Toshkent tibbiyot akademiyasi gistologiya va tibbiy biologiya kafedrasi



Yüklə 29,44 Kb.
səhifə2/4
tarix30.12.2023
ölçüsü29,44 Kb.
#164734
1   2   3   4
Ontogenez

Ektodermadan yoki embrionning tashqi varag’idan butun nerv tizimi, teri epidermiyasi va bezlari, tilning va halqumning shilliq qavatlari hosil bo’ladi.
Endodermadan yoki embrionning ichki varag’idan hazm tizimi shilliq pardasining epiteliy qatlami, siydik qopi, nafas olish tizimi, ba’zi bir ekzokren va endokren bezlar hosil bo’ladi.
Mezodermadan yoki embrionning o’rta varag’idan biriktiruvchi to’qimaning hamma turlari, chunonchi, xususiy biriktiruvchi to’qima, tog’ay va suyak to’qimalari rivojlanadi. Bundan tashqari silliq qon tomirlari, limfa tizimi, siydik ajratish tizimining siydik kanallari, tuxumdon va urug’don hosil bo’ladi.
Embrionning keyingi rivojlanish bosqichlari turli organlar va tizimlar shakllanishi bilan ifodalanadi. 2,5 -oylik embrionda hamma morfologik va funktsional tizimlarning hosil bo’lish tugallanadi. Endi sifat o’zgarishlarga nisbatan, embrionda miqdoriy o’zgarishlar ko’proq ro’y beradi. Embrion tez o’sadi va tug’ilgandan so’ng ontogenezning ikkinchi bosqichi tug’ilishdan keyingi davr boshlanadi.
Individual tarraqiyotning davrlari.
Odam hayotini yoshga qarab bosqichlarga ajratish olimlar tomonidan turli sxemalarda namoyon etilgan. XIX-XX asrlar chegarasida 1906 yilda N.P.Gundobin tomonidan birinchi marotaba “har xil yoshdagi bolalarning xususiyatlari” degan asarida ontogenezning davrlarga bo’linish sxemasi ko’rsatilgan. 1921 yilda nemis olimi M.Shtrats ontogenezni davrlarga bo’lishda tanani bo’yiga qarab o’sish muddatlarini va jinsiy bezlarni yetilishini asos qilib oldi. Oxirgi o’ttiz yil davomida V.V.Bunak, G.Grimm, M.S.Maslov, A.V.Nagorniy, A.F.Tur tomonlaridan bir nechta sxemalar yaratildi.
Odam ontogenezini davrlarga ajratish juda murakkab masala bo’lib, ilmiy sxemalar yaratilganda organizmning faqat ayrim morfologik, fiziologik yoki bioximik xususiyatlariga asoslanmasdan, balki organizmning butun biologik xususiyatlarni va shu bilan bir qatorda sotsial faktorlarni ham hisobga olish kerak.
1960 yillarda A.V. Nagorniy va uning shogirdlari tomonidan ontogenezning postnatal yoki tug’ilishdan keyingi taraqqiyotini 3 ta davrga ajratishni tavsiya etildi:

  1. Yüklə 29,44 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə