Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi dinshunoslik fanidan



Yüklə 7,33 Mb.
səhifə4/14
tarix28.08.2018
ölçüsü7,33 Mb.
#64958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

Seminar uchun mavzular


  1. Diniy e’tiqod tushunchasi.

  2. Dinning jamiyatdagi vazifarlari.

  3. Dinning boshqaruvchilik vazifasi.

  4. Dinning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi turli qarashlar.

  5. Dinlar tasnifi.

Adabiyotlar

  1. Karimov I. A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: O‘zbekiston, 1997.

  2. Mo‘minov A.Q. Dinshunoslik asoslarini o‘qitish va o‘rganishning yagona konsepsiyasi. Toshkent, 1999.

  3. Radugin A.A. Vvedenie v religiovedenie. M., 1996.

  4. Ugrinovich D.M. Vvedenie v religiovedenie. M., 1985.

  5. Fromm E. Psixoanaliz i religiya.//Fromm E. Imet ili bit? M., 1990.

  6. Zakon bojiy: Vtoraya kniga o pravoslavnoy vere. Volgograd. 1987.

“Moziyga qaytib ish ko‘rish xayrlikdir”.


Abdulla Qodiriy

2-Mavzu

DINNING IBTIDOIY FORMALARI

Darsning maqsadi:

Diniy ong asoslarining shakllanishi, totemizm, fetishism, va animism kabi tasavvurlar haqida ma’lumot beriladi

Tayanch so‘zlar


Shaman, Magiya, Totem, Fetish, Mif, Din, Ibtidoiy din, Ruh.

Reja


  1. Diniy ong asoslarining shakllanishi.

  2. Totemizm.

  3. Animizm.

  4. Shamanizm magiya)

  5. Fetishizm.

  6. Ibtidoiy mifologiya.


Diniy ong asoslarining shakllanishi. Ilmiy adabiyotlarda keltirilishicha, “ibtidoiy odamning jismoniy, fiziologik, asab-endokrin, biologik, psixologik va boshqa sohalari o‘ziga xos xususiyatlarga ega edi. Bu nafaqat uning hayoti va faoliyatiga, fe’l-atvoriga, balki uning fikrlash darajasiga, kuchli hayajonlanishiga, tasavvur etishiga, mustahkam haqiqiy yoki soxta mantiqiy qonuniyatlarni kashf etishiga ta’sir ko‘rsatdi. U ibtidoiy bo‘lsa ham aqlli, fikr yurituvchi, ma’lum tahlilga qobiliyatli, konkret holatda fikr yurita oladigan, doimiy faoliyatida vujudga kelgan amaliy tajribalarga ega bo‘lgan odam edi. Bunday tahlil nimaga asoslangan? Bilim miqdorining nihoyatda ozligi va uni doimiy takomillashib borishi, oldinda turgan hayotdan qo‘rquv va uni yengishga bo‘lgan intilish, amaliy tajribani uzluksiz ko‘payishi, tabiat kuchlariga mutlaq tobelik va undan qutilishga tirishish, atrof-muhit injiqliklari va ularni yengish va h.k. - bularning barchasi shunga olib bordiki, uning ilk qadamidan nafaqat mantiqiy talabchanlik, balki hissiy-ijtimoiy, xayoliy-fantastik munosabatlar kelib chiqdi. Gap “ongli yovvoyi” yoki “abstrakt fikrlovchi kishi” to‘g‘risida borayotgani yo‘q, ayni jamoaning qonun qoidalaridan chiqmagan holda, qolaversa 20-50 kishidan iborat bo‘lgan kichik qabila, mehnat faoliyati jarayoni ov, ozuqa izlash, qurol yasash, turar joyni jihozlash, olovni saqlash va h.k.) doimiy ijtimoiy munosabatlar, oilaviy urug‘doshlik aloqalari va hodisalar jarayonida nikoh aloqalari, tug‘ilish va o‘lim) ushbu jamoaning ruh homiylari, g‘ayritabiiy kuchlar va voqeiylik o‘rtasidagi g‘ayrioddiy aloqalar to‘g‘risida ibtidoiy tasavvurlar mustahkamlanib borgan. Real hayot bilan bir qatorda o‘zga dunyo mavjudligi, marhumlar tiriklar hayotiga ta’sir eta olishi to‘g‘risidagi g‘oyalar yuzaga keldi”.неандерталец

Dafn etish jarayoni. Ibtidoiy odam o‘z qarindoshlarini ko‘mishda maxsus marosimlar, ma’lum tayyorgarlik udumlariga amal qilar edi: jasadni qizil mineral bo‘yoq bilan qoplanar, uning yoniga kundalik ehtiyoj buyumlari, zeb-ziynatlar, asbob-anjomlar va h.k. qo‘yilar edi. Bularning bari o‘z jamoa a’zolarini dafn etayotgan jamoa oxirat mavjud ekanligi haqida ibtidoiy tasavvurlarga ega bo‘lganligidan dalolat beradi.

Ov qilish. Bizga ma’lumki, arxeologik izlanishlar jarayonida yer yuzining turli joylaridagi g‘orlarda ibtidoiy odam tomonidan chizilgan rasmlar topilgan. Fanga ma’lum bo‘lgan bu g‘orlardagi suratlarning ko‘pchiligi ov sahnasi, odam va hayvonlarning tasvirlari, hayvon terisini kiygan odamlar, yarim odam va yarim hayvon qiyofasidagi mavjudot suratlaridan iborat. Bu suratlar dalolat qiladiki, ibtidoiy odamlar o‘zlari va hayvonlar o‘rtasidagi tabiiy va g‘ayritabiiy aloqalar mavjudligi haqidagi tasavvurlarga ega edilar. Bu bilan birga marhum ajdodlarining ruhlari sehrli usullar bilan hayvonlar hulqiga ta’sir etish imkoniyatiga ega deb bilar edilar. Bu tasavvurlar tiriklar bilan marhumlar o‘rtasidagi vositachilar, ya’ni har xil turdagi sehrgarlar va shamanlar faoliyatining kelib chiqishiga sabab bo‘ldi.

Ibtidoiy odam hayoti haqidagi tasavvurlarimizga ko‘ra, uning hayotida kelib chiqqan diniy tasavvurlar quyidagi ibtidoiy din shakllarida namoyon bo‘lgan.



1. Totemizm. Totem so‘zi - Shimoliy Amerikada yashaydigan Ojibva qabilasi tilida “uning urug‘i” ma’nosini anglatadi. Uning mohiyati “odamlarning hayvonot yoki o‘simlikning muayyan turlariga qarindoshlik aloqalari bor”, deb e’tiqod qilishdir. Ehtimol, ma’lum bir jamoaning avvalda asosiy ozuqa manbaini tashkil qilgan hayvon yoki o‘simlikka nisbatan e’tibor keyinchalik vujudga kelgan qabilaning diniy tasavvurlarining asosiy shakllaridan biriga aylangan bo‘lishi mumkin. Urug‘dosh guruhlar o‘zlarini umumiy belgilari va totemlari bo‘lgan hayvon yoki o‘simlikdan kelib chiqqan deb bilar edilar. Ammo bunday totemlar va odamlar orasidagi aloqalar uzoq o‘tmishga tegishlidir va bilvosita ularning mavjud bo‘lganligini faqatgina qadimgi rivoyatlar tasdiqlaydi. Masalan, hozirgi davrgacha Avstraliya Aborigenlari orasida saqlanib qolgan afsonalardan ularning tasavvurlarini bilib olish mumkin.

Urug‘dosh jamiyatning shakllanishi jarayonida totemizm muhim rol o‘ynadi. Ayniqsa, ular qarindosh guruhlarning boshqalardan ajralishiga sabab bo‘ldi. “O‘zimizniki”, ya’ni bir totemga tegishli degan aniq taassurot paydo bo‘ldi. Totemizm ta’sirida paydo bo‘lgan urf-odatlar va normalar asrlar davomida qat’iy ravishda qo‘llanildi. Bu totemga xos bo‘lmagan begonalar bu jamoa urf-odati va normalaridan chetda hisoblangan. Totemizmning bunday ijtimoiy roli totemistik ko‘rinishlarni evolyusion xarakteriga ham ta’sir ko‘rsatdi. Vaqt o‘tishi bilan qarindoshlik tizimining mustahkamlanib borishi jarayonida birinchi darajali totem tartibi haqida tasavvur ilgari surildi. Zooantropofomorf ko‘rinishi bilan aralashgan holda odam bilan uning totemi qarindoshligi orasida oilaviy munosabatlar haqida, ya’ni odam vafot etgach uning o‘z totemiga aylanishi yoki aksincha - totemdan qayta inson shakliga kelishi haqidagi tasavvurlar paydo bo‘ldi. Birinchi tomondan buning hammasi o‘tgan ota-bobolar ruhlarining kuchayishiga va ilohiy kuchlarga ishonchni oshishiga olib kelgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan totemga bo‘lgan munosabatlarni o‘zgarishiga, totemni ozuqa sifatida iste’mol qilishni taqiqlanishiga olib keldi. Tabu - ta’qiqlash tizimi paydo bo‘ldi. Ulardan eng muhimi totemni ovqat sifatida is’temol qilishni taqiqlash edi. Faqatgina ba’zi diniy marosimlarda ruhoniylar yoki qabila boshliqlariga totemni yeyish ruxsat etilardi. Shunday qilib, totemizm urug‘chilik jamoasi - ijtimoiy jamoalarning eng birinchisida diniy ko‘rinishlarning tarixiy asosi bo‘lib qoldi.



Insoniyat rivojlanishining dastlabki bosqichlarida totemizmning asosiy vazifalari - birinchi ma’ruzada aytib o‘tilganidek birlashtiruvchilik, tartibga soluvchilik edi. Totemizm diniy shakllarning dastlabkisi bo‘lishiga qaramasdan, hozirda ham ko‘plab xalqlarning urf-odatlarida, e’tiqodlarida uning unsurlari saqlanib qolgan Masalan, Hindistonda sigir, Avstraliyada kenguru, Qirg‘izlarda oq bug‘u afsonaviy baxt keltiruvchi hayvon sifatida ulug‘lanadi).

2. Animizm lotin tilida anima - ruh, jon ma’nolarini anglatadi). Animizm ruhlar mavjudligiga ishonch, tabiat kuchlarini ruhlantirish hayvonot, o‘simlik va jonsiz jismlarda ruh, ong va tabiiy qudrat borligi haqidagi ta’limotni ilgari suruvchi ilk din shakllaridan biri. Ilk animistik tasavvurlar qadim o‘tmishda, ehtimol totemistik qarashlar paydo bo‘lgungacha, oilaviy jamoalarning shakllangunicha vujudga kelgan. Biroq yetarli tushunib yetilgan va barqaror ko‘rinishdagi diniy xarakterga ega bo‘lgan tizim sifatida kechroq, totemizm bilan bir vaqtda shakllangan.

Animizm totemizmdan farqlanadi. Totemizm ma’lum bir oilaviy guruhning ichki iste’moliga uni boshqalardan farqlash maqsadiga yo‘naltirilgan bo‘lsa, animistik tasavvurlar keng va umumiy harakterga ega. Ular hammaga tushunarli va ma’qul bo‘lgan. Shu bilan birga u tabiatning qudratli kuchlarini - osmon va yer, quyosh va oy, yomg‘ir va shamol, momaqaldiroq va chaqmoq kabilarni ilohiylashtirib, ularda ruh mavjud deb bilar edi. Tabiiyki, ibtidoiy odamlar nafaqat tabiatning buyuk mavjudliklarini, balki relefning ayrim alohida qismlari - tog‘lar va daryolar, adir va o‘rmonlar kabi odam e’tiborini tortuvchi narsa va jismlarga ham ilohiy munosabatda bo‘lar edilar. Hattoki ko‘p yillik daraxt, kattaroq xarsang tosh, jarliklarga o‘xshash narsalar ham ibtidoiy odamlar tasavvurida jonli, tafakkurli, sezuvchan va harakat qiluvchi, shuningdek, yaxshilik yoki yomonlik keltirishi mumkin deb tushunilgan. Shunday bo‘lgach, ushbu tabiiy narsa, hodisalarga e’tibor bilan munosabatda bo‘lish taqazo etilardi, qurbonliklar qilish, ularning haqiga duo qilib, marosimlar uyushtirilardi.

Animizm zamonaviy dinlarning barchasining asosiy aqidaviy qismini tashkil etadi. Jumladan, jahon dinlari bo‘lmish buddaviylik, xristianlik va islomda ham ruhlar haqidagi ta’limot mavjud.

3. Shomonlik yoxud sehrgarlik “shomon” so‘zining tungus tilidagi ma’nosi “sehrgarlik”). Sehrgarlik afsun, magiya) real natijalar olish uchun ilohiy kuchlarga ta’sir etish maqsadida amalga oshiriladigan ritual - urf-odatlar majmuasidir. U totemizm va animizm bilan bir vaqtda paydo bo‘lib, u orqali kishilar o‘z totemlari, ota-bobolarining ruhlari bilan xayolan bog‘lanishni amalga oshirib kelganlar. U qadim o‘tmishda paydo bo‘lib, minglab yillar davomida rivojlanishda davom etib, saqlanib kelgan. Odatda afsungarlik urf-odatlari bilan maxsus odamlar - shamanlar, afsungarlar shug‘ullanganlar. Ular orasida ayniqsa uzoq o‘tmishda ayollar ko‘p o‘rinni egallaganlar. Bu shamanlar va afsungarlar jazavali va asabiy kishilar bo‘lib, odamlar ularni ruhlar bilan muloqotda bo‘lish, ularga jamoaning umid va niyatlarini yetkazish, ularning irodasini talqin qilish qobiliyatiga ega ekanligiga chuqur ishonganlar. Shamanlar, odatda, ma’lum ritual harakatlar orqali ovoz chiqarish, ashula aytish, raqsga tushish, sakrash yo‘li bilan nog‘oralar va qo‘ng‘iroqlar ovozlari ostida o‘zlarini jazavaga solib, o‘zini yo‘qotish, jazavaning yuqori nuqtasiga yetkazish bilan afsungarlik qilishgan. Tomoshabinlar ham ba’zan o‘zini yo‘qotish darajasiga yetib marosimlar ishtirokchilari bo‘lib qolishar edi. Odatda shaman marosim oxirida bir holatga kelib hech narsani eshitmay, ko‘rmay qolar edi. Shuning uchun uning ruhlar dunyosi bilan muloqoti xuddi shu holatda amalga oshadi deb hisoblanardi. Umuman, olganda ritual marosimlar qismlardan iborat bo‘lgan afsungarlik jamiyatning haqiqiy talablaridan kelib chiqqan holda hayotda amalga oshirilgan. Ilohiy kuchlar dunyosi bilan bunday bog‘lanish yo‘li hayotda noma’lum, oldindan bilib bo‘lmaydigan sharoitlardan kelib chiqqan. Lekin shu bilan birga afsungarlik odamlarning fikr yuritish, ongini mustahkamlashda katta rol o‘ynadi. Bu esa diniy ongni shakllanish jarayonida muhim o‘rin tutdi. Afsungarlik fikr yuritish rivojlangan sari odamga o‘z-o‘zidan bo‘ladigan, faqatgina maqsadli yo‘nalishdagi harakatlar natijasida olinadigan emas, balki ilohiy kuchlar afsuni bilan bog‘liq bo‘lgan sharoitlardan kelib chiqadigan ko‘rinish deb hisoblangan. Natijada ko‘pchilik aniq hodisalar, hattoki alohida buyumlar sehrli kuch egasi sifatida qabul qilina boshlandi.

Sehrgarlik marosimlari yakka holda yoki jamoa bo‘lib amalga oshirilishi mumkin edi. Afsungarlik maqsadga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: 1) Zarar keltiruvchi - yovuz afsungarlik. Uning maqsadi kimgadir zarar yetkazishdan iborat; 2) Harbiy afsungarlik. Bu dushmanga qarshi ishlatiladi masalan, qurol-aslahalarni sehrlash); 3) Sevgi afsungarligi. Undan “issiq” yoki “sovuq” qilish maqsadida ishlatiladi. 4) Tibbiy afsungarlik. Undan davolash maqsadida foydalanish. 5) Ob-havo afsungarligi. Bu sehrgarlik turidan yomg‘ir chaqirish yoki shunga o‘xshash ob-havoni o‘zgartirish maqsadida foydalanilgan.

Sehrgarlik hozirda ham zamonaviy dinlarda va turli xalqlar urf-odatlarida saqlanib qolgan.

4. Fetishizm fetish so‘zi fransuzcha fetiche – but, sanam; tumor ma’nosidagi so‘zni anglatadi). Uning mohiyati tabiatdagi jonsiz predmetlarga sig‘inishdir. Unga ko‘ra alohida buyumlar kishining o‘z maqsadiga erishtirish, ma’lum voqea-hodisalarning o‘zgartirish kuchiga ega. Fetish ham ijobiy ham salbiy ta’sir etish kuchiga ega.

Fetishizm yog‘och, loy va boshqa materiallardan yasalgan buyumlar paydo bo‘lishi bilan bir paytda shakllangan. Bu butlarda va tumorlarda jamoalar g‘ayritabiiy dunyodan keladigan ilohiy qudratning timsolini ko‘rdilar.

Bunday fetishga odatda afsungarlar, shamanlar ega edilar. Ular afsungarlik usullariga binoan bunday buyumlarga ta’sir ko‘rsatganlar. Ibtidoiy odamlarning dastlabki diniy taassurotlari umumiy majmuasining shakllanish jarayonida fetishizm yakunlovchi bosqich bo‘lib qoldi. Haqiqatda, ajdodlarni va tabiatni jonlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan animizm, turli totemlar hamda o‘lib ketgan avlodlar shaxsiga bog‘liq totemizm orqali ibtidoiy odamlar ongida real buyumlar bilan birga ilohiy va illyuziya dunyosi borligi haqidagi tushuncha paydo bo‘ldi. Natijada ularning ongida afsonaviy fikr yuritish qobiliyati mustahkamladi. Va nihoyat fetishlarning paydo bo‘lishi shuni ko‘rsatadiki, afsonaviy qudrat faqatgina vaqt va bo‘shliqda ko‘chib yurish xususiyatiga ega bo‘lib qolmasdan, balki voqeiy dunyodagi buyumlarda ham bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, urug‘chilik jamiyatining tashkil topish jarayonida ibtidoiy odamlarning ongida dastlabki diniy ko‘rinishlarning keng, aniq, tartibli majmuasi ishlab chiqildi. Uning ma’nosi shuni anglatadiki, diniy tasavvurlar odam hayotining bo‘linmas, hattoki asosiy qismi bo‘lib qoldi. Jamiyat va tabiat qonunlarini, albatta, o‘sha dunyo kuchlari boshqaradi. Shuning uchun jamoa yaxshi yashayman desa, ozuqalar bilan ta’minlangan, kimningdir tomonidan himoyalangan bo‘lishni istasa, birinchi vazifasi u o‘sha g‘ayritabiiy kuchlarni juda ham hurmat qilishi kerak edi. Dunyo haqidagi bu tasavvurlar vaqt o‘tishi bilan takomillashib bordi va insoniyat hayotida uzoq vaqt mobaynida o‘z ta’sirini o‘tkazib keldi.

Fetishizming unsurlari hozirgi davrda ham xalqlarning urf-odat va e’tiqodlarida saqlanib qolgan. Masalan, barcha dinlardagi haykallar, suratlar, tumor, ko‘zmunchoq va turli ramzlar bunga yaqqol misoldir.



6. Ibtidoiy mifologiya. Ibtidoiy odamning tasavvuri va e’tiqodlari majmuasi, ularning real hayotdagi qiyinchiliklari, muammolari va yutuqlari og‘zaki ijodda aks etgan. Bu narsa odamlarning ongida qolib, turli afsonalarning yaratilishiga sabab bo‘lgan. Ibtidoiy mifologiyani tashkil etgan ijod doim odamlarning ma’naviy hayoti, ibodati, hissiyotlari va diniy tasavvurlari bilan chambarchas bog‘liq edi. Buni tushunish oson: agar ibtidoiy odamning asosiy ma’naviy hayotida totemlarga, marhum ajdodlarga ibodat qilish, ular bilan sirli qarindoshligi bo‘lsa, mifologiyaning markazida zooantropomorfik ajdodlar yoki har-xil mo‘jizalar kuchiga ega bo‘lgan ilohiylashtirilgan qahramonlar turardi. “Madaniy qahramon”larning ismlari afsonalarda biron bir muhim yaratilgan ixtiro yoki yangilikda mujassam bo‘lgan. Masalan, olovni topish, oila va nikohlar shaklni o‘rnatish, mehnat va ov qurollarini yasash va boshqa jasoratlarga oid aqidalarni tashkil qilish. Kosmogonik syujetlar ibtidoiy mifologiyada katta o‘rin egallagan. Ya’ni yer va osmon, quyosh va oy, o‘simlik va hayvonot va nihoyat odamning yaratilishi to‘g‘risida rivoyatlar va afsonalarda diniy tasavvurlarning ta’siri yaqqol namoyon bo‘lgan. Ruhlarni yangi shaklga kirish sehrli xususiyatiga, ya’ni o‘z qiyofasini o‘zgartirish qobiliyatiga ega, bir vaqtning o‘zida odam va hayvon shaklidagi monstr deb hisoblashardi.

Ibtidoiy mifologiyada hayot va o‘lim, tabiat va madaniyat, ayol va erkaklar orasidagi muhim aloqalar tasvirlangan edi. Mifologiyaning bunday qarama-qarshiliklarini tahlil qilish hozirgi sharoitda inson tarixining qadimgi bosqichini qayta tiklash uchun muhim manba hisoblanadi. Xususan, bu tahlil ibtidoiy jamoalarda taraqqiyotning borishida diniy tasavvurlarning muhim rolini aniqlashga imkon yaratadi.



7. Neolit davridagi diniy tasavvurlar. Neolit revolyusiyasi odamlarning turmushini, ularning ta’sir etadigan barcha sohalarni tubdan o‘zgartirdi. Odam o‘simliklarni o‘stirish, ozuqa zahiralarini hosil etishni asta-sekin o‘rgandi. Va bu odamni o‘troq hayot kechirishga majbur etdi. qadim hayvonlarni qo‘lga o‘rgatgan hamda ular berayotgan mahsulotdan foydalanishni o‘rgandi. Bu nafaqat go‘sht, balki sut va teridir. Ovqat pishirish bilan tanishishi hamda idishlar yasash odamga yangi muhim materiallarni uzgartirishga majbur etdi. Odam, ovqat va ichimliklar saqlash uchun mo‘ljallangan idishlar, uy qurish uchun foydalanadigan loyni tayyorlashga o‘rgandi. Neolit davri yuqori poleolitdan keskin farq qiladi. Shu jumladan, tosh buyumlarni silliqlash va sayqal berish - bu esa muhim farq va shu farq davrga nom berdi Neolit - yangi tosh davri, yangi tosh ishlash yangi usullar davri).

Neolit davri dehqonlarga yangi ishlab chiqarish imkonini berdi. Dehqonlar zich va ko‘pchilik guruhlar bilan o‘rnashardi. Dushmandan hamda yovvoyi hayvonlardan himoyalangan qishloqlar kengayib, atroflarida kichik qishloqchalar o‘rnashar edi. Tinchlik va ovqat bilan ta’minlash, tug‘ilish va bolalarni tirik qolishi va o‘sishiga imkon berar edi. Aholining keskin ko‘payishi yangi yerlarni o‘zlashtirishga, hayot tarzini o‘zgarishi diniy tasavvurlarning rivojlanishiga yangi imkoniyatlar yaratdi.

Dehqonchilikning ehtiyojlari hosilni uzoq vaqt sabrsizlik bilan kutish kerakligi, hamda aniq vaqtni hisoblash muhimligi, yer fasllarining sikllarini bilish - bularning hammasi dehqon qabilalarining osmonu yerga, quyoshu oyga, yomg‘iru shamolga yangi qiziqishini paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Bu degani qudratli ruhlarga bog‘liqlik sezilarli va ko‘zga tashlanadigan bo‘lib qoldi. Iltijo va qurbonlik ularga atala boshlandi. Ammo tabiiy imkoniyatlar to‘g‘risidagi tasavvurlar keskin o‘zgardi. Natijada qadimgi ruhlar -animistik sig‘inish ob’ekti asta-sekin o‘ta qudratli xudolarga aylandilar. Ular uchun mehrob hamda cherkovlar tashkil etilardi va ularda kecha va kunduz, dehqonlar jamoasidan maxsus ajratilgan mutaxassis xizmatkorlar - kelajakdagi kohinlar xizmat qilardi. Qadimgi totemistik tasavvurlar ham o‘zgardi, dehqonlarni hayoti ov natijasiga bog‘liq bo‘lmagan holda, hayvonlarni qadrlay boshladi, ammo hayvonlar va totemistik tasavvurlar avlodlar xotirasida saqlanib qolavergan. Bu esa zoomorfik tashqi qiyofani biron-bir sig‘inilgan tangrida aks etishiga olib keldi. Aksar tangrilarning ko‘rinishi hayvon, qush, baliqlarning yo boshi, yo tanasi shaklida bo‘lar edi. Bu mifologik qahramonlarning yuqorida aytib o‘tilgan tangriga qarindoshligi saqlanib qolgan.

Fetishizmning sokin xarakteri o‘zgardi, tangrilarning qudratli butlari, mehroblar yoki cherkovlar yoniga o‘rnatilgan yirik haykallar shakliga aylandi.Ba’zan butlar o‘rniga ramziy haykalchalar, turli shakldagi toshlar guruhi foydalanildi. Fetishizmning rivojlanishida bu haykal va qurilmalar ibodatxonalarning ramzi bo‘lib xizmat qildi.

Afsun ham o‘zgardi. Afsungarlarning dushmanlarga ziyon yetkazish va omadli ov bilan ta’minlash, ruhlar yordamida o‘z maqsadiga yetishishning ibtidoiy usullari o‘rniga yangi, puxta o‘ylangan ilohlar bilan aloqa marosimlari, boshqa diniy marosimlar, ibodat va qurbonlik qilish tartiblari yuzaga keldi. Bular asosida qadimgi afsunlar yotar edi. Ammo bir qancha yangiliklar yuzaga keldi. Bunday yangiliklardan biri - fol va bashorat edi. Bular afsunga yaqin bo‘lgan, hamda unga asoslangan afsun prinsiplari va usullari edi. Ammo uning maqsadi boshqa edi: bu istakni amalga oshirish emas, balki uni bilishdir. Folbinlikning ilk shakllari neolit davridan ilgari ham amal qilardi. Ammo tizim sifatida nealit davrida yakunlandi. Neolit davridagi dehqonlar qudratli tangridan qo‘rqqan holda uning yaxshi niyat munosabatlariga juda qiziqar edi. Buning uchun qurbonlik) tabiat kuchlari ilohlariga yoki ilohiylashtirilgan ajdodlarga ibodat qilishar edi. Ularning hayolida keltirilgan qurbonliklar hamda ilohiylashtirishga ibodat qilishlari ularga yordam keltiradi va iltimosini rad etmaydi. Ammo buni qanday bilish mumkin? Mana shu yerda barcha usul va prinsiplari bilan fol ochish yordamga kelar edi. Har bir shamanga munsub bo‘lgan ibtidoiy afsun marosimlaridan farqli o‘laroq, folbinlik yuqori saviyali madaniyatni talab etardi. Marosimlarni olib boruvchi folbin kiyim shartli belgilar tizimiga rioya qilishi shart edi. Bu shartli belgilar ilohini qoniqtirganligini hamda ularning iltijolariga aniq javob berishga tayyorligini anglatardi. Belgilar tizimi har xil - elementar qur’a tashlashdan to murakkab chiziq, yorug‘ nuqta va chiziqlarni qo‘shilishigacha bo‘lar edi.

O‘tilgan mavzu bo‘yicha savollar



  1. Dinning qanday ibtidoiy shakllarini bilasiz?

  2. Dinning paydo bo‘lishi haqida tadqiqotchilar qanday fikrlar bildirishgan?

  3. Fetishizm dinning qanday ko‘rinishi?

  4. Animizm qanday e’tiqodga asoslanadi?

  5. Shomonlik deganda nimani tushunasiz?

Adabiyotlar

  1. Jo‘raev U. Saidjonov Y. Dunyo dinlari tarixi. T., 1998.

  2. Men A. Istoriya religii. M., 1994.

  3. Mifi narodov mira. V 2-x tomax. M., 1973.

  4. Osnovi religiovedeniya. Uchebnoe posobie dlya studentov visshix uchebnix zavedeniy. pod obsh.red. I.N. Yablokova. M. 1995.

  5. Radugin A.A. Vvedenie v religiovedenie: teoriya, istoriya i sovremennie religii. M., 1996.

  6. Religioznie tradisii mira. V 2-tomax. M., 1996.

  7. Religioznie tradisii mira. Buddizm, iudaizm, xristianstvo, islam. Spravochnik shkolnika. Bishkek, 1997.

  8. Vasilev A.S. Istoriya religiy Vostoka. M., 1997.

  9. Krivelev I.A. Istoriya religii. M., 1989.

  10. Levi-Bryul. Pervobitnoe mishlenie. M., 1930.

Umrning butun ma’nosi mavhumlikni to‘xtovsiz zabt etish, tobora va hamisha ko‘proq bilishga intilishdir”.



Emil Zolya

3-Mavzu


MILLIY DINLAR

Dasning maqsadi:

Yahudiylik, brahmanlik va hinduiyli kabi milliy dinlarning vujudga kelishi, ta’limoti, oqimlari, muqaddas manba’lari va bayramlari haqida so’z yuritiladi

Tayanch so‘zlar Tora; Talmud; Pesax; Yom-Kipur; Singoga; Yahve; Rosh-Ashona; Ravvin; Galaxa; Isroil; Yahudo; Sionizm; Massonizm; Farziylar; Sadduqiylar; Yesseylar; Veda; Kasta; Braxman Dao; Konfusiy; Krishna

RejaYahudiylikning vujudga kelishi va ta’limoti;


  1. Yahudiylikdagi oqimlar;

  2. Muqaddas manbalari;

  3. Marosim va bayramlari;

  4. Yahudiylar O‘rta Osiyoda;

  5. Veda va veda dinlari;

    1. Vedalar;

    2. Braxmanlik;

    3. Hinduiylik.

  6. Konfusiylik;

  7. Daosizm.

I. YAHUDIYLIK

Yahudiylikning vujudga kelishi va ta’limoti. Yahudiylik dini eramizdan avvalgi 2000 yillarning oxirlarida Falastinda vujudga kelgan, birinchi bo‘lib yakkaxudolik g‘oyasini targ‘ib qilgan dindir. Yahudiylik millat dini bo‘lib, faqatgina yahudiy xalqiga xos. Yahudiylikning kitobiy asoslari er. av. IV-III asrlarda shakllandi. Bu dinning ta’limotiga ko‘ra olamlarni yaratuvchi yagona xudo Yahve mavjud. U Tavrotni yahudiylarga berish bilan ular bilan ahd tuzgan. Go‘yoki yahudiylar Yahvening yer yuzidagi xalqlarning “eng mumtozi” va keyingi dunyoda berilajak in’omlarning eng haqlisi, Muso Yahvening elchisi, Tora Tavrot) Yahve tomonidan Musoga Tur tog‘ida berilgan muqaddas kitob. Yahve olamlarni yaratishni yakshanbada boshlab, juma kuni tugatdi, shanba kuni esa dam oldi va yahudiylarga ham shu kuni dam olishni buyurdi. Shuning uchun yahudiylik diniga ko‘ra shanba kuni ulug‘ kun hisoblanib, hech qanday mehnatga qo‘l urilmaydi.

Bundan tashqari yahudiylikda messiya - xaloskorning kelishi haqidagi ta’limot ham keng o‘rin olgan. Unga ko‘ra oxirzamonda Yahve yahudiylar orasidan bir xaloskorni chiqaradi va u quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) dunyoni qaytadan, isloh qilgan holda qurish; 2) butun yahudiylarni Sinion Quddus yaqinidagi tepalik) atrofida to‘plash; 3) ularning barcha dushmanlarini jazolash.

Muso Tur tog‘ida Yahve bilan uchrashganda unga 10 ta lavhani tushirdi. Ularda ushbu din asosini tashkil qilgan 10 ta nasihat bor edi:


  1. Yahvedan boshqani iloh deb ushlamaslik;

  2. But, sanam va rasmlarga sig‘inmaslik;

  3. Bekordan-bekorga Xudo nomi bilan qasam ichmaslik;

  4. Shanba kunini hurmat qilish va uni Xudo uchun bag‘ishlash;

  5. Ota-onani hurmat qilish;

  6. Nohaq odam o‘ldirmaslik;rotation%20of%20picture%20206

  7. Zino qilmaslik;

  8. O‘g‘irlik qilmaslik;

  9. Yolg‘on guvohlik bermaslik;

  10. Yaqinlarning narsalariga ko‘z olaytirmaslik.

Yahudiylikdagi oqimlar. Yahudiylikdagi oqimlar haqida gapirganda ularni qadimiy oqimlar va zamonaviy oqimlarga bo‘lishimiz mumkin. Qadimiy oqimlarga Sadduqiylar, Farziylar, Yesseylar kiradi. Zamonaviy oqimlarga esa Massonizm va Sionizm kiradi.

Sadduqiy nomi podshoh Dovud payg‘ambar davrida yashagan ruhoniy Saduq nomi bilan bog‘liq. Ko‘plab mansabdor ruhoniylar sadduqiy bo‘lganlar. Ular diniy ishlarda faqat Qonun Musoning besh kitobi)ni tan olganlar. Qonunda ruhoniylar, qurbonliklar, ibodatlar haqida so‘z boradi, lekin oxirat va qiyomat haqida hech narsa deyilmagan. Shuning uchun sadduqiylar qiyomatda o‘lganlarning qayta tirilishini tan olmaganlar.

Farziy nomi qadimiy yahudiy tilidagi “tushuntirish”, “ajratib ko‘rsatish” so‘zidan olingan bo‘lib, ular Musoning qonunini sharhlaganlar va oddiy odamlarga o‘rgatganlar. Farziylar Musoning zamonidan beri og‘zaki an’ana davom etib kelyapti deb hisoblaydilar. Ular har bir avlod o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun Qonunni sharhlay oladi deb bilganlar.

Ular muqaddas manba sifatida nafaqat Musoning qonunini, balki boshqa payg‘ambarlarning ham muqaddas yozuvlarini, hatto o‘zlarining urf-odatlarini ham qabul qilganlar va bularning hammasiga sinchkovlik bilan amal qilganlar. Shuning uchun ular ovqatga, kiyimga va boshqa narsalarga juda ehtiyot bo‘lganlar. Qo‘llarini va badanlarini ozodaligiga katta e’tibor berganlar. Farziylar juda ko‘p payg‘amlar gapirib o‘tgan qiyomatga, o‘lganlarning qayta tirilishiga ishonganlar.

Yesseylar Quddusdagi ko‘pgina ruhoniylar Xudo ulardan talab qilganidek yashamas edilar. Undan tashqari rimliklar ba’zi diniy mansablarga Musoning Qonuniga muvofiq munosib bo‘lmagan shaxslarni tayinlagan edilar. Buni ko‘rgan bir guruh ruhoniylar Quddusda ibodat qilish va qurbonlik qilish Qonunga to‘g‘ri kelmay qoldi, deb hisobladilar. Ular Quddusni tashlab, yahudiy sahrolariga chiqib ketdilar va o‘sha yerda o‘z jamoalarini tashkil qildilar. Ularni yesseylar deb atashdi. Yesseylar Xudo tomonidan yuboriladigan xaloskor - Messiyaning kelishi va Quddusni tozalashini kutib, ibodat qilib yashar edilar.

Massonizmning ma’nosi “ozod quruvchilar” bo‘lib, yahudiylikdagi yashirin tashkilotdir. U milodiy 44 yili Rim imperatorlaridan Irod Akriba tomonidan o‘zining ikki yahudiy maslahatchisi: rais o‘rinbosari Heron Abyud va birinchi sekretar Muob Lomiy yordamida tashkil etilgan. Maqsadi – dunyoda yahudiylar hukmronligini o‘rnatishga erishish. U tashkil topgan davrda “maxfiy qudrat” deb atalardi. Keyinchalik massonizm deb ataldi.

Sionizm nomi Quddusdagi Sion tog‘i bilan bog‘liq. Bu oqim avstraliyalik yahudiy jurnalist T. Gerlsning “Yahudiylar davlati” risolasi asosida tuzilgan. Bu oqimning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi – yahudiylar o‘zlari yashab turgan turli o‘lkalardan chiqib, Falastinda “milliy birlashish”ga erishish. Sionizm “jahon yahudiy millati” - “oliy millat” kabi g‘oyalarni ilgari suradi. O‘z g‘oyasiga ko‘ra sionizm siyosiy oqim bo‘lib, maqsadiga erishish yo‘lida yahudiy dinidan foydalanadi.

Yahudiylik manbalari. Yahudiy dini boshqa dinlar kabi o‘zining muqaddas yozuvlariga ega. Uning asosan ikkita manbasi bo‘lib, biri er. av. XIII asrda yashagan va Isroil xalqini Misrdan olib chiqib ketishga boshchilik qilgan Muso payg‘ambarga Tur tog‘ida berilgan Tora Tavrot). Bu manba xristianlar uchun ham muqaddas hisoblanganligi uchun u haqida xristianlik mavzusida kengroq to‘xtalamiz.

Talmud. Talmud qad. yahud. Tilida lameyd- o‘rganish) miloddan avvalgi IV asrlarda vujudga kelgan va yozma Toradan farqli o‘laroq, avloddan-avlodga og‘zaki ravishda o‘tib borgan. Shuning uchun Torani yozma qonun, Talmudni esa og‘zaki qonun deb yuritilgan. Talmud Mishna va Gemara kitoblari majmuasi bo‘lib, Mishna ravvinlar tomonidan Tavrotga yozilgan sharhlar, Gemara esa Mishnaga yozilgan sharhlardan iborat. Talmudning Falastin O‘rshalim) va Vavilon Bavliy) nusxalari mavjud. O‘rshalim Talmudi eramizning III asrlarida Bavliy talmudi eramizning V asrida tahrir qilingan.

Unda ilgari yahudiylar uchun noma’lum bo‘lgan esxatologik ya’ni oxirat, qiyomat, arhumlarning tirilishi, u dunyodagi ajr va jazo) tasavvurlar o‘z aksini topgan. Talmudda yahudiylikning marosimlari, urf-odatlari aniq bayon etilgan bo‘lib, ular 248 ta vasiyat va 365 ta ta’qiqni o‘z ichiga oladi. huningdek, unda qadimiy yahudiylar orasida din, partiya, guruhlar sadduqiylar, farziylar, yesseylar)ning kelib iqishi haqida tarixiy ma’lumotlar keltirilgan. Unda bayon etilgan diniy qonun-qoidalar, aqidalar, ko‘rsatmalar yahudiy dinining asosini tashkil etadi.



Yahudiy marosimlari va bayramlari. Yahudiylar o‘zlarining Yahvega nisbatan sodiq ekanliklarini isbotlash uchun bir necha rasm-rusumlarni ijro etadilar. Ular yillik va kunlik ibodatlardan, bayramlardan, marosimlardan iborat. Ibodat uyda ham sinagogada ham birday olib boriladi. Yahudiylar sinagogasining sharqiy tomonida Toraning nusxalari saqlanadigan sandiq va Ravvin uchun minbar qo‘yilgan. Ayollar erkaklardan alohida ibodat qilishadi. Sinagogada ibodat xor shaklida olib boriladi.

Yangi tug‘ilgan o‘g‘il bolalar sakkizinchi kuni xatna qilinadi. Yahudiylikda bir necha tur oziq-ovqatlar, asosan cho‘chqa, quyon, qo‘shoyoq, tuya, yaxlit tuyoqlilar, o‘laksaxo‘r qushlar kabi ba’zi hayvon go‘shtlarini yeyish taqiqlanadi.

Yahudiylarning yillik bayramlari ichida eng e’tiborlisi Peysax Pasxa) bayramidir. Bu bayram xristianlarning pasxasidan farqli o‘laroq, yahudiylarning Misrdagi qullikdan qutulib chiqqanlari munosabati bilan nishonlanadi. Qadimiy yahudiylarda Pasxa deb qo‘zichoq go‘shti va vinodan iborat kechki ovqatga aytilgan. Xudo Misrdagi yahudiy bo‘lmagan go‘daklarni qirib tashlashga qaror qilganda ular o‘z uylarining peshtoqini o‘sha qoni bilan bo‘yab o‘zlarini yahudiy ekanliklarini bildirganlar.

Yahudiylar pasxa bayramidan keyingi yetti kun davomida tuzsiz, xamirturushsiz patir – masa yeydilar. Masani yeyish bilan har bir yahudiy Muso boshchiligidagi o‘z ota-bobolarining chekkan mashaqqatlarini his etadi. Bu bayram yahudiylarning quyosh-oy kalendarining Nison oyining 14 kuni aprel oyining o‘rtalariga to‘g‘ri keladi) nishonlanadi.

Pasxadan keyingi 50-kuni yahudiylar Shabuot, Shevuot bayramini nishonlaydilar. Bu bayram dastlab dehqonchilik bayrami bo‘lgan, keyinchalik Sinay tog‘ida Musoga Xudo tomonidan Torani berilishini niloshlab o‘tkaziladigan bayramga aylangan. U yahudiylarning kalendari bo‘yicha Sivona oyining 6-,7-kunlari nishonlanadi.

Kuzda yahudiy kalendaridagi Tishri oyining 1-,2-kunlari sentyabr oxiri, oktyabr boshlari) yangi yil bayrami - Rosh-Ashona nishonlanadi. Bu bayram yahudiylar uchun poklanish bayrami hisoblanib, ular qurbonlik qilingan qo‘chqor shoxidan yasalgan surnaylarni chaladilar, cho‘ntaklarini to‘ntarib yaxshilab qoqadilar. Tishri oyining 9-kuni gunohlardan poklanish bayrami - Yom-Kipur nishonlanadi. Rosh-Ashona va Yom-Kipur bayramlari o‘rtasida yahudiylar ro‘za tutadilar. Ro‘za kunlari ular yuvinmaydilar, yalangoyoq, eski-tuski kiyimlarga o‘ranib yuradilar. Sinagogada nadomatlar bilan yig‘lab tavba qiladilar.Purim qur’a) bayrami yahudiy bayramlarining ichida eng quvnoq hisoblanadi. Bu bayram yahudiylarning ularni qirib tashlamoqchi bo‘lgan Fors podshohi Homon zulmidan qutilganliklari sharafiga bahorda nishonlanadi. Ularni Homondan o‘z amakisi Mordexay tarbiyalagan Yesfir ismli qizcha qutqargan. Shuning uchun bu kuni yahudiylar “Homonga la’natlar bo‘lsin”, “Mordexayga Xudoning rahmatlari yog‘ilsin”, deb qichqiradilar.



Yahudiylar O‘rta Osiyoda. Ma’lumki, yahudiylar O‘rta Osiyoga qadim zamonlardan ko‘chib kelganlar. Ularning bu kelishlari haqida turli xil rivoyatlar mavjud. Ularning ichida umum e’tirof etilganlaridan biri shuki, yahudiylar bu mintaqaga Eron orqali kirib kelganlar. Bu xalqning O‘rta Osiyoga hijrati ko‘p asrlar mobaynida daom etdi. Tahminlarga ko‘ra, ular Assuriya quvg‘inlari paytida – e.r. av. VII-VI asrlarda Eronga ko‘chib kela boshlaganlar. Hatto e.r. av. VIII asrlarda ba’zi yahudiylar Isroilni tark etib, Misr, Eron kabi o‘lkalarda boshpana topganliklari haqida ham xabarlar bor. Fors davlati ma’lum muddat O‘rta Osiyoni o‘z hukmlari ostida tutib turganlar va xuddi shu davrda yahudiylarning ko‘chib kelishi amalga oshgan. Bu fikrni mahalliy yahudiylarning fors lahjalaridan birida gaplashishlari ham quvvatlaydi. Ularning hayot tarzlari, urf-odatlari qadimiy yahudiy, fors va mahalliy - O‘rta Osiyo madaniyatlarining qorishmasidan iborat. Tarixning turli jarayonlarida bu uch madaniyatdan ba’zilarining ta’siri kuchayishi yoki aksincha susayishi kuzatilgan. XVIII asrning boshlarida O‘rta Osiyoda yuz bergan siyosiy jarayonlar tufayli yahudiylar Eron, Afg‘oniston, Xiva, Qo‘qon va Buxoro jamoalariga bo‘linib ketdi. O‘tgan asrning ikkinchi yarmida Rossiya tomonidan O‘rta Osiyoning ma’lum bir qismining bosib olinishi yana yahudiylarni Turkiston Muxtoriyati va Buxoro Amirligi jamoalariga bo‘linib ketishiga olib keldi. Yahudiylik millat dini bo‘lganligi uchun yahudiylar qaerda bo‘lmasin, biri-ikkinchisidan qancha uzoq bo‘lmasin, o‘qiydigan kitobi  Tavrot, e’tiqod qiladigan dini yagona bo‘lib qolaverdi. XVIII asrda O‘rta Osiyo yahudiylari tushkunlik davrini boshdan kechirdilar. 1793 yili o‘zi G‘arbiy Afrikadan bo‘lib, Falastinning Sfat shahrida yashovchi Iosif Mamon Mag‘ribiy o‘z shahri yahudiylar uchun moddiy yordam to‘plash maqsadida Buxoroga keladi. U bu yerlik yahudiylarning o‘z dinlaridan uzoqlasha boshlaganliklarini ko‘rib, shu yerda qolishga va millatdoshlariga diniy ta’lim berishga ahd qiladi. Yahudiylar doimo tinch, kam aholili joylarda yashashni afzal ko‘rganlar. Agarchi O‘rta Osiyolik yahudiylarni Buxoro yahudiylari deyilsa ham, ular ko‘proq Samarqandda yashaganlar. XVIII asrning o‘rtalarida Nodir-shoh Samarqandni bosib olganida uning lashkarlari orasida turklar, lazginlar, afg‘onlar, eroniylar, shuningdek, yahudiylar bo‘lganlar. Ular Samarqandning Shoh-Kash, Chor-Raga, Novadon, Qo‘shhovuz kabi guzarlarida yashab qolganlar. Buxoro hukumati Nodir-shoh davrida yahudiylarga nisbatan yumshoq muomalada bo‘lgan.

Son jihatdan ko‘paygan yahudiylar barchalari bir mavzega jam bo‘lib yashashni xohlashardi. Biroq, Buxoroda ham, uning Shahrisabz, Kattaqo‘rg‘on, Karmana kabi viloyatlarida ham yahudiylarni musulmonlardan ajralgan holda alohida yashashga majbur edilar. 1843 yilning bahorida mahalliy yahudiylarga Samarqandning sharqiy qismidan 2,5 gektar joyni 10000 kumush tangaga sotish haqidagi shartnoma tuzildi. Bu shartnomani yahudilardan 32 kishi imzoladi, davlat uning haqiqiyligini to‘rt muhr bilan tasdiqladi. Shunday qilib, yahudiylar o‘zlarining birinchi mahallalariga ega bo‘ldilar.



II. VEDALAR VA VEDA DINLARI

Vedalar. Eramizdan avvalgi 2-ming yilliklar o‘rtalarida Hindistonga Shimoldan yerlik aholidan tillari va ranglari farq qilgan xalqlar kirib kela boshladilar. Ular Yevropa tillariga o‘xshash bo‘lgan sanskrit tilida gaplashar edilar, o‘zlarini esa oriylar aslzodalar)deb atar edilar. Ular o‘zlari bilan muqaddas yozuvlarini ham olib keldilar. Ular Vedalar sanskr. tilida - Bashorat) edi. Uning tarkibiga turli davrlarda yozilgan bir necha kitoblar kirgan bo‘lib, ular ibodat, marosimlar, falsafiy ta’limotlar, tarixiy axborotlarni o‘z ichiga olgan edi. Vedalarning boshqa muqaddas mas. Bibliya) yozuvlvrdan ffarqli tomoni shunda ediki, ular nihoyasiga yetkazilmagan va oxiri ochiq edi. Unga keyingi ruhoniylar tomonidan ham qo‘shimchalar qo‘shish imkoni bor edi. Shuning uchun keyinchalik bu yozuvlar juda ham kengayib ketdi. Vedalarda 33 ta, ba’zi manbalarga ko‘ra 333 yoki 3339 ta afsonaviy xudolar haqida madhiyalar bitilgan. Bu xudolarning eng mashhurlari - Indra, Varuna, Mitra, Dyaus, Adita, Agnyu, Vishnu, Krishna.http://barracudesign.by.ru/iconography/hinduism/icon/images/brahma/brahma_02.jpg

Braxmanlik. Eramizdan avvalgi birinchi ming yilliklarga kelib oriylar Hindistonda o‘zlarining knyazliklariga ega bo‘ldilar. Vedalarning marosimlar haqidagi ko‘rsatmalari ancha murakkablashdi. Shu davrga kelib aholi o‘rtasida braxmanlarning nufuzi oshib ketdi. Ular oldingi ta’limotlarni isloh qilib, yangicha liniy qonun-qoidalarni ishlab chiqdilar va braxmanlik diniga asos soldilar.

Braxmanlik ta’limoti kastalarvarna)ga asoslangan, ya’ni jamiyatdagi insonlar o‘zlarining kelib chiqishlari, mansablari va hunarlariga ko‘ra turli tabaqalarga bo‘linadilar. Braxmanlikda eng yuqori kasta braxmanlar, ular xudoning tilidan yaratilgan bulib, xudolar nomidan gapirish huquqiga ega edilar. Ikkinchi kasta kshatriylar . Ular xudoning qo‘lidan yaratilgan insonlar hisoblanib, podshohlar, knyazlar, jangchilar shular jumlasiga kiradi. Kastalarning yana biri vayshlar. Ular xudoning sonidan yaratilgan insonlar hisoblanib, savdogarlar va hunarmandlar shu kastaga mansubdirlar. Kastalarning eng quyi tabaqasi shudralardir. Ular xudoning oyog‘idan yaratilgan hisoblanib, oddiy xalq, dehqonlar shular jumlasiga mansub.

Braxmanlikning kastachilik asoslari er. av. V asrlarda yashagan Hindistonning yarim afsonaviy hukmdori Manu qonunlarida mustahkamlangan.Braxmanlikdagi ruhning ko‘chib o‘tish ta’limoti Hindistonning deyarli barcha din va falsafalariga ta’sir etgan.

Hinduiylik. Eramizdan avvalgi VI asrda Hindistonda keyinchalik jahon dinlaridan biriga aylangan Buddaviylik vujudga keldi. U braxmanlikdagi bir necha elementlarni qabul qilgan bo‘lsa-da, kasta ta’limotini inkor etdi. O‘sha davrda Hindistondagi kasta tuzumini saqlab qolishga, braxmanlik dinini isloh qilib, qayta tiklashga harakat boshlandi. Bu harakat braxmanlik bilan buddaviylik o‘rtasidagi kurashni ifodalovchi hinduiylik edi. Hinduiylik ko‘pxudolik dini bo‘lib, unda braxmanlikning asosan uchta xudosi tan olinadi; 1) koinotning yaratuvchisi bo‘lgan Braxma; 2) dunyo nizomini ushlab turuvchi Vishnu; 3) koinotni halok qilish qudratiga ega Shiva.

Hinduiylik ta’limotiga ko‘ra olam, hayotning barcha shaklini Braxma yaratgan. Biroq Braxma bu dinda uch xudoning nomigagina boshlig‘i. Hozir Braxmaga sig‘inish deyarli yo‘q. Hinduiylar asosan Vishnu va Shivaga sig‘inadilar, ularga atab qurbonliklar keltiradilar.

Hinduiylikda jannat va do‘zax haqidagi tushunchalar ham mavjud. Ular marhumlarni Gang daryosi sohillarida kuydirib, kulini suvga oqizadilar.

Bu din asosan Hindistonda tarqalgan bo‘lib, mamlakat aholisining 83 % shu dinga e’tiqod qiladi. Hinduiylikning uni qabul qilmoqchi bo‘lganlarga qo‘yadigan birinchi va asosiy sharti Hindistondagi kasta tuzumini qabul qilishidir.


Yüklə 7,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə