Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti yaxshimbekova sayyora kamalovna



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə6/34
tarix18.07.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#119680
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Магистрлик ИШИ охирги

Tadqiqotning amaliy ahamiyati: Ushbu magistrlik dissertatsiyadan maktab kollej ta`limi sohasida faoliyat yurituvchi pedagog xodimlari, shuningdek kasb-hunar texnikumlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarining pedagog va psixologlari foydalanishlari mumkin.
Kutilayotgan natijalar va muammo echimlari:

  • “Stress” tushunchasi mohiyatini aniqlash va tuzilishini yoritib beriladi;

  • Umumtaʼlim maktabi oʼquvchilarida stressni oldini olishni rivojlantiruvchi omillar aniqlaniladi va oldindan bartaraf еtiladi;

  • Stressni subʼektiv va obʼektiv kelib chiqish sabablarini muhokama qilishni oʼrganadi;

  • Umumtaʼlim maktabi oʼquvchilari stressni boshqarish madaniyati malakasiga ega boʼladi.

Dissertatsiya hajmi: Dissertatsiya tarkibi kirish, uchta bob, to’qqizta fasl, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Dissertatsiyaning hajmi 100 betni tashkil etadi.
I-BOB. ZAMONAVIY PSIXOLOGIK TADQIQOTLARDA OʼSMIRLARNING STRESSLI VAZIYATLARGA TUSHIB QOLISHNI OLDINI OLISHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Ekstremal vaziyatni psixologik-pedagogik muammo sifatida oʼrganilishi
Fan-texnika taraqqiyoti bilan bir qatorda ijtimoiy jamiyatdagi progressiv o’zgarishlar o’z-o’zidan shaxsning ma’lum darajada davrga moslashishini talab etib, unda ham turli o’zgarishlarni aks ettirishi va o’zgartirilishi ilmiy asoslashga olib kelmoqda.
Shunday o’zgarishlardan biri, insonlarga bevosita bog’liq bo’lib, turli xil noqonuniy guruhlar tomonidan aholiga nisbatan terroristik xatti-harakatlarni amalga oshirilishi;
ikkinchi holat - aholini garovga olinishi, ijtimoiy nizolar, fuqarolar urushi natijasida ekstremal sharoitni yuzaga kelishi;
Uchinchi holat, bu - epidemiologik kasalliklarni yuzaga kelishi (epidemiyalar; infeksion kasalliklarning tarqalishi);
To’rtinchisi texnogen ekstremal vaziyatlar bo’lib, turli xil avariyalarni sodir etilishi va unda shaxslarni ommaviy psixoz holatiga tushib qolishlari, bunday holatda shaxsning xatti-harakatlari xamda bu holatdan chiqib ketishlariga psixologik ko’rsatmalar berish va uning asoratlaridan forig’ bo’lishda psixologik ko’mak berish jahon psixologlari oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan ta’lim siyosatining muhim jihatlaridan biri yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar qilib tarbiyalashdan iboratdir. Barkamol inson ma’naviy jihatdan еtuk, o’z vatanining tarixi, buguni va kelajagi uchun kayg’uradigan, shuningdek, jamiyatning-ijtimoiy iqtisodiy taraqkiyotiga o’z hissasini qo’shish ishtiyoqida yonib yashaydigan shaxs bo’lib, bunday shaxsni tarbiyalash bugungi kun talabidir. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini qo’lga kiritib, jahonning rivojlangan davlatlar qatoridan o’zining munosib o’rnini egallash sari dadil qadamlari bilan ilgarilab borar ekan, shubhasis, shu mustaqilligini va uning porloq istiqbolini ta’minlovchi asosiy omil bo’lish inson omilining ahamiyati tobora ortib boraverdi. Chunki, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlangan har qanday davlat quvvatini va uning salohiyatini birinchi navbatda shu davlatni har tomonlama rivojlangan, taraqqiyotning bugungi va ertangi kuni intellektual va ahloqiy, ijtimoiy-psixologik jihatlari bilan javob bera oladigan fuqarolari, ishlab chiqarish va boshqaruv tizimlarida faoliyat ko’rsata oladigan kadrlar belgilab beradi. Bunday kadrlar esa shu Vatan uchun xizmat qiladigan shu yurtni deb, shu elni deb yashaydigan shu yurt farzandlari orasidan еtishib chiqadi va tarbiyalanadi.
Shaxsning har tomonlama kamol topishi ta’lim jarayoni, uning tashkil etilishi va amalga oshirish usul va vositalariga ham muayyan darajada bog’liqdir. Muvaffaqiyatli ta’lim olish, bilimlarni egallashning optimal asosi o’kuv, intellektual ko’nikma va malakaning shaxsdagi o’zlikni anglash, o’z-o’zini baholash hamda bilish kabi ko’rsatgichlar bilan uyg’un ravishda shakllanishi hisoblanadi.
Psixologik zo’riqishlar organizmning turli funksional tizimlaridagi o’zgarishlarda namoyon bo’lsa, uning jadalligi yoki kuchi kayfiyatning buzilishidan tortib, oshqozon yarasi yoki yurak infarktigacha olib kelishi mumkin. Hissiy zo’riqishlarning namoyon bo’lishini turlicha tasniflash mumkin.
Biroq psixologiya uchun ularni quyidagicha tasniflash maqsadga muvofiq:
1. Xulq-atvorga xos reaksiyalar.
2. Aqliy faoliyatdagi reaksiyalar.
3. Hissiy sohadagi reaksiyalar.
4. Fiziologik jarayonlardagi o’zgarishlar.
Xuddi shunday tasnif dastlab D. Nutt tomonidan hissiy zo’riqish yoki stressga olib kelishi mumkin bo’lgan bezovtaliklar, xavotirlanishlar holatini o’rganish maqsadida amalga oshirilgan edi. D. Nutt bezovtalik holatini vujudga keltiradigan quyidagi to’rtta tarkibiy qismlarni ajratib ko’rsatgan:
- kayfiyati (yoki hayajon);
- kognitiv soha (noxush xotiralar, biror narsani oldindan o’ylab, noto’g’ri bashorat qilish);
- fiziologiq belgilar (taxikardiya - pulsning tezlanishi, ter ajralishining tezlashishi, harakatlarning buzilishi);
- xulq-atvordagi buzilishlar.
Yu. V. Shcherbatix stress yoki hissiy zo’riqishlarning xulq-atvorda namoyon bo’lishini quyidagi jadval orqali ifodalaydi:




Agressiya atamasi lotin tilidan olingan bo‘lib, “aggredi” - “tajovuz qilmoq” ma’nosini anglatadi. Psixologiyada “agressiya” atamasiga nisbatan turli yondashuvlar mavjud bo‘lib, X.Delgado, A.A.Bass, L.M.Semenyuk, G.Parens, A.Bandura, R.Uolters, YU.Mojginskiylar tomonidan agressiya salbiy baholanadi9. SHu bilan bir qatorda agressiyaga nisbatan ijobiy yondashuvlar ham mavjuddir. Jumladan, L.Bender agressiyani insonning o‘z-o‘zini namoyon qilishga intilishidir, deb ta’kidlaydi. Motivlashtirish nuqtai nazaridan, L.Bender agressiyani ixtiyoriy va instrumental turlarga ajratadi.
Ixtiyoriy agressiya insonning boshqa bir kishiga anglangan tarzda zarar etkazishi hisoblanadi. Instrumental agressiyada inson o‘z oldiga boshqaga zarar etkazishni maqsad qilib qo‘ymaydi. Bu agressiya yuzaga kelgan vaziyatni hal etishda boshqa usulni qo‘llashga imkon bo‘lmagan holda yuzaga keladi. R.Beron va D.Richardsonlar agressiyani qurbonga nisbatan maqsadli ravishda zarar etkazishdir, deya ta’riflaganlar10.
Erix Fromm quyidagi agressiya turlarini ajratadi11:
O‘yin agressiyasi inson tomonidan o‘zidagi chaqqonlik malakalarini atrofdagilarga namoyish qilish maqsadida amalga oshiriladi. Bu turdagi agressiyada nafrat, buzg‘unchilik kabi destruktiv maqsadlar qo‘yilmaydi.
Reaktiv agressiya o‘z hayoti, erkinligi, g‘ururi, o‘zining yoki boshqaning moddiy boyligini himoya qilish maqsadida amalga oshiriladi. Ehtiyojlar, istaklar frustratsiyasi namoyon bo‘ladi:
• rashk va xudbinlik;
• qasos;
• ishonchning yo‘qolishi (hayotga, sevgiga, yaqin insonlariga).
Kompensator agressiya - zo‘ravonlik, destruktivlik - hayotda o‘zi uchun muhim bo‘lgan dolzarb ehtiyojlar qondirilmasligi holatlarini kompensatsiya qilish:
• sadizm (boshqani o‘z hukmi, irodasiga bo‘ysundirish);
• nekrofiliya; 8600 3329 1022 5873
• surunkali zerikish va depressiya.
R.Beron va D.Richardson agressivlikning rivojlanishiga olib keluvchi shaxs xususiyatlarini quyidagicha ifodalagan:
• impulsiv xulq ko‘rinishlarining namoyon bo‘lishiga moyillik, emotsional ta’sirchanlik - diskomfort, o‘z-o‘zidan qoniqmaslik, ozorlanish hislari, psixologik qulaylikning yo‘qotilishi;
• turli o‘y-fikrlarga berilish (instrumental agressiya), diqqatning buzilishi (emotsional agressiya);
• dushmanlik yondashuvi - barcha stimullarni ularning tabiatidan qat’iy nazar o‘zi uchun xavfli, deb qabul qilish12.
Agressiya turlari quyidagilardan iborat.
Jismoniy agressiya - boshqani qo‘rqitishdan tortib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri jismoniy kuch ishlatish, unga jismoniy va ma’naviy og‘riq etkazish.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə