‘yicha aniq taqsimlashni;

  • ish haqidan byudjetga majburiy to‘lovlarni, shuningdek, korxonaga yetkazilgan moddiy zararni ayrim tashkilotlar, jismoniy shaxslar foydasiga to‘g‘ri hamda o‘z vaqtida ushlab qolish va o‘tkazishni;

  • xodimlar sonini va ish vaqtidan foydalanishni nazorat qilishni ta’minlashi kerak.

O‘zR MKda xodimlarning asosiy mehnat huquqlari belgilangan. Har bir xodim:

  • o‘z mehnati uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqidan oz bo‘lmagan miqdorda haq olish;

  • muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o‘rnatish, bir qator kasblar va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kunlari, bayram kunlari, shuningdek haq to‘lanadigan yillik ta’tillar berish orqali ta’minlanadigan dam olish;

  • xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat qilish;

  • kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

  • ish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash;

  • kasaba uyushmalariga hamda xodimlar va mehnat jamoalarining manfaatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish;

  • qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish;

  • o‘zining mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan sud orqali himoya qilish va malakali yuridik yordam olish;

  • jamoalarga doir mehnat nizolarida o‘z manfaatlarini quvvatlash huquqiga ega.

Ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni:

  • pasport yoki uning o‘rnini bosadigan boshqa hujjatni, o‘n olti yoshgacha bo‘lgan shaxslar esa, tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma va turar joyidan ma’lumotnomani;

  • mehnat daftarchasini (birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno);

  • o‘rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasi o‘rniga asosiy ish joyidan olgan ma’lumotnomani;

  • harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar tegishli harbiy biletni yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnomani;

  • qonun hujjatlariga muvofiq maxsus ma’lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega shaxslargina bajarishi mumkin bo‘lgan ishlarga kirayotganda oliy yoki o‘rta maxsus o‘quv yurtini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplomni yohud mazkur ishni bajarish huquqini beradigan guvohnomani yoki boshqa tegishli hujjatni;

  • jamg‘arib boriladigan nafaqa daftarchasini taqdim etadi (birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno).

Temir yo‘l transportida ishga kirayotgan shaxslar tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni taqdim qilishlari kerak. Ishga qabul qilinayotganda qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə