Texnika falsafasi


Texnik ta’limning insonparvarlashuvi



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə13/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

Texnik ta’limning insonparvarlashuvi. Gap olim va muhan-dislar muayyan gumanitar fan (yoki mavzularni)larni o‘rganishlari lozimligida emas. Bu yerda eng muhimi muhandis olimlar o‘z dunyo-qarashi va bilimlarining torligini, shuningdek, o‘zlari bilmay-digan boshqa dunyo (boshqa madaniyat) ham borligini, u bilan uchra-shish, muloqot qilish zarurligini tushunib yetishlaridir. Darvoqe, gumanitariylar ham dunyo gumanitar madaniyatining o‘zidangina ibo-rat emasligini, sivilizatsiyasiz taqdiri fan, muhandislik, loyiha-lash va texnologiyaning rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq ekanli-gini, o‘zlari ham shunday sivilizatsiya mevalari hisoblanishlarini anglab yetishlari lozim. Tegishli ravishda, madaniyatning texnikaga qarab mo‘ljal oluvchi vakili o‘z dunyoqarashining torligi va mazkur omil bugungi kunda Yerdagi hayotning mavjudligiga tahdid solayot-ganini tushunishi darkor. U hozirgi vaqtda o‘z kasbiy faoliyati sohasida yo‘l qo‘yilayotgan ko‘p sonli xatolar kasbiy madaniyatning pastligi bilan emas, balki gumanitar madaniyatning yo‘qligi, zaru-riy qadriyatlar mavjud emasligi bilan belgilanishini anglab yetishi lozim.
Ta’lim nuqtai nazaridan bu o‘z kasb-kori va uning chegarasini bilish, o‘zi mansub bo‘lgan (texnik yoki gumanitar) madaniyatni anglab yetish va tanqidiy tahlil qilish, qarama-qarshi madaniyat bilan tanishish (uning vakillari bilan muloqot qilish, unda yechiladigan muammo va vazifalar, ushbu madaniyatga xos bo‘lgan fikrlash uslub-lari, yashash va faoliyat shakllari haqida tasavvur hosil qilish)ni anglatadi. Insonparvarlashuvning navbatdagi yo‘nalishi – texnik madaniyatda gumanitar omillarni aniqlash. Darhaqiqat, bugungi kunda olim va muhandis o‘z faoliyati jamiyat, tabiat yoki inson uchun ahamiyatsiz emasligi, u insoniyatga yaxshilik keltirish va taraqqiyot omili bo‘lib xizmat qilish bilan bir vaqtda tabiatni vayron qilayotgani, jamiyatni “mashinalashtirayotgani”, ma’naviyatga putur yetkazayotganining ham guvohi bo‘lmoqda. Shu tufayli ham muhandis-lik ta’limi muhandislik yaratayotgan inqirozli vaziyatlarni muho-kama qilishni, texnik faoliyatning (tabiat, jamiyat yoki inson uchun) salbiy oqibatlarini tahlil qilishni, mazkur faoliyatni belgilovchi qadriyatlar, dunyo manzaralari va tasavvurlarni hamda olim, muhan-dis, loyihachi yoki texnologning turli ommaviy xatolarini o‘rgani-lshni nazarda tutadi. Bu yerda olim yoki muhandis o‘z faoliyatining inson yoki tabiat uchun salbiy oqibatlarini, odatdagi xatolarni belgilovchi omillarni, texnik faoliyatning insoniylikka zid xusu-siyatini anglab yetish uchun turli gumanitar fanlarga murojaat etishiga to‘g‘ri keladi.
O‘z-o‘zidan ravshanki, texnik ta’limning insonparvarlashuvi jarayoni yuqorida zikr etilgan holatlar bilangina cheklanmaydi, u muayyan mazmun tizimini ham o‘z ichiga oladi. O‘z navbatida, mazmun tizimi bir qatlamdan tarkib topadi. Uni tashkiliy-boshqaruv kasb-lari (ishlab chiqarish tashkilotchilari, sistemachilar, bosh mutaxas-sislar va h.k.) majmui uchun mo‘ljallangan muhandislik ta’limi misolida ko‘rib chiqamiz.
Birinchi qatlam – “Kasbga yo‘naltirish” yoki “Kasbga kirish”. Bu yerda talaba tashkiliy-boshqaruv kasblari sohasi, ular hal qiluv-chi vazifalar, boshqaruv va tashkillashtirish sohasida yuzaga keluvchi muammolar, mazkur kasblarning qisqacha tarixi, ularning madaniyat-dagi o‘rni va hokazolar bilan tanishadi.
Ikkinchi qatlamni “Ijtimoiy-muhandislik ta’limi” deb nomlash mumkin. Bu qatlamda kasbga yo‘naltirishning mazkur sikli uchun zarur bo‘lgan maxsus fanlarni o‘zlashtirish jarayoni yuz beradi. Masalan, menejment sohasidagi mutaxassisga tashkillashtirish nazariyasi, innovatsiyalar nazariyasiga doir bilimlar, psixologiya, ijtimoiy psixologiya va sotsiologiyaning ba’zi bo‘limlari, iqti-sodiy bilimlar, qarorlar qabul qilish nazariyasidan bilimlar talab etilishi mumkin. Ammo bu fanlar aynan boshqaruv va tashkillash-tirish bo‘yicha mutaxassis uchun zarur fanlar bo‘lishi, ya’ni bular “menejment uchun tashkillashtirish nazariyasi”, “boshqaruv sohasida innovatsiyalarni amalga joriy etish”, “boshqaruvda qarorlar qabul qilish” qabilidagi fanlar bo‘lishi lozim. Ayni shu qatlamda ko‘rsa-tilgan maxsus fanlarning bilim va tasavvurlariga murojaat etishni talab qiluvchi vaziyatlar namoyish etilib, tahlil qilinadi. Masalan, korxona (yoki tashkilot)larni boshqarish sohasida murakkab qarorlar qabul qilish vaziyatlari muhokama qilinadi. Mazkur sohada bunday qarorlar qabul qilish konfliktlar nazariyasi, iqtisodiy tartibga solish, refleksiv jarayonlar nazariyasi, iqtisodiy qonunchilikka doir bilimlarni talab qiladi.
Uchinchi qatlamni “Falsafiy-metodologik tayyorgarlik” deb nomlash mumkin. Bu yerda talaba uch o‘quv fani: falsafa, metodologiya, ilm-fandan iborat majmuani, avvalambor, refleksiv uslubda o‘zlash-tiradi. Boshqacha qilib aytganda, mazkur fanlarga gumanitar va metodologik kirish bo‘lishi lozim. Bu yerda, masalan, falsafiy, metodologik va ilmiy yondashuvlarning xususiyatlari, falsafiy (metodologik, ilmiy) matn bilan ishlashning o‘ziga xos jihatlari aniqlanadi, bilim va tafakkurning mazkur sohalaridagi asosiy maktablar haqida tasavvur hosil qilinadi, fikrlash jarayonining ayrim andozalari namoyish etiladi, falsafa, metodologiya va fan o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar, ushbu fanlarning bilimlari qo‘llanadi-gan asosiy sohalar, axloqiy muammolar (ya’ni, faylasuf, metodolog, olimning mas’uliyati muammosi) muhokama qilinadi.
To‘rtinchi qatlamni shartli ravishda yunoncha “texne” atamasi bilan nomlash mumkin. Bu qatlamda faoliyatning san’at, loyihalash va muhandislik kabi sohalari (refleksiv uslubda) o‘rganiladi. Ta’lim oluvchi mazkur fanlar, bir tomondan, “matnlar” (badiiy asarlar, loyihalar, muhandislik hisob-kitoblari) yaratish, boshqa tomondan esa (loyihalash va muhandislik uchun) sun’iy qurilmalar (mashinalar, mexanizmlar, binolar, shaharlar va h.k.) yaratish san’ati hisoblanishini anglab yetadi. Ammo mazkur faoliyat sohalarining har biri alohida vazifalarni hal qiladi, o‘z qadriyatlari, mo‘ljal va tamoyillari majmuiga ega bo‘ladi. “Texne” kurslarida talaba mazkur tamoyil va mo‘ljallarni farqlashni o‘rganadi, badiiy, loyihaviy va muhandislik fikrlash uslublarining o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, ularning chegaralari (ya’ni, badiiy, loyihaviy va muhan-dislik mo‘ljallarini qo‘llash maqsadga muvofiq sanalmaydigan sohalar) haqida tasavvur hosil qiladi. Bu yerda ham gap, eng avvalo, san’at, muhandislik yoki loyihalashga gumanitar va metodologik kirish haqida boradi.
Beshinchi qatlam – dunyoqarashni shakllantirish. U, masalan, uch fan: Inson, Tabiat, Jamiyat yoki Koinotdan iborat majmuani o‘z ichiga olishi mumkin. Bu yerda Inson, Tabiat, Jamiyat yoki Koinot xususidagi turli xil qarashlar bayon etiladi, ularning o‘zaro aloqa-lari o‘rganiladi, ushbu hodisalar qaysi fanlar doirasida o‘rgani-lishi haqida bilimlar beriladi. Bayon albatta dialogik, tarixiy va muammolashtiruvchi uslubda bo‘lishi, insoniyat va jamiyatni tashvish-ga solayotgan muammolar bilan bog‘lanishi lozim.
Nihoyat, oltinchi qatlam – talaba o‘z ixtiyoriga qarab tanlay-digan fanlar yoki mavzular. Bu yerda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan har qanday mavzu yoki fanni buyurtma qiladilar, agar bunday imkoniyat mavjud bo‘lsa, uni oladilar.
Xulosa. Shunday qilib, falsafa va texnika ko‘pincha bir-biriga qarama-qarshi sohalar sifatida, birinchisi – dunyoni nazariy tushunish ramzi, qandaydir yuksak, voqelikdan yiroq narsa sifatida, ikkinchi-si – dunyoni amaliy o‘zlashtirish ramzi, qandaydir moddiy narsa sifatida idrok etiladi. Ammo bu so‘z birikmasida hozirgi zamon Yevropa taraqqiyoti va madaniyatining chuqur ma’nosi zohir bo‘lib, bunda nazariya va amaliyot bir-biri bilan chambarchas bog‘liq, falsafa texnika bilan bir xilda muhim, texnikani esa, uning eng yuqori rivojlanish bosqichida, chuqur falsafiy tushunishsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Texnika falsafasining predmeti va ob’ektini aniqlash uchun texnik harakat, texnik bilim va texnik ongni farq qilish zarur. Texnik harakat mahsuli artefakt, ya’ni texnik moslama ko‘rinishi-dagi texnika hisoblanadi. Texnik bilimning mahsuli esa artefakt-ni yaratishga qaratilgan texnik harakat: texnik harakatni belgilash va artefaktning tavsifi demak. Texnik ong mahsuli – texnika, texnik faoliyat va texnik bilimning tarix va hozirgi zamon mada-niyatidagi o‘rni hamda ahamiyatini aniqlash.
Texnologiya predmeti – texnik harakat, texnika fanining predmeti – texnik bilim, texnika falsafasining predmeti – tex-nik ongni rivojlantirish hisoblanadi.
Texnika falsafasining ob’ekti va predmeti texnologiya hamda texnika fanining ob’ekti va predmetidan farq qiladi. Bular:

  1. texnika, texnik faoliyat va texnik bilim madaniyat feno-meni (ob’ekti);

  2. ushbu ob’ekt (predmet)ni refleksiya qiluvchi texnik ong-ni rivojlantirish.

Bundan tabiiy ravishda texnika falsafasining asosiy soha-lari kelib chiqadi:
1) madaniyat va texnika (tarixiy-madaniy va ijtimoiy-madaniy jihatlar);
2) texnika falsafasining metodologik masalalari, texnika fanlari va loyihalashtirish metodologiyasi;
3) texnika va uning natijalarini ijtimoiy baholash;
4) muhandislik axloqi.
Texnika falsafasining bosh vazifasi – insonning dunyoga tex-nik munosabatini, ya’ni dunyoni texnik tushunishni tadqiq qilish. So‘nggi so‘zlar beixtiyor texnokratizmni yodga soladi. Ammo texnika falsafasining texnokratizm bilan hech qanday bog‘liqligi yo‘q, aksincha, u texnokratizmga qarshi va vujudga kelgan davrdan boshlab texnikaning insonparvarlashuviga qaratilgan.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə