Toshkent tibbiyot akademiyasi gistologiya va tibbiy biologiya kafedrasi



Yüklə 29,44 Kb.
səhifə1/4
tarix30.12.2023
ölçüsü29,44 Kb.
#164734
  1   2   3   4
Ontogenez


TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
GISTOLOGIYA VA TIBBIY BIOLOGIYA KAFEDRASI

Ontogenez


mavzusida tayyorlagan




MUSTAQIL TA’LIMI
Topshirdi: 2d23-114B guruh talabasi Nurillayev B.
Qabul qildi: dotsent Kuriyazova S.M.

Ontogenez




Reja:



  1. Odam organizmining o’sishi va rivojlanishi qonuniyatlari.

  2. Individual taraqqiyotning davrlari.

  3. Biologik yosh haqida tushuncha.

  4. Jinsiy yetilish tushunchasi va uning xususiyatlar.

Organizmning o’sishi va rivojlanishi-bu murakkab jarayon bo’lib, hujayralarda sodir bo’ladigan modda almashinuvi bilan bog’liq. Hujayralarning ko’payishi, shakllanishi, yetilishi va hujayra tarkibiga kiruvchi strukturalarni takomillashishi yetilayotgan organizmlarning asosiy struktura va funksional manbai hisoblanadi.


Organizm o’z taraqqiyotida bir nechta bosqichlardan o’tadi. Gekkel tomonidan birinchi marotaba “ontogenez” termini kiritilgan. Ontogenez deganda har bir organizmning otalangan tuxum davridan boshlab toki oganizmni o’lish davrigacha bo’lgan davrga aytiladi. Ontogenez yoki organizmlarni individual taraqqiyoti 2 katta bosqichdan iborat: prenatal yoki embreonal davr va postonal yoki tug’ilishdan keyingi davr.
Embreonal davr emrionning urug’langan vaqtdan boshlab toki rivojlanayotgan organizm voyaga yetgan hayvonning asosiy morfologik belgilarini egallaguncha bo’lgan taraqqiyot davrini o’z ichiga oladi. Demak, emrional davr jinsiy hujayralarining qo’shilishidan boshlanib, homila a’zo va to’qimalarining rivojlanishi jarayonidan iborat. Embrionning rivojlanishi haqidagi fan-emriologiya deyiladi.
Ma’lumki otalanish jarayoni erkak jinsiy hujayrasi- spermatozoid va urg’ochi jinsiy hujayrasi-tuxum hujayrasi o’zaro qo’shilishidan iborat.
Spermatozoid xifchinli harakatchan hujayralar turiga kirib, kattaligi 60-70 km ga teng bosh, bo’yin va dum qismlari farqlanadi.
Tuxum hujayrasi tuxumdondan yetilib, deametri 130 mikronga teng. Tuxum hujayralari yumaloq shaklga ega, tarkibida yadro, sitoplazma va atrofidan pishiq yaltiroq qobiq bilan o’ralgan. Sitoplazmada sariqlik moddasi teng tarqalgan. Sariqlik moddasi oqsillarni sintez qilinishi uchun zarur energiya manbai bo’lib xizmat qiladi. Otalanish jarayoni tuxum yo’llarida ro’y beradi. Otalangan yoki urug’langan tuxum hujayrasi zigota deyiladi. Zigota bir oz teng davrni o’tib maydalana boshlaydi. Odamda maydalanish to’liq va asinxron bo’lib, hosil bo’lgan hujayralar blastomkerlar deb ataladi. Blastomerlar ikki xil bo’ladi- och va to’q rangli. Och rangli blastomerlar tez bo’linishi natijasida markazda joylashgan to’q rangli blastomerlarni atrofidan qoplab oladi. Emrionning bu davri –steroblastula deyiladi. Keyinchalik trofoblast orqali embrion ona organizmi bilan bog’lanadi. Markazda joylashgan qoramtir blastomerlarda trofoblast hosil bo’ladi. Bunda embrion tanasi va maxsus emriondan tashqi a’zolar vujudga keladi. Emrional taraqqiyotning keyingi bosqichi-bu blastosistani hosil bo’lishi. Blastosista trafoblasdan bo’shliqdan va emrioblasdan tashlik topgan. Sterroblastulaning bo’shlig’i markazida joylashgan bo’lib, maxsus suyuqlik bilan to’lgan. Bo’shliq atrofida devor kabi trofoblast joylashgan. Embrioblast esa maxsus tuguncha holida trofoblast devoriga birikkan holda joylashgan.
Embrional taraqqiyotning keyingi bosqichi-bu gastrulyatsiysa deyiladi. Blastosistaning embrionga aylanish jarayoni-gastrulyatsiya deyiladi. Gastrulyatsiya jarayoni natijasida uchta emrion varaqlari hosil bo’ladi. Bu davr urug’lanishdan so’ng 7-sutkasidan boshalanib, 15-sutkagacha davom etadi. Shu davr ichida emrion bachadon devorining shilliq pardasiga birikadi. Gastrulyatsiya jarayoni bilan parallel holda maxsus embriondan tashqi a’zolar ham hosil bo’ladi. Bu a’zolar embrionning rivojlanishini va hayotiy faoliyatini ta’minlaydi. Bu a’zolarning bir vaqt ichida shakllanishi, ularning yuqori darajada tuzilganligi, embrionning oziq moddalar bilan kislorodga bo’lgan ehtiyojini ta’minlash asosiy funksiyalardan biridir. Bular trofoblast, amnion va sariqlik kopchasi kiradi. Embrionni oziqlanish esa allantoxorion orqali ro’y beradi. Lekin keyinchalik sariqlik ko’pchasi, allantois reduksiyaga uchraydi va ular o’rniga yo’ldosh va kindik tizimchasi shakllanadi. Shu davrdan homila ona organizmi bilan yo’ldosh orqali bog’lanadi. Kindik tizimcha orqali yo’ldoshdan embrionga qon tomirlari orqali zarur oziq moddalar va kislorod uzluksiz ravishda yetkazib beriladi. Binobarin, yo’ldosh va kindik tizimchasi himoya vazifasini ham o’taydi, zararli moddalarni tarqalishiga yo’l qo’ymaydi. Embriondan tashqari a’zolar muvaffaq bo’lib, organizm mustaqil yashashga o’tishi bilan yo’qoladi. Odamda gastrulyatsiya delyaminatsiya yo’li bilan ketadi, natijada avvalo ektoderma va endoderma varaqlari hosil bo’ladi. Keyinchalik mezoderma va asosiy o’q organlar hosil bo’ladi. O’q organlardan ektodermada birlamchi nerv naychasi shakllanadi, entodermadan esa xorda va birlamchi ichak naychasi hosil bo’ladi.
Embrional taraqqiyotning 20-21 kunidan boshlab embrion tanasi butunlay embriondan tashqari organlardan ajraladi. Embrionni ona organizmi bilan tutashtiruvchi organ kindik qini paydo bo’ladi.
Har bir embrion varaqlar hujayralarining takomillanishi natijasida o’ziga xos to’qima va organlar hosil bo’ladi.

Yüklə 29,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə