2-modul. Nerv tizimi umumiy fiziologiyasining yosh xususiyatlari. Oliy nerv faoliyatining yosh xususiyatlari. (2 soat) Reja



Yüklə 42,19 Kb.
səhifə1/3
tarix11.12.2023
ölçüsü42,19 Kb.
#146701
  1   2   3
2-modul. Nerv tizimi umumiy fiziologiyasining yosh xususiyatlari-fayllar.org


2-modul. Nerv tizimi umumiy fiziologiyasining yosh xususiyatlari. Oliy nerv faoliyatining yosh xususiyatlari. (2 soat) Reja

2-modul. Nerv tizimi umumiy fiziologiyasining yosh xususiyatlari. Oliy nerv faoliyatining yosh xususiyatlari. (2 soat)
Reja:
1. Nerv tiziminig ahamiyati va tuzilishi.
2. Nerv markazlarining fiziologik xususiyatlari: qo`zg`alish va tormozlanish,
3. Oliy nerv faoliyaini tekshirish usullari. Shartsiz refleks va instinktlar haqida tushuncha.
4. Bolalar oily nerv faolioyatining tiplari va ularning plastikligi. Nerv tizimi gigiyenasi.
Tayanch so`z va iboralar: uzunchoq miya, Vorolev ko’prigi, silviy suyuqligi, uchinchi qorincha, to‘rtinchi qorincha, hidlov piyozchalari, egatlar pushtalarni, refleks, shartsiz, shartli, miya po`stlog`i, ta'sirlovchi, signal, qo`ng`iroq, ovqat, tormozlanish, xolerik sangvinik flegmatik melanxolik xotira, tush, gipnoz.
Ma’lum refleksni amalga oshirish yoki bir or funksiyani boshqarish uchun ixtisoslashgan neyronlar tо‘plami nerv markazi deb ataladi.
Nerv markazlari qator xarakterli xossalarga ega. Ushbu xossalar nerv impulsining sinapslar orqali о‘tkazilish xususiyatlariga va ana shu nerv markazini tashkil etuvchi neyronlar zanjirining tuzilishiga bog‘liq.
1.Nerv markazida qо‘zg‘alishning bir tomonlama о‘tkazilishi. Nerv markazlarida zalish bir tomonlama, ya’ni afferent neyrondan oralineyronga, undan esa efferent neyronga tkaziladi.
2.Qо‘zg‘alishni tо‘xtab utkazish. Afferent tola bo`ylabyuori tezlik bilan kelayotgan impuls sinaps sohasiga kelganda ma’lum vaqt to`xtab oladi. Zalishning markaz ichida afferent neyrondan efferent neyronga o`tkaziladigan vaqti refleksning markaziy yoki chin vaqti deyiladi. Monosinaptik reflex yoylarida bu vaqt 1,5-2 ms ga teng.
3.Qо‘zg‘alishlar ritmining о‘zgarishi (transformatsiya). Tabiiy sharoitda ma’lum nerv markaziga afferent tolalar bo`ylab kelayotgan impulslar chastotasi bilan efferent tolalar bo`ylab ketayotgan impulslar chastotasi o`rtasida farq mavjud. Demak nerv markazlari o`ziga keluvchi impulslar ritmini o`zgartira oladi.
4.Nerv markazlarining charchashi. Nevr markazlarining charchashi neyronlararo sinapslarda zalishtishining buzilishi bilan bog`liq. Bunga nerv oxirlarida mediator miqdorining keskin kamayib ketishi, post sinaptik membranadagi retseptorlar sezgirligining kamayishi, sinaps faoliyatini energiya bilan ta’minlovchi moddalarning kamayishi sabab bo`ladi.
5.Nerv markazlarining tonusi. Nerv markazlari tinch holatda bo`lganda amishchi a’zolarga uzluksiz ravishda siyrak impulslar yuborib turadi.
6.Nerv markazlarining kislorod yetishmovchiligiga sezgirligi. Neyronlar kislorod tanqisligiga nihoyatda sezgir. MNTning turli qismlaridagi neyronlarni kislorod yetishmovchiligiga chidashida farq bor. Masalan, katta yarim sharlar po`stlog`idagi neyronlar qon aylanishi to`xtatilgach, 5-6 minutdan keyin nobud bo`ladi, orqa miya neyronlari esa 20-30 minutdan keyin ham o`z faoliyatini tiklashi mumkin.
7.Nerv markazida qо‘zg‘alishlarning qо‘shilishi (summatsiya). Nerv markazida qo`zg`alishlarning qo`shilishini birinchi marta 1863-yilda I.M.Sechenov tasvir etgan. Keyinchalik Sherrington, I.P.Pavlov va Ekkls tomonidan o`rganilgan.
1Nerv sistemasi organizm uning muhiti “somatik nerv sistemasi “ va uning cheksiz organlari “autonomic yoki vegetative nerv sistemasi bilan bog’langan. Somatic nerv sistemasining xususiyatlari his- tuyg’ularini anglash tushunish, ixtiyoriy ko’chish, ma’lumotlarni tezlikda almashtirish tarqatishdan iboratdir. Vegetativ nerv sistemasi bir tomondan doimiy ravishda gomeostassni ayni holicha muozatda saqlashga va tabiiy muhit zaruratidan kelib chiqib organ funksiyasining o’zini o’zi tartibga solish idora etishga javobgar. Somatic va outomotic nerv sistemasi miyadan tanaga boradigan impuls mitoz bog’lanishi singari sensorlik markazga intilishni o’z ichiga oladi. Markazga intiluvchi o’tkazuvchanlik tevarakdagi organlarda markazga “miyaga” o’tkazilganda yuz beradi. Keyingi o’tkazuvchanlik bo’lsa markazdan boshqa joyga skelet muskuli, yumshoq muskul o’tkazganda sodir bo’ladi. Nerv sistemasi taqsimlanishiga ko’ra va markaziy peripheral nerv sistemasiga bo’linadi. Markaziy nerv sistemasi miya va orqa miyani o’z ichiga oladi. Peripheral nerv sistemasi beach somatic va outomotic nervlarni, nerv to’qimalarini kolleksiyasini o’z ichiga oladi.
Bosh miya (encephalon) uni o‘ragan pardalari bilan birga kallaning miya qismi ichida joylashgan. Uning ustki yon yuzasi kalla qopqog‘i ichki yuzasiga mos ravishda gumbaz hosil qiladi. Pastki yuzasi kallaning ichki asosidagi chuqurchalarga mos murakkab relefga ega. Bosh miyaning og‘irligi katta odamlarda 1100 dan 2000 g gacha, o‘rtacha: erkaklarda 1394 , ayollarida 1245 g. Bosh miya uch yirik qismdan: katta miya yarimsharlari, miyacha va miya so‘g‘onidan iborat.
2Ko‘prikdan pastda uzunchoq miyaning ventral qismi joylashgan. Unda o‘zaro oldingi o‘rta yorig‘ bilan ajralgan piramidalar (pyramis medullae oblangatae), ulardan tashqarida esa yumaloq tepacha oliva (oliva) ko‘rinadi. Ko‘prik bilan piramidaning o‘rtasidan VI juft bosh miya nervi uzoqlashtiruvchi nervning (n. abdusens) ildizi chiqadi. Undan chekkaroqda miyachaning o‘rta oyoqchasi bilan oliva o‘rtasidan ketma-ket joylashgan VII juft yuz nervi (n. facialis) va VIII juft dahliz-chig‘anoq nervining (n. vestibulocochlearis) ildizsi chiqadi. Uzunchoq miyaning olivasi orqasidagi egatdan birin-ketin IX juft til-yutqin nervi (n. glossophyngeus), X juft adashgan nerv (n. vagus) va XI juft qo‘shimcha nervning (n. accessorius) ildizlari chiqadi. XII juft til osti nervining (n. hypoglossus) ildizi esa piramida bilan oliva o‘rtasidagi egatdan chiqadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloq bosh miyasi nisbatan katta bo‘lib, uning og‘irligi o‘rtacha og‘il bolalarda 390g, qiz bolalarda 355g bo‘ladi. To‘rt yoshgacha miya, bo‘yiga va balandligiga bir tekis o‘sib, uning og‘irligi bir yoshda 2 marta, 3-4 yoshda 3 marta oshadi, 7 yoshdan so‘ng miya og‘irligi sekin o‘zgarib, 20 yoshda erkaklarda 1355g, ayollarda 1220g ni tashkil qiladi. Bosh miyani ayrim qismlari bir xil o‘smaydi. Peshona va tepa bo‘laklari nisbatan tez o‘ssa, ensa bo‘lagi esa juda sekin o‘sadi.Uzunchoq miya. Uzunchoq miya (meddulla oblangata) orqa miyaning bevosita davomi bo‘lib, rombsimon miyaning pastki qismidir. Uning tashqi tuzilishi orqa miyaga, ichki tuzilishi bosh miyaga o‘xshagani uchun myelencephalon deb ataladi. Uning pastki chegarasi katta teshik sohasida yoki I juft orqa miya nervi ildizining yuqori chekkasida. Yuqori chegarasi old yuzasida ko‘prikning pastki chekkasida bo‘lsa, orqa yuzasida miya hoshiyalariga to‘g‘ri keladi. Uzunchoq miyaning yuqori qismlari kengayib piyozcha shaklini olgani uchun uni miya piyozchasi (bulbus cerebri) deb ham ataladi. Uzunchoq miya eshituv va muvozanat a’zolari, hamda qon aylanish va nafas a’zolariga bog‘liq bo‘lgan jabra apparatlari bilan aloqada paydo bo‘ladi. Shuning uchun unda muvozanat va harakatni muvofiqlashtirish, modda almashinuvini boshqaruvga aloqador bo‘lgan kulrang o‘zaklar joylashgan. Uzunchoq miyaning uzunligi o‘rtacha 2,5 sm.
Uzunchoq miya kesmasida (123-rasm) u oq va kulrang moddalar to‘plamidan iborat bo‘ladi. Kulrang moddada muvozanat va harakatni muvofiqlashtirish, modda almashinuvi boshqaruvga aloqador bo‘lgan kulrang o‘zaklar joylashgan. 1.Yon tomonda joylashgan o‘ng va chap pastki oliva o‘zaklari (nuclei olivaris inferiores) miyachaning tishli o‘zagi bilan bog‘langan bo‘lib, odamda muvozanatni boshqaruvchi oraliq o‘zak hisoblanadi. 2.To‘r formatsiya (formatio retecularis) bir- biri bilan chalkashib to‘r hosil qilgan nerv tolalari va ular o‘rtasida yotgan nerv o‘zaklaridan iborat. 3.To‘rt juft (IX-XII) bosh miya nervlarining o‘zaklari. 4.Adashgan nerv o‘zagi bilan bog‘langan nafas olish va qon aylanish markazlari bor.
Uzunchoq miyaning oq moddasi uzun va qisqa tolalardan iborat. Uzun tolalar uzunchoq miyani oldingi qismida pastga tushuvchi, harakatlantiruvchi piramida yo‘lini hosil qiladi. Uning orqa lateral yuzasida yuqoriga ko‘tariluvchi orqa miyani miya yarimsharlari va miyacha bilan bog‘lovchi sezuvchi yo‘llar joylashadi. Orqa miya-po‘stloq yo‘li uzunchoq miya sohasida kesishib qovuzloq kesishmasini (decussatio lemniscorum) hosil qiladi.
Qisqa tolalar kulrang modda o‘zaklarini o‘zaro bog‘lab, shuningdek uzunchoq miyani bosh miya so‘g‘onining qo‘shni qismlari bilan qo‘shib turadi.
3Yangi tug‘ilgan chaqaloqda uzunchoq miya yuqori va gorizontal joylashgan. Piramida yaxshi taraqqiy etmagani uchun olivalar bir-biriga yaqin turadi. Nozik va ponasimon dastalar bir-biridan aniq ajramagan. Bola hayotining birinchi yilida olivalar asta-sekin bo‘rtiq shaklini oladi va yoshga qarab kattalashib boradi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqda uning uzunligi 8-9 mm, kengligi 4-5 mm, bir yoshda esa uzunligi 12-13 mm bo‘ladi. Erta bolalik davri so‘ngida miya o‘tkazuv yo‘llari taraqqiyoti natijasida piramidalar kattalashib olivalar bir-biridan uzoqlashadi. Nozik va ponasimon dastalar bir-biridan ajralib, nozik va ponasimon bo‘rtiqchalar paydo bo‘ladi. Uzunchoq miya o‘zaklari taraqqiyoti 7 yoshda tugaydi.4
Ortqi miya. Ortqi miya (metencephalon) ikki qismdan: ventral joylashgan ko‘prik va dorsal joylashgan miyachadan iborat. Ortqi miyaning qoldiq bo‘shlig‘i, uzunchoq miya bilan birgalikda IV qorinchani hosil qiladi.
Ko‘prik Ko‘prik (pons) sut emizuvchilarda plashch taraqqiyotiga bog‘lik ravishda payda bo‘ladi. U odamda yaxshi rivojlangan bo‘lib, ko‘ndalang bolish shaklida. U yuqoridan miya oyoqchalari, pastdan esa uzunchoq miya bilan chegaralanadi. Uzunchoq miya bilan ko‘prik o‘rtasida egat (sulcus bulbopontinus) yotadi. Yon tomonga ko‘prik torayib, miyachaning o‘rta oyoqchasiga (pedunculi cerebellaris medius) o‘tib ketadi. Ko‘prikning tashqi chegarasini uch shoxlik va yuz nervlari ildizlari o‘rtasidagi chiziq (linea trigemenofacialis) hosil qiladi. Ko‘prikning ventral yuzasi ko‘ndalang yo‘nalgan tolalardan iborat bo‘lib, o‘rtasida asosiy arteriya egati (sulcus a. basillaris) joylashgan, uning dorsal yuzasi IV qorincha tubini hosil qilishda ishtirok etadi. Ko‘prikning ko‘ndalang kesmasi (124-rasm) markazida ko‘ndalang tolalar to‘plami - trapetsiyasimon tana (corpus trapezoideum) joylashgan. Uning tolalari o‘rtasida trapetsiyasimon tananing oldingi va orqa o‘zaklari yotadi. Trapetsiyasimon tanako‘prikni orqa yoki qopqoq qismi (tegmentum pontis) va oldingi yoki asosiy qismga (pars basillaris) ajratadi. Ko‘prikning oldingi qismi bo‘ylama va ko‘ndalang tolalar va ular o‘rtasida joylashgan ko‘prikning xususiy o‘zaklaridan iborat. Bo‘ylama tolalar piramida, po‘stloq-o‘zak va po‘stloq-ko‘prik yo‘llari tolalaridan iborat bo‘lib, ular ko‘prikning xususiy o‘zaklarida tugaydi. Bu o‘zak hujayralari tolalari ko‘ndalang tolalarni hosil qilib, miyachaning o‘rta oyoqchasi tarkibida miyacha po‘stlog‘iga boradi.
Ko‘prikning orqa qismida ko‘tariluvchi sezuvchi yo‘llar o‘rtasida to‘rt (V, VI, VII, VIII) juft bosh miya nervlarining o‘zaklari va to‘r formatsiya joylashgan.Yangi tug‘ilgan chaqaloqda ko‘prik turk egari oldida yotadi. Bola hayotining erta davrlarida orqa tomonga surilib, 5 yoshda ensa suyagi qiyaligiga yetib boradi.
Yosh bolalarda piramida va miyacha o‘tkazuv yo‘llari yaxshi taraqqiy etmagani uchun uning hajmi kichik va o‘zaklari bir-biriga yaqin joylashadi. 5-7 yoshlarda ko‘prik tez taraqqiy etib kattalarnikiga o‘xshash ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Miyacha. Miyacha (cerebellum) ko‘prik va uzunchoq miya yuqori qismining orqa tomonida, orqa kalla chuqurchasida yotadi. Yuqori tomondan katta miyaning ko‘ndalang yorig‘i (fissura transversa cerebri) miyachani yarimsharlarning ensa bo‘lagidan ajratib turadi. Miyacha taraqqiyoti harakatni reflektor moslashtirish retseptorlari bilan bog‘liq ravishda o‘tadi va mushaklar qisqarishini muvofiqlashtirish markazi hisoblanadi. U ayrim mushaklarning murakkab faoliyatini bir-biriga bog‘lab turadi va tana muvozanatini ta’minlaydi. Bundan tashqari unda vegetativ nerv tizimi markazlari (qon tomirlar harakati refleksi, teri trofikasi, yaralarni bitish tezligi) joylashgan.

Miyachada ustki va pastki yuzalar tafovut qilinib, ular o‘zaro chuqur gorizontal yoriq (fissura horizontalis) bilan ajrab turadi. Pastki yuza o‘rtasida keng botiq (vallecula cerebelli) bo‘lib, unga uzunchoq miyani orqa yuzasi tegib turadi. Miyachada ikkita yarimshar (hemisphaeria cerebelli) va ular o‘rtasidagi toq chuvalchangsimon qism (vermis) tafovut qilinadi.



Yüklə 42,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə