Texnika falsafasi


Muhandislik ta’limining insonparvarlashuvi uni tako-millashtirish shartlari



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə12/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

Muhandislik ta’limining insonparvarlashuvi uni tako-millashtirish shartlari. Pedagogik adabiyotlar va amaliyot tahlili muhandislik ta’limi bir qancha jiddiy kamchiliklarga ega ekan-ligini ko‘rsatadi. Muammolardan biri – muhandislarning tor ixti-soslashuvi ko‘pdan beri ma’lum. Muhandislik ta’limining yirik namoyandalaridan biri professor A.Ridler o‘tgan asrning boshidayoq oliy texnika maktabining vazifasi faqat kimyogarlar, elektriklar, mashinasozlar va hokazolarni, ya’ni o‘z cheklangan sohasini hech qachon tark etmaydigan mutaxassislarni tayyorlashdan emas, balki muhan-disga serqirra ta’lim berish va unga turdosh sohalarni o‘zlashtirish uchun ham imkoniyat yaratishdan iborat ekanligini qayd etgan edi.
Ikkinchi muammo esa, aksincha, muayyan darajada teran anglan-maydi: oliy o‘quv yurtlari bo‘lg‘usi muhandisni tayyorlar ekan, Mohiyat-e’tibori bilan XIX asrning ikkinchi yarmi, XX asrning birinchi yarmi muhandis obraziga qarab mo‘ljal oladi. Gap shundaki, hozirgi zamon muhandislik faoliyati yanada murakkablashib va kompyuter texnikasi bilan jihozlanibgina qolmasdan, balki yangi-cha muhandislik tafakkurini talab etuvchi noan’anaviy vazifalar hal qilinadigan faoliyatga aylandi. Muhandislik faoliyati va tafakkurining noan’anaviy turlari o‘ziga xos quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi: 1) faoliyat muhandislik jihatlarining ijti-moiy, iqtisodiy va ekologik jihatlar bilan aloqasi. Hozirgi vaqt-da muhandis oddiy texnik mahsulot, ya’ni mashinalar, mexanizm, qurilmalarnigina emas, balki murakkab sistemalarni ham ishlab chiqishi (loyihalashi va yasashi)ga to‘g‘ri kelmoqda. Holbuki, mazkur sistemalar texnik kichik tizimlardan tashqari, boshqa notexnikaviy tizimlarni ham o‘z ichiga oladiki, ularni ishlab chiqish muhandislik psixologiyasi, dizayn, muhandislik iqtisodi, amaliy ekologiya va sotsiologiya kabi fanlarga murojaat etishni nazarda tutadi; 2) loyihalanayotgan muhandislik ob’ektining asosiy jarayonlarinigina emas, balki mazkur ob’ekt faoliyatining ehtimol tutilgan, ayniqsa, salbiy oqibatlarini ham modellashtirish va hisob-kitob qilish zaruriyati. Bunday oqibatlar, odatda, uch xil bo‘ladi: yangi texnika ta’siri ostida muhit va tabiatning o‘zgarishi, faoliyat va infra-tuzilmalarning o‘zgarishi (masalan, zamonaviy aviatsion texnologiya-larning amalga joriy etilishi yangi korxonalar, konstruktorlik byurolari, o‘quv dasturlari yaratish, resurslar ajratish zaruriyatiga sabab bo‘ladi), nihoyat, “antropogen o‘zgarishlar”, ya’ni yangi texnika-ning insonga ta’siri: uning ehtiyojlari, yashash sharoitlari va hoka-zolarning o‘zgarishi; 3) muhandislik tafakkurining yangicha xususiya-ti. U muhandis shaxsining yanada yuksakroq umumiy madaniyatini, u o‘z ishida hozirgi zamon metodologiyasi va amaliy gumanitar fanlar-ning tasavvurlari va metodlaridan foydalanishni nazarda tutadi.
Uchinchi muammo: muhandislar korpusi faqat tabiiy-ilmiy tafakkur ideallariga yoki kengroq olganda – texnik madaniyatga qarab mo‘ljal olishiga barham berish uchun nima qilish kerak? Texnik va gumanitar madaniyatlarni oppozitsiyasi yaxshi ma’lum. Texnik mada-niyat namoyandalari dunyoni anglab yetish, anglab yetgandan keyin esa inson xizmatiga kiritish mumkin bo‘lgan tabiat qonunlariga bo‘ysu-nadi, degan qarashlardan kelib chiqadi. Dunyoda oqilona munosabatlar amal qilishiga, hamma narsani (shu jumladan, insonni ham) loyiha-lash, qurish mumkinligiga, hodisalar ob’ektiv va “shaffof” ekan (ya’ni, ularning tabiati va tuzilishini inson ertami-kechmi anglab yetishi mumkin)ligiga texnik madaniyat namoyandalarining ishonch-lari komil. Bunday g‘oyalar oxir-oqibat gen muhandistikasi mutaxas-sislarini ham, yirik sistemalarni loyihalovchilarni ham, inso-niyatga uzluksiz ilmiy-texnika taraqqiyoti va farovonlikning o‘si-shini va’da qiluvchi siyosatchilarni ham, nihoyat, sayyoramiz tabiati qulay sharoit va serobgarchilikda yashash uchun mo‘ljallangani, shu tufayli ham uni mumkin qadar tezroq korxonalar, shahar, mashina va inshootlar bilan “jihozlash” lozimligiga ishonchi komil bo‘lgan oddiy iste’molchilarni ham ruhlantiradi. Hozirgi zamon sivili-zatsiyasida texnik madaniyat, hech shubhasiz, ommaviy, yetakchi hisobla-nadi, gumanitar madaniyat esa unga qarama-qarshi turadi. Gumanitar yondashuvli inson odamzot, jamiyat yoki tabiat hayoti ilmiy-texnika bilan belgilanganligini tan olishdan bosh tortadi. Inson ham, tabiat ham ma’naviy tuzilmalar hisoblanishi, ularning borlig‘ini texnik madaniyat qarichi bilan o‘lchash mumkin emasligiga uning ishonchi komil. Bularning barchasiga u tirik sub’ektlar sifatida qaraydi, ularni tushunish, tinglash, ular bilan so‘zlashish muhim, lekin ular bilan manipulyatsiya qilish, ularni vositaga aylantirish mumkin emas, deb hisoblaydi. Gumanitar mo‘ljalli inson o‘tmishni qadrlaydi, unda to‘laqonli umrguzaronlik qiladi, boshqa odamlar va muloqotga ijtimoiy-psixologik fenomenlar sifatida emas, balki o‘z hayotining stixiyasi sifatida yondashadi. Bu ikki madaniyatda chuqur ixtisoslashuv va ijtimoiylashuv oxir-oqibat shunga olib keladiki, amalda dunyoqarashi, turmush tarzi, o‘zini qurshagan muhitga munosa-bati turlicha bo‘lgan odamlarning ikki tipi shakllanadi. Muhan-disga gumanitar mo‘ljalli inson o‘zga sayyoradan kelgandek bo‘lib tuyuladi (chunki texnik sivilizatsiya dunyosida yashab turib ham bu dunyoni tan olishni istamaydi), gumanitariyda ham texnikaga qarab mo‘ljal oluvchi inson g‘ayrioddiy taassurot qoldiradi (texnik inson va texnik dunyo oqilona qurilma, vahima uyg‘otuvchi yoki, aksincha, qulay mashinani eslatadi).
Bugungi kunda texnik ta’limning insonparvarlashuvi masalasi kun tartibiga qo‘yilgan. Bunda turli nuqtai nazarlar ilgari suril-gan bo‘lib, ulardan biri texnika oliy o‘quv yurtlarida falsafa, sotsiologiya, madaniyat nazariyasi va tarixi, psixologiya va boshqa gumanitar fanlar o‘qitilishi lozimligini nazarda tutsa, boshqasi gumanitar ta’lim gumanitar fanlarni o‘rganish bilan emas, balki voqelikka alohida yondashuv, alohida fikrlash uslubi va alohida dunyoqarash bilan belgilanadi, deb hisoblaydi. Ikkinchi yondashuv tarafdorlari o‘z nuqtai nazari foydasiga dalillar keltirar ekan, ko‘pincha bo‘lg‘usi olim va muhandislar tegishli gumanitar fan va kurslarni tinglaydigan yoki o‘z ixtiyoriga ko‘ra “O‘rta asrlar yapon she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlari” yoki “XIX asr fransuz ada-biyoti” qabilidagi biron-bir gumanitar mavzuni o‘rganadigan AQSh tajribasiga havola qiladilar. Ammo ikkala nuqtai nazar ham mustahkam asosga ega emas. Birinchi holda tasodifiy gumanitar fan-larni o‘qitish nima uchun muhandisga o‘zgacha fikrlash va tasavvur qilishga yordam berishi aniq emas. Boz ustiga mavjud pedagogik tajriba talabalar bunday gumanitar bilimlar o‘zlariga nima uchun kerakligini yaxshi tushunmasliklarini ko‘rsatadi. Ikkinchi holda muhandisning gumanitar mo‘ljalli shaxsiyati shakllanishi uchun qaysi gumanitar fanlarni va ularni qanday o‘qitish kerak, degan savolga javob yo‘q. Umuman olganda, texnik ta’limning insonparvar-lashuvi to‘g‘risidagi masalani texnika oliy o‘quv yurtlarida gumani-tar fanlarni o‘qitish masalasi bilan bog‘lash, bizningcha, o‘rinli bo‘lmaydi. Bu yerda masalani qo‘yishga kengroq yondashish zarur: muhan-dislik ta’limi davr talablari va muhandislik kasbiga, hozirgi zamon muhandisligining xususiyati va tendensiyalariga, hozirgi zamon ta’lim jarayonining xususiyatlariga, postindustrial inson-ning umumiy talab va ideallariga muvofiq kelishi uchun u qanday bo‘lishi kerak? Hamonki, texnik va gumanitar madaniyatlarning ajra-tilishi sivilizatsiyamiz inqirozining yanada kuchayishiga olib kelar ekan, ularni bir-biri bilan yaqinlashtirish yo‘lida ish olib borish, yaxlit gumanitar-texnik shaxsni kamol toptirishga harakat qilish zarur. Ideal – ikkala madaniyatda ham mo‘ljal oluvchi, “gumanitar – texnik” oppozitsiyasidan xoli bo‘lgan yangi madaniyat “kurtagi” hisob-lanuvchi yaxlit, komil inson. Umuman olganda, bu yerda ko‘rsatilgan holatlar gumanitar ta’limning mazmunlaridan birini belgilaydi. Gumanitar ta’limning ikkinchi mazmuni kasbga doir bo‘lib, bo‘lg‘usi muhandislar va texnika fanlari sohasidagi boshqa mutaxassislar gumanitar fanlar sohasidan muayyan maxsus bilim va metodlarni o‘zlashtirishlari lozimligini nazarda tutadi. Quyida bu g‘oyalarga batafsilroq to‘xtalamiz.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə