Texnika falsafasi


-mavzu. TEXNIKA FALSAFASINING PAYDOI BO’LISHI TARIXI



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə15/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

3-mavzu. TEXNIKA FALSAFASINING PAYDOI BO’LISHI TARIXI


Texnikaning mohiyati va asosiy xususiyatlari. Texnika va texnologiya mohiyatining tahlili ikki asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga oladi. Birinchisi – texnika va texnologiyaning hozirgi davrdagi asosiy muammolarini tushuntirish. Ikkinchisi – texnika va texnologiyani atroflicha tavsiflash, ularga ta’sir ko‘rsatish yo‘llari haqida aniq tasavvur hosil qilish uchun imkoniyat yaratish. So‘nggi zikr etilgan talab, o‘z navbatida, texnika va texnolo-giyaning ijtimoiy tabiati haqidagi masalani muhokama qilishni nazarda tutadi.
Ilm-fan ibtidosi qachondan boshlab hisoblanishidan qat’i nazar, texnika haqida shuni aytish mumkinki, u Homo Sapiens bilan birga paydo bo‘lgan, uzoq vaqtgacha hech qanday fanga bog‘liq bo‘lmagan holda rivoj-lanib kelgan. Tabiiyki, bu avval texnikada ilmiy bilimlar qo‘lla-nilmagan, degan ma’noni anglatmaydi. Ammo, birinchidan, ilm-fan uzoq vaqtgacha alohida ko‘rinishga ega bo‘lmagan, ikkinchidan, u o‘zi yaratgan texnik bilimlarni ongli ravishda amalga tatbiq etish yo‘na-lishiga ega bo‘lmagan. Texnik bilim uzoq vaqtgacha ilmiy bilimga qarshi qo‘yilgan, alohida ilmiy-texnik bilim masalasi umuman ko‘tarilmagan. “Ilmiy” va “texnik” tushunchalar turli madaniy yo‘na-lishlarga mansub bo‘lgan. Insoniyat taraqqiyotining dastlabki davr-larida ilmiy bilim ham, texnik bilim ham diniy-mifologik dunyo-qarash bilan uyg‘unlikda bo‘lib, amaliy faoliyatdan hali ajratil-magan edi.
Qadimgi davrda texnika, texnik bilim va texnik harakat mo‘jizaviy harakat va dunyoni mifologik tushunish bilan uzviy bog‘langan. Texnika falsafasi asoschilaridan biri Alfred Espinas XIX asr oxirida e’lon qilingan “Texnologiyaning paydo bo‘lishi” kitobida shunday deb yozadi: “Musavvir va haykaltaroshning san’ati, eng avvalo, zarur ibodat unsuri sifatida baholanadi... Masalan, misrliklar mexanikada Gomer davri greklaridan uncha ortda qolma-gandi, ammo ular dunyoni diniy anglashdan hali qutulmagan edilar. Bundan tashqari, ilk mashinalar foydali maqsadlarda ishlatila boshlanguniga qadar, xudolarga ehson qilinib, ibodat uchun qo‘llan-gan bo‘lsa kerak. Tasmali parmani hindlar, aftidan, muqaddas olovni yoqish uchun o‘ylab topishgan, chunki olovni juda tez yoqish talab etil-gan. Bugungi kunda ham ma’lum bayramlar payti olov bir kunda 360 martagacha yoqiladi. G‘ildirak buyuk kashfiyot hisoblangan; chamasi, u ham eng avvalo xudolarga baxshida etilgan”1. Uning fikricha, eng qadimgi g‘ildirak deb ibodat g‘ildiragini hisoblash kerak, u hozir ham Yaponiya va Tibetdagi buddaviylarning ibodatxonalarida qo‘llanadi. Ibodat g‘ildiragi qisman shamolda aylanadigan, qisman gidravlik g‘ildirak hisoblanadi. “Bu davrdagi barcha texnika, – deb xulosa qiladi muallif, – bir xil xususiyatga ega bo‘lgan. U diniy, an’anaviy va mahalliy hisoblangan”2.
Qadimgi davrda ilm-fan hali nafaqat ixtisoslashmagan va sohalarga bo‘linmagan, balki amaliyot va texnikadan ajralmas ham edi. Qadimgi davrda fanda sodir bo‘lgan inqilob G‘arb taraqqiyoti rivojlanishida muhim qadam bo‘ldi. U bilish va dunyoni o‘zlashti-rishning nazariy shaklini inson faoliyatining alohida sohasiga ajratdi. Qadimgi davr fani nazariy jihatdan tushunib yetilayotgan va falsafiy jihatdan muhokama qilinayotgan ilmiy tadqiqot predmetini imkon qadar to‘liq qamrab olishga bo‘lgan intilishiga ko‘ra kompleks fan hisoblanar edi. Ixtisoslashuv endi boshlanayotgan va hali uyushgan fan shakllariga kirmagan edi. “Texnika” tushunchasi ham hozirgi zamon texnika tushunchasidan jiddiy farq qilar edi. Qadimda “texne” tushunchasi texnika, texnik bilim va san’atni qam-rab olgan. Ammo nazariyani o‘z ichiga olmagan. Shuning uchun ham qadimgi yunon faylasuflari, masalan, Aristotelning “texne”ga doir maxsus ilmiy asarlari yo‘q. Bundan tashqari, qadimgi davrda fan va madaniyatga bir-biridan farq qiluvchi faoliyat turlari sifatida qaralgan. “Qadimgi tafakkurda fanga asoslangan testem va ish uchun zarur bo‘lgan amaliy bilim – texne aniq farq qilingan, – deb yozadi mashhur tadqiqotchilardan biri. – Texne hech qanday nazariy asosga ega bo‘lmagan, qadimgi davr texnikasi qoloq bo‘lib, doimo mahorat va ko‘nikma hosil qilishga asoslangan; texnik tajriba otadan o‘g‘ilga, onadan qizga, ustozdan shogirdga o‘tib kelgan. Qadimgi greklar naza-riy bilim bilan amaliy kasb-hunar o‘rtasida qat’iy chegara o‘tkazganlar”.
O‘rta asrlarda me’morlar va hunarmandlar an’anaviy bilimga tayanganlar. Bu bilim sir tutilgan va vaqt o‘tishi bilan juda kam o‘zgarish kasb etgan. Nazariya va amaliyotning o‘zaro nisbati ma’naviy nuqtai nazardan hal qilingan. Masalan, diniy nuqtai nazardan me’morchilikda qaysi uslub ma’qul hisoblanadi va h.k. Aynan Uyg‘o-nish davri muhandislari, musavviri va amaliy matematiklar amaliy yo‘nalishdagi yangi nazariyaning qabul qilinishida hal qiluvchi rol o‘ynadilar. Hunarmandlarning ijtimoiy maqomi ham o‘zgardi, ular o‘z faoliyatida renessans madaniyatining eng yuqori darajasiga yetdi-lar. Ilk o‘rta asrlarda ko‘zga tashlangan fanni har tomonlama o‘rganish va tadqiq qilish an’anasi Uyg‘onish davriga to‘g‘ri keladi. Jumladan, turli fan va texnika sohalarida yaxshi bilim hamda o‘quv-ga ega bo‘lgan qomusiy jihatdan yetuk oliy va muhandis shaxsining shakllanishida o‘z ifodasini topdi.
Yangi davr fanida boshqa bir tendensiya – fan sohasining alo-hida jihat va tomonlarini ajratib olish hamda ixtisoslashtirish, ularni eksperimental va matematik vositalar yordamida tizimli tadqiq qilishga urinish ko‘zga tashlandi. Shu bilan bir vaqtda muhan-dislik vazifalarini nazariy vositalar yordamida hal qilishga qodir yangi fan hamda fanga asoslangan yangi texnika ideali ilgari surildi. Natijada aynan shu ideal fan va texnikaning alohida soha sifatida tashkil topishiga olib keldi. Ijtimoiy jihatdan muhan-dis kasblarining paydo bo‘lishi ularning jamiyatdagi mavqei oshishi bilan bog‘liq bo‘ldi. Dastlab fan Uyg‘onish davridagi muhandis-ustalardan juda ko‘p narsa o‘rgandi, keyin XIX-XX asrlarda muhan-dislik faoliyati kasbiy jihatdan ilmiy uyushma faoliyati namuna-lari asosida tashkil qilina boshlandi. Fan va texnikaning ixtisos-lashuvi hamda professionallashuvi, shuningdek, fanning texnika-lashtirilishi va texnikaning ilmiylashishi natijasida ko‘plab fan-texnika sohalari yuzaga keldi. Bu jarayon maxsus ilmiy va fanga asoslangan muhandislik ta’limining yuzaga kelishi hamda rivoj-lanishi bilan ham uzviy bog‘liq.
Shunday qilib, tarixiy rivojlanish jarayonida texnik harakat va texnik bilim mifologiya va mo‘jizaviy harakatdan sekin-asta ajralib borgani, ammo dastlab ilm-fanga emas, balki kundalik ong va amaliyotga tayanganini ko‘ramiz. Bu texnik bilimlarni mustahkam-lash va ustalarning yangi avlodiga o‘rgatishga qaratilgan hunarmand-chilik texnikasiga doir ko‘plab qo‘llanmalardagi texnik ta’lim tavsifidan ham yaqqol ko‘rinadi. Texnik ta’lim mifologik xusu-siyatini yo‘qotganiga qaramay, uni hali ilmiy tavsif deb atash ham qiyin, buning ustiga, texnik terminologiya ham hali qaror topganicha yo‘q.
Yangi davrda muhandislarni maxsus maktablarda tayyorlash zarurati tug‘ildi. Bu endi avvalgi avlodlar tomonidan to‘plangan bilimlarning ustozdan shogirdga, otadan o‘g‘ilga qoldirilishi emas, balki texnik bilim va tajribani kasb-hunar ta’limi tizimi orqali o‘qitib-o‘rgatishning ijtimoiy yo‘lga qo‘yilgan tizimi edi.
Texnikaning mazkur fenomen mohiyatini belgilovchi asosiy xususiyatlari quyidagilar:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə